1. Mustaqillik bayrami O’qituvchilar va murabbiylar kuni



Download 473,5 Kb.
bet5/7
Sana25.02.2020
Hajmi473,5 Kb.
#40724
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ssenariy (kitobcha)


1-boshlovchi: - Biz tarixan ulkan madaniyatga ega xalqning bilimi kuchli ma’naviyati yuksak avlodimiz. Alisher Navoiy, Abdulla Qodiriy, Cho' Ipon kabi go'zal qalb sohiblari, aziz kitobxonlar vakilimiz.

2-boshlovchi: Kitob - sehrli olam. Unga bir sho'ng'isang, qachon chiqib ketishingni bilmaysan. Inson kitob bilan do'st tutinar ekan, u hech qachon to'g'ri yo'Idan adashmaydi. Kitob tufayligina inson olamga boshqacha ko'z bilan boqadi.Har bir insonning o'z sevimli kitobi va yozuvchisi bo’ladi. Kitob saodat topish uchun o' qilmaydi. Uning o' zi bir soadatdir.

Kitob ochdi menga dunyo eshigin,

O'rgatdi u menga neligin ijod.

Tarixni o'qidim, ko'rdim kelajak,



«Alifbe»ni o' qib, chiqardim savod.

1-boshlovchi: "Kitob barcha bunyodkorlik, yaratuvchanlik va aqli-drokning, ilmu donishning asosidir, hayotni o'rgatuvchi murabbiydir", - degan edi buyuk sarkarda bobomiz Amir Temur. Endi donolarning kitob haqidagi qimmatli fikrlarini tinglaymiz.

1-o'quvchi: Kitob - sehrgar. U dunyoni qayta qurdi. Unda odamzodning aqli mujassam, u kishilik tafakkurining ustuni. Kitobsiz olam yovvoyilar olamidir.

2-o'quvchi: Kitoblar jonsiz, ammo sodiq do'stlardir.

3-o'quvchi: Hayotda sening aqlli bo'lishingga beminnat xizmat qiladigan ulug' ustoz kitobdir.

1-boshlovchi: Endi navbat qiziqarli malumotlarga asoslangan "Bilasizmi?"sahifasiga.

1-o'quvchi: Tib ilmining buyuk namoyandasi Ibn Sino bobomiz butun umri davomi-da ijod, ilmu tadqiqot bilan shug'ullanib, 276 ta kitob yozib qoldirgan. Uning kitoblari asosan ilmiy-tahliliy asarlardir. Hajmi ham zamonaviy ilmiy-ommabop kitoblardan bir necha barobar katta bo'Igan. Birgina «Ash-shifo» kitobining o'zi 18 jildni tashkil etgan.

2-o'quvchi: Parijdagi Milliy kutubxonada saqlanayotgan qo'lyozma dunyodagi eng qadimiy kitob hisoblanadi. Hikmatlar yig'indisidan iborat bu kitob, qadimda Misrning Fiva shahrida eramizdan 2600 yil muqaddam topilgan.

3-o'quvchi: Nyu-Yorkdagi muzeylardan birida bo'yi 3 metr, qalinligi 1 metr, og'irligi esa 125 kg keladigan dunyodagi eng katta kitob saqlanmoqda.

4-o'quvchi: "Tib qonunlari" kitobi XII-XVI asrlar oralig'ida 40 marta qayta nashr qilingan. Bu kitobga hozir ham ehtiyoj katta.

5-o'quvchi: Eng ko'p jildli kitob "Fransuz ensildopediyasi" bo'lib, u 1200 jilddan iborat.

6-o'quvchi: Londondagi birinchi xalq kutubxonasining asoschisi S.Fenkorning talabi bilan kitob varaqlarini buklagan kishilarga nisbatan jazo chorasi qo'Ilanilgan. Qonunga ko'ra, aybdorlar 7 yil qamoqqa hukm qilingan.

7-o'quvchi: Markaziy Osiyo xalqlari kitobni qadim-qadimdan e'zozlab kelganlar. Ushbu hududdagi dastlabki kutubxona eramizning 11 asrida Xorazmda faoliyat ko'rsatgan.

2-boshlovchi: Aziz o'quvchilar! Ko'rdingizmi yer yuzidagi ko'plab insonlar kitobni sevib, o'zlariga yaqin do'st bilib, e'zozlar ekanlar. Shunday ekan, siz ham bilimlar xazinasi bo'lgan kitobga mehr qo'ying uni asrab­avaylang.

Boshlovchilar: Hurmatli o'quvchilar, yuqoridagi fikrlarni tinglab, sizning kitobga bo'Igan mehringiz yanada oshdi, degan fikrdamiz. Shu narsaga doimo amal giling! O'qib o'rganayotgan kitoblarimizni ko'z qorachig'idek asrab, avaylab saqlaylik. Bu kitoblardan kelajak avlodlar ham foydalansinlar.

- 2010 yilni Yurtboshimiz Islom Karimov –“Barkamol avlod yili" deb e'lon qila turib biz, yoshlarni bilimli bo'lib o'sishimiz, ma'nan barkamol bo'lib voyaga yetishimiz lozimligini va bu yo'Ida qilinajak ishlarni nechog'li muhimligini alohida ta'kidlagan edilar. Biz Yurtboshimiz orzu qilganlaridek Vatanimizga munosib farzandlar bo'lib kamol topishimizda ilmga kon kitobning o'rni beqiyosdir. O'g'il bolalar ijrosida “Andijon polkasi” raqsi tomoshabinlarga havola etiladi. Tadbir yakunida o'quvchilar “Barkamol avlod” she'rini aytadilar.

- Umid - qo' Ilaringda misoli bayroq,

Ishonch - kelajakchun yoqilgan mayoq.

Ertangi kuningga doim dadil boq,

Yurtim dilbandlari - barkamol avlod!

-Momolarim aytgan alla dilingda.

Istiqlol qo'shig'i yangrar tilingda,

Vatan kelajagi, shoni qo'lingda,

Yurtim dilbandlari - barkamol avlod!

Bahoriy fasldir sizning faslingiz,

Ezgulikdan bunyod bo'lar qasringiz.

Bu asr sizniki - sizning asringiz,

Yurtim dilbandlari-barkamol avlod!

Onangiz To'maris, otangiz Shiroq

Sevganday Vatanni sevsangiz mutlaq,

Istiqlol siz uchun hamisha porloq,

Yurtim dilbandlari - barkamol avlod!


1-boshlovchi: Mana, hurmatli mehmonlar, aziz ustozlar, qadrli bolajonlar, ilm sari yetaklovchi kitob haqidagi ushbu tadbirimiz ham oz nihoyasiga yetdi.

2-boshlovchi: Bugun siz bilim manbai bo'Imish kitob haqida juda ko'p ma'lumotlarni bilib oldingiz. Sizlarga qarata yana aytar so'zimiz shuki: Kitobni seving, butun umr u bilan do'st bo'lib qoling. U insonni saodat sari eltuvchi mayoqdir.
Xayr, birinchi ustozim!”

O'zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi ijro etiladi. Boshlovchilar davraga chiqib kelishadi.



1-boshlovchi: Assalomu alaykum, hurmatli mehmon­lar, qadrli ustozlar, mehribon bobo va buvijonlar,aziz ota-onalar! Tadbirimizga xush kelibsiz!

2-boshlovchi:

Sarhisob etamiz umrni bu kun,

Umrki, lahzasi oy, yillarga teng.

Istiglolga tengdosh farzandligimdan

Dilim zavqqa to'lar, g'ururlarga deng.




1-boshlovchi: Ha, qadrdonlar, biz istiglol tengdo­shimiz. Yurtim peshonasi yarqiragan, unga tole kulgan yilda tug'ilganmiz. U bilan atak-chechak qildik, o`syapmiz, ulg`ayayapmiz.

2-boshlovchi: Olloh taolo ko'hna diyorimiz - jonajon O'zbekistonga Istiglol degan totli ne'matni nasib etganiga 12 yil bo'lmoqda.

1-boshlovchi: Istiqlolimizning birinchi kunlaridanoq erkka intilgan, erk deb yashagan xalqimiz ko'kragi tog'dek ko'tarildi. Bobo, buvilarimiz qo'llarini duoga ochib, Ollohga shukronalar aytdilar. Men garchi beshikda bo'lsam-da buni sezdim, erkin o'sa boshladim.

2-boshlovchi: O'z bayrog'imiz, gerbimiz, madhiya­mizga ega bo'ldik, bir g'ururimizga ming g'urur qo`shildi.

O'quvchi: Qora o'tmish qoldi ortda,

Dorilomon kunlar yurtda,

Mehr - ko'zda, muhabbatda,

Porla, Millat Bayrog'i!


Osmon to'la yulduz - oppoq,

Bir-biridan chaqnoq biroq –

O'n ikkisi eng yarqiroq,

Porla, Millat Bayrog'i!



Mangulik hur yo'lidasan,

O'ngidasan, so`lidasan,

Ozod xalqning qo'lidasan,

Porla, Millat Bayrog'i! (Azim Suyun)


1-boshlovchi: Ha, O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog'i O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari o`tkazilgan VII sessiyasida, 1991-yil 18-noyabr kuni tasdiglangan. Istagimiz - muqaddas bayrog'imiz hur xalqimiz boshi uzra asrlar osha hilpirayversin.

2-boshlovchi: O`zbekiston Respublikasining Davlat gerbi O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida, 1992-yil 2-iyul kuni tasdiqlangan.

1-boshlovchi: Hilpirar bayrog'im hurlik ramzidir.

Bobolar merosi - nurlik ramzidir.

Tamg`amiz qudrati Humo sehridan –

Himmat, fidoyilik, nurlik ramzidir.

«Mustaqil O`zbekiston» ashulasi, o'yin.

2-boshlovchi: 1992-yil 8-dekabr kuni mamlaka­timizning adolat qomusi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilindi. Ushbu kun mamlaka­timizda bayram va dam olish kuni, deb e'lon qilindi.

1-boshlovchi: Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsiz­ligik kengashining 1992-yil 737-qarori bilan O'zbekiston davlati BMTga a'zolikka qabul qilindi va uning binosi oldida O'zbekiston bayrog'i ham hilpiray boshladi. Bu dunyoning boshqa davlatlarida yashayotgan vatandoshlarimizning ham cheksiz quvontirdi.

O`quvchi:


Vatandan o'zga yurt bormi, uzoq ketsang firog'ida,

Quvongay dil, misli bir gul yashnagaysan quchog'ida.

Nola chekdi furqatidan Furqato yuz fig'on etdi.

Bobom Bobur tashna ketdi, oh chekib umr adog'ida.

Ajdodlarim ko'pi chetda, jahongashta umri o'tdi,

Vatanni bir ko'ray, dedi, umr evoh, oqdi-yu ketdi.

Vatan dardi, el dardi yuraklarni pora etdi,

Qancha bobo-yu momolar Vatanni ko'rdi xobida...



2-boshlovchi: Shunday. Qanchadan-qancha hamyurt­lariz Vatan tuprog'iga zor bo`lib, xorijda umr o'tkazgan edilar. Yurtimizga kelgan mustaqillik ular orzularini ro'yobga chiqardi hamda o'z Vatanini ko'rishga, uning tuprog`ini ko'zlariga surishga imkon tug'dirdi.

1-boshlovchi: Ko'zimiz ochilib, Sohibqiron Amir Temur bobomizni tanidik, shoh va shoir, sarkarda Bobur Mirzo ruhini shod etdik. Imom al-Buxoriy, Imom at-Termiziy, Bahouddin Naqshband, Abduholiq G'ijduvoniy, Xoja Ali Romitoniy, Burhoniddin Marg`inoniy, Abu Mansur al-Moturidiy kabi alloma ajdodlarimizni bilib oldik.

2-boshlovchi: Mustaqillik yillarida O'zbekiston dunyodagi rivojlangan mamlakatlar qatoridan o'rin oldi. Bunda mashinasozlik, samolyotsozligimiz, qazilma boyliklarimiz, qishloq xo`jaligimiz katta rol o'ynamoqda.

1-boshlovchi: Tarixiy obidalarimizga katta e'tibor berilmoqda. O'zimizning bug'doy zaxiralarimizga ega bo'lib bormoqdamiz.

Bobomurod Hamdamovning “O'zimning nonim” qo'shig'i va o'yin.



2-boshlovchi: Yillar o'tdi. Olam-olam quvonch, shirin orzular ila ota-onalarimiz, bobo-buvilarimiz qo`llarimizdan yetaklab ziyo maskanimiz bo`lmish - maktabimizga olib keldilar. Mana, shunga ham 4 yil bo'libdi. Bugun umumiy ta'limning o`rta pog'onasi ostonasida turibmiz. Bizni bu ostonaga sevimli ustozimizning mahorati, sabr-bardoshi, puxta saboqlari-yu, dono o`gitlari yetaklab keldi. Biroq bu o'z-o'zidan bo'lmadi.

O'quvchi: Bolamiz, bazinhor parvo qilmadik,

Sochlar tolasiga tushgan kumushga.

Mehnat - mashaqqatlar qadrin bilmadik,

Bugun tayyormizmi uni yuvishga?!



O`quvchilar: (navbatma-navbat):

- Ustozim, mana shu maktab partasi sen uchun Vatan, degan o'gitingiz uchun;

- «Alilbo»ning ilk harfi «A» deb bergan sabog'in­giz uchun;

- Savodxonlik mulkiga yetaklab kirib, undan to'la-to'kis bahramand eta olganingiz uchun;

- Hisob dargohida javlon urishga o'rgata olganin­giz uchun;

- Inson qalbini, uning dardini tushunish sirlaridan ogoh eta olganingiz uchun;

- Tabiat, borliq, qo'ying-chi, olam sirlarini tushunish hissini berg olganingiz uchun;

- Qatrada olam aks etishini bildira olganingiz uchun;

- Va nihoyat Buyuk Istiqlolim qadriga yetishni o'rgatganingiz uchun va barcha-barcha saboqlaringiz uchun sizga ming ta'zim.

«Ustozlarim» ashulasi va o'yin.


Qaynoq qalbi - midi chiroq,

Fikri tiniq - jo'shqin buloq,

Tongday tiniq tilaklari,

Yurgan yo'li mangu porloq.


Mehrigiyo, ustozlarim,

So'zi ziyo, ustozlarim.

Pur ma'no bor so'zingizda,

Quyosh balgir yuzingizda.

Bashar Sizdan kamol topar,

Chechak unar izingizda.


Havas qilar Sizga lochin,

Ko'kka yozib keng qulochin.

Pok vijdonu imon ila

Oqlayapsiz el ishonchin.



1-boshlovchi: Aziz tengdoshlarim, istiqlolim bilan 7 yoshga to'lib, maktabga kelganimizda qanday edik, shular haqida ham bir gaplashaylik.

O'quvchi: Ha, darvoqe, biz kim edigu, kim bo'ldik.



1-boshlovchi: Bu bola - Ulug'bek. Maktabga kelganida tortinchoqroq bola edi.

2-boshlovchi: Endi... Partadoshim Ulug'bekdir,

Niyatlari doim kekdir.

Yurtboshimga havas qilar,

Unga sodiq o'g'lon bo'lar.

Prezident bo`lishni orzu qiladi.

1-boshlovchi: Bu qizimiz - Mardona. Maktabga kel­ganda 6 yosh edi. Biroq pishiq-puxta edi.

2-boshlovchi: Endi... Partadoshim Mardonaxon

Go`zal xulgli, shirin zabon.

Sevgan fani - ona till,

Kitobxonlik jonu dili.



1-boshlovchi: Mana bu qiz - Fotimaxon. Maktabga kelganda indamas edi.

2-boshlovchi: Endi... Fotimaxon zukko qizdir,

Yaxshi xislat yuz foizdir.

Dil yayratar qiroati

Sarishtalik - zo'r odati.

Bundan keyin o`quvchilar navbatma-navbat bir-birlariga ta'rif beradilar.

- Mana bu yigit - Xayrullaxon. Maktabga kelganida ancha sho'x bola edi.

- Endi... Tanti yigit Xayrullaxon,

Ochiq ko'ngil, jonga malham.

Nafis, toza yozuvlari,

Bir dunyodir orzulari.

- Mana bu qizimiz - Nozima. Maktabga kelga­nida ancha lofchiroq edi.

- Endi...Nozimaga ta'rif beray, tillaridan bol tomib,

Xirom etsa, sahna to'lar, ko'ngillar yayrar qonib.

«Xalq artisti» degan yuksak unvonini berdik biz,

Haqiqatga to`lsin niyat, biz yuraylik quvonib.

- Mana bu yigit - Yorqinbek. Maktabga kelganida oyoqlari o'ziga bo'ysunmas, unga-bunga tegib ketaverar edi.



- Endi... Sinfimizda bir yigit bor

“Karate”ni yoqtirar.

Chapanicha tabiati,

Ba'zan unga qo`1 kelar.

Yorqinbek ham shu kunlarda

Bir hikmatni tushundi:

«Karate»chi sport zalga

Mos ekanini bildi.

Shundan beri «karate» ham

Yo`1 oldi sport zalga.

Yorqinbek-chi, ixlos qo'ydi,

Musiqa-yu g'azalga.



- Bu qizimiz - Sabohatxon. Maktabga kelganida odamlardan uyalibroq turardi.

- Endi... Sabohatxon - sinfdoshim

Partadoshim, ham sirdoshim.

Gaplashsangiz, ko'ngil qonar,

Odobidan oy uyalar.

- Mana bu yigit - Bahrombek. Maktabga kelganida juda mahmadona edi.



- Endi... Tirishqoqlik degan xislat

Bahrombekka mos erur.

Intilishi, changogligi

Donolikka xos erur.

Soniyada o'qiy olar,

Talay-talay so'zni u.

Hurmatlarin bajo aylar

O`rtoglarin, do'stin u.



- Mana bu qizimiz - Dilnura. Maktabga kelga­nida anchagina bo'shroq edi.

- Endi... Dilnuraxon kelajagi umidlidir, nurlidir,

Maqsadlari aniq hamda orzulari turlidir.

Suluvlikda tengi yo'qdir, odobda ham yagona,

Behudaga so'z sarf qilmas, bir shirin g'ururlidir.

- Mana bu qizimiz - Madinaxon. Maktabga kelganida “ichimdagini top” edi.

- Endi... Madinaga ta'rif beray g'ururlanib,

Maqtovlarni qalashtiray mag'rurlanib.

Oqilayu donolikda yagonadir,

Dugonayu do'stlariga parvonadir.

Ovozining sehriga biz qoyildirmiz,

She'r o'qitib, eshitishga moyildirmiz.

- Mana bu yigit - Shamsiddin bo'ladi. Maktabga kelganda ancha dangasaroq edi.

- Endi... Partadoshim Shamsiddinbek zap yigitdir,

Tabiatga oshno, ko`ngli pok yigitdir.

Yoqtiradi jonivoru hayvonlarni,

Zootexnik bo'lishi-chi, naqd yigitdir.

- Mana bu qiz - Yulduzxon bo'ladi. Maktabga kelganda ancha xayolparastroq edi.

- Endi... Ismlari jismiga mos Yulduzxondir,

Ham mehnatkash, ham oqila, chin insondir.

Yoqtiradi sarishtalik, ham tartibni,

Uning uchun chigal jumboq op-osondir.

- Mana bu qizimiz - Kamoladir. Maktabga kelganda juda ham odobli, kam gap edi.


- Endi... Kamolamiz she'r o'qisa,

Olam unga sel bo`lar.

Barmoq vazni o'z yo `liga -

Aruzni qoyil qilar.

Ikkilanmay berar edik,

Suxandonlik mayog'in.

Kelajakda gar kiritsa,

G'oliblikning bayrog'in.



- Mana bu yigitimiz - Temurbek bo`ladi. Maktabga kelganda biroq shoshqaloqroq edi.

- Endi... Ota-ona orzu qilib ism bermish,

Temurbekka izdosh bo`lsin, o'g'lim demish,

Biz ham yaxshi niyat qilib qo'shilaylik,

Temurbekka bobom yo'lini tilaylik.

-Mana bu qizimiz - Mavludaxon bo'ladi. Maktabga kelganida ancha tortinchoq edi.

- Endi... Qarang, go'zal Mavluda bor oramizda,

Cho'pchak so'zlash borasida juda zo'rda.

Tortinchoqroq, bilganin tez aytavermas,

Gullarni xo'p parvarishlar, tinim bilmas.

- Mana bu yigit - Kamoliddin bo'ladi. Maktabga kelganda ushoqqina edi.


- Endi... Kamoliddin, nomli shoir

Ildiz otdi shu sinfda.

Kelajakda ko'rsak, deymiz,

Shoirlar bilan safda.

Asarlarin o'qisak biz

Har misrasiga qonib,

Bir kuni birga o`giganmiz,

Deb yursak-a, quvonib.



- Mana bu bolakay - Nodirbek bo'ladi. Maktabga kelganida sodda, biroq har narsaga qiziquvchan edi.

- Endi... Nodirimiz tez o'qishga tushgani on,

Nuqta, vergul topolmayin o`rnin hayron.

Harflar ham “oyog'ini olib qo'lga”,

Chopqillashar, qob ketmaylik, deb yo'lda.

- Mana bu qizimiz - Saidaxon bo'ladi. Maktab­ga kelganda murg'akkina edi.

- Endi... Saidaxon zukkolarning zukkosidir,

Irodasi ko'p ishlarda sinalmishdir.

Omadlari kulib boqsin, kelgusida,

Katta-kichik duosini u olmishdir.

- Bu yigitimiz - Behzodbek bo'ladi. Maktabga kelganida biram soddadil edi.


- Endi... So'zlashlari mayingina,

Bir ajoyib Behzodjon.

Dono o'zi, ma'no so'zi.

Gapga chechan Behzodjon.

Askiyaga “to`n kiygizgan”,

Latifaga o'ch juda.

Har yumushga ulguradi,

Vaqt sarflamas behuda.



- Mana bu yigitcha esa - Rustambek bo'ladi. Maktabga kelganida juda uyquchi edi. Tez-tez kechi­kib qolardi.

- Endi... Rustam degan doston yigit shu bolakay bo'ladi,

Kishi bilmas, ba'zan zimdan hazillashib qo'yadi.

Yoqtiradi go`zallarni, ezgulikka talpinar,

Ham yaxshi-yu, ham yomonni idroki bilan sinar.

- Mana bu qizimiz - Komilaxon. Maktabga kelganida juda sodda tabiat edi.

- Endi... Oq ko`ngillik Komilaga xos xislatdir,

Do'stlariga sodiqligi fazilatdir.

Yolg'onni hech ishlatmaydi, halol qizdir,

Chidolmaydi nohaqlikka, bu ziynatdir.

- Mana bu yigit Sardorbekdir. Maktabga kelga­nida anchagina tinib-tinchimas edi.

- Endi... Sardorbek ham ta'rifi zo'r mard o'g'londir,

Sinfimizning sardoridir, ham qalqondir.

Do'stini hech yarim yo'lda tashlab ketmas.

Sadoqatu bardoshiga ta'rif yetmas.

- Mana bu yigitchamiz - Shuhratbek. Maktabga kelganda sinf xonalarini chalkashtirib yurar edi.

- Endi... Ko'ngilchandir, sinfdoshim Shuhratillo,

Kelajakda ko'p o'qisa, bo'lar mullo.

Parishonrcq, daftar kelsa, ruchka qolar,

Ruchka kelar, uy vazifa bitmay qolar.

- Mana bu qizimiz - Zulayho bo'ladi. Maktabga kelganda yuvoshgina edi.

- Endi... Rasm chizsa Zulayho,

Bahor sepin yoyadi.

Bog'u rog'lar rasmini,

O'xshatadi, qo'yadi.

- Mana bu yigit - Jahongirbek. Maktabga kelganda yerga ursa, ko'kka sapchir edi.

- Endi... O'z nomimga sodiqman der,


Jahongirbek iymanib,

Bo'sh qolsayoq, maktab kezar,

Oyoq dodlar qiynalib,

So'zlashni ko'p yoqtiradi.

Gapdan ma'no toping, der.

Jahongashta nomim bordir.

Siz ham mendek choping, der.


- Mana bu qizimiz - Surayyodir. Maktabga kelganida yig'loqiroq edi.

- Endi... Bugun zukko Surayyo,

Yig'ilar qoldi ortda.

Kitobga mehr qo'ygan,

O'qir qayta va qayta.

- Mana bu yigitcha - Mamadali bo'ladi. Mak­tabga kelganida jahldorroq edi.

- Endi... Mamadali bugun ochar,

Jumboqlarning sirin.

Misollarning “dod”in berar,

Birin qo'yib birini.

- Mana bu yigitcha Komilbekdir. Sinfimizga yaqinda kelib qo'shildi.


Komil: Endi keldim, shu sinfga

Komil degan bolaman.

Zukko o`g`il va qizlarga

Havas bilan boqaman.

Maqsad qilib qo'ydim men ham –

Shu do'stlarday bo'lay deb,

Shunday o'g'il va gizlarning

Qatorida yuray deb.




O'quvchi: Barchamizning xislatimiz tingladingiz,

Kamchiligu yutug'imiz angladingiz.

Hukm aytish, baho sizga havoladir,

Hisobotni ayting, qanday sharhladingiz?



O'quvchi: Shunday qilib, biz boshlang'ich maktabni bitirayotganimizda Istiglolimiz 12 yoshga to`ladi. Biz bu yillar mobaynida milliy istiglol malkurasi mohiyat­mazmuni haqida ilk tushunchalarni oldik, ona­-Vatanimizga muhabbat, mustaqillik g`oyalariga sadoqat va o'zaro hurmat tuyg'ulariga ega bo'ldik.

O'quvchilar navbat bilan yillar nomini aytishadi: 1996 – Amir Temur yili, 1997 – Inson manfaatlari yili, 1998 – Oila yili, 1999 – Ayollar yili, 2000 – Sog’lom avlod yili, 2001 – Onalar va bolalar yili, 2002 – Qariyatlarni qadrlash yili, 2003 – Obod mahalla yili, 2004 – Mehr va muruvvat yili, 2005 – Sihat – salomatlik yili, 2006 – Homiylar va shifokorlar yili, 2007 - Ijtimoiy himoya yili, 2008 – Yoshlar yili, 2009 – Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili, 2010 – Barkamol avlod yili, 2011 – Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili deb e'lon qilinganligi bizning qanday jamiyat qurayotganimizdan dalolatligini angladik.

O'quvchi: Ilm va hunarning xosiyati haqida donolar o'gitlarini o'rgandik. Bu bilan jamiyatimiz kelajagi uchun ilm va hunarli kishilar zarurligini tushunib yetdik.

O`quvchi: Jaloliddin Manguberdi kabi milliy qahramonimiz jasorati bilan tanishdik. Bu bilan milliy istiglol mafkurasining tarixiy asoslaridan xabar topdik. «Istiglol» so'zining mazmunini angladik: Istiqlol - boshqalarga tobe bo`lmay, o'z erki bilan yashash, o`zini-o`zi idora etish, mustaqillik, erkinlik demakdir.

Download 473,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish