so‘z uzunligi
- bu xossa bo‘yicha MP lar asosan xo‘jalik
yumushlari (kassa apparatlar, elektron tarozilar, mikrokalkulyator) da
70
foydalaniladigan 4 - razryadli, ma’lumotlarni qayta ishlash qurilmalarida
ishlatiladigan 8 -razryadli va mikro EXM, oddiy kompyuterlarda
qo‘llaniladigan 16 razryadli turlarga bo‘linadi.
tezkorlik -
sxemalar va texnik ijro nuqtai nazaridan kelib chiqib,
MP larning tezkorligi sekundiga 80 mingdan 5 mln. ta operatsiya
bo‘lishi mumkin.
chekka uskunalar
(periferiyadagi qurilmalar)
bilan
texnik
ko‘rsatkichlarning mos kelishi.
Bu xossa MP ning tashqi shinalari
boshqa turdagi TTL yoki MPD sistemalari bilan uzviy yaqin bo‘lishi,
TXK, DXK yoki dasturlanuvchi (DDXK) qurilmalar bilan ishlaganda 0
va 1 signallarini bir xilda uzatilishini, har bir chiqarishda belgilangan
nagruzkadan oshmagan signal yuborilishini ta’minlashni nazarda tutadi.
Axborotni qayta ishlash MP ning asosiy funksiyalaridan biri
hisoblanadi.
Bu funksiya hisob-kitob ishlari (arifmetik va mantiqiy
operatsiyalarni
bajarish)ni,
ma’lumotlarga
ishlov
berishni
shakllantirishni o‘z ichiga oladi.
Hisob-kitoblarni bajaruvchi sxemalar o‘z faoliyati orqali kattaliklar
qiymatini o‘zgartiradigan arifmetik - mantiqiy qurilma (AMQ) ni tashkil
etadi.
AMQ qo‘shish
(ADD),
ayirish
(Subtrakt),
Mantiqiy ko‘paytirish
VA
(And),
mantiqiy qo‘shish YoKI
(OR),
taqqoslash
(Sotrare),
musbat
orttirish
(1psretept),
manfiy orttirish
(Desretept)
amallarini bajara oladi.
Qayd etish joyizki, AMQ yuqorida ko‘rsatilgan amallarni agarda
berilgan ma’lumotlar unga kerakli manzilda joylashtirilgan bo‘lsagina
bajarishi mumkin. Undan tashqari AMQ bu ma’lumotni nima qilish
kerakligini ham aniq bilishi zarur. AMQ ga bu ma’lumotlarni yuqori
71
aniqlikda yetkazib beruvchi MP ning sistemani boshqaruvchi aniq
sxemalari faoliyat yuritadi.
4.2-chizma. 8-razryadli mikroprotsessorning struktura sxemasi.
Sistemani boshqarish
MP ning ikkinchi muhim xususiyati
hisoblanadi.
Boshqaruv
sxemalari
-
ma’lumotlar kodini yechish va
ma’lumotlarni qayta ishlovchi buyruklar majmuini (yoki dasturini) to‘liq
ijro etilishini ta’minlaydi. Boshqarish sxemalari dasturiy buyruklarni
xotirada saqlash va zarur ketma-ketlikda birin - ketin xotiradan chiqarib
olish uchun xizmat qiladi.
72
Buyruk xotiradan chiqarib olingach, MP uning kodlarini ochadi.
Boshqarish sxemalari kodlari ochilgan buyruk ijrosini nazorat qilib
boradi. Buyruklar xotirada saqlangani bois, agarda ma’lumotlar
xarakteri o‘zgarsa, zarur xollarda ular buyrukni ham ixtiyoriy
o‘zgartirishi mumkin.
Buyruklarni xotiradan chiqarib olishdan tashqari MP o‘ziga
ulangan tashqi qurilmalar bilan axborot almashishdek
muhim funksiyani
ham amalga oshiradi.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan sxemalardan tashqari MP dasturiy
buyruklarni saqlash, axborotni kiritish va chiqarishga mo‘ljallangan
sxemalarni ham uz ichiga oladi.
MP ning asosiy harakteristikasi uning quvvati
xisoblanadi. MP
quvvatini uchta asosiy kattalik bilan izoxlash mumkin. Bular so‘z
uzunligi, xotiradan uzatilayetgan so‘z soni va buyruklarni bajarish
tezligi xisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, "so‘z" deganda muayyan ketma - ketlikdagi 0 va 1
sonlari ifodasi tushuniladi. Barcha so‘zlar MP registrlarida saqlanadi. 8
ga karrali bo‘lgan razryadlar soni odatda MP quvvatini belgilaydi.
Xozirgi paytda 8, 16, 32, 64 razryadli MP lar tarqalgan. Lekin MP
quvvatini aniqlashda ichki registrlarining razryadlari sonidan tashqari,
ma’lumotlarning tashqi shinasi razryadlari, ya’ni MP tashqi qurilmalar
bilan ma’lumot almashadigan yullar (liniyalar) soni ham xisobga
olinadi. Shinalar kanchalik keng bo‘lsa, (8.....64), MP bilan tashqi
qurilmalar urtasida axborot almashish shunchalik tez kechadi.
MP quvvatini belgilovchi yana bir o‘lcham - u murojaat qiluvchi
xotira so‘zi o‘zining joylashuv nomeri va adresi hisoblanadi.
73
Xotiradan birorta so‘zni chiqarib olish uchun MP shu manzil
bo‘yicha murojaat buyruksini shakllantiradi. Xotira adreslari noldan
boshlanadi va xisoblashning ikkili tizimida yoziladi. Xotira adresining
qiymati qanchalik katta bo‘lsa, MP ning xisoblash quvvati shunchalik
yuqori bo‘ladi. 8 razryadli MP lar uchun xotiraning maksimal hajmi
odatda 65 kBt (65536 Bayt), 16 razryadlilar uchun 16 Mbt (16.776.736
bayt) ga teng.
MP ni harakterlovchi yana bir ko‘rsatkich uning tezkorligidir.
Bu parametr maxsus takt generatoridan chiqadigan takt chastotasi
bilan uzviy bog‘liqdir. Zamonaviy 8 va 16 - razryadli MP lar 1-12 MGts
diapazondagi takt chastotasida bitta operatsiya (takt) 1· 10
-7
sek da
bajariladi. Eng oddiy amallarni, masalan xotiradan chiqarib olingan
ikkita butun sonni qo‘shish va natijani xotiraga kiritish uchun 25-30 takt
kerak bo‘ladi. Bu amallarni bajarish uchun ko‘rsatilgan takt chastotasida
2,5-3 · 10
-6
sek vaqt ketadi. Demak, bunday holatda MP sekundiga 300 -
400 ming amalni bajarish qobiliyatiga ega. Lekin bajarilayotgan amallar
murakkablashib borishi barobarida MP tezligi pasayadi.
Shunday qilib, MP tuzilishi, uning strukturaviy sxemasi tahlilidan
MP 3 ta asosiy blokdan - AMQ, boshqarish qurilmasi va registrlar
blokidan iborat ekanligini ko‘rish mumkin.
MP bloklari o‘rtasidagi axborotlarni uzatish uchun axborotlar
shinasi, adreslar shinasi va boshqaruv shinasi nazarda tutilgan.
Har bir registr axborotlarning faqatgina bitta so‘zini saqlab turishi
mumkin. MP ning barcha registrlari maxsus va umumiy maqsadlaridagi
registrlarga bo‘linadi.
Turli MP larda registrlar soni unga yuklatitilgan vazifalar va MP
arxitekturasiga bog‘liq. Lekin deyarli barcha MP lar 6 ta asosiy registrga
74
ega. Bular - holat, bufer, buyruklar, xotira manzili registrlari, buyruklar
schetchigi va akkumulyatordir. MP tarkibida foydalaniladigan boshqa
registrlar programmist ishini soddalashtirish va yengillatish uchun kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |