To'garak chuvalchanglar (nemathelminthes) tipi-nining umumiy tavsifi va sistematikasi nematodalar (nematoda) sinfi
Reja;
1.Nematodalar, ya'ni haqiqiy to'garak chuval-changlar (nematoda) sinfi.
2. Vuxereriya yoki bankroft ipchasi (wuchereria bancrofti)
3. Tikanboshli chuvalchanglar (acanthocephala) tipi.
4. Tirik hayvonlarni gelmintlar bilan zararlanligini aniqlash va laboratoriyada tekshirish usullari
5. Hayvon o`lgandan keyin gelmintozlarga tashxis qo`yish
To'garak chuvalchanglar boshqachasiga birlamchi tana bo'shliqli chuvalchanglar ham deb aytiladi. Haqiqatdan ham, tana bo'shlig'i (sxizotsel) bo'lib, unda ichki organlar joylashgan. Tana bo'shlig'i suyuqlik bilan to'lgan bo'ladi.
To'garak chuvalchanglar, ya'ni birlamchi tana bo'shliqli chuvalchanglar yassi chuvalchanglarga nisbatan ancha yuqori darajali tuzilishga ega. Ularning tanasi segmentlarga bo'linmagan, ipsimon uzunchoq, dukka o'xshagan, ko'ndalang kesigi to'garak, doira shaklida. Shuning uchun ham tipning nomi to'garak chuvalchanglar deb ataladi. Qon aylanish va nafas olish sistemasi bo'lmaydi. Ayirish sistemasi bo'Imaydi yoki shaklan о'zgargan teri bezlaridan iborat yoki protonefridiy tipida tuzilgan. Nerv sistemasi ortogon tipida tuzilgan, sezgi organlari yaxshi rivpjlanmagan.
To'garak chuvalchanglarning yassi chuvalchanglardan farqi yana shundaki, ularning ko'pchilik turlari ayrim jinsli, jinsiy organlari sodda tuzilgan, jinsiy dimorfizm yaxshi ifodalangan. Ularning rivojlanishi bitta, ikkita ba'zan esa uchta xo'jayinda boradi.
To'garak chuvalchanglar tipi vakillari yer yuzida nihoyatda keng tarqalgan bo'lib, ko'pchilik turlari dengiz va okeanlarda, chuchuk suv havzalarida, tuproq biotsenozida erkin holda hayot kechiradi. Bir qancha turlari esa odam, umurtqasiz va umurtqali hayvonlar hamda o'simlikiar tanasida parazitlik qiladi.
To'garak chuvalchanglarning 18 mingdan ortiq turi fanga ma'lum, ulardan 2000 ga yaqin turi MDH mamlakatlarida uchraydi.
To'garak chuvalchanglarning tana uzunligi ham har xil, ya'ni 1 mm ga yetmay-digan turlari bilan bir qatorda 2-8 m gacha boradigan turlari ham mavjud. Masalan, kashalotlarning yo'ldoshida (platsentasida) parazitlik qiladigan (Placentonema gigantissima) turining uzunligi 8,4 m gacha boradi.
To'garak chuvalchanglar tipi o’z navbatida qorinkiprildilar, nematodalar, kinorinxlar, qil chuvalchanglar, og'izaylangichlilar, priapulidlar va boshqa sinflariga bo'linadi. Odam, hayvon va o'simliklarda, asosan nematodalar sinfining vakillari parazitlik qilib, katta zarar keltiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |