1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


 Avtomatlashtirish ob’ektlarining asosiy xossalari



Download 2,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/94
Sana13.06.2022
Hajmi2,62 Mb.
#663750
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   94
Bog'liq
gazieva

3.2. Avtomatlashtirish ob’ektlarining asosiy xossalari
Har qanday ishlab chiqarish, shu jumladan qishloq suv xo‘jaligi ishlab 
chiqarishi ham rostlash ob’ektlarining xilma-xilligi bilan xarakterlanadi. Shunda 
alohida mashina, turli qurilmalar va hokazolar kompleksi ham ob’ekt sifatida 
qaralishi mumkin. Eng ko‘p tarqalgan ob’ektlarga quyidagilar kiradi: 1) turli 
issiqlik qurilmalari (issiqlik generatorlari, suv isitkichlar, kaloriferli uskunalar, 
elektr pechlar, qozonxona qurilmalari, turli isitkichlar va hokazolar) bunday 
ob’ektlarda, odatda, haroratni, beradigan havo, yoqilg‘i yoki energiya miqdorini 
rostlash talab etiladi;
2) Gidromeliorativ tizimlari texnologik jarayonlarida qo‘llanuvchi argegat 
va uskunalar (sug‘orish tizimlari qurilmalari, suv tarqatish jarayonlarida 
qo‘llanuvchi nasoslar va nazorat o‘lchovlari); 
3) Gidrotexnik inshootlarining mashina va mexanizmlari (tuskichlar, 
surgichlar, maxkamlovchi armatura va x.k.); 


53 
Ob’ektlarning xossalari rostlash jarayonining boshidan oxirigacha ta’sir 
etadi, shuning uchun avtomatik rostlash tizimining ishini analiz qilishda shu 
xossalarni hisobga olish kerak. 
Avtomatlashtirish ob’ektlarini tavsiyalovchi asosiy xossalarga quyidagilar 
kiradi: ob’ektning statik tavsifnomasi, dinamik tavsifnomasi, o‘zida to‘plash 
(akkumulyatorlik) qobiliyati, yoki tekislash, ob’ektning o‘tish vaqti va ob’ektning 
vaqt konstantasi. 
3.2.1. Ob’ektning statik va dinamik tavsifnomalari 
 
Ob’ektning statik tavsifnomasi rostlanuvchi miqdor u (chiqish miqdori) 
ning topshiruvchi ta’sir x (kirish miqdori)ga o‘zgarmas g‘alayon F(t)=const li 
barqaror rejimda bog‘liqligini ko‘rsatadi. Statik tavsifnomaning matematik 
ko‘rinishi
u=f(t)
(3.4) 
Turli ob’ektlarning statik tavsifnomalari har xil shaklda bo‘ladi; agar ular 
chiziqli tenglamalar bilan yozilib, grafik to‘g‘ri chiziq bilan ifodalansa, bunday 
ob’ektlar chiziqli ob’ektlar deb ataladi. 
Ko‘pchilik ob’ektlar nochiziqli statik tavsifnomaga ega bo‘ladi, shu sababli 
avtomatika tizimlarini ham barqaror (statik), ham o‘tkinchi (dinamik) rejimlarda 
tadqiq etish ancha qiyin.
Chiziqli ob’ekt 1 va nochiziqli ob’ekt 2 uchun statik tavsifnomalar 18-
rasm, a da ko‘rsatilgan. 
3.6-rasm. Statik rostlash sxemasi (a) va rostlash tavsifnomasi (b) 


54 
Nochiziqli tavsifnomali tizimlarni tahlil qilish oson bo‘lishi uchun statik 
tavsifnoma chiziqlantiriladi, ya’ni nochiziqli tavsifnomaning ayrim bo‘lagi, yoki 
to‘liq (3 egri chizik) chiziqli tavsifnomaga almashtiriladi. Bunday almashish 
ma’lum xatolikka keltiradi. Hisoblarda noto‘g‘ri natijalar olmaslik yoki katta 
xatolarga yo‘l qo‘ymaslik uchun har qaysi alohida holda chiziqlantirishni qo‘llash 
imkonini, shuningdek, nochiziqli tavsifnomani aniqlash zarur. 
Ob’ektning dinamik tavsifnomasi vaqtning istalgan payti uchun 
rostlanuvchi miqdor u(t) ning o‘tkinchi jarayonda topshiruvchi ta’sir x(t) ga 
bog‘liqligini ko‘rsatadi. Bu kattaliklar orasidagi bog‘lanish differensial tenglamalar 
bilan ifodalanadi. 
Ob’ektning dinamik xossalari to‘g‘risidagi to‘liq tasavvurni uzatish 
funksiyalari va chastota tavsifnomalari beradi. 

Download 2,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish