1. Pulning mohiyati


Markaziy bankning pul-kredit siyosati



Download 60,6 Kb.
bet23/33
Sana13.07.2022
Hajmi60,6 Kb.
#792209
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   33
Bog'liq
pul va bank shp

Markaziy bankning pul-kredit siyosati
Markaziy bank milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash maqsadida mamlaklakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni e’tiborga olib o‘zining pul-kredit siyosatini ishlab chiqadi va amalga oshiradi. Markaziy bankning pul-kredit siyosati iqtisodiyotda pul massasi yoki foiz stavkalarining zarur darajadagi me’yorini ta’minlash, iqtisodiyotning pulga bo‘lgan talabini qondirish yoki milliy valyuta kursini xorijiy valyutalarga nisbatan mustahkamlash kabi qator omillar nuqtai nazaridan turlicha ko‘rinishda amalga oshiriladi. Shu jihatdan Markaziy bankning restriksion (qattiq) va ekspansion (yumshoq) pul-kredit siyosati turlarini keltirish mumkin. Restriksion pul-kredit siyosatida iqtisodiyotda pul massasi va kredit operatsiyalar hajmini kamaytirish va foiz stavkalarini oshirish bilan bog‘liq tadbirlar amalga oshiriladi.
Ekspansion pul-kredit siyosatida odatda kreditlash hajmini oshirish, iqtisodiyotda pul massasining oshishi ustidan nazoratni susaytirish, soliq va bank foiz stavkalarini pasaytirish masalalariga e’tibor qaratiladi.
Markaziy bankning pul-kredit siyosati restriksion yoki ekspansion bo‘ladimi u keng qamrovli yoki selektiv xarakterga ega bo‘lishi mumkin. Keng qamrovlida Markaziy bankning pul-kredit siyosati mamlakatdagi barcha kredit muassasalari va ularning barcha operatsiyalariga joriy etiladi, selektivda esa, pul-kredit siyosati alohida olingan tijorat banklar faoliyatida yoki ayrim operatsiyalar uchun tatbiq etilishi mumkin..
Pul-kredit siyosatining qator usullari mavjud bo‘lib, ularning asosiylari quyidagilardan iborat:– tijorat banklariga nisbatan o‘rnatilgan majburiy zaxira siyosati; – tijorat banklarini qayta moliyalash siyosati (hisob stavkasi); – ochiq bozordagi siyosati; – valyuta va depozit siyosati.
Muomala uchun zarur bo‘lgan naqd pullar miqdorini aniqlash asoslari
Naqd pul muomalasini tartibga solishning asosiy vazifasi, bu – muomalaga chiqarilishi yoki olinishi lozim bo‘lgan naqd pul miqdorini aniqlashdan iboratdir. Ushbu vazifa muomala uchun zarur naqd pul mablag‘lariga bo‘lgan talabni aniqlash orqali amalga oshiriladi. Ma’lumki, naqd pullar kichik hajmdagi chakana va uyushmagan savdo hamda naqd pulli xizmatlar uchun to‘lovlarda qo‘llaniladi. Yoki, naqd pul aylanmasining umumiy pul aylanmasidagi ulushi yuqorida ko‘rsatilgan naqd pulli to‘lovlarning jami to‘lovlardagi ulushi bilan aniqlanadi. Demak, naqd pulga bo‘lgan talab umumiy pul massasiga bo‘lgan talabning bir qismidir. Lekin, umumiy pul massasiga nafaqat tovarlar va xizmatlar hajmi, balki pulning aylanish tezligi va bank foiz stavkalarining darajasi ham ta’sir etadi. Ushbu omillar nazariy jihatdan olimlar tomonidan allaqachon asoslanib ulgurilgan va bugungi kunda juda ko‘p mamlakatlarning iqtisodiyotini boshqarishda pulga bo‘lgan talab va taklifni tartibga solish mexanizimi sifatida qo‘llanilmoqda. Fanda bu usul monetarizm (pulning miqdoriy nazariyasi) nomi bilan mashhur bo‘lib ketgan. Bunda shuni qayd etib o‘tish lozimki, klassik – dastlabki monetarizm asoschilari muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdorini asosan muomaladagi mavjud tovarlar qiymati va turli pulli to‘lovlar yig‘indisidan kelib chiqqan holda aniqlashga uringanlar.
Masalan, ingliz iqtisodchisi U.Petti (1623–1687) muomala uchun zarur bo‘lgan naqd pullar miqdori aholining bir haftalik pul daromadlari, yer ijarasi uchun to‘lanadigan haqning yarmi va barcha eksport qilinadigan tovarlar summasining to‘rtdan bir qismining yig‘indisiga teng bo‘lishi lozim deb hisoblagan.


Download 60,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish