Inflyatsiyaning vujudga kelish sabablari Inflyatsiya – pul muomalasi qonunining buzilishi, iqtisodiyotda tovar massasi hamda pul massasi o‘rtasidagi nomutanosiblik jarayonida vujudga keladi. Inflyatsiyani 160 vujudga kelishiga qator omillar ta’sir qilib, ularni ichki va tashqi omillarga ajratish mumkin. Ichki omillar tarkibiga ortiqcha pul massasi vujudga kelishi, milliy valyutaga nisbatan ishonchning pasayishi, mamlakatning nomutanosib to‘lov balansi kabilarni kiritish mumkin. Tashqi omillarga mamlakat tashqi siyosatining beqarorligi, iqtisodiy inqirozlar, moliya va fond bozorlarida indekslarning o‘zgarishi kabilarni keltirish mumkin. Ta’kidlash joizki, oltin va kumush tangalar pul vazifasini bajargan davrda iqtisodiyotda inflyatsiya muammosi mavjud bo‘lmagan. Metall pullar o‘rnini qog‘oz va tanga pullar egallagandan so‘ng iqtisodiyotda inflyatsiya bilan bog‘liq ziddiyatli holatlar vujudga kela boshladi. Chunki, qog‘oz va tanga pullar o‘zida haqiqiy qiymatni aks ettirmaydi. Inflyatsiyaning vujudga kelishiga muomala va ishlab chiqarish sohasi, shuningdek, mamlakatdagi iqtisodiy – siyosiy omillar ham sabab bo‘ladi. Inflyatsiyaning vujudga kelishida pul muomalasi omillariga byudjet taqchilligini qoplash maqsadida muomalaga qo‘shimcha tarzda chiqarilgan pullar, iqtisodiyotda asossiz ravishda berilgan kreditlar hajmining ortib borishi, mamlakat pul-kredit siyosatiga aholi ishonchining pasayishi va boshqalar sabab bo‘ladi.
Inflyatsiyaning vujudga kelishining asosiy sabablaridan biri iqtisodiyotdagi yalpi talab va yalpi taklif o‘rtasidagi muvozanatning buzilishidir. Inflyatsiya sharoitida kapital ishlab chiqarish doirasidan muomala doirasiga oqib o‘ta boshlaydi, chunki ishlab chiqarish jarayoni iqtisodiy jihatdan samarasiz sohaga aylanib boradi.
Inflyatsiyaning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari
Iqtisodiyotda inflyatsiyaning vujudga kelishi mamlakatning barcha jabhalarida ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan salbiy holatlarni keltirib chiqaradi. Iqtisodchi olimlar va mutaxassislarning fikricha, mamlakatda sudraluvchan inflyatsiya iqtisodiyot rivojiga kuchli salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi. Odatda iqtisodiyotda inflyatsiya darajasi yillik 12 – 14 foizdan ortgandan so‘ng uning salbiy ta’siri seziladi.Inflyatsiyaning salbiy ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari sifatida quyidagilarni ta’kidlash maqsadga muvofiq. 1. Aholi va korxonalarning nominal daromadlari hajmi ortib borsada real daromadlari pasayadi. Natijada aholining turmush darajasi pasayadi, ularning yillik olayotgan daromadlarining real qiymati pasayib boradi. Korxonalarda xom-ashyo va ishlab chiqarish xarajatlari ortib boradi, buning natijasida ularning moliyaviy holati yomonlashadi. 2. Mamlakatning boylik va daromadlari bir guruh kishilar o‘rtasida qayta taqsimlanadi. Kreditorlar bu borada yutadilar, debitorlar esa yutqazadilar. Dj.Millning fikriga ko‘ra “Barcha tovarlarning bahosi surunkali o‘sib borishi, boshqacha so‘z bilan aytganda pulning sotib olish qiymatining tushib ketishi, kimgadir iqtisodiy jihatdan keltiradigan foydasi qo‘shimcha ishlab chiqarish hisobidan emas, balki kimningdir hisobidan amalga oshadi”41. 3. Pulning moddiy boylikka almashtirish jarayoni tezlashadi. Aholi o‘z ixtiyoridagi pullarga tovar, ko‘chmas mulk, qimmatbaho buyumlarni, shuningdek, barqaror xorijiy valyutalarni sotib olishga bo‘lgan iqtisodiy qiziqish ortib boradi. 4. Uzoq muddatli investitsiyalarga yo‘naltiriladigan mablag‘lar kamayib boradi va oxir oqibat to‘xtaydi. Chunki, investitsiyalar hisobidan kelgusida olinadigan daromadlar o‘z qadrini yo‘qotgan pullarda olinadi. 5. Aholining barcha shakldagi pul jamg‘armalarining (omonat, naqd pul, obligatsiya, qimmatli
Do'stlaringiz bilan baham: |