65-rasm. Chorva mollarining qizilo’ngachida parazitlik qiluvchi
Gongylonema pulchrum nematoda turining rivojlanish sikli sxemasi.
qo’y qizilo’ngachida qoramolnikiga nisbatan kuchliroq bo’ladi va ayrim hollarda epiteliy qatlami butunlay ishdan chiqadi. Ba’zi hayvonlarda juda ko’p nuqtasimon yoki dog’ga o’xshash qon quyilishi hollari uchraydi.
Tirik hayvonlarda gongilonemoz kasalligini aniqlashning aniq metodikasi hali ishlab chiqilgan emas. O’lgan yoki so’yilgan hayvonlarda gelmintologik tekshiruv natijasida bu gelmintlar aniqlanadi.
Gongilonemoz kasalligiga qarshi kurash choralari hozirgacha yaxshi o’rganilmagan. Bu kasallikdan hayvonlarni saqlash uchun profilaktik choralarini amalga oshirish lozim. Jumladan, yaylovga chiqarilmay bir erda boqiladigan hayvonlarni (sigir, qo’y, echki va h.k.) bu kasallikdan saqlash lozim. Buning uchun ferma hududini go’ngdan tozalab turish kerak. Go’nglarni maxsus ajratilgan erlarga yig’ib, darhol biotermik usulda zararsizlantirish lozim. Bundan tashqari, ferma hududida tungi chiroqlarga maxsus «tutgich» lar o’rnatib yig’ilgan qo’ng’izlarni qirib tashlash kerak. Ferma hududidagi keraksiz buyumlarni chiqarib tashlash va molxona hududida qoraqo’ng’izlar va boshqa hasharotlarni mutlaqo bo’lmasligini ta’minlash maqsadga muvofiqdir.
TRIXOCTRONGILIDLAR (TRICHOSTRONGYLIDAE) OILASI. Bu oila vakillari mayday qilsimon nematodalar bo’lib,og’iz kapsulasi yaxshi rivojlanmagan. Ular amfibiyalar, reptiliyalar, qushlar va sutemizuvchilarning oshqozonida hamda ingichka ichagida parazitlik qiladi.
Mahsuldor hayvonlardan - kavsh qaytaruvchi sutemizuvchilarning shirdonida va ingichka ichagida trixostrongilidlar oilasidan asosan, Trichostrongylus, Cooperia, Ostertagia, Haemonchus, Marshallagia, Nematodirus va boshqa avlod turlari keng tarqalgan bo’lib, chorvachilik xo’jaliklariga katta iqtisodiy zarar keltiradi. Trixostrongilidlarning hozirgi kunda 400 dan ortiq turi uchraydi, shu jumladan O’zbekistonda kavsh qaytaruvch hayvonlarda bu oilaning 54 ta turi parazitlik qilishi aniqlangan.
Trixostrongilidlar oilasi turlarinig uzunligi turli avlodlarida har xil bo’ladi. Bu oila ichida eng mayda turlari asosan, trixostrongillar avlodiga kiradi. Ularning uzunligi erkaklarida 3,5-4,5 mm va urg’ochilarida 4,6-7,0 mm atrofida bo’ladi. Kooperiyalar avlodi turlarida erkalarining uzunligi 5-9 mm, urg’ochilariniki – 5,7-11 mm; Ostertagiyalarda erkaklarining uzunligi 6,5-7,5 mm, urg’ochilariniki – 8,3-9,2 mm; Gemonxlarda erkaklarining uzunligi 18-22 mm, urg’ochilariniki – 25-34 mm; Marshallagiyalarda erkaklarining uzunligi 10-13 mm, urg’ochilariniki – 12-20 mm va Nematodirlarda erkaklarining uzunligi 11-17 mm va urg’ochilariniki esa 18-25 mm atrofida bo’ladi.
Trixostrongilidlar oilasi vakillarining rivojlanish sikli asosan bir xil tipda, ya’ni rivojlanishi oraliq xo’jayinlarsiz o’tadi (geogelmint). Trixostrongilidlar bilan zararlangan kavsh qaytaruvchi hayvonlar tezagi orqali parazit tuxumlari tashqi muhitga chiqadi. Tashqi muhitda 20-250C iliq haroratda 12-17 soatda tuxum ichida lichinka rivojlanadi. Lichinkalarning tuxum po’stini yorib tashqariga chiqishi trixostrongilidlar oilasi avlodlarida bir biridan farq qiladi. Masalan: trixostrongillar, kooperiyalar, gemonxlar va ostertagiyalarda lichnkalar tuxumlardan birinchi bosqichda; marshallagiyalarda ikkinchi bosqichda va nematodirlar hamda nematodirellalarda uchinchi bosqichda chiqadi (66-rasm).
Tashqi muhitda haroratining ko’tarilishi yoki pasayishi trichostrongilidlar lichinkalarining rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Nam joylarda lichinkalarning faolligi ortadi.
Kavsh qaytaruvchi hayvonlar tashqi muhitdan trixostrngilidlarning yuqumli (invasion) holatdagi lichinkalarini o’t bilan birga yeyishi yoki parazit lichinkalari bilan zararlangan ko’lmak va tashlandiq suvlarni ichishi natijasida o’zlariga yuqtiradilar. Hayvonlar shirdonida va ingichka ichagida parazit lichnkalari avlodlariga qarab yana ikki marta tullaydi va 20-30 kunda jinsiy voyaga yetadi.
O’zbekiston sharoitida chorva mollari trixostrohgilidlar bilan asosan bahor va kuz fasllarida zararlanadi. Yana shuni alohida ta’kidlash lozim-ki, trixostrongilidlar oilasiga kiruvchi gemonxlar avlodi turlari gematofaglar hisoblanadi, ya’niular og’iz kapsulasida joylashgan tishlari bilan shirdon va ingichka ichak devorining shilliq pardasini jarohatlab, qon bilan oziqlanadi.
Umuman olganda, trixostrongilidlar bilan zararlangan hayvonlarning shirdonida va ingichka ichaklarida anatomo-morfologik o’zgarishlar kuzatiladi, ovqatning hazm bo’lish jarayoni buzilishi natijasida zararlangan hayvonlarning ishtahasi yo’qoladi, ich ketishi natijasida ular ozib ketadi, o’sish va rivojlanishdan orqadas qoladi. Kuchli zararlangan kasal hayvonlar esa nobud bo’lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |