Ot parafilyariyasi. Ot parafilyariyasi toq tuyoqli hayvonlarning surunkali gelmintoz kasalligi qo’zg’atuvchisi bo’lib, uni Parafilaria multipapillosa nematoda turi qo’zg’atadi. Kasallikning klinik jihatdan teri kapillyarlaridan qon oqishi bilan xarakterlanib, MDH ning Janubiy va Janubi-sharqiy mintaqalarida ko’proq uchraydi. Parafilyariylar otlarning teri ostida parazitlik qiladi. Erkaklarining uzinligi 30 mm, urg’ochilariniki esa 40-70 mm keladi. Tuxum ichida lichinkalari rivojlanadi. Tuxumlarining uzunligi 42-52 mkm, eni esa 17-27 mkm keladi. O’zbekiston sharoitida parafilyariyning oraliq xo’jayini qon so’ruvchi pashsha - Haemotobia atripalpis ekanligi aniqlangan. Voyaga etgan urg’ochi parafilyariylar otlarning teri osti to’qimalarida parazitlik qilib, boshi bilan terini teshadi va qon tomirlarini jarohatlaydi. Jarohatlangan joyga qon tomchilari sizib chiqadi va u erga urg’ochi parafilyariylar tuxum qo’yadi. Tashqi muhit haroratiga qarab bir necha minutdan yoki bir necha soatdan keyin parafilyariy tuxumlaridan lichinkalar chiqa boshlaydi. Otlar faqat yozda zararlanishi mumkin. Qon so’ruvchi gematobiy pashshalari otlarni chaqqan paytda xartumlari orqali parafilyariyning yuqumli lichikalarini qonga o’tkazadi. Parafilyariy 9 oydan keyin, ba’zan esa 2 yildan keyin jinsiy voyaga etadi (64-rasm).
Kasallik birinchi marta aprel oyida boshlanib, iyul-avgust oylarida intensiv va ekstensiv jihatdan rivojlanish davrining eng yuqori darajasiga etadi. Oktyabrda rivojlanishi to’xtaydi. Parafilyarioz ko’pincha issiq kunlarda paydo bo’ladi. Hayvon harorati qancha yuqori bo’lsa, qon oquvchi yaralar shuncha ko’payadi. Parafilyarioz kasalligi asosan cho’l va o’rmonlarda, dengiz sathidan 1200 m balandlikda uchraydi.
Ot terisiga urg’ochi parafilyariylar qo’ygan tuxumlari chidamsiz bo’lib, oqayotgan qonning qurishi bilan halok bo’ladi. Tuxumdan chiqqan lichinkalar teri kapillyarlaridagi qonda 12 soat saqlanadi. Ot terisida voyaga etgan parafilyariylar yashagan joylarida dumboqchalar paydo bo’ladi. Ular bir necha kun ravojlanib loviya kattaligidagi bo’rtmaga aylanadi. Ular asosan otlarning yag’rin va kurak orqa va qovurg’a sohasida, bo’yinda, ba’zan bel, elka va sag’risida joylashadi. Bu joylarda havo ochiq kuni, ayniqsa tush paytida qon oqadi va yaralar asta-sekin ko’paya boradi. Kechqurun va tunda qon oqish takrorlanadi bu hol vaqt-vaqti bilan uzoq davom etishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |