Mundarija:
Kirish.
1. Nazariy qism.
1.1. Oltin va kumushning qo’llanilishi.
1.2. Nodir metallar rudalari va minerallari.
1.3. Oltin tarkibli rudalarni sianlash jarayoni qonuniyatlari, usullari va dastgohlari.
1.4. Sian eritmalaridan va bo’tanadan oltinni sorbsiyalash jarayonini qonuniyatlari.
1.5. To’yingan qatronlardan oltinni desorbsiyalash jarayoni asoslari.
1.6. To’yingan qatronlardan oltinni tiomachevina eritmasida desorbsiyalab cho’ktirish.
1.7. Desorbsiyalash jarayoni dastgohlari.
2. Texnologik qism.
2.1. Dastlabki xom-ashyoning tasniflanishi. 2.2. Dastlabki rudani qayta ishlash texnologik sxemasini tanlash va asoslash. 2.3. Oltin tarkibli rudalarni sorbsiyali tanlab eritish texnologik sxemasi. 2.4. Metallurgik hisob kitoblar. 2.4.1. Asosiy komponent bo’yicha material hisob –kitoblar. 2.4.2. Rudalarni sianlovchi tanlab eritishni material hisoblash.
2.4.3. Sianli eritmalardan ionalmashinuvchi qatron ishtirokida sorbsiyalash jarayonini material hisoblash. 2.4.4. Asosiy dastgohlarni tanlash va hisoblash. 2.4.5. Jarayonlar bo’ylab yordamchi dastgohlarni tanlash.
3. Hayot faoliyati xavfsizligi qismi.
3.1. Mehnat muxofazasi loyihalashning yechimi.
3.1.1 Zavod binosi hajmini rejalashtirish yechimi. 3.1.2 Ishlab chiqarish korxonasida sanitariya me’yorlarining texnik yechimi. 3.2. Simob va sianid bilan ishlaganda texnika xavfsizlik qoidalari. 3.2.1. Simob bilan ishlaganda asosiy ehtiyotkorlik choralari. 3.2.2. Sianid bilan ishlaganda asosiy ehtiyotkorlik choralari. 3.4. Yong’in xavfsizligi choralarini ishlab chiqish. 3.5. Xulosa.
4. Ekonomika qismi. 4.1. Binoning qurulish xarajatlarini hisoblash. 4.2. Tok kuchi dastgohlarining kapital xarajatlarini hisoblash. 4.3. Sex xarajatlari va dastgohlarini hisoblash. 4.4. Mahsulot tan narxining kalkulyatsiyasini hisoblash. 4.5. Loyihaning iqtisodiy samaradorligi. 4.6. Texnik iqtisodiy ko’rsatkichlar.
Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar.
KIRISH
O‘zbekiston Respublikasi 1- Prezidenti Islom Karimov “O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” asarida O‘zbekistondagi konchilik sanoatiga alohida to‘xtalib o‘tgan. Tabiiy xomashyo resurslari haqida so‘z yuritilar ekan, Amudaryo bilan Sirdaryo oralig‘ida joylashgan O‘zbekiston o‘z taraqqiyot istiqbollari jihatidan qulay geografik - strategik mavqega ega ekanligi ta’kidlab o‘tiladi. Bobokalonlarimiz qanchalik boy yashaganligi, bu hududda mineral xomashyo manbaining bitmas-tuganmas makonlari borligi uchun ham xaqli ravishda bu yurtni “ko‘hna ma’danchilar yurti”, desak hech ham mubolag‘a bo‘lmaydi.
O'zbekiston iqtisodiy islohotlarni boshlar ekan, mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq u o'zining imkoniyatlaridan foydalanish, iqtisodiyotni, ishlab chiqarishni dunyodagi eng ilg’or texnologiyalar asosida izchillik bilan rivojlantirishni maqsad qilib oldi. Ayni paytda mamlakatimizda bir necha minglab qo'shma korxonalar faoliyat ko'rsatmoqda. Sanoat korxonalarining ishlab chiqarish texnologiyasi butunlay o'zgarib bormoqda.
Oltin o’zining tashqi fizik xususiyati, ya’ni yaltiroqligi va rangi bilan juda qadimdanoq odamni o’ziga jalb qilgan. Uning tug’ma holda uchragan zarralarida bu xususiyatlar ko’zga tashlanib turgan. Tarixiy manbalarda oltin ishlab chiqarishni eramizdan avvalgi IV-V asrlardayoq boshlangan degan ma’lumotlar bor. Tarixdan ma’lumki eng qadimgi zamonlarda oltin Misrda, Vavilonda, Yunonistonda, Rumda qazib yuvib olingan. O’sha davrlarda oltin asosan zarralarini yig’ib, oddiy asboblarda, idishlarda yuvib olinardi. Bu og’ir mexnatni qullar bajarar edi. Eramizdan avvalgi I-II asrlardagina sodda va oddiy asbob-uskunalar bilan mujassamlashgan texnika asoslari joriy qilina boshladi. Odamlar bu davrga kelib qumlardan, maydalangan rudadan oltinni yuvib olishda oddiy nov, tarnov(shlyuz), teri va tukli matolar ishlata boshladilar. Keyinchalik oltinni simob yordamida ruda tarkibidan ajratib olish usullari kashf qilindi. Jarayonning ilmiy nomlanishi - Amalgamatsiyadir. Avval Rumda, Misrda keyinchalik esa boshqa mamlakatlarda oltinni eritish, hatto tozalash (kupelyatsiya), ya’ni oltin tarkibidagi keraksiz moddalarni bug’latib – haydash tozalash usullari yo’lga qo’yildi. Bu davrga kelib oltinni ko’plab qazib va yuvib oladigan davlatlar soni ko’paydi. Bunday davlat va mintaqalarga Misr, Nubiya, Ispaniya, Vengriya, Rum, Bolgariya, Galisiya, Kichik Osiyo, Kavkaz, Xitoy, Amerika va ular qatorida O’rta Osiyo ham bor edi. Eramizning boshlarida arxeologik topilmalardagi oltin, kumush, bronza, mis buyumlarining topilishi o’lkamizda metallurgiya tarixiga boy ildizlari borligidan dalolat beradi.
1. NAZARIY QISM.
1.1. Oltin va kumushning qo’llanilishi.
Oltin - oltin rang, sariq, yumshoq metall, tomonlari markazlashgan kub shakl kristallik panjaraga ega, boshqa metallardan yengil bolg‘alanuvchanligi va cho’ziluvchanligi bilan ajralib turadi. Bunga ko’ra oltindan 1/1000 mm yoki 0,0001mm zar qog‘oz (folga) yasash mumkin. 1gr oltinni salkam 3 km uzunlikka cho‘zish mumkin yoki oltin 0,001mm bo`lgan sim tortish mumkin bo’ladi. Oltinning issiqlik va tok o’tkazuvchanligi juda yuqori, bunda u faqat kumush va misdan keyingi 3- o’rinda turadi.
Jadval № 1. Oltinning muhim fizik xossalari.
№
|
XOSSALARI
|
OLTIN
|
1
|
Atom massasi
|
196,967
|
2
|
Zichligi, g/sm
|
19,3
|
3
|
Atom radiusi, A
|
1,44
|
4
|
Ionli radiusi, A
|
1,37
|
5
|
Erish temperaturasi, 0C
|
1063
|
6
|
Qaynash temperaturasi, 0C
|
2880
|
7
|
Erish issiqlik sig‘imi, kol/g
|
15,5
|
8
|
Bug‘lanish issiqlik sig‘imi, kol/g
|
415
|
9
|
Solishtirma issiqlik sig‘imi kol/g´grad
|
0,0306
|
10
|
Issiqlik o‘tkazish sig‘imi 0 dan 1000C gacha kol/ sm grad sek
|
0,744
|
1
|
Solishtirma elektr o‘tkazishi 200 da om/sek
|
2,25´10
|
12
|
Mustahkamlik, qarshilik moduli kg/mm2
|
7900
|
13
|
Mustahkamlik chegarasi kg/mm2
|
14
|
14
|
Qattiqligi (Bryunelcha) kg/mm2
|
18
|
15
|
Qattiqligi (Mooscha) kg/mm2
|
2,5
|
Oltin kapitalizm va uning iqtisodiy shakllanish mexanizmi rivojlanishida muhim rol o'ynadi. Oltin pul vositasi sifatida kapitalistik munosabatlarning rivojlanishi bilan o'zgarib bordi. Kapitalistik ishlab chiqarish har bir bosqichida kam yoki ko’p miqdorda umumiy trendda oltinning pul hajm funksiyasi kamayishi bilan to’liq bir sistemaga keltirishga muvofiq bo’ldi. Hozirgi kunda oltin pul vositasidan to’liq chiqarib tashlangan, biroq bu metall boshqa tovar maxsulotlar orasida o’z qadrini yo’qotmagan.
Asosiysi, oltin hukumat zahiralari va xususiy jamg’armalar saqlaydigan materialdir, chunki uning harakat va likvidligi, ya’ni absolyut sotib olish va sotishda xizmat qilish vositasi ekanligidir.
Oltin hech qaysi boshqa metallda bo’lmagan fizik- kimyoviy xususiyatlarga egadir. Elektr va issiqlik o'tkazuvchanlikda faqat kumush va misga o’rnini beradi, korroziyabadardosh metalldir. Undan yupqa folga va ultra - yupqa sim ishlab chiqarish juda oson, chunki oltin bosim ostida yaxshi payvandlaydi va metallar va kulolchilik buyumlarida yaxshi qoplama hosil qiladi. Oltin infraqizil nurlarni aks etadi, qotishmalarda katalitik faolikka ega. Oltinning bunday foydali xususiyatlari zamonaviy texnologiyalarning asosiy tarmoqlarida keng foydalanishi uchun sabab bo’ladi: bular elektronika, a’loqa texnikasi, koinot va havo-xalqaro texnologiyasi, yadro energetikasi, suv osti kemalari va boshqalardir.
Oltin va uning qotishmalari nozik-potansiyometrelari(yuqori aniqlikda, turli ob havo sharoitida), termo, qarshilik termometrlari ishlab chiqarish uchun ishlatiladi.
Oltinning infraqizil nurlariga yuqori aks qaytaruvchi qobiliyati bo’lgani tufayli kosmik apparatlarni quyosh raditsiyasidan himoya qilish uchun oltin qoplamasi ishlatiladi. Misol uchun, kosmik kema hisoblangan "Apollon" ning ayrim detallari va kosmonavtlarning uskunalari yupqa oltin qatlami bilan qoplangan edi.
Kimyo sanoatida oltin qoplangan po’latli -quvur, maxsus agressiv suyuqlik tashish uchun ishlatiladi. Ba'zi oltin qotishmalari katalizatorlar sifatida ishlatiladi.
Oltin ma’lum miqdorda stomatologiyada foydalaniladi: tish qoplamalari va tish -protezlarida oltin- kumush, mis, nikel, platina, rux bilan qotishmalaridan tayyorlanadi. Bunday qotishmalar yuqori zanglashni oldini oladi va mexanik xususiyatlarini mustahkamlaydi.
Bir qator kasalliklarni (sil, revmatik artrit va hokazo) davolash uchun ayrim tibbiy vositalar tarkibiga qisman oltin qo’shiladi. Radioaktiv oltin xavfli o’simtalarni davolashda foydalaniladi.
An’anaviy va oltinning eng yirik iste’molchisi zargarlik sanoatidir. Zargarlik buyumlari toza oltindan yasalmaydi, oltin bilan boshqa metall qotishmalaridan yasaladi, qotishmalar mexanik bardoshli va chidamliligi ancha ustun hisoblanadi. Hozirgi vaqtda Au-Ag-Cu, qotishmalari uchun rux, nikel, kobalt va palladiy oz miqdorda qo’shilishi mumkin. Bunday qotishmalardagi mustahkamlik va zanglashga chidamligini undagi oltin miqdori bilan kumush va mis nisbati - ularning rangini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |