85
4.11. TMV ni poliakrilamid geli (PAAG) kolonkasida elektroforez
usulida tozalash
1975 yili Paul (10) poliakrilamid gelidagi elektroforez yordamida kartoshka
A, M, U viruslarini, baqlajon mozaikasi virusini, turneps sariq mozaikasi
viruslarini aniqladi, Georg va Altman (10) esa bu metodni mevali daraxtlar
viruslarini diagnostika qilishda ishlatishdi (Vaxabov, 1990 dan olindi). Buning
uchun virusli namunani maydalab, undan olingan virusli eritmani tris-HCl
buferida eritib, gelfiltratsiya qilib, uni konsentrlandi. Konsentrlangan virus 4% li
poliakrilamidda elektroforez qilinadi (poliakrilamid gelining 3,75% va undan past
konsentratsiyalarining yumshoqligi sababli ularni ishlatish mumkin emas).
Polikarilamidning 4,5,6,7 - % li gellari mustahkam bo‘lishiga qaramasdan
poralarining kichikligi sababli virusdan tashqari hujayra tarkibidagi moddalarni
ham tutib qoladi. Shu sababli ular virus tozalashda ishlatilmaydi. Kichik
malekulali oqsillar trubkada oson harakatlanadi, viruslar esa nisbatan katta
molekula massasiga ega bo‘lganliklaridan gel ichiga 1 sm gagina kiradilar xolos.
Oqsillarni fraksiyalariga ajratishda ishlatiladigan gellarga 5-6% viruslar umuman
kirmaydilar.
Qora amid bo‘yog‘i bilan bo‘yalganda gel probirkasining tagida hujayraning
normal oqsillaridan tashkil topgan bitta zona hosil bo‘ladi. Demak, viruslarni va
normal hujayra oqsillarini fraksiyaga ajratishda, sifat reaksiyasi o‘tkazishda
PAAG elektroforezidan foydalanish mumkin.
Bu metodning imkoniyatlarini yanada kengaytirib, unda ishlatiladigan gel
konsentratsiyasini pasaytirib (poralarni kengaytirib) virus tozalashda ishlatish
mumkin.
Veritkal qilib o‘rnatilgan xromatografiya kolonkasi elektroforez o‘tkazish
uchun 4% li PAAG ohistalik bilan to‘latiladi. Gel polimerlanganidan so‘ng,
avvaldan tayyorlangan anod va katod idishlari buferlar bilan to‘latilib, ular
elektroforez o‘tkazilgan kolonkaga ulashga tayyorlanadi. Kolonkaga 40 mg
qisman tozalangan virus solinadi va u katod idishiga ulanadi (Ilova,12 rasm)
elektroforezgacha bo‘lgan holat). So‘ngra tok manbaiga ulanib tok kuchi beriladi.
Elektroforezni 1-3 soat davomida o‘tkaziladi. Elektroforez tugagandan so‘ng, gel
ustidagi virus minimal bufer bilan eritib olinadi (Ilova, 12 - rasm).
Elektroforez jarayonida hujayraning normal qismlari virusga qaraganda start
nuqtasidan tezroq harakatlanib saxarozadan Ilova,12 rasm, 2 zona) va geldan 3
soat ichida o‘tib ketadilar va kolonkaning 20-25 sm lik oralig‘ida zonasida tor
zona hosil qiladi (Ilova, 12 rasm, 4 zona). Bu muddatda virus zarralari ham
saxarozadan oson o‘tib, gel kolonkasi yuzasida to‘planadi.
Ma’lum qism virus zarralari (10% gacha) gelga kiradi (Ilova,12 –rasm, 1 b).
Elektroforez tugashi bilan kolonka anod va katod idishlari ajratiladi, gel
kolonkasi ustidagi virus 2 ml bufer bilan eritib olinadi (bufer solib eritish 3
marta
qaytariladi). Gelga kirgan virusni ajratish uchun gel 1 sm dan qilib kesiladi va
havonchada fosfat buferi bilan eziladi, so‘ngra virus geldan filtrlanib ajratib
olinadi. Gel ustidan ajratib olingan ((Ilova,12 –rasm, 1 a).
Do'stlaringiz bilan baham: |