O'quvchi: -Fikrlash, so'z va e'tiqod erkinligi huquqi. (29-modda)
O'quvchi: -O'z huquq va manfaatlariga dahldor bo'Igan hujjatlar bilan tanishib chiqish huquqi. (30-modda)
O'quvchi:- Vijdon erkinligi. (31-modda)
O'quvchi: (qo'lida Oz'bekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kitobi)
-Ozod, erkinlikning
Ramsi - bu kitob
Unda aks etgandir
Haq-huquqimiz.
Yo'limiz yoritar
Misoli oftob
Qo'lida baland tursa
Baland tug'imiz.
O'quvchi:
-Millionlar taqdiri
Unda mujassam
Qomuslar qomusi
Deydi xalqimiz
Yer sharin yoritadi
O'zbekiston ham
Yurtga fido bo'lsak
Kular baxtimiz
O'quvchi: -Turmushimizning farovonlashuvida, Vatanimiz va xalqimiz tarixida Konstitutsiyamizning ahamiyati tobora ortib bormogda. Unda xalqimizning huquqiy demokratik davlat, adolatli fuqarolik jamiyati, erkin va farovon hayot qilishdek orzu-niyati o'z ifodasini topgan.
O’quvchi: - Insoniyat yaratilgandan beri o'z huquq va erkinliklai kafolatri to'g’risida bosh qotirib keladi. Inson huquqlarini himoya qilish, chinakam xalqaro hamkorlikni o’rnatish va mistahkamlash borasida birlashgan millatlar tashkiloti nizomi 1945 yil 21 oktabrdan doimiy kuchga kirgan.
O'quvchi:
-Mayoq bo’lding elimga
Maqom berding tilimga
Faxr bo’ldi dilimga
Sha’nim oru nomusim.
G’ururimsan -Qomusim.
Jamlab tizib bir ipga
Yo’lim solding qolipga
Hayot tushdi tartibga
Ahdim oru nomusim
Bobojonim – Qomusim.
O’quvchi:
Huquq burchim aks etgan
Har satri pishib etgan.
Maqsad, g'oyamiz yotgan
Lafzim, oru nomusim
Muqaddasim – Qomusim.
Tunda chaqnagan chaqin
Yurakda yongan yolgin
Qalbda jo'sh urgan to'lqin
Baxtim, oru nomusim.
Iftixorim qomusim.
O’quvchi: - Bolalar huquqlari to’g’risidagi qonunlarni o’zida mujassamlashtirgan xalqaro hujjatlar ham bor. 1989 yil 20 noyabrda BMT Bosh Assambleyasida bir ovozdan qabul qilingan “Bola Huquqlari to’g’risida” gi Konvensiya ana shunday hujjat hisoblanadi.
O’quvchi: - Ushbu Konvensiya 1990 yil 2 sentabrda kuchga kirgan. Oz’bekiston Respublikasi unga 1992 yil 9 dekabrda ya’ni Konstitutsiyamiz qabul qilingan kunning ertasigayoq qo’shilgan.
O’quvchi: - “Bola huquqlari to’g’risida”gi Konvensiya dunyoning barcha mintaqalaridagi xalqlar uchun teng ahamiyatga ega. Uning asosiy maqsadi biz – bolalar manfaatlarini mumkin qadar himoya qilishdan iboratdir.
O’quvchi: - Bir so’z bilan aytganda bu Konvensiyani o’ziga xos “Bolalar Konvensiyasi”ga qiyuoslash mumkin. Konstitutsiyaga amal qilish esa vatanparvarlikdan dalolat beradi. Zero, unda Vatan, xalq va millat manfaatlari ifoda etilgan.
O’quvchi: - Prezidentimiz I.A.Karimov aytganidek “ … har qanday davlatning yuzi, obro’ –e’tiboriu uning konstutitsiyasi hisoblanadi. Zotan, Konstitutsiya davlatni davlat, millatni millat sifatida dunyoga tanitadigan qomusnomadir”.
O’quvchi:
Ajib topgan unda buyuk g’oyamiz
Zabt etmoqni maqsad qilgan qoyamiz
Belgilangan huquq, burch himoyamiz
Baxtimiz qomusi – Konstitutsiyam.
O’quvchi:
O’zbek elin bahri ulkan nufuzi
Asosiy tamoyil chin asl yuzi.
Yurakdan bitilgan har satri so’zi
Baxtimiz qomusi – Konstitutsiyam.
O’quvchi:
Yo’lchi yulduz tuydik dildan biz uni
O’rgatsak ham takror –takror har kuni
Eng xalqchil muqaddas davlat qonuni
Baxtimiz qomusi – Konstitutsiyam.
1-boshlovchi: - Aziz tadbirimiz qatnashchilari. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 26 yilligiga bag’ishlab o’tkazilgan “Konstitutsiyamiz – baxtyimiz qomusi” deb nomlangan bayram tadbirimiz nihoyalab boryapti. Barchangizga tashrifingiz, ishtirokingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz.
2-boshlovchi: - Yurtimiz obod, elimiz shod, osmonimiz musaffo bo’lsin. Ona O’zbekistonimiz gullab-yashnasin. Xayr, salomat bo’ling.
"Alifbe" bayrami ssenariysi
Assalom xalqimizning eng ulug' siymolari
Assalom yurtimizning ustoz mehribonlari,
Assalom sinfimizning dono og'il qizlari,
Assalom ertaligimizning aziz mehmonlari.
Xush kelibsiz ilmu fanning sohibu davronlari,
Xush kelibsiz davramizning eng aziz mehmonlari,
Xush kelibsiz muallimlar xamda munis onalar,
Xush kelibsiz kechamizga barcha aziz mehmonlar.
Ruxsat bering boshlamoqqa savodxonlik bayramini,
O'yin, kulgi, qo'shiq bilan xursand etaylik sizni.
Raqs: ( )
Assalom iymoni omon insonlar,
Assalom bu kunni intiq kutganlar,
Mehribon onajonlar, jon buvilarim,
Bayramga tashrif buyurgan aziz do'stlarim.
Assalom mehmonlar mexri ziyolar,
Yuragi quyoshu qalbi daryolar,
Sizga ham tengdoshlar dildan extirom,
Qo'llar ko'ksimizda, deymiz assalom.
Bugun katta tantana, savodxonlik bayrami,
Doim bo'lsin an'ana bilimdonlik bayrami
Bilimlar mamlakati, mo'jiza sherlarga kon,
O'zini baxtli sanar, unga kirgan har inson.
Bayramimiz ko’p qiziq, bilimimiz kunday ochiq,
Savodxon bolalarning yuzi quyoshday issiq.
Oq sut bergan onalar, mehribon buvijonlar,
Qutlaymiz sizlarni ham savodxonlik muborak
O’quvchilar bosh egar, izingiz ko’zga surar,
Ustozni barcha qutlar, savodxonlik muborak.
Bugun bizning sinfda juda katta tantana
Bilimini namoyish qiladi har bir bola
Bolajonlar sog’ bo’lsin, vaqti doim chog’ bo’lsin
Qo’shiq kuylar bor bo’lsin, bayramimgiz zo’r bo’lsin.
Ustozlarning o’gitin dilimizga joylaylik,
Dilda xayajon bilan bayramimiz boshlaylik
Alifbeni ko’p o’qib, she’r qo’shiqlar yod olib,
Savodxonlik bayramin o’tkazamiz shodlanib.
O’qituvchi:
-Aziz bolajonlar, kasbdoshlar, hurmatli mehmonlar kechagina o’qish yozishni bilmaydigan o’yinqaroq bolalar. Bilim dargohi ostonasiga qadam qo’yib, bugun o’qish yozishni, hisoblashni, odob-axloqni o’rganib, qo’llariga tushgan kitobni o’qiy oladigan bo’lib savodli bo’lganlarini namoyish etadilar.
Savodxonlik bayramingiz muborak bo'Isin,
Barchangizni dilingiz quvonchga to’lsin,
Olloh sizga doim madadkor bo’lsin
Yo'llaringiz hamisha nurlarga to'lsin.
Bolalar:
Raxmat sizga muallim, bizga berdingiz ta'lim.
Bu bayram sababkori bilimlar poy devori,
Ma'noli shirin so'zi oftobday nurli yuzi.
Bilmaysizmi bolalar qani "Alitbe" o'zi.?
Bolalar:
Do'stlaring senga mushtoq
"Alifbejon" kel tezroq.
Alifbe:
Salom aziz bolalar, chiroyli gul lolalar,
Chiqib endi savodi, o'qish bo'lib murodi,
Maktabga mehir qo'ygan, ustozin jondan suygan,
Bilimlarga intilgan, bayramni boshlang shu on.
A-Aziz ota -onalar shirin shakar bolalar,
Bayram shodlik muborak, savodxonlik muborak.
B-Bugun ulug' bayramda, salom deymiz nomma-nom
Harflarning nomidan deymiz salom - assalom.
E- Erkimiz quyoshi so'nmagay aslo,
Qalbda charaqlagan oftobimiz bor,
Xaqqu xuquqimiz toptalmas also,
Qomusimiz bor, kitobimiz bor.
Q- Quyosh bo'lib quchdi qutlug' istiqlol,
Muqaddas, mo'tabar tuprog'imiz bor.
Bizga kulib boqdi, ulug' istiqlol,
Oy bo'lib balqigan bayrog'imiz bor.
H- Harf tanitib o'rgatgan,
Bilsin deya o'ylatgan,
Qo'lga kitob ushlatgan
Ustozim sizga ta'zim.
I- Ishga mehri ulkan
Kasbim deb to'lib toshgan,
Darsning sheri bo'lgan
Ustozlar sizga ta'zim.
F- Fanlar bobida chevar
O’quvchilarni sevar
Jonkuyar mehnatsevar
Ustozlar sizga salom.
J- Jo qildingiz ona so'zini.
Shu so’z bilan chiqdi savodim
Xayolimdan chiqmaysiz sira
Bo’lsin sizga doim ta’zim.
K- Kechalari uxlamay
Ko’z nurini sochdingiz
Biz kabi shodliklarga
Dunyo sirini ochdingiz
N – Nomim mening N harfi
Undoshman o’zim asli
Non so’zida bordurman
Nomarddan qochadurman.
G’ – G’ozday yurib keldi
Mana nimalar dedi:
G’ayrat, G’ani, g’ildirak
Hammasiga G’ kerak.
Ng – Men tongda uyg’onaman
Bodringga suv quyaman.
So’z boshladim Ng harfi
Bir juft tovush Ng harfi.
O'- O'quvchilarga bosh inson,
So'zlari otash inson,
Yuragi quyosh inson,
Ustozlar sizga ta'zim
O- Ona kabi mehribon,
Ilm fanlarga makon,
Yayrab o'qiyman har on,
Qadirdonim maktabim.
M-Mag'rur boshimni egib
Sizga ta'zim qilaman,
Ozod Vatan bag'ringda,
Yoshlik zavqin suraman.
X- Xar doim bu kehg osmon,
Bo'lsin doim musaffo,
Ona Vatan hurlikda,
Yagonasan sen tanho.
G – Gul diyorda murabbiy ustoz
Hech tugamas sizga hurmatim
Ma’rifating hur quchog’idan
Mangu topdim baxt-saodatim.
Y – Yangratim ko’ngil bog’ini
Sizga izhor etayin
Siz kabi ustozlarga
Ming bora ta’zim atayin.
L – Lola ushlab L harfi
Dedi: menday harf bormi
Laziz, Latif, Latofat,
L dan boshlanar faqat.
P – P keldi polvon bo’lib
Soz’ladi zavqqa to’lib,
Oppoq paxta, parvarda
Uchrayman paxlavonda.
U- Uzogdan U ko'rinar,
Davramizga qo’shilar,
Unday-bunday demangiz
Meni hech unitmangiz.
D – Dunyoda eng sof, tiniq,
Nurlar ichra eng yorug'
Ko'rar ravshan va aniq,
Bolalaringiz ko'zlari.
T- Tip tinigdir yuzlari,
Issiqdir yulduzlari,
Yolg'on aytmas so'zlari,
Bolalarning ko'zlari.
V- Vatanim deb charaqlar,
Xalq baxtidan yaraqlar,
Doim do'stni so'roqlar,
Bolalarning ko'zlari.
S- Sohtalikni fosh qilar
Baxil dilni g’ash qilar,
Zohilni yuvosh qilar
Bolalarning ko'zlari.
R- Rosa o'qib o'rganing
Savodingiz chiqaring,
Xalqimizga shu kerak,
O'qishga bo'ling ziyrak.
Ch- Chiroyli yozing deysiz
Imloni biling deysiz,
Tilaymiz sizga omad,
Bilimdadir saodat.
Sh- Sho'x va shodon bolalar,
Bog'da bitgan lolalar,
Harflar so'zlar biyron
O'qing bo'lmang siz nodon.
O' qituvchi:
Elni sevib, elim deb yashang
Yurtini sevib tuprog'in asrang.
Yurtga doim sog' omon bo'ling
Kerak bo'lsa jon fido qiling.
Chetga chiqib,ellarini ko’ring
Xar biringiz mustaqil bo'ling,
Ilm-fanni chuqur o'rganib.
Vatan uchun siz tirgak bo'ling.
Alifbe:
Bolajonlar men sizga,
Birinchi kitobdurman
Dilingizni yoritgan
Quyoshu oftobdurman.
Ko'rdim bugun, donosiz
Hammadan ham a'losiz
O'qish, yozishni bilgan
Aqli raso bolasiz.
Xayr, xayr bolalar
Meni sira unutmang
G' ayrat bilan o' qingiz
Nasihatimni tinglang.
Bolalar:
Xayr Alifbejonim
Rahmat yo’llab qolamiz
Omon bo’lgin, biz senga
Oq yo’l tilab qolamiz.
Alifbeni yakunlab
Barmoqdamiz ilgari
Navbat o’qish kitobga
Bilim o’xshar oftobga
Marhabo o’qish kitob
Charaqla misli oftob
Nur sochib olg’a boshla
Biz bilan bo’lgin oshna.
O’qish:
Men o’qish kitobiman
Ko’p uqish kitobiman.
Sizlarga do’st bo'laman
Ongingiz o'stiraman.
Meni varaqlab ko'ring
Mag'zimni chaqib ko’ring
Sahifamda ne bo’lsa,
Berilib o'qib ko'ring.
Bilaman sizlar meni
Varaqlab o'rganasiz,
Yaxshi g'ayrat qilsangiz
O'qib olim bo'lasiz.
Matematika:
Salom jajji bolajonlar, men ham sizlarni tabriklagani keldim.
Elda bor shunday naql,
Hisob aql qayrog'i,
Tinglab sonlar tafsifin
Bo'lingiz chin o'rtog'i.
Qorbobo va Qorqiz birgalikda o'quvchilarning sherlari.
Ertak. (QUVNOQ JO'JALAR.)
O'qituvchi so'zi:
Mana aziz mehmonlar bayramimiz nihoyasiga yetdi. O'quvchilarim mustaqil yurtimiz ravnaqi yo'lida xizmat qiladigan el-yurtini sevadigan, mard, jasur yigit – qizlar yetishib, bilim cho'qqilarini egallaydigan barkamol inson bo'lib yetishishlarini tilayman.
XAYR!
O'tkirlashdi zehnimiz,
Sizga oshdi mehrimiz.
To'lib toshdi qalbimiz,
Baxtimizga sog' bo'ling.
Mehr suvi ichirdingiz,
Ishlarimiz tekshirdingiz.
Xato qilsak kechirdingiz,
Baxtimizga sog' bo'ling.
Qanchalar baxt erur ushbu onlarda,
Ustoz atalmish zotlarga ta'zim.
Men shoir emasman, bitolmam bayot,
Lek faqat istagim tashakkur aytmoq,
Siz kabi buyuk zotlar nomiga.
Ollohim yaratib, odamiv zotni
Taqsimlab berilmish vazifalarni
Sizlarga yuklabdir buyuk vazifa.
Siz jajji go'dakni azaldan yo'llab,
O’rgatar ekansiz odob-axloqni
Salom berib alik olishni,
Hurmat qilib izzat ko'rishni.
Bobo-yu momolarga ta’zimda bo’lib
Urf-odatlarni saqlab qolishni
Barcha ezgulikni o’rgatgan sizlar
Yana bir bir bor egib boshimiz
Sizlarga qilgumdir ta’zimda ta’zim
Aziz, mehribon munis ustozlar.
O’qituvchi:
Aziz ustozlar, hamkasb do’stlarim. Siz bilan bizning oldimizda buyuk vazifa ya’ni kelajagi buyuk yurtning sog’lom avlodlarini har tamonloma yetuk va barkamol inson qilib tarbiyalash turgan ekan. Ana shu shartli vazifani bajarishda sizlarga sabr toqat va omad tilab qolamiz.
“ Yangi yil bayrami” ssenariysi
1-bola:
- Yangi yilda Yangi xilda,
Yuraklarning ovozi.
Qaynab chiйar, yayrab chiqar,
Tilaklarning eng sozi.
2-bola:
- Har yurakda orzu katta
U pokiza, beg'ubor,
Eng mustahkam, eng mushtaham
Poydevordir, poydevor.
3-bola:
- Ko'zlar ko'zga
So'zlar so'zga
Orzu bilan bog'lanar,
Yuraklardan yuraklarga
O'tish uchun chog’lanar.
4-bola:
- Istaklar sochib yog'du,
Yashnagay har chin ko'ngilda,
Uzoqdan ham, yaqindan ham
Porlaydi bir zaylda
Baravariga:
- Yangi yilda yaxshilarni
Tabriklaymiz, qutlaymiz!
1 -bola: - Assalomu alaykum, Yangi yil bayramida yangidan-yangi orzu-istaklarga, ezgu- tilaklarga galblari limmo-lim mehribon ustozlar!
2-bola: - Assalomu alaykum, bayram kechamizning eng beg'ubor, shirindan-shakar, jajji ishtirokchilari quvnoq bolajonlar!
3-bola: - Ha, do'stlar, Yangi yil esnik qoqmoqda, yangi-yangi baxtlarga, ezgu tilaklarga chorlamoqda. Xabaringiz bor, 2010 -yil “ Barkamol avlod yil” deb e'lon qilingandi. O'tayotgan yilda yoshlar tomonidan san'at, sport, ta'lim va boshqa sohalarda yuksak marralar zabt etilib, qanchadan-qancha bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Bu yoshlarimizning shijoatli, yuksak bilim va salohiyat egasi ekanidan dalolat beradi.
4-bola: - O’tayotgan yilda yoshlarimiz xalqaro ko’rik-tanlovlarda, fan olimpiadalarida, sport musobaqalarida o’z iste’dodi, iqtidori va mahoratlarini namoyish etishib, dunyoda O’zbekiston yoshlari hech kimdan kam emasliklarini, o’zbek xalqining buyukligini, buyuk ajdodlar avlodi ekanligini isbot qilishib katta yutuqlarga erishdilar.
5-bola: - Bularning barchasi davlatimiz, Prezidentimizning yoshlarga bo’lgan e’tibori va ishonchini qozonish namunasidir.
6-bola: - Darhaqiqat, Prezidentimiz kirib kelayotgan 2011- yilni “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” deb e’lon qildi.
Musiqiy tanaffus. (qo’shiq va raqslar ijro etiladi)
Musiqa tugashi bilan sahnaga Nasariddin Afandi, Alixo’ja va Xo’jaаli, masxarabozlar hamda turli ertak qqahramonlari libosidagi bolalar kirib kelishadi. Davrani shodon kulgular egallaydi.
1-bola: - Dunyoda bolalar kulgusi jaranglasa,
Sho’x-quvnoq ovozlar yangrasa deymiz.
2-bola: - Voy, bayramga Qorbobo, Qorqiz va uning do'stlari tashrif buyurmaydimi?
3-bola: - lye, ularsiz bayram tatirmikan, unda bayramni qanday o `tkazamiz?
Snu payt uzoqdan gurs-gurs qadam tashlab, hassasini do`qillatib kelayotgan Qorboboning ovozi eshitiladi.
«E, hey, men yetib keldim, bolajonlar, Assalomu alaykum!»
Musiqiy tanaffus
(Qorbobo, Qorqiz va bolalar birgalikda shod-xurram go'shiq kuylab, raqsga tushadi)
Qorbobo:
- Bayramlaring muborak,
Keldim ko'p yurtlar kezib.
Tog'u toshlardan oshdim,
O'rmon oralab yurdim,
Archani xo'p tanladim.
Eng chiroyli, eng ko'rkam,
Qarang, ulkandir biram!
Uni sizga yo.`Iladim,
Bezabsiz xo'p, chiroyli,
O`yinchoqlar marjonli.
Quvnadi ko`rib ko`zim,
Ofarin, o`g`il-qizim!
Bolalar: - Rahmat, sizga Qorbobo, Sovg`alari mo'l bobo.
Qorbobo: - Men ko`p yurtlar kezib, turli millat vakillaridan siziarga do`stlar olib keldim. Ular o'zbek tilini juda yaxshi bilishadi hamda o'zbekona urf-odatlarni gadrlashadi.
Qorgiz: - Do`stlar, davramizga marhabo. Sizning yurtingizda Yangi yil bayramini qanday kutib olishlarini bizga so'zlab bering.
Turli millat vakillari milliy liboslarda o'rtaga chigib, o'z urfodatlariga binoan salomlashishadi.
Yaponiyalik bola: - Yurtimizda Yangi yil kechasida qo`ng`iroglar 1088 marta chalinadi. Yaponiyada 100 va 8 raqami baxtli hisoblanadi. Yangi yil Quyosh chiqishi bilan kutib olinadi.
Shotlandiyalik bola: - Shotlandiyada Yangi yilda istagan kishi xohlagan xonadonda mehmon bo`lishi mumkin. Mehmon kelishi shu xonadonga baxt keltiradi, deganidir.
Koreyalik bola: - Bizda esa Yangi yilda ommaviy sayil boshlanib,. turli musobaqalar o'tkaziladi.
Hind bola: - Mening vatanimda bayram kechasi barcha odamlar shirinso'z, nazokatli, mayin bo`lib, bir-biri bilan xush muomalada bo`lishadi. Bu, yil bo'yi baxt harnroh bo'ladi, deganidir.
O'zbek bola: - O'zbekistonda yangi yil bayrami o'zgacha surur va zavq-shavq bilan o`tadi. Birbirimizga tilaklar aytib, sovg'a-salom hamda shirinliklar ulashamiz. Millatidan qat'iy nazar barcha bolalar bir bo`lib, archa atrofida shodon kuylaymiz. Qani, do`stlar, davramizga marhabo!
Hamma birdaniga:
- Qo'Ini-go'Iga beramiz,
Dillar-dilga payvasta.
Qarsak chaling, gattigroq,
Ohang boshlangan paytda.
Musiqiy tanaffus
«Eng chiroyli raqs” uchun sovrin e'lon qilinadi. Chet ellik mehmonlar sho'x o'zbek raqslariga taklif etiladi. G`olib chiqqan ishtirokchiga Qorbobo sovg'a beradi.
Qorgiz:
-Tashakkur, deymiz sizga,
Mehmonlar, bor bo`lingiz.
Endi navbat bizlarga,
Siz tomosha qilingiz.
Davraga Yilbobo, ramziy ma'nodagi 2011-yil, quyon timsolida kirib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |