1. Nematodalar, ya'ni haqiqiy to'garak chuval-changlar (nematoda) sinfi


-rasm. Otlarning terisida parazitlik qiluvchi



Download 3,87 Mb.
bet26/44
Sana29.05.2022
Hajmi3,87 Mb.
#616143
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   44
Bog'liq
To\'garak og\'izlilar

64-rasm. Otlarning terisida parazitlik qiluvchi Parafilaria multipapillosa
nematoda turining rivojlanish sikli sxemasi.
Otlarning bo’yni, elka va ikki yoni paypaslab ko’rilsa, terida qalin shishlar, tugunchalar borligi ma’lum bo’ladi va kun isiganda bu tugunchalardan qon oqadi. Qon oqishi tamom bo’lishi bilan qon iviydi, keyin esa qobiq hosil bo’ladi. Kasallik zararsiz kechadi. Kasal otlarni janubdan shimolga ko’chirganda parafilyarioz 2-3 yildan keyin yo’qoladi.
Otlarnig parafilyarioz bilan zararlanishi respublikamizning ayrim viloyatlarida 18,1 % dan 80 % gacha etadi. Bu kasallik Farg’ona vodiysi, Sirdaryo, Toshkent va Surxondaryo viloyatlari xo’jaliklarida keng tarqalgan.
Parafilyarioz bilan kasallangan ot o’lmaydi. Bu kasallik uch yashar va undan katta yoshdagi otlarda qo’prok uchraydi. Uning intesivligi teri osti to’qimalarida bir vaqtda parzitlik qilalayotgan parafilyariylar soniga bog’liq bo’lib, otlarda 200 tagacha etadi. Otlardan oqayotgan qon tomchilarida parafilyariy tuxumlari va lichinkalarining mavjudligiga qarab kasallik aniqlanadi. Ammo parafilyariy lichinkalari asosiy qon aylanish sistemasida bo’lmaydi.
Parafilyariy lichinkalari 180-225 mkm uzunlikda bo’lib, cho’zinchoq shaklga ega. Parafilyariy lichinkalari va tuxumlarini topish uchun otlar terisidagi yangi qon tomchisi buyum oynachasiga tomiziladi va distirlangan suvda gemolizlanadi.
O’lgan otning har eridan teri ostidan voyaga etgan parazitlar topiladi. Hasharotlar uchadigan vaqtda, otlarga hasharotlar yopishmasligi uchun turli insektitsidlar takror ravishda sepib turish yo’li bilan ularga qarshi kurash choralari olib boriladi. Parafiryarioz tarqalgan hududlarda otlarni qon so’ruvchi gemotobiy pashshalari chaqishining oldini olish uchun ularni yaylovga kechasi haydash kerak.
Tuya dipetalonemasi. Tuya dipetalonemasi (Dipetalonema evansi) tuyalarning ko’krak bo’shlig’ida, yurak, o’pka va qornidagi qon tomirlarida parazitlik qiladi. Bu nematoda MDH ning ba’zi Janubiy mamlakatlarida, jumladan, O’rta Osiyo respublikalarida tarqalgan.
Dipetalonema uzun nematoda bo’lib, urg’ochisining uzunlgi 150-210 mm, erkaginiki esa 8,5-10,5 mm bo’ladi. Uning tanasi dumaloq tsilindr shaklida bo’lib, bosh va dum qismi biroz ingichkalashgan, og’iz atrofi kutikulyar tuzilishga ega. Og’iz to’g’ridan-to’g’ri qizilo’ngachga ochiladi, qizilo’ngachi qisqa, muskulli va uzun, ingichka bezli qismlardan iborat.
Dipetalonema biogelmint hisoblanib, oraliq xo’jayin ishtirokida rivojlanadi. O’zbekiston sharoitida dipetalonemaning oraliq xo’jayini vazifasini qon so’ruvchi asl chivinlardan - Aedes caspius caspius bajarishi aniqlangan. Etilgan urg’ochi parazitlar qon tomirlarida ko’payib, tirik lichinkalar tug’adi. Bu lichinkalar (mikrodipetalonemalar) hayvon qon tomirlari bo’ylab qon oqimi bilan aylanib yuradi. Yilning sovuq faslida bu lichinkalar o’pka, jigar va yurakning mayda qon kapilyarlarida bo’lib, issiq vaqtda, ya’ni yozda butun tanadagi qon tomirlari bo’ylab aylanib yuradi, teri qon tomirlarida, ayniqsa ko’p uchraydi. Shu vaqtda dipetalonema bilan zararlangan tuya qonidan oraliq xo’jayin – Aedes caspius caspius turiga kiruvchi chivinlar qon so’rganida, ular bu parazitning lichinkalarini o’zlariga yuqtiradi va chivin organizmida ma’lum vaqt ichida lichinkalar rivojlanib yuqumli holatga aylanadi, ular sog’lom tuya qonini so’rish vaqtida bu lichinkalarni tuya qoniga o’tkazadi. Ona tuyalardan qon orqali hali tug’ilmagan qornidagi bolasiga ham dipetalonema o’tishi mumkin. Shuning uchun ham ba’zan yangi to’g’ilgan tuyalarda ham bu gelmintning topilish hollari uchrab turadi.
Dipetalonemalar ko’proq tarqalgan mintaqalarda, jumladan, Turkmanistonda olib borilgan tekshirishlardan ma’lum bo’lishicha, bu gelmint tuyalar suv havzalariga, daryo va ko’llarga yaqin erlarda, ya’ni oraliq xo’jayini – chivinlar ko’p tarqalgan erlarda boqilganda yuqadi. Aksincha, suvsiz cho’l sharoitida boqilgan tuyalar deyarlik bu gelmint bilan zararlanmaydi.
Dipetalonema tuyalarda dipetalonemoz kasalligini keltirib chiqaradi. Bu gelmintoz bilan og’rigan tuyalar ozadi va ish qobiliyati pasayadi. Yosh tuyalar o’sishdan orqada qoladi. Hayvon organizmida ko’p miqdorda parazit to’planadi, tuya qon tomirlarining to’silib qolishi (tromboz), qon tomiri devorlariga ohak moddasining to’planishi natijasida ularning torayishi atriskleroz kabi og’ir oqibatlarga sabab bo’lishi va natijada hayvonni nobud bo’lishiga olib kelishi mumkin.
Dipetalonemoz bilan kasallangan yoki kasallanmagan tirik hayvonlarni ularning qonini tekshirib ko’rish va unda gelmint lichinkalarining
bor-yo’qligiga qarab aniqlanadi. O’lgan tuyalarda esa ularni yorib ko’rish bilan, ya’ni hayvonning jigari, urug’doni, bachadoni, o’pkasi va boshqa organlarida etilgan dipetalonemalarni topish yo’li bilan kasallik aniqlanadi.
Tuyalarni dipetalonemozdan saqlash uchun bu parazitning oraliq xo’jayinlari chivinlar tarqalgan joylarda, ya’ni suv havzalari, botqoqliklarga yaqin joylarda boqmaslik kerak. Bahorda oldini olish maqsadida tuyalarda degelmintizatsiya o’tkazish lozim. Tuyalar dipetalonemoziga qarshi faudin preparati ko’proq qo’llaniladi.

Download 3,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish