Pul tizimining elementlari Pul tizimi quyidagi elementlarni o‘z ichiga oladi: pul tizimini tashkil etish tamoyillari; pul birligi; baho masshtabi; pulning turlari; pul birliklari va belgilarini emissiya qilish tartibi va ularning ta’minlanganlik asoslari; pul muomalasini tartibga solishning usullari; mamlakatda pul oborotining tarkibi va uni tashkil etish.
Pul tizimini tashkil etish tamoyillari – pul tizimini tashkil etishning asosiy elementlaridan hisoblandi. Pul tizimini tashkil etishda davlat tomonidan pul tizimini tashkil etishning tartib va qoidalari nazarda tutiladi.
Pul tizimini markazdan boshqarishi tamoyili. Pul tizimini boshqarishning ushbu tamoyili mamlakatni ma’muriy – taqsimlash modeliga xos bo‘lib, bu jarayonda barcha pul munosabatlari tegishli ko‘rsatma va reja asosida amalga oshiriladi.
Pul birligi. Pul birligi va uning nomi hukumatning tegishli qonun va me’yoriy hujjatlari asosida belgilanadi. Qonun va tegishli me’yoriy hujjatlar asosida belgilab qo‘yilgan pul belgilari mamlakatda yagona to‘lov vositasi vazifasini bajaradi.
Baho masshtabi – bu qiymatning pul birligida aks ettirish vositasidir, pulning o‘ziga xos bo‘lgan texnik funksiyasi ham hisoblanadi
Pulning turlari – malakatdagi qonuniy to‘lov vositasi hisoblanadi.Hozirgi paytda hech qanday mamlakatda metall pul tizimi amal qilmaydi.
Mamlakatda pul oborotining tarkibi va uni tashkil etish. Pul oboroti o‘z tarkibiga naqd pulli va naqd pulsiz hisob-kitoblarni oladi. Iqtisodiyotda amalga oshirilayotgan pul oborotining asosiy qismi naqd pulsiz hisob-kitoblar ulushiga to‘g‘ri keladi. Pul oborotining tarkibi, tartibi va nazorati Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladi. Har bir mamlakatda pul tizimining tarkibi, amal qilish usullari va tartibi davlatning tegishli qonunlari asosida o‘rnatiladi. Pul tizimining mustahkamligi va uning barqarorligiga turli omillar ta’sir qiladi. Xususan: a) mamlakat Markaziy bankining pul-kredit siyosatini amalga oshirishdagi mustaqilligi. Ko‘pchilik hollarda Markaziy bank pul-kredit siyosatini amalga oshirishga hukumatning aralashuvi va tazyiqi natijasida milliy valyutaning sotib olish qobiliyati zaiflashadi, mamlakat bank tizimiga aholining ishonchi pasayib ketadi. Buning 129 natijasida pul tizimi nobarqaror bo‘lib, Markaziy bank tomonidan olib borilayotgan pul-kredit siyosati o‘zining tegishli samarasini bermaydi. b) xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy barqarorligi va raqobatbardoshligi. Mamlakatning iqtisodiy jihatdan mustahkamligi va ishlab chiqarilayotgan tovarlar va ko‘rsatilayotgan xizmatlarning raqobatbardoshligi pul tizimining braqarorligini ta’minlashga bevosita xizmat qiladi. Chunki bozor munosabatlarining chuqurlashuvi mamlakatlar o‘rtasida iqtisodiy integratsiyani rivojlanishiga va iqtisodiyotning globallashuviga olib keladi. Ushbu sharoitda olib borilayotgan makro va mikroiqtisodiy siyosat tegishli samarani bermasa, mamlakatda importning hajmi eksportga nisbatan ortib ketishi kuzatiladi. Bu esa o‘z navbatida pul tizimining barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi..