1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Bo‘lim bo‘yicha nazorat savollari



Download 2,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/94
Sana13.06.2022
Hajmi2,62 Mb.
#663750
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   94
Bog'liq
gazieva

Bo‘lim bo‘yicha nazorat savollari 
1.
Avtomatlashtirish tizimlari tarkibiga qanday elementlar kiradi? 
2.
Avtomatlashtirish tizimlaridagi elementlariga beriladigan ta’sirlarning qanday 
turlarini bilasiz? 
3.
Avtomatlashtirish tizimlarida rostlashning qanday sikllari va usullari mavjud 
(misol keltiring)? 
4.
Avtomatika elementi nima ? 
5.
Teskari aloqani tizimdagi kanday qurilma hosil qiladi? 
6.
Elastik teskari aloqa nima ?
7.
.Avtomatik rostlashni eng oddiy tizimining sxemasini tushuntiring? 
8.
Avtomatika tizimining ish jarayonida rostlovchi signal uzluksiz bo‘lgani 
holda rostlovchi ta’sir ma’lum vaqtga uzilsa yoki alohida impulslar shaklida 
uzatilsa, u holda bunday prinsipda ishlaydigan rostlagich kanday rostlagichlar 
deb ataladi ? 
9.
Releli rostlashning ishlash prinsipini tushuntiring. 
10.
Avtomatik rostlash tizimlarida teskari aloqalar nima uchun kerak? 


44 
III. AVTOMATLASHTIRILUVCHI ASOSIY TEXNOLOGIK OB’EKT VA 
JARAYONLARNI AVTOMATLASHTIRISH USLUBLARI 
 
3.1. Avtomatlashtirish ob’ektlari va texnologik jarayonlar xaqida umumiy 
tushunchalar
Avtomatlashtirilgan tizimlarni ishlab chiqishda hisobga olinadigan ishlab 
chiqarish jarayoni tayyor mahsulot olinguncha bo‘lgan barcha texnologik 
jarayonlarning yig‘indisidir. Ishlab chiqarish jarayonlari qo‘llanish sohasiga qarab 
farqlanadi: masalan, don mahsulotlarini qayta ishlash va yig‘ish jarayoni, 
sabzavotlarni saqlash va hokazolar. Texnologik jarayon mahsulot yoki materialni 
boshlang‘ich holatdan oxirgi holatiga o‘tkazish uchun kerak bo‘ladigan 
operatsiyalar yig‘indisidan iborat bo‘lib, quyidagi texnologik ish rejimlari bilan
xarakterlanadi: 
- tayyorlovchi mashinalarni va ob’ektlarni asosiy vazifasini bajarishga 
tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lgan; 
- ish rejimi ob’ekt yoki mashinalarni material yoki ish muhiti bilan ta’siri; 
- biologik (yoki fizik-ximik) o‘simlik yoki chorva mahsulotini ob’ekt 
tarkibida uzoq vaqt yig‘ilib qolish rejimi; 
- transport rejimi. 
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida biologik rejimlar maxsus o‘rin tutadi. 
Ularda mahsulotni olish va uni fiziologik qayta ishlash uzluksiz xarakterga ega. 
Bunday jarayonni uzib qo‘yish yoki boshqa rejimlar o‘rnatish mumkin emas. 
Lekin bunday maxsus biologik rejimlarni hisobga olgan holda jarayonlarni 
avtomatlashtirish qishloq xo‘jaligida ma’lum ketma-ketlikka ega bo‘lishi 
mumkin. 
Texnologik operatsiya - jarayonning normal o‘tishi uchun bajarilishi zarur 
bo‘lgan tashkiliy va texnologik harakatlarning yig‘indisidir. Texnologik 


45 
jarayonning texnologik operatsiyalarga ajratilishi butun ishlab chiqarish jarayoni 
davomida harakat davomiyligini, algoritmini aniqlashga imkon beradi. 
Operatsiyalar bir vaqtning o‘zida (parallel) yoki ketma-ket bajarilishi 
mumkin. 
Ishlab chiqarish jarayoni davomida mehnat predmetiga bir qancha ta’sirlar 
bilan ishlov beriladi. Bunday jarayonlar oddiy operatsiyalar bilan bog‘lik bo‘lgani 
uchun oddiy ta’sirlarni vujudga keltiradi. 
Oddiy jarayonlarni quyidagi turlarga bo‘lish mumkin: 
- ish jarayonlari; 
- transport jarayonlari; 
- o‘rnatish jarayoni; 
- ish sikliga kirmaydigan xizmatlarni o‘z ichiga oladigan jarayonlar. 
Oddiy operatsiyalar ishlab chiqarish jarayonlarini maqsadga muvofik 
o‘tishni ta’minlashi uchun quyidagi shart-sharoitlar mavjud bo‘lishi kerak: 
- energiya yoki modda (material) manbai; 
- energiya yoki moddani qabul qiluvchi qurilma; 
- energiya yoki moddani manbadan qabul qiluvchi qurilmaga uzatish yo‘li; 
- jarayonni boshqaruvchi organ lampasini yoki ish jarayonini ko‘rsatish 
mumkin. 
3.1-rasm. Jarayonni boshqaruvchi organ lampasini yoki
ish jarayonining sxemasi. 
M - manba (energiya yoki modda); BO - boshqaruvchi organ; O - jarayon 
o‘tadigan ob’ekt; TU - ta’sir uzatish yo‘li. 


46 
Bu oddiy jarayonda energiya manbai- elektr tarmog‘i, qabul qiluvchi-
elektr lampa, elektr o‘tkazgich-elektr simlari, bosh-qaruvchi organ esa uzib 
ulovchi apparat hisoblanadi. 
Oddiy jarayonlar o‘zaro funksional bog‘langan ikkita ko‘rsatkich: miqdor 
va sifat ko‘rsatkichlari bilan to‘la xarakterlanadi. Masalan: issiqlik ob’ektiga 
kelayotgan issiqlik energiyasining miqdor o‘zgarishi ob’ektning haroratini 
o‘zgartiradi. Bu ko‘rsakichlardan biri miqdor o‘zgarishi-boshqaruvchi, sifat 
ko‘rsatkichi esa bosh-qariluvchi deb ataladi. 
Oddiy jarayonlarni boshqarish quyidagi uchta asosiy masalani hal qilish 
bilan bog‘lik: 
- jarayonning o‘tishi (boshlanishi va to‘xtashi) to‘g‘risidagi buyruqni 
bajarish; 
- jarayonning yo‘nalishi to‘g‘risidagi: yuqoriga-pastga, soat strelkasi 
bo‘yicha-unga teskari, qizish-sovish, kirish-chiqish va boshqa buyruqlarni 
bajarish; 
- jarayon rejimi to‘g‘risidagi. 
Texnologik 
jarayonlarni 
avtomatlashtirishda 
boshqarish 
jarayoni 
boshqariluvchi ko‘rsatkichning berilgan algoritmlash funksiyasi asosida ma’lum 
rejimda ushlab turish uchun yo‘naltirilgan ta’sirlarning yig‘indisidan iboratdir. 
Boshqariluvchi ob’ekt- bu tashqaridan bo‘ladigan maxsus ta’sir orqali
texnologik jarayon algoritmini amalga oshirish uchun xizmat qiluvchi
qurilmadir. 
Algoritm- bu bajarilayotgan jarayonning mazmuni va ketma-ketligini 
ko‘rsatuvchi ma’lum aniqlikda amalga oshiruvchi maxsus ko‘rsatma hisoblanadi. 
Distansion boshqarish ma’lum masofaga o‘rnatilgan bosh-qariluvchi 
qurilma, ob’ektlarni tekshiruvchi texnik vositalar va usullarni o‘z ichiga oladi. 
Boshqarish uchun berilgan impulslar xizmatchi xodimlar orqali elektr simlari bilan 
maxsus tugmalar, kalitlar va boshqa boshqaruv qurilmalari yordamida amalga 
oshiriladi
.


47 
Ishlab 
chiqarish 
jarayonlarini 
kompleks 
mexanizatsiyalash 
va 
avtomatlashtirish ishlab chiqarish hajmini va sifatini yaxshilash, mehnat sharoitini
yaxshilash va mahsulot tannarxini tushirish uchun hizmat qiladi va texnikani ish 
chegarasini oshiradi. Bunga erishish uchun bir qancha vazifalarni amalga oshirish
lozim: 
- texnologik jarayonlarni uzlukli harakatdan uzluksiz harakatga o‘tkazishni 
takomillashtirish; 
- texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishning optimal hajmi va ketma-
ketligini o‘rnatish, boshqaruv algoritmi va metodlarini uzluksiz ravishda 
takomillashtirib borish; 
- qishloq xo‘jaligidagi avtomatlashtiriluvchi ob’ektlarning statik va 
dinamik tavsifnomalarini aniqlash; 
- turli o‘zgartirishlar kiritish maqsadida tekshirilayotgan parametrlarning 
funksional bog‘lanishlarini o‘rganish; 
- avtomatlashtirish talablariga javob beruvchi yangi qurilmalarni ishlab 
chiqarish; 
- qurilmalarning aniqlik va ishlash mustahkamligini oshirish; 
Ob’ektlar va texnologik jarayonlar harakatlanish asosi hamda turiga qarab 
ajratiladi.
Avtomatlashtirilgan tizimlarni loyihalash va avtomatika vositalarini 
yaratish masalalaridan kelib chiqib qishloq xo‘jalik ob’ektlarini 5 ta xususiyati 
bo‘yicha sinflarga ajratish mumkin: 
- texnologik jarayonlarning tipiga ko‘ra; 
- texnologik va transport harakatining bir-biri bilan bog‘lanishiga qarab; 
- ob’ektni dinamik xususiyatlari va qayta ishlanuvchi materialning agregat 
holatiga ko‘ra. 
Texnologik jarayonlarni tipiga ko‘ra sinflanishi avtomatlashtirish 
vazifalarini hal qilishda umumiy yechimga kelishga yordam beradi. Texnologik va 
transport harakati bog‘lanishiga qarab ob’ektlar 3 sinfga ajratiladi:1 -alohida 
xarakatlanuvchi, 2-birgalikda harakatlanuvchi va 3-mustaqil harakatlanuvchi.


48 
1- guruhga kiruvchi ob’ektlarda ma’lum qurilmalarda maxsulotga ishlov 
beriladi, qolgani faqat transport harakatini amalga oshiradi. Bu ob’ektlar 
avtomatlashtirish nuqtai nazaridan quyi sinfga kiritiladi. 
Transport va texnologik jarayonlar birgalikda olib boriladigan, ya’ni 
materialga ishlov berish transport harakati vaqtida barobar amalga oshiriluvchi 
ob’ektlar yuqori sinfga kiritiladi. 
Oliy sinf ob’ektlari mustaqil harakatga ega. Bu holda transport harakati 
ishlov berish vaqtida texnologik harakatga esa transport harakati vaqtida amalga 
oshirilishi mumkin. Bunday ob’ektlarni avtomatlashtirish ishlab chiqarish
jarayonlarini uzluksizligini ta’minlash bilan birga ish unumdorligini oshishini 
ta’minlaydi.
Ishlov berilayotgan mahsulotning agregat holati ijrochi mexanizmlar va 
birlamchi o‘zgartkichlar tanlashda katta ta’sir ko‘rsatadi. 
Qishloq xo‘jaligini sanoat asosiga o‘tkazishda juda katta xom ashyo, 
energiya oqimi va mehnat resurslari bilan birga keng axborot vositalaridan olingan 
optimal boshqaruv xabarlari berilishi lozim bo‘ladi. Buning uchun texnologik 
jarayonlarni avtomatlashtirishning turli usul va vositalari qullanilishi kerak. 
Avtomatlashtirish samaradorligi 3 ta asosiy masalaning yechimini o‘z 
ichiga oladi: 
- yangi texnologik jarayonlarni ishlab chiqish va ularni namunaviy holiga 
keltirish; 
- namunaviy texnologik jarayonni sifatli bajarishga yordam beruvchi yangi 
texnologik qurilmalarni yaratish; 
- avtomatikaning texnik vositalari yordamida texnologik jarayonlarni, 
operatsiya va qurilmalarini effektiv boshqarish algoritmini ishlab chiqish. 
Ishlab chiqarish jarayoni davomida turli texnologik zan-jirlar mavjud 
bo‘lishi mumkin. 
Texnologik zanjir texnologik jarayonlarning bir-biriga bog‘lanishini 
ifodalaydi. Alohida operatsiya va ish rejimlari, ularning bajarilish ketma-ketligi, 


49 
bularning hammasi berilgan ishlab chiqarish jarayonida mashina va uskunalarning 
harakatlanish ketma-ketligini optimal holda belgilab beradi. 
Avtomatlashtirilgan 
boshqaruv 
tizimlarini 
ishlab 
chiqishda 
avtomatlashtirish ob’ektini chuqur o‘rganish, uning barcha ish rejimlarini aniqlab 
olish zarur. Lekin ishlab chiqarishning turli sohalarida avtomatlashtirish darajasi 
va operatsiyalar turlichadir. Shuning uchun xar qanday texnologik jarayon 
operatsiyalarga turlicha ajratiladi. Bu yerda quyidagi vazifalar ko‘rsatilishi kerak: 
- avtomatik boshqarish tizimining maqsadi va vazifalari; 
- boshqarish ob’ektining tarkibiy qismlari; 
- ishlab chiqarilayotgan tizimning qismlari orasidagi funksional va 
boshqaruvchi bog‘lanishlari; 
- boshqarish ob’ekti va uning tarkibiy qismlarining rejimlari, bu rejimlar 
orasidagi mumkin bo‘lgan texnologik o‘tishlar soni; 
- u yoki bu rejimning algoritmi; 
- berilgan tizim uchun ishlatiladigan datchiklar va ijrochi mexanizmlar; 
- tizimning ma’lum ish rejimini ko‘rsatuvchi boshqaruvchi va tashqi ta’sir 
signallarini tavsiflovchi matematik tenglamalar. 
Axborot beruvchi kattaliklar va texnologik zanjir aniqlangandan so‘ng 
(tizimning) boshqariluvchi ob’ekt (BO) va boshqaruvchi qurilmadan tashkil 
topgan tizimning tarkibiy sxemasi tuziladi.
Boshqariluvchi ob’ektning xususiyatlarini tavsiflovchi kattaliklar umumiy 
ko‘rinishda qo‘yidagicha berilishi mumkin: 
u
i
=

(Z
i
, f(t), g

, t)
(3.1) 
bu yerda
u
i
- chiquvchi boshqariluvchi i- kattalik; 
f (t) - tashqi ta’sir; 
Z
i
- boshqaruvchi ta’sir; 
t - vaqt; 
g
i
- berilgan ta’sir. 


50 
Ulanish sxemasi va boshqaruvchi ta’sir kattaligiga qarab bitta ob’ekt bir 
necha xil matematik ko‘rinishda yozilishi mumkin. 
Ma’lum bir sifat ko‘rsatkichlariga - texnologik kattaliklarga ega bo‘lgan 
har qanday texnologik qurilma avtomatlashtirish ob’ekti deyiladi. Bu yerda ushbu 
kattaliklar kirish va chiqish kattaliklari hisoblanadi. 
Avtomatlashtirish ob’ektlari oddiy va murakkab bo‘lishi mumkin. 
Oddiy avtomatlashtirish ob’ektlari bittadan kirish va chiqish kattaliklariga 
ega. Misol uchun suv isitkichlarida chiqish kattaligi bu- suvning harorati, 
rostlovchi ta’sir- elektr kuchlanishi U
s
hisoblanadi (isitgichga beriluvchi). 
Bir necha kirish va chiqish kattaliklariga ega bo‘lib, ular orasida 
funksional bog‘lanish bo‘lmasa, bunday ob’ektlar ham oddiy ob’ektlar 
hisoblanadi. 
Murakkab ob’ektlar bir-biri bilan funksional bog‘langan bir necha 
kattaliklarga ega bo‘lgan ob’ektlardir. Bu ob’ektlardagi kattaliklarning o‘zaro 
ta’siri va bog‘lanishi hisobga olinadi.
Masalan, suv bilan ta’minlash tizimida uchta qurilmaning dinamik 
xususiyati e’tiborga olinishi lozim: nasos agregati, toza suv rezurvuari va uzatish 
quvuri. Asosiy rostlanuvchi parametrlar: nasos agregati elektr motorining aylanish 
chastotasi, nasosning ish unumi, suvning yuqori va pastki sath belgilari, suvning 
quvurdan o‘tish vaqti v tezligi hisoblanadi. 
Barcha ko‘rib chiqilgan avtomatlashtirish ob’ektlari murakkab ichki 
tarkibiy tuzilishiga ega. Ularni bir-biri bilan bog‘langan bir necha funksional 
bo‘limlardan tashkil topgan qurilma sifatida ko‘rsatish mumkin. Masalan: 
avtomatlashtirish ob’ekti (AO) tarkibida boshqariluvchi ob’ektga ko‘rsatuvchi
rostlovchi qurilmani (RO) ajratib ko‘rsatish mumkin. 
BO uchta asosiy kattalik bilan xarakterlanadi:u-ob’ektda modda yoki 
energetik potensial mavjudligini ko‘rsatuvchi chiqish kattaligi. X
t.t
-tashqi ta’sir 
(modda oqimi yoki energiyaning natijaviy qiymati), X
yuk
, X
n
-chetga chiqishlar. 
(3.5-rasm)







Download 2,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish