Kumushning foydalanish sohalari
Kumush ham yumshoq metall bo‘lib, faqat ranggi «kumushsimon» oq, u ham oltin kabi tomonlari markazlashgan kub shakldagi kristall panjaraga ega, boshqa metallardan yengil bolg‘alanuvchanligi va cho’ziluvchanligi bilan ajralib turadi. Issiqlik va tok o’tkazuvchanligi bo’yicha barcha metallarni ortda qoldirib 1-o’rinda turadi. Kumush boshqa metallardan yuqori temperaturada qaytariluvchanligidan ko’ra uchuvchanlik holati bilan ajralib turadi.
Jadval № 2. Kumushning asosiy fizik xossalari.
№
|
XOSSALARI
|
Kumush
|
1
|
Atom massasi
|
107,87
|
2
|
Zichligi, g/sm
|
10,5
|
3
|
Atom radiusi, A
|
1,44
|
4
|
Ionli radiusi, A
|
1,13
|
5
|
Erish temperaturasi, 0C
|
960,5
|
6
|
Qaynash temperaturasi, 0C
|
2200
|
7
|
Erish issiqlik sig‘imi, kol/g
|
25,4
|
8
|
Bug‘lanish issiqlik sig‘imi, kol/g
|
565
|
9
|
Solishtirma issiqlik sig‘imi kol/g´grad
|
0,0565
|
10
|
Issiqlik o‘tkazish sig‘imi 0 dan 1000C gacha kol/ sm´ grad sek
|
0,998
|
11
|
Solishtirma elektr o‘tkazishi 200 da om/sek
|
1,59´10
|
12
|
Mustahkamlik, qarshilik moduli kg/mm2
|
7648
|
13
|
Mustahkamlik chegarasi kg/mm2
|
10
|
14
|
Qattiqligi (Bryunelcha) kg/mm2
|
25
|
15
|
Qattiqligi (Mooscha) kg/mm2
|
2,7
|
Oltin singari kumush ham ajoyib texnik xususiyatga ega metall, shu sababli u ham sanoatda keng qo’llaniladi. Kumushning boshqa metallardan farqi, uning yuqori elektr va issiqlik o’tkazuvchanligi, kimyoviy faolligi pastligi, egiluvchanligi va yaxshi aks qaytaruvchanligidir. Kumushning ayrim birkmalari bebaho xususiyatga ega.
Kumushning oltindan farqi shundaki, kumush zargarlik buyumlari va shunga bog’liq sanoatda ishlatilibgina qolmay, balki asosan texnik maqsadlarda kengroq foydalaniladi.
Kumushning muhim iste’molchi soxasi kino va foto sanoati hisoblanadi. Kino va foto materiallar ishlab chiqarish uchun kumush iste’moli izchil ortib bormoqda, olimlarning izchil harakatiga qaramay kumushning o’rnini egallovchi material hanuzgacha aniqlanmagan.
Kumushning yuqori elektr o’tkazuvchanligi va kimyoviy bardoshligi uyg’unlashganligi sababli elektronika, asbobsozlik va elektrotexnikada kontakt va o’tkazuvchilar tayyorlashda keng foydalanilmoqda.
Kumushning ko’p miqdori nurli metall va qotishmalarni payvandlashda qo’llaniladi. Kumushli payvand zarb va tebranishga chidamlidir. Uning yuqori koroziya bardoshliligi sababli aviatsiya va kosmik texnikasida, yuqori razryadli xususiyatga ega bo’lgan kumush - ruh va kumush - kadmiy akkumulyatorlari raketasozlikda, suv osti flotida va boshqalarda keng foydalaniladi.
Tarkibida kumush xloridi bo’lgan minibatareyalar elektron qo’l soatlarida, kinokameralarda, kalkulyatorlarda qo’llaniladi.
Kumushnung kadmiy va indiy qotishmalaridan yadro texnkasida sozlovchi sterjenlar tayyorlanadi.
Tibbiyotda bu metall bakteriyalarga qarshi kurashuvchi kumush ichimlik suvlarini tozalashda, tibbiy uskunalarning sirtini qoplashda foydalaniladi. Kumush va uning qotishmalarining katalizatorlik xususiyati mavjudligi esa, zamonaviy kimyo unsurlarni tayyorlashda qo’l keladi.
Kumush metallini foydalanishda an’anaga aylangan foydalanish soxalari, bu kumushli taqinchoqlar, idish-tovoqlar, yodgorlik buyumlaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |