3.2.5 Ob’ektga ko‘rsatiluvchi tashqi ta’sirlar.
Ob’ektlardagi kechikish
Yuk – ob’ektga ko‘rsatiladigan tashqi ta’sir. Bu ta’sirning qiymati
apparatning ish rejimi orqali aniqlanadi va texnologik ehtiyojlar uchun ob’ektdan
olinadigan modda yoki energiya miqdorini ifodalaydi. Rostlanuvchi ob’ektdan
modda yoki energiya o‘tishida apparat yukining (ishlab chiqarishi) o‘zgarishi
rostlanuvchi kattalikning o‘zgarishiga olib keladi.
Rostlanuvchi ob’ekt yukining o‘zgarishi g‘alayonlanish manbalaridan
biridir. Modda yoki energiya sarfini ularning ob’ektga kelishidan avval
stabillashtirish mumkin bo‘lsa, berilayotgan xom ashyo tarkibini stabillash bir
muncha qiyinchiliklar tug‘diradi. Shuning uchun ob’ektga keladigan modda
tarkibining tebranishi g‘alayonlanishining yana bir manbalaridan biridir.
Nostatsionar ob’ektlarda g‘alayonlanishlar ob’ekt tavsifnomalarining o‘zgarishi
sababli ham kelib chiqishi mumkin. Yuk – modda yoki energiyaning ob’ektdan
olinishiga (oqib chiqishiga) ko‘rsatiladigan ob’ekt qarshiligini ifodalaydi. Ob’ekt
yukining o‘zgarishi rostlanuvchi kattalik o‘zgarishning tezligini oshiradi. Yukning
o‘zgarish chastotasi haqida ham xuddi shuni aytish mumkin. Yuk tebranishlarining
amplitudasi ham, chastotasi ham rostlash sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Rostlanuvchi ob’ektning yukini o‘zgartirish, ya’ni ob’ektning bir ish
rejimidan ikkinchisiga o‘tish extiyoji paydo bo‘lsa, bu amalni sekinlik bilan
bajarish kerak, bunda rostlash tizimi ob’ektni yangi ish rejimiga ravon, keskin
tebranishlarsiz o‘tkazadi. Yukning katta o‘zgarishlarida avtomat rostlagichlarni
qaytadan rostlash extiyoji paydo bo‘lishi mumkin. Bu hol yukning o‘zgarishi
rostlanuvchi ob’ektning statik va dinamik tavsifnomalarini o‘zgarishiga olib kelishi
bilan bog‘lik. Masalan, yuk kamayishi bilan sof kechikish ko‘payadi, o‘z-o‘zidan
to‘g‘rilanish, sig‘im koeffitsiyentlari va boshqariluvchi ob’ektning vaqt doimiysi
63
kamayadi. Shuning uchun ob’ektning xar xil yuklariga avtomat rostlagichlarning
turlicha optimal rostlanishlari to‘g‘ri keladi.
Agar rostlanuvchi ob’ektga g‘alayonlovchi yoki boshqaruvchi ta’sir
ko‘rsatilsa, ob’ekt chiqishidagi rostlanuvchi kattalik shu zahoti emas, balki bir
muncha vaqt o‘tgandan so‘ng o‘zgaradi, ya’ni ob’ektda jarayonning kechikishi
hosil bo‘ladi. Modda (energiya)ning yaqinlashishi yoki sarf o‘zgarishi bo‘yicha
oniy (pog‘onali) g‘alayonlanishi ob’ekt uchun eng yomon holdir. Shuning uchun
rostlash tizimlari pog‘onali g‘alayonlanish uchun mos hisoblanadi.
Ob’ektdagi kechikish qarshiliklar mavjudligi va tizimning inersionligi bilan
izohlanadi. Sof (yoki transport) va oraliq (sig‘imli) kechikishlar mavjud.
G‘alayonlovchi yoki boshqaruvchi ta’sir ko‘rsatilgan momentdan boshlab
rostlanuvchi kattalik ob’ekt chiqishida o‘zgara boshlagan paytgacha o‘tgan vaqt
sof kechikish deyiladi. Bu vaqt modda yoki energiya oqimining harakat tezligi va
g‘alayonlovchi ta’sir ko‘rsatilgan nuqta bilan rostlanuvchi kattalikning hozirgi
qiymati o‘lchanadigan nuqta orasidagi masofadan aniqlanadi. Sof kechikish tashqi
ta’sirning shakli va miqdoriga ta’sir qilmay, faqat ob’ekt chiqishidagi reaksiyani
vaqt mobaynida siljitadi. Agar kirish ta’siri sinusoidal xarakterga ega bo‘lsa,
ob’ektda sof kechikish mavjudligi chiqish signalining faza bo‘yicha kechikishga
olib keladi.
.
2
т
т
Т
(3.12)
Agar ob’ektdagi modda yoki energiya harakatining tezligini cheksiz
kattalikkacha yetkazish mumkin bo‘lsa, sof kechikishni nolga tenglashtirish
mumkin bo‘lar edi. Sof kechikishni minimumga yetkazish uchun datchik sezgir
elementini va ijro etuvchi mexanizmning rostlovchi organini bir-biriga hamda
rostlovchi ob’ektga mumkin qadar yaqin joylashtirish lozim.
Oraliq kechikish rostlanuvchi ob’ektda gidravlik va issiqlik qarshiliklari
bilan ajratilgan bir yoki bir necha o‘zaro bog‘langan sig‘imlarning mavjudligi bilan
izohlanadi. Bu qarshiliklar ob’ektda modda yoki energiya harakatiga to‘sqinlik
qilib, tarqalish egri chizig‘ining transformatsiyasiga sabab bo‘ladi. Oraliq
kechikishni ob’ektning tarqalish egri chizig‘ida grafik ravishda rostlanuvchi
64
kattalikning o‘zgarishi boshlangan momentdan tarqalish egri chizig‘iga o‘tkazilgan
urinmaning absissa o‘qi bilan kesishgan nuqtasigacha o‘tgan vaqt davri bilan
aniqlash mumkin. Oraliq kechikish o‘tish jarayonining ayniqsa dastlabki davrida
ob’ekt tarqalishining qiymati qancha katta bo‘lsa, g‘alayonlovchi ta’sir natijasida
rostlanuvchi kattalikning o‘zgarishi shuncha past bo‘ladi. Shunday qilib, kichik
o‘zgarishli o‘tish jarayonlari oraliq kechikish avtomatik rostlash vazifalarini
yengillashtiradi.
Oraliq kechikish ob’ektdagi sig‘imlar soni va oraliq qarshiliklar miqdori
bilan aniqlanadi. Oraliq qarshiliklarning vaqt bo‘yicha o‘zgarishi oraliq kechikish
miqdorining ortishiga olib keladi. Rostlanuvchi ob’ektning to‘liq kechikish vaqti
sof kechikish vaqti
m
bilan oraliq kechikish vaqti
n
ning yig‘indisidan iborat:
n
т
(3.13)
Kechikish rostlash jarayonining sifatiga yomon ta’sir qilib, jarayonning
turg‘unlik koeffitsiyentini kamaytiradi. To‘liq kechikish vaqti qancha ko‘p bo‘lsa,
ob’ekt ishini rostlash shuncha qiyinlashadi. Ba’zan kechikishning haddan tashqari
kattaligi ob’ektdagi rostlashni qiyinlashtiradi. Shuning uchun to‘liq kechikish
miqdorini iloji boricha kamaytirish maqsadga muvofiqdir.
65
3.9 –rasm. Texnologik ob’ektga ko‘rsatiluvchi tashqi ta’sirlar.
Ob’ektlardagi kechikishlar
Do'stlaringiz bilan baham: |