Denominatsiya va nullifikatsiyaning mohiyati hamda ularni qo‘llash tartibi
Denominatsiya o‘z mohiyatiga asosan milliy pul birligidagi ortiqcha nollarni olib tashlab muomalaga yangi pullarni chiqarishdan iborat. Denominatsiya usulida Rossiya (3 dona nolni olib tashladi) va Turkiya (liradan 6 dona nolni olib tashladi) xukumatlari foydalanishdi. Inflyatsion jarayonlarni davlat tomonidan tartibga solib turish o‘z mohiyatiga asosan mamlakatda mahsulotlar, bajarilgan ishlar, ko‘rsatiladigan xizmatlarga bo‘lgan narxnavolarni o‘sib borishini cheklash va pul tizimini barqarorlashtirish maqsadida davlat tomonidan aniq chora-tadbirlarni amalga oshirishdan iborat. Ushbu choratadbirlar ikki yo‘nalishda olib boriladi: Deinflyatsion siyosat. Ushbu siyosat mamlakatda pulga bo‘lgan talabni pul-kredit va moliya mexanizmlari yordamida tartibga solib turiladi. Deinflyatsion siyosat davlat xarajatlarini qisqartirish, kreditlar uchun foiz stavkalarini oshirish, soliq yukini kuchaytirish (soliqlar soni va ularni foiz stavkalarini ko‘tarish) va pul massasini cheklashni o‘z ichiga oladi. Shuni ta’kidlash lozimki, deinflyatsion siyosat mamlakatdagi iqtisodiy o‘sishni sekinlashuviga sabab bo‘ladi. Daromadlar siyosati. Ushbu siyosat olib borishda davlat tomonidan mahsulotlar, ko‘rsatilgan xizmatlar, bajarilgan ishlarga bo‘lgan narx-navo va ish haqi ustidan birdaniga nazorat yuritiladi hamda ularni o‘sishini ma’lum chegarasi o‘rnatiladi yoki butunlay “muzlatib” qo‘yiladi. Daromadlar siyosati o‘z mohiyatiga ko‘ra qat’iy siyosat hisoblanadi va u aholi o‘rtasida norozilikni kelib chiqarishi mumkin. Lekin inflyatsiya bilan kurashishda ayrim mamlakatlarda daromadlar siyosatidan foydalaniladi.
O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilgan pul islohotlari va ularning o‘ziga xos xususiyatlari
O‘zbekistondagi inflyatsiya bu mustaqil O‘zbekiston zaminida vujudga kelgan inflyatsiya emas. Tarixan bu inflyatsiya sobiq SSSRda yuzaga kelgan. Bu inflyatsiyaning umumiy iqtisodiy sababi davlat boshqaruvida iqtisodga nisbatan siyosatga ko‘p e’tibor berilganidadir. Natijada ishlab chiqarish sur’atlari tushib ketdi. Tovar kamyobligi yashirin jarayon bo‘lib, tovarlarni ishlab chiqarish uchun ko‘p xarajat qilinsada (xom-ashyolarning narxi yuqoriligi tufayli) tovarlar past bahoda sotilgan. Farq davlat byudjetidan qoplana borgan. 1992 yilning boshidan erkin baholarga o‘tish natijasida (oziq-ovqat va yoqilg‘i resurslardan tashqari) inflyatsiya yuzaga otilib chiqdi va tez sur’atlar bilan rivojlanib ketdi. Shu tufayli O‘zbekistondagi inflyatsiya sobiq SSSR davrida yuzaga kelgan inflyatsiyaning qoldig‘idir va uni davolash uzoq vaqtni talab qiladi. Sobiq SSSRda, jumladan O‘zbekistonda 90-yillardagi inflyatsiyasining asosiy sabablari: - iqtisodiy muvozanatning yo‘qligi, ishlab chiqarish sur’atlarining tushib ketishi natijasida rejali iqtisodiyotdagi inqiroz; - mahsulotlar sifatining, mehnat unumdorligining pastligi; - ishlab chiqarishda xarajatlar salmog‘ining oshib ketishi, behuda sarflar, iqtisod prinsiplariga rioya qilmaslik va boshqalar hisoblanadi. Undan tashqari rivojlangan bozor sharoitiga o‘tmasdan turib baholarning erkinlashuvi, tovar massasi ustidan ba’zi bo‘limlarining yakka hukmronlik o‘rnatishi, baholarni xohlagancha boshqarish, kredit, moliya siyosatlarining noto‘g‘ri olib borish, iqtisodning “dollarlashuvi”, “rubl zona”sining yemirilishi, valyuta tushumlari va milliy boylikning chetga oqib ketishi va boshqalar inflyatsiya jarayonining yana rivojlanishiga olib kelgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |