1. Mustaqillik bayrami O’qituvchilar va murabbiylar kuni



Download 473,5 Kb.
bet1/7
Sana25.02.2020
Hajmi473,5 Kb.
#40724
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ssenariy (kitobcha)

.



1. Mustaqillik bayrami

2. O’qituvchilar va murabbiylar kuni

3. Konstitutsiya kuni

4. Savodxonlik bayrami.

5. Yangi yil bayrami

6. A.Navoiy tavalludi kuni

7. Xotin-qizlar bayrami

8. Navro’z bayrami

9. Kitob – bizning do’stimiz

10. A.Temur tavalludi kuni

11. Xotira va qadrlash kuni

12. Xayr, birinchi ustozim!

13. Matematik kecha

Urganch-2017


Mustaqillik bayrami” ssenariysi


Boshlovchi:

O`zbekiston mening yurtim,

Quyoshi ham bo'lakcha



Dunyodagi eng go`zal yo`l

Uyga eltar yo`lakcha.

Toshkentim ovozasi,

O`n ikki darvozasi.



O'zi asal, qandimsan,

Yurtimning poytaxtisan!



Bola: - Bo’ron kelsa shimoldan,

Bizni asrar shamoldan.

Oftobdan bo`lar soya

Qilar doim himoya.



Hamma: - Bizga jon-u, bizga tan

Bu Vatandir, bu Vatan!



Bola: - U otadir, onadir,

Farzandim, deb yonadir.



Bog'ing, shahar, qishlog`ing

Mahallangu, o`rtog`ing!



Hamma: - Bizga jon-u, bizga tan

Bu Vatandir, bu Vatan!



Qo`shiq ijro etiladi: "Prezident farzandlari", "O'zbekiston bolajonlari" .

Boshlovchi: - Aziz bolajonlar, hurmatli mehmonlar! Buyuk Turon o`lkasida katta shodiyona! Bugun diyorimizning turli burchaklarida, maktab-­bog'chalarda, mahalla-xonadonlarda tantanali bayram ruhi kezmoqda. Biz uchun eng aziz, eng ulug` bayram, g'urur-iftixorimiz timsoli mustaqilligimizni, erkimizni sharaflaymiz, qo’shiqlarimizda kuylaymiz!

O’quvchilar:

-Xizmat qilsam elimga,

Quvvat bo’lib dilimga

Har kun reja tuzarman,

O'qib o'ynab, o`sarman!

Yurtim menga cho'zar qo'l,



Deydi: "Bolam, sodiq bo'l!".

El qudrati chin qudrat,

Vatan tuprog`i qimmat!
Men shu yurtning bo'lagi,

Bordir unga keragim.

Vatanimni yashnatish,

Eng zo'r orzu-tilagim!

Vatanim bor, taxtim bor!

Istigbolim -baxtim bor!

2200 yoshga to'lgan

Toshkentim - poytaxtim bor?

Boshlovchi: - Aziz bolajonlar! Biz bugun bir emas, ikki bayramni nishonlayapmiz. Ko'hna urf-odat va an'analarimiz qayta tiklangan bugungi kunda do'stlik, mehr-oqibat va bag`rikenglik timsoli bo`lgan qadrdon Toshkentimiz o’tgan yil 2200 yoshga to'ldi. Yaqindagina Respublikamiz bo'ylab "Yagonasan, muqaddas Vatan" mavzusidagi ko'rik-tanlov o`tkazildi.

(2 nafar bola o`rtaga chigadi, ularning biri jurnalist rolida. Ikkinchisi esa videokamera ushlab olgan. G`oliblar bilan suhbat jarayonida tanlovda ijro etgan qo'shiqlari mazmuni haqida so`raydi).

O'quvchilar: - Biz tayyormiz! Go'zal Toshkentimiz ko`chalari bo'ylab sayohatga chiqib, g`oliblarni topib kelamiz ( "Ko'chalar" qo'shig'i yangraydi).

1 -bola: - "Mustaqillik ko`chasi”:

Ko`chamdir 2 6 yosh,

Uning taxtidir quyosh.

Uning baxtidir Humo,

Bulutsiz yorug' samo.



Tinchlik mening ko`rkimdir,

Poydevorim - erkimdir!

O'quvchi: - "Bunyodkor ko`chasi":

Ko`chada bo'lar bunyod,

Eng go'zal, baxtli hayot.

Kompyuter, mashinalar,

Yana dersiz nimalar?

Eng zamonaviy uylar,

Qo`shiq, she'r va kuylar.

Hikoya, ilmiy ishlar



Yozilar yozu-qishlar.

Qo`shiq ijro etiladi.(Sochlari jamalak qilib o'rilgan, milliy libosda bir qizcha o`rtaga chiqadi).

3-bola: - "Alisher Navoiy ko'chasi":

Dono va buyuk bobom,

Jahonga suyuk bobom.

Nomi el ardog'ida

Go'zal nazm bog`ida,

Yaratgan ajib bo`ston



Va "Xamsa" - beshta doston.

O`rtaga 4 nafar bola chiqadi. Yon tomonda Alisher Navoiy timsolidagi o`quvchi paydo bo'ladi.



4-bola: -Assalomu alaykum, ustoz! Sizning she'rryat mulkida sufton bo`lib, olamga o'zbek xalqining shon-shuhratini yoyganingiz, turkiy zabonda ash'or bitib, o'lmas asarlar bilan avlodlar qalbidan joy olganingiz hammamizga ma'lum. Mushoiramizga Siz bosh bo'ling! (ta'zim qiladi).

Alisher Navoiy:

  • Boshni fido ayla ato qoshig`a,

Jismni qil sadqa ano boshig'a.

Ikki jahoningga tilarsan fazo,

Hosil et ushbu ikkisin rizo.

O'quvchi: - Ustoz, Siz yozib qoldirgan hikmatlarni xalq nihoyatda e'zozlaydi. Ruxsatingiz bilan ulardan o'qib bersak.

O`quvchi: - Chin so'z - e'tiborli, yaxshi so'z qisqa bo'lur.

O`quvchi: - Tilga ixtiyorsiz - elga e'tiborsiz.

1-bola: "Alpomish" ko`chasi.

Boychibor-da xuddi qush,

Uchmasa-da Alpomish

Ammo har uyda bir alp

Va shiddatkor olov qalb.

Bayir ulg'ayar, o'sar

Yomonlik yo`lin to'sar.

Yengar qanday bo'lsa g'ov,

Pahlavon qalbi olov.

Go`yoki metin qoya,

Yurtni qilar himoya.



Raqs: “Kamonlar bilan raqs" (o'gil bolalar).

2-bola: - "Tinchlik" ko'chasi:

Menda sira so'lmas gullar,

Qushlar yayrar chamanda.

Barcha orzu ro'yob bo`lar,



Hech kim qolmas armonda.

Vatanimning barcha-barcha

Ko'chasida o`zimman,

Nomim tinchlik bo`Iganidan

Mag`rurdirman o'zim ham.

Qo'shiq va raqs: "Tinchlik bo`Isin"

Yer yuzida tinchlik bo`lsin,



Olam doim baxtga to`lsin,

Nurli quyosh porlab tursin,

Moviy osmon chorlab tursin.

Naqorat: Tinchlik bo'lsin, tinchlik bo`lsin,

Olam doim baxtga to`lsin.

Biz bolalar o`ynashaylik,



Qo`l ushlashib kuylashaylik.

Biz Vatanning erkasimiz,

Shu diyorning ertasimiz.

Naqorat:

3-bola: - "Maktab" ko`chasi:

Maktab - muqaddas dargoh,

Bo'lgin doimo ogoh.

To'xtatma bilim olish,

A'lo bo`lur hamma ish.



Uylar - bilim o'chog'i,

Go'yo maktab dargohi.



Mehmonlarga - bizdan qarz

O'tib berish bitta dars.

(3, 4 ta savol-javob o'tkaziladi).

Sahna ko`rinishi:

Ko'ylaklarni bezay der,

Har bayramda dizayner.

Beqasam, adras, atlas,

Ko'rganlar qilar havas.

Qizlar milliy kiyimlarni namoyish etadilar.



4-bola: - "Amir Temur" ko'chasi:

"Noming ne?", - desa har on,

Deyman: Temur Ko`ragon.

O'ylab ko'ring-chi, picha,

Sarkarda ko'rgan necha?

Ammo kimga qay zamon,

Tan bergan butun jahon

Jahonni qilgan hayron.

Bobomiz Sohibqiron.



5-bola:

Ruhi kezar, yurt bo'ylab,

Najotkor so`zin so'ylab.

Ko'chamda unga haykal,

Shaharga bergan sayqal.

Magnit tasmasidan Amir Temur ovozi yangraydi:

"Aziz avlodlarim! Vatanni seving, ardoqlang, Vatan taqdiri va kelajagi sizlarning qo`lingizda. Mustaqillik eng oliy ne'mat. Buni hamisha yodda tuting va qadrlang".

O'quvchi:

Siz Amirsiz , Siz Temursiz

Jahongir Sulton,

lymondirsiz, vijdondirsiz,

Siz aziz inson. Qalblar aro ko`tarmoqda

Ruhingiz isyon.



Hamma:

Temur hobo, nomingizni yod etajakmiz,

Olam aro ruhingizni shod etalajakmiz!

Mustaqillik bayramida aytiladigan eng ommaviy qo`shiglardan biri kuylanadi va raqs ijro etiladi:

O`quvchi:

Qaysi yerning nonlari,

Kiritadi jonlarni.

Minoralari baland,



Bu sayqali Samarqand!

("Samarqand go`zallari" musiqasi ostida 2 nafar qizcha non-tuz ko`tarib kiradilar).

O'quvchi:

Qayerning, zardo`zlari,

Shirin, shakar so`zlari?

Mashhurdir dunyo aro,



Budir qadim Buxoro

(Buxorocha kiyingan 2 nafar qizcha doira raqsini o`ynaydilar).

O`quvchi:

Ayting, qaysi navolar,

Dilingizdan joy olar.

Javobi juda oddiy

Albatta, Oltin vodiy

(O.Nazarrbekovning "Andijoncha" musiqasi ostida o`g'il bolalar o`ynab kiradi).

O`quvchi:

Alpomishning yeri u,



Chanqovuzning eli u.

Tog`lari qalqon go'yo,

Albatta, Surxondaryo.

(M.Namozovning qo’shig’I aytiladi. 1 nafar qizcha surxondaryocha kiyinib raqsga tushadi).

0’quvchi:

Qaysi yerning "lazgi"si,



Mo'jizaning naq o`zi

Bu el juda ham azim,

Hamma bilar Xorazm

(1 nafar qizcha va 1 nafar o`g-il bola "Lazgi" musiqasiga raqsga tushib, kirib keladi).

0quvchi:

Qaysi yerda kulollar,

Guldan naqshlar solar?

Shahrisabz - yashil dunyo,

Bilamiz - Qashqadaryo !

O'quvchi:

Uzum nomi qorako'z,



Guruchning navi - Nukus.

Orol, Mo'ynoq yerida



Qoraqalpoq eli-da!

("Qiz muloyim" kuyi yangraydi. Qizchalar raqsga tushadilar.)



0’quvchi:

Mehmondo'st, saxiy eli

Egilmas mag'rur dili.

Qaysi qadim yosh shahar,

Toshkentimiz­ -bosh shahar!

0quvchi:

Yalo-yalo-yallolar,

Beravering savollar.

Barisi go`zal bo'ston



Bu bizning O'zbekiston!

(Hamma o'rnidan turib, qo'lini ko`ksiga qo`yadi).

Madhiya: "O'zbekiston Davlat madhiyasi" yangraydi.

Boshlovchi: - Aziz bolajonlar, shahrimizdagi sayilgoh va tomoshagohlar bizni kutmoqda. Bayramning davomini bosh maydondagi katta sayilgohda o'tkazamiz.

Karnay-surnay sadolari, "O'zbekiston" musiqasi ostida hammalari ko`tarinki ruhda chiqib ketadilar.
O’qituvchi va murabbiylar kuni” ssenariysi

1-boshlovchi: Assalomu alaykum, aziz ustozlar! Ustozlarni ulug'lab kelgan hurmatli mehmonlar, ota-onalar, qadrli tengdoshlar!

2-boshlovchi: Assalomu alaykum, bugungi serfayz tadbirimiz qatnashchilari! 4-sinf o'quvchilarining tayyorlagan bayram tuhfalari - Sizlar uchun!

1-boshlovchi: Ustoz... o'qituvchi... muallim... murabbiy... Bu so`zlar bir-­birini aynan takrorlamasa-da, ma'no-­mohiyati bir-biriga yaqin, bir-birining takrori. Zamirida esa olam-olam ma'no mujassam.

2-boshlovchi:Eng avvalo yozishni va uning qanday o`qilishini o’rgatgan inson kichkintoy bolajon uchun ustoz ­murabbiy emasmi?

1-boshlovchi: Xuddi shunday.

2-boshlovchi:O'qish, yozishni bilgach, kitobga ixlos uyg'otgan shu muallim emasmi?

1-boshlovchi: Xuddi `shunday. Yaxshi o’qisak,, shod bo'Igan, “5” baho qo'ygan, «a'1o»dan past bilsak, darhol yeng shimarib, bizni nazorat qilib, yuragimizga qo’l solib, yana ilm sari yo'naltirgan shu birinchi o'qituvchimiz emasmi?

2-boshlovchi: Xuddi shunday.

Ikki o'quvchi taniqli bolalar shoiri (marhum) Rauf Tolibning «Kitobni­ ochganimda» nomli she'rini yod aytib­berishadi).

1-o'quvchi:

- Men kitobni ochaman,

Kitob aqlimni ochar.

Men kitobni ochaman,

G'aflat tun kabi qochar.

Men kitobni ochaman,

Kitob ochar dunyoni.

Men kitobni ochaman,

Kitob sochar ziyoni.

Kitob qalbda mudragan

Tuyg'ularni qo'zg'atar.

Xuddiki ustozimday

Orzularni uyg`otar.

Ekanman g'o'r va nodon,

Kitob ochdi ko'zimni.

Muallim so'zlaridan

Angladim men o`zimni.



2-o'quvchi:

- Kitob ochdi ko’zimni,

Ko'p ekan nuqsonlarim.

Kitob ochdi ko'zimni,

Ko'p ekan imkonlarim.

Muallimim donolar,

O’rgatdilar yashashga.

Mard va jasur bobolar

Chorlar baxtga, kurashga.

Yurtim, o'tmishing o’qib,

Angladim men oqibat,

Haqiqat qancha ulug',

Tinchlik qanchalik qimmat.

Men kitobni ochaman,

Kitob- aqlimni ochar…



So’ng o’g’il bolalar ijrosida “Andijonchasiga” qo’shig’iga raqs tomosha qilinadi. Keyin sahna ko’rinishi namoyish etiladi. Yana qo’ng’iroq ovozi: “d-z-z-z-z”. Yuqori sinf o’quvchilaridan biri go’yoki boshlang’ich sinf o’qituvchisi sifatida o’qish darsini olib borayapti.

O’qituvchi: - Bolalar! O’tgan darsda uyga qanday vazifa berilgan edi?

O’quvchilardan biri (o’rnidan turib): “Shu aziz Vatan barchamizniki” mavzusini yaxshilab o’qib, tushunib, ifodali tarzda so’zlab berishni o'rganib kelish kerak edi.



O’qituvchi: - Hamma darsga tayyorlanib keldimi?

Bolalar: - Ha.

O'qituvchi:- Vatanimizning nomi?

Bolalar: - O'zbekiston!

O'qituvchi: - O'zbekiston qachon mustaqil davlat bo'ldi?

Bolalar: -1991 yil 31 avgust kuni O'zbekiston mustaqil deb e'lon qilindi.

- Dunyo xaritasida to’la huquqli davlat paydo bo’Idi. Bu yil yaqinginada biz mustaqillikning _yilligini nishonladik Yurtimiz ko’hna tarixga ega. Bizning diyorni qadimda Turon deb atashgan.



Biz Amir Temur, Ahmad Yassaviy, al-Buxoriy, ibn Sino, Mirzo Ulug'bek, Alisher Navoiy, Mirzo Bobur kabi vatanparvar bobolarimizning avlodlarimiz. Biz ularga a'lo o'qishimiz odob-axloqimiz, namunali xulqimiz bilan munosib nabiralarmiz.

- Axir bu zaminda ota-bobolarimiz otlarining dupuri aks-sado bermoqda. Kindik qonimiz shu yurtda to'kilgan. Demak, biz Vatanning ertasi, uning himoyachilarimiz. Muhtaram Prezidentimiz Islom Abdug'aniyevich Karimov aytganlariday –“Shu aziz-­Vatan - barchamizniki!”



O’qituvchi: - Ofarin, bolalar, ofarin! Qani, ona yurtimiz haqida kim qanday maqollar biladi?

  • Vatanni sevmoq iymondandir;

  • Ona yurting omon bo’lsa, rangi ro’ying somon bo’lmas

  • Vatan ostonadan boshlanadi

O’qituvchi: - Ertangi sana haqida kim aytmoqchi?

  • Ertaga 1-oktabr - O’qituvchi va murabbiylar kuni. Bu sizning bayramingiz ustoz. Biz bu sanaga bag’ishlab ertalik tayyorlayapmiz.

O’qituvchi: - Yo’g’-ey. Men bu savolni shunchaki bergan edim, zukko o’quvchilarim esa, … ofarin, qoyil. Tanaffusga qo’ng’iroq chalindi. “d-z-z-z-z”.

Sahnaga 5-6 bolalar chiqib, ustozlarga bag’ishlangan she’rlardan o’qishadi.

So’ng ustozlarni madh etuvchi qo’shiq yangraydi.

1-boshlovchi:

- Haq yo'lida, kim senga, bir har o'rgatmish ranj ila,



Aylamak bo'Imas ado oning haqin yuz ganj ila.

Mutafakkir bobomiz Mir Alisher Navoiy hazratlari qalamiga mansub bu satrlar qanchalar haq va umriboqiydir. Chindan ham ustozlar oldida o`zimizni doimo qarzdor hisoblaymiz va qo'limiz ko'ksimizda chuqur ta'zim qilamiz.

1-boshlovchi: Axir manman degan daholar ham, olimu ulamolar ham o'z-o'zidan bu marrani egallamaganlar. Ular ham ustoz ko'rganlar, harf taniganlar, o’qishni o’rganganlar. O’qish, tushunish orgali ko'pgina tilsimotlar kalitini topganlar.

2-boshlovchi: Shuning bilan, bugungi Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan tayyorlagan ertaligimizni yakunlash muddati yaqinlashmoqda. Biroq ustoz va murabbiylarimiz doimo qalbimiz ardog`ida.

Tashrifingiz uchun barcha­-barchangizga minnatdorchilik bildiramiz. Keyingi tadbirlarda ko’rishguncha, deb qolamiz. Omon bo’linglar.

«Ustozlar» qo'shig'ining davomi yangraydi.

.

Bizning huquqlarimiz tadbiri ssenariysi


1-boshlovchi: - Assalomu alaykum qadrli o’quvchilar. Mo’tabar ustozlar va aziz mehmonlar. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bag’ishlangan bayram tadbirimizga xush kelibsiz.

2-boshlovchi: - Assalomu alaykum. Ma’lumki, bugungi kunda maktablarimizning har bir sinfida bosh qomusimiz hisoblangan O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o’rganayapmiz. Unda bolalar konstitutsiya so'zi "tuzish", "tuzuk", "nizom", "tuzilish", "yaratilish" degan ma'nolami anglatishini bilib olganlar.

1-boshlovchi: - To'g'ri aytasan. Bizning zukko o'quvchilarimiz bosh qomusimiz haqida bilishlari shart bo'Igan bilim, va ma'lumotlami huquq va burchlarini o'z yoshlariga munosib ravishda o'zlashtirib borishmoqda.

2-boshlovchi: - Darvoqe, bundan 26 yil muqaddam xalqimiz irodasini, ruhiyatini ijtimoiy ongi va madaniyatini o'zida to'la aks ettirgan, muhim siyosiy, huquqiy hujjat sifatida jahonga yangi, istiqboli porloq mustaqil davlat dunyoga kelganining o'ziga xos isboti sifatida bosh qomusimiz qabul qilindi.

1-boshlovchi: - O'zbekiston Konstitutsiyasi bizning mustaqilligimizni huquqiy jihatdan ta'minlovchi asosiy qonun hujjati bo'lgani uchun ham biz 8-dekabrni alohida ardoq va mamnuniyat bilan bayram qilamiz.

2-boshlovchi: - Endi navbatni o'quvchilarga beraylik. Bosh qomusimizni ular qanday ta'riflashar ekan.

O'quvchi:

-Qani, menga ayt, oshnam,

Bugun qanaqa bayram?

O'quvchi:

-Konstitutsiya kuni,

Kim ham bilmaydi buni.

O'quvchi:

-Oz haq-huquqingni

Bilasanmi, o'rtogjon?

Ayt-chi, Konstitutsiya

Qabul qilingan qachon?

O'quvchi: (qo'lida Konstitutsiyasi kitobini ushlagan holda):

-Bu kitobda hammasi

To'liq etilgan bayon.

O'quvchi:

-Prezident bobomiz

Bizga g'amxo'r, mehribon

Yurt tinchligin ko'zlaydi

Xalq baxtidan so'zlaydi.

O'quvchi:

-O'zbekiston qo'ynida

Har bir tuman viloyati

Kundan-kunga yashnaydi

Kamol topar tiklar qad.

O'quvchi:

-Ozbekiston tayanchi



Qurolli kuchlari bor

U - xalqning suyanchi

Dushman qutirar bekor.

O’quvchi:

Mustaqil O’zbekiston

Dadil tutib o’zini

Bormoqda o’z yo’lidan

Aytmoqda o’z so’zini.

O’quvchi:

Baxt berdi insonlarga

Onajon O’zbekiston

U yuz tutdi jahonga

Bo’ldi dovrug’I doston.

O'quvchilar qo'shiq ijro etishadi.



1-boshlovchi: - Rahmat bolalar, chiroyli ijrolar uchun. Qani, endi ayting-chi, Konstitutsiyamizda nechta bo’lim. nechta bob va nechta modda bor?

O’quvchi: -Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 6 bo’lim, 24 bob, 128 moddadan tashkil topgan.

2-boshlovchi: - Konstitutsiyamizga qanday g'oyalar singdirilgan?



O'quvchi: -Konstitutsiyamizning "muqaddima"sidan to oxirgi misrasigacha inson manfaatlari haqida, uning farovon turmushi uchun ko'rsatilishi muqarrar g'amxo'rlik to'g'risidagi g'oyalar singdirilgan.

O'quvchi:-Insonning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari Konstitutsiyamiz boblarida o'z ifodasini topgan.

O' quvchilar navbat bilan dona-dona qilib, qog'ozga yozib olgan javoblarini o'qib berishadi. O'quvchi: -Shaxsiy huquq va erkinliklar. (VII bob)

O'quvchi: - Ular asosan quyidagilardan iborat: - Yashash huquqi. (24-modda)

O'quvchi:-Erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqi.(25-modda)

Download 473,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish