1. Mustaqillik bayrami O’qituvchilar va murabbiylar kuni



Download 473,5 Kb.
bet4/7
Sana25.02.2020
Hajmi473,5 Kb.
#40724
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ssenariy (kitobcha)


Shifokor:

  • Man oppoq xalatda

Oppoq tilak bilan yashayman

El sog-omon bo’lsin deb albatta

Shunda men ham yayrab-yashnayman

Shifokorman lekin avvalo

Farzandimga sodiq onaman.

Sochsalarda boshimdan tillo

Bolam deyman kuyib yonaman.

Muallima:

Shogirdlarim jonu jahonim

Hayotimning mazmun ma’nisi

Davrasida o’rat har onim

Farzandlarim ular barisi

Yaxshi ko’rmay suyub qanchalar

Muallima, oddiy onaman.

Farzand shirin aziz bunchalar

Bolam deyman kuyib yonaman.


Shoira:

So’z qaymog’I suzilar betga

Bahor misol yasharar olam

Qog’oz qalam surilar chetga

Nogahonda yig’ilsa bolam.

Dardga to’la bag’rim yuragim

Shoiraman lekin onaman

El-yurt tinchi orzu tilagim

Bolam deyman kuyib yonaman.

Chevar:

Qo’llari gul mohir chevarman

Ish tikaman mehrimni qo’shib

Odamlarni dildan sevarman

Xizmat qilay qalbimdan jo’shib

Ko’zlarimda quvonch o’t chaqnar

Tole kulgan baxtli onaman.

Mashhur qildi elga shu hunar

Bolam deyman kuyib yonaman.


Tadbirkor ayol:

Ishbilarmon tadbirkor ayol

Yurt buguni porloq ertasi

Rejalarim demang puch xayol

Korxonaning rahbar bekasi

Imkon qo’lida qilmayman inkor

Tadbirkorman, ayol onaman.

Mansab, shuhrat arzimas zinhor

Bolam deyman kuyib yonaman.




Zardo’z:

Iplarimning zari tillodan

Bezaklarda quyosh aks etar

Momomeros asli xudodan

Igna tutsam ular raqs etar

Zardo’zlik bu hunarmas san’at

Kasbim faxrim, ammo onaman

Mehrim ulug, tuganmas davlat

Bolam deyman kuyib yonaman.



Olima:

Zahmat chekib tunlarko’z ilmay

Jumboqlarning yetdim siriga

Va aylandim so’ng bilib-bilmay

Bilim qasrin asirasiga

Martabam zo’r mashhur olim

Avvalo shukur onaman

Tilda, dilda yolg’iz kalmia

Bolam deyman kuyib yonaman.


She’r yakuniga yaqin 2-boshlovchi qiz chiqib barcha she’r o’qigan kasb egalari tomon o’ng qo’lini ulargha ishora holida she’r o’qiydi:

Qay bir kasbda qanday mansabda

Ishlamasin bu ona

Pokiza u nasli nasabda

Farzandiga mudom parvona.

Jasoratda erlardan o’tar

Ibo hayo yo’l bermas xiyol

Dilin faqat bir sog’inch o’rtar

Bolam deydi dunyoda ayol.



Qizlar o’rinlarini egallaydilar. Davraga 1-boshlovchi chiqib, 2-boshlovchi yonidan joy oladi.

1- boshlovchi: - Xalqimizda ayolni e’zozlagan millatning qadri hamisha baland bo’ladi degan ajoyib naql bor. Darhaqiqat, mamlakatimiz davlat va jamiyat qurilishida yil sayin xotin-qizlar faolligi oshib bormoqda. Bu esa millatimiz qadr qimmatini yuksaklikka ko’tarish emasmi?

2- boshlovchi: - Istiqlol yillarida Prezidentimiz I.A.Karimov rahnamoligida xotin-qizlarni har tomonlama qo’llab quvvatlash davlatimiz siyosatining asosiy yo’nalishlaridan biriga aylandi.

1- boshlovchi: - Ha, albatta onalar salomatligini mustahkamlash, yosh avlod hamda oilalarni ijtimoiuy himoyalash borasida tutgan va unda avvalgi yillardfa boshlangan ezgu ishlar ko’plab xayrli chora tadbirlar ushbu yoshlar yilida ham davom ettirilib ajoyib loyihalar amalgam oshirilayotgani buni yorqin dalilidir.

2-boshlovchi: - Yurtboshimiz tashabbusi bilan tas’is etilgan Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti mamlakatimiz iqtidorli qizlarini aniqlash, qo’llab-quvvatlash va rag’batlantirish, yangi marralar, yangi ijodiy yutuqlar sari da’vat etishda muhim omil bo’lmoqda.

1-boshlovchi: - Buni birgina sportchi qizlarimizning vatanimiz sharafini jahon miqyosida munosib himoya qilayotganligi misolida ham yaqqol tasavvur etishimiz mumkin. Bundan tashqari ular ilm-fan ta’lim, sog’likni saqlaah, ishlab chiqarish, san’at, adabiyot va boshqa ko’plab sohalar rivojiga qo’shayotgan hissalarini ham e’tirof etmay bo’lmas.

Shu o’rinda sportchi qizlarning chiqishlari tashkil qilinsa, maqsadga muvofiq bo’aldi.



2- boshlovchi: - Aziz davramiz mehmonlari. O’quvchi bolalar shoir G’.Gulomning “Onajonimga” she’rini yodlab kelishibdi. Uni bayram tuhfasi sifatida qabul eting.

1- o’quvchi:

- Mehri oftob bo’lgan

Har so’zi kitob bo’lgan

Yog’u qaymoq murabbo

Oy kulcham shirin kulcham

Jahon onajonimsan.



2- o’quvchi:

- Yulduzni uzib beray

Kundizni tuzib ebray

Vatan axir chamanku

Kundizimsiz ham kecham

Osmon onajonimsiz.



3-o’quvchi:

- Bag’ringiz fazga teng

Uchishni ham o’rgating

Vatanimday bebaho

Siz ko’rsating yo’l olay

Chaqmoq ko’kda uchganday.



1-boshlovchi: - Qizlar ham bugungi tadbirimizga shoir Raif Tolibning “Oyi,oyijon” nomli she’rini yodlab kelishibdi. Qani marhamat.

1-qiz:

- Oyi agar bo’lsaydim gul

Sevarmiz qizingizni?

Ochilardim yonib yal-yal

Quvnatardim ko’zingizni

2-qiz:

- Oyi oyi bo’lsam shamol

Qolmasdim hech izingizdan

Sochingizni silar edim

O’par edim yuzingizdan




3-qiz:

- Oyi-chi men yosh bo’lsam

Shu’la sochib boshingizdan

Termulardim tunlari ham

Ketmas edim qoshingizdan

4-qiz:

- Oyi-oyi bo’lsaydim qush

Tong chog’lari sayrar edim

Vaqtingizni etdim deb xush

Yayrar edim. yayrar edm.


Shu o'rinda bir o'g'il, bir o'quvchi qiz ijrosida “Andyon polkasi” raqsi ijro etiladi.

2-boshlovchi:

Mir Alisher Navoiy hazratlari zikr qiladilar:

- Onalarning oyog'i ostidadir -

Ravzai jannatu jinon bog'i.

Ravza bog' i visolin istar ersang,

Bo' I onalar ayog' in tufrog'i.

1-boshlovchi:

- Yana bir bor barcha ayollarni, xotin-qizlami, qutlug' ayyom - 8 mart bayrami bilan chin qalbdan qutlab qolamiz. Yaratgandan sizlarga omonlik, baxt-saodat, xonadonlaringizga fayzu baraka tilaymiz.

2-boshlovchi:

- Shuning bilan Xalqaro xotin-qiziar kuniga bag'ishlab tayyorlagan "Hayotimizning guli, oftobi ayol!" deb nomlangan bayram tadbirimiz nihoyasiga etdi. Xayr. Sog' va salomat bo'ling! Tadbir yakunida “Bahor valsi” musiqasi taralib turadi.
"Navro`z" bayramini o`tkazish ssenariysi

Tadbir o`tkaziladigan zal bayram libosida qilib bezatiladi. Zalning to`rida "Assalom Navro`z" yon tomonlarida bahorni madh etuvchi shiorlar yozilgan plakat va lozunglar ilingan bo`ladi. Zalning har to`rt tomonida stollar to`rt -olti kishi o`tiradigan qilib did bilan qo`yiladi.

Dasturxonlar to`shalgan stol usti gul va bahorning tansiq taomlari bilan bezatiladi (Sumalak, ko`k somsa, chuchvaralar, xar-hil o`zbek milliy taomlari).

Bahor faslini madh etuvchi kuy jarangdor sado berib turadi.

Bayramga maktab o`quvchilari, o`qituvchilar, faxriylar, mahalla oqsoqollari taklif etiladi. Bayramni olib boruvchi barcha bayram qatnashchilarini bezatilgan dasturxonga taklif etadi. Shu tariqa Navro`z bayrami tantanali ravishda boshlanadi.

Aylabon Lutfiy - karam Navro`zi olam keldilar.

O`smadan qoshi qalam Navro`zi olam keldilar.

Boshlovchi: Ona yurtim bag`ring to`lib ol nafas.

Ozodlikning Navro`zlari muborak!

Xar chexrada barq urmoqda istiqlol.

Turkistonim istiqboldan ber darak.

Erk nasimi elaversin gurkirab.

Dala-tuzing chechaklarga burkansin.

Alp o`g`loning tuprog`ingga bosh urib.

Maysalardan birlashmoqni o`rgansin.

Boshlovchi: Assalomu alaykum Navro`z qatnashchilari!

Sizlarni yangi yil bahor bayrami bilan chin qalbimdan tabriklayman.

Aziz mehmonlar! Navro`zning nozu-ne'matiga to`la bo`lgan dasturxon sizga muntazir. Navro`z dasturxoniga marhamat!

Bugungi bayramingiz ko`ngilli o`tsin.

Navbat san'atkorlarga beriladi. Navro`zni madh etuvchi qo`shiqlar zal bo`ylab jaranglaydi.

Boshlovchi: Navro`z! Bahor! Asrlardan beri xalqimizning bunday an'anasi bor. Bu an'anasi Navro`z saylidir. Shoirman, mussavirman, san'atkorman degan kishi borki, bu shodiyonani tasvirlashga albatta urinib ko`radi. Bu shodiyona-dan qalbi larzaga kelmagan ijodkor xali tug`ilmagan. Bu fasl muhabbat va uyg`onish fasli, qo`yi baraka, mehnat va jasorat fasli. Bayram qatnashchilari-ni tabriklash uchun mehmonlarga so`z beriladi.

Boshlovchi:

To`lg`ondi yer, yengil to`lg`ondi.

Bo`sh tuproq bag`rini yorib.

Nozik yashil maysa uyg`ondi.

To`lg`ondi yer, yengil to`lg`ondi.

Navdalarni uchida kulib,

Bahor uyg`ondi...

- Ha bahor uyg`ondi. Bahor bilan birga odamlar qalbida shijoat uyg`ondi.

Dalalar uyg`ondi. Dalalarda jasorat uyg`ondi, mehnat uyg`ondi. Navro`z saylida qaytayotgan dehqon to`g`ri dalasiga yo`l oladi. Navro`z, shu zahmatkash dehqonlar haqqi hurmati qadaming qutlug` bo`lsin.

Tabrik so`zi beriladi. San'atkorlar bahorni madh etuvchi qo`shiqlar kuylaydi. Bayram qatnashchilari raqsga tushadilar.

Boshlovchi: O`ynamoq, kuylamoq kerak

Kelganda Navro`z bayrami

Bog` aro yurmoq kerak.

Kelganda Navro`z bayrami

Lolalar termoq kerak

Kelganda Navro`z bayrami

Gashtini surmoq kerak.

- Ha, bu faslda somsa-yu sumalak pishirish bilan ovvora bo`ladi. Erkaklar ketmon-u o`roq charxlab yerga kerakli bo`lgan asbob uskunalar tayyorlaydilar. Xuddi ana shu kezlarda og`ilxona mollarini oftoboy joylarga olib chiqiladi. Qish bo`yi ifloslangan junlarini yuvib taraladi. Bu faslda yerga ko`chat o`tkaziladi, urug` tashlanadi. Shundan so`ng bir guruh qizlar "Navro`z" haqida she'rlar mushoirasini davom ettiradi. Qizlar she'r o`qiyotganda "Bahor" valsi kuyi san'atkorlar tomonidan ijro etiladi. Navbat san'atkorlarga beriladi.

Boshlovchi:

Lolalar alvon-alvon,

Sumalak berar darmon

Sumalak yetmay qolgan,

Bir umr qilar armon.

- Bilasizmi? "Sumalak" ne degani? "Sumalak" aslida "Sumalak" o`ttiz farishta degani. Sumalak pishayotganda qozon boshida o`ttiz malak o`tiradi. Oshpaz emas o`shalar, pari-yu farishtalar pishiradi. Tong maxali hamma charchab uxlab qolganda farishtalar sumalakga tuz soladilar. Farishtalar qo`lidan tuz yegan sumalak shirin bo`ladi. Ha do`stlar, sumalak - qutlug’ osh, uni yegan savob topadi.

- Afsona shunday talqin topgan.

Tarixiy guvox berishicha esa "Sumalak" forscha "Samoni" bug`doy maysasi so`zidan kelib chiqqan deb faraz qilishadi. Navbat san'atkorlarga beriladi.

Boshlovchi:

Dimoqqa yalpizlar nafasi urar,

Yurakda muattar chechaklar

Osmonda boshuraziz mehmonim

Navro`zing muborak, O`zbekistonim!

- Ha, ne-ne davrlar o`tdi boshingdan, O`zbekistonim. Ne-ne zamonlar o`tdi. Ne-

ne bo`ronlarda ne-ne g`oyalar yemirilib ketdi.Lekin xalqning asriy bir an'anasi hamon yashab kelmoqda. Bu mehnat, ezgulikni, bahorni ulug`lovchi umumxalq bayrami "Navro`z" saylidir.

Navbat san'atkorlarga beriladi.

Boshlovchi:

Turnalar yurtinga qaytgani kabi

Bag`ringa qaytmoqda alyor baytlaring

Moviydan xayolchang ko`rinish berar

Ming shukur tabarruk ulug` zotlari

Buyuk daxolarni bergan bo`stonim

Yangi yiling qutlug`, O`zbekistonim...

- Bu faslda odamlar to`da-to`da bo`lib sayrlarga chiqishadi. Bir - birlarini bahor bilan qutlashadi. Bir - birlariga faqat yaxshilik ulashadi. Gullar ulashadi, birga kuylashadi. Odamlar bir-birlariga faqat baxt tilab kuylagan bunday paytda olam sevinchga to`lib ketadi.

Shundan so`ng qiziqarli savol-javob o`yinlari boshlanadi.

Boshlovchi: Maysalarning yashil tug`yoni dilda

Qalblarda nish urgan orzular go`zal

Yurtim tuprog`ingga kirib kelmoqda

Xirotdan Navoiy bitgan shox go`zal

O`zliging muborak, O`zbekistonim

Navro`zing muborak, O`zbeksitonim!

Navro`z bahorning boshlanishi, boychechak bahorning elchisi. Boychechakni ko`rganda faqat ezgu niyat qilish kerak. Shu Navro`z tongida qo`lida boychechak tutib qiyqirib o`ynayotgan shu bolalar baxti uchun ne-ne urushlardan bag`ri kuygan xalqim ulkan koinotdagi mitti sayyora Ona zaminga tinchlik omonlik tilaydi:

Yomon yurmasin, to`zon turmasin.

Gullar so`lmasin, inson o`lmasin.

Hammasin, hammasin osmon asrasin

Dushman hammasin bolalar sasin

Sovuq nafasin olov yamlasin.ф

Ko`ngilli o`tayotgan "Navro`z" sayli shu tariqada davom etadi.
Amir Temur tavalludiga bag'ishlangan tadbir ssenariysi
Maqsad: Amir Temur hayoti haqidagi tushunchalarni kengaytirish. Amir Temurning davlat tuzumi va uni boshqarishdagi mohiyati, kelajak avlodlarga qoldirgan merosi, tuzuklari haqida tushuncha berish. Biz Temur avlodi va uning ezgu ishlari davomchisi ekanligimizni anglatish. Milliy iftixor tuyg'usini shakilantirish.

Jihozlar: Amir Temur byusti, rasmi, tuzuklaridan namunalar, Temur haqidagi kitoblar, gazeta va jurnallar.

Tadbirning borishi: Tadbir o'tkaziladigan sahnaga "Amir Temur - buyuk sohibqiron", "Biz Temur

avlodimiz", "9-aprel - Amir Temur tavallud topgan kuni" kabi so'zlar yozib qo'yilgan.

Sahnaga boshlovchilar chiqib kelishadi.



1-boshlovchi:

- Yillarning qa'ridan omon chiqolgan,

Istibdod taxtini yengib, yiqolgan,

Istiqlol mash'alin gurlab yo’qolgan,

Boshi osmon bo'Isin bugun o'zbekning,

Dong'i doston bolsin bugun o'zbekning!



2-boshlovchi:

- Beruniy yaratgan ziyosi bilan,

Marvarid yaratgan navosi bilan,

Jon tabibi - ibn Sinosi bilan

Intizor Boburiy Mirzosi bilan

- Amir Temur otliq bobosi bilan,

Qaddi baland bo' Isin bugun o'zbekning,

Nasli ulug' bo'Isin bugun o'zbekning,

Jismi payvand bo'Isin bugun o'zbekning!

Rizqi to'luq bo'Isin bugun o'zbekning!


1-boshlovchi: - Assalomu alaykum, hurmatli ustozlar, aziz ota-onalar va mehribon

tarbiyachilar!



2-boshlovchi: - Assalomu alaykum, shirin bolajonlar-u aziz o'quvchilar!

1-boshlovchi: - Bugun biz buyuk bobomiz Amir Temur tavalludiga bagishlangan tadbirni

o'tkazish uchun yig'ilib turibmiz.



2-boshlovchi - Amir Temur buyuk sohibqiron, sarkarda va qudratli mamlakat tuzib uni adolatli idora etgan mohir davlat arbobi bo’lgan.

1-boshlovchi: - Hurmatli ustozlar, bugun o’quvchilarimiz buyuk bobomizni madh etuvchi she’rlar hamda u zotning hayoti va faoliyati to’g’risida turli ma’lumotlar tayyorlab kelishgan. Hozir navbatni ularga beramiz.

2-boshlovchi: -Marhamat aziz o’quvchilar.

1-o’quvchi:

Amir Temur bobomiz

Mardu jasur bobomiz

Jangu jadallar kezgan

Buyuk davlat yurt tuzgan.

Abadiy o’chmas nomi

Tilimizda kalomi

Unutmaymiz hech qachon

Sizni ulug’ bobojon.


2-o’quvchi:

Buyuk salatnatni tikladi Temur

Istagi: avlodim otsa zo’r tomir

Mulki Turon dunyo uzugi bo’lib

Xalqim osoyishta ko’rsaydi umr.

3-o’quvchi:

Sohibqiron aytar ey farzandlarim

Ko’zimning qarog’I jon dilbandlarim

Millatning dardiga darmon bo’lingiz



Boshashtirmang mening bo’g’in bandlarim

4-o’quvchi:

Adolat ozodlik dastida bo’ling

Yomonlik razolat qasdida bo’ling

Nifoq tuxumlaring ekmangiz also

Yaxshilik ezgulik rostida bo’ling.



Milliy raqs ijro etiladi. Raqs tugagach o’quvchilar A.Temurning hayoti va faoliyati haqida so’zlab berishadi.

1-o'quvchi: - Buyuk bobomiz 1336-yil 9-aprelda Keshdan uncha uzoq bo’lmagan Xoja Ilg'or qishlog'ida barlos urug'iga mansub bolgan bek Tarag'ay Bahodir oilasida dunyoga keldi.

2-o'quvchi: - Temur yoshligidan bilimga tashna bo'lishi bilan birga harb ilmiga qiziqqan, otlarni

juda sevgan va mohir chavandoz bo’lgan.

3-o'yuvchi: - Amir Temur juda olijanob qalb egasi bo'Igan. U Movarounnahrdek buyuk davlat tuzgan. Eron, Turkiya, Hindiston kabi yirik davlatlarda ilm-ma'rifat, madaniyatni targ'ib etgan. Qizil O'rdaning istilochilik hukmronligiga barham bergan.

4-o'quvchi: - Amir Temur iqtisodiy mustahkam, xalq manfaatlarini himoya qiluvchi davlat tuzdi.

5-o'quvchi: - Amir Temur buyuk siyosatchi, sarkarda, o'z davrining buyuk davlat arbobi bo'Igan. Uning shiori – “Kuch adolatdadir”, degan purma'no hikmat bo’lgan.

6-o'quvchi: - Amir 'I'emur 27 ta katta-kichik tarqoq shaharlarni birlashtirib, qudratli davlat tuzdi.

7-o'quvchi: - Amir Temur davlatining poytaxti - Samarqand shahri bo'lib, juda obod va chiroyli shaharga aylanlirildi.

8-o'quvchi: - Bobomiz Samarqand, Buxoro va Turkistonda tarixiy obidalar, madrasalar, maqbaralar qurdirdi. Obodonlashtirish ishlarini olib bordi.

Amir Temur hayotini yorituvchi sahna ko'rinishi namoyish etiladi.

So'ngra o'quvchilar shoir Temur Ubaydulloning «Pirlar qissasi» she'ridan parchalar o'qib berishadi:

1-o'quvchi: 4-o'quvchi:

Temur otli pahlavon, -Bir tomondan qo'Iladi

Topar chog'ida kamol - Suyub Said Baraka.

Unga bo’ldi esh, hamdam O'tmas edi uningsiz

Shayx Shamsiddin Kulol. Mashvarat-u ma'raka.

2-o'quvchi: 5-o'quvchi:

- Sohib karomatlarning - Shundan buyuk saltanat

Biri edi Shayx Kulol. Dovrug' soldi jahonga.

Tarag'ay Bahodirning Barcha ta'zim ayladi

Piri edi Shayx Kulol. Temur Sohibqironga.

3-o'quvchi: 6-o'quvchi;

- Amir Temur bahramand - Buyuk zotlar nafasi

Pirning o'gitlaridan. Har doimo qo'llasin!

Ixlos bilan ushladi Ona yurtimni mudom

Shayx Kulolning baridan. G'oliblikka yo'llasin!


1-boshlovchi: Sohibqiron buyuk davlat tuzishda, uning gullab-yashnashida quyidagi qoidalarga qat’iy amal qilganligini aytib o'tgan:

1. Men davtatni shoshmay. insonparvarlik bilan boshqardim.

2. Tartib va qoidalarga rioya qilish - mening davlatimni mustahkamladi.

3. Men o'z askarlarimga g’amxo'rlik va olijanoblik ko'rsatdim.

4. Men davlatni haqgo'ylik va aql bilan boshqardim.

5. Adiblar, allomalar, olimlar, tarixchilarga muruvvatli bo'Idim.

6. O'z ishimda qat'iy va dadil bo'Idim.

7. O'z xalqimni doim tushundim.

8. Yaxshiga yaxshi, yomonga qattiqqo'I bo' Idim.

9. Men doim ahillikni istadim.



10. O'z askarlarimni hurmat qildim va qonun qoidalarga qattiq rioya qildim.

1-boshlovchi: - Aziz ustoziar va bilimdon o'quvchilar! Bugun biz buyuk bobomiz hayoti va faoliyatiga doir ko'p narsalarni bilib oldik.

2-boshlovchi: - Biz - O'zbekiston farzandi, buyuk Amir Temur avlodidan bo'lganligimiz bilan faxrlanamiz. Bobomizdek olijanob va haqiqatparvar, yurtsevar bo'laylik!

1-boshlovchi:

-Jahongir so'zidan yaxshilik bunyod,



Bizga mayoq bo'Isin, baxsh etib sabot.

Avlodlar bizlardan ololsin o'rnak.

Shunda rizo bo'lur Temurdayin zot.

2-boshlovchi: - Shuning bilan aziz ustozlar, ota-onalar va tarbiyachilar, bugungi tadbirimizui yakunlaymiz. Barchangizga sog'lik-salomatlik, ishlaringizga rivoj tilaymiz. Yurtimiz kelajagi bo'Imish yosh va barkamol avlodni tarbiyalashdek olijanob ishda hech qachon charchaniang!
Xotira va qadrlash kunissenariysi
1-boshlovchi: - Assalomu­alaykum, aziz mehmonlar, qadrli ota-­onalar, mehribon ustozlar. Bugungi "9 may – Xotira va qadrlash kuni” ga bag'ishlangan tadbirimizga xush kelibsiz.

2-boshlovchi: - Xalqimiz qataq'on yillarida va Ikkinchi jahon urushida ko'plab jondan aziz farzandlaridan judo bo'Idi. Urushda halok bolgan ne-ne yigitlarimizning qabrlari o’zga yurtlarda qolib ketdi.

1-boshlovchi: - Barchamizga ma'lumki, Xotira va Qadrlash kuni ikkinchi jahon urushida qozonilgan g’alabaning nishonlanishiga ham to’g’ri keladi. Garchi, oradan shuncha yil o'tsa-da, hali ham urush jarohatlari bitmagan, ayriliq jafolari insonlar yuragidan ketmagan.

2-boshlovchi: - Butun insoniyat lanatlagan urush xotiralari tinchlikning naqadar aziz ne'mat ekanligini, uni ko'z qorachigiday asrash lozimligini doim eslatib turadi. Nafaqat 45-yillar, balki qatag'on yillaridagi vahshiyliklar ham odamlarni tinchlikka bong urishga davat etadi.

1937-1939-yillar... Qatagonning qaro kunlari... O’zbekistonda o’sha yillari manbalarda qayd etilishicha, 43

mingdan ziyod kishi qamoqqa olindi. Ularning 6 ming 920 nafari otib tashlandi. 37 ming nafari esa qamoq va surgunga mahkum etildi.

(Muhammad Yusuf asari asosida tayyorlangan kichik sahna korinishi namoyish etiladi. Sahnaga Abdulla



Qodiriy, tergovchi va boshlovchilar chiqadilar).

Boshlovchi: - Mana, Qodiriyni qilishar so’roq:

Tergovchi (g'azabga to'lib): -

“O'tgan kunlar” degan she'rlar siznikimi?

Qodirly: - Ha. Ammo u she'r emas...

Tergovchi: - Jim boling, axir.

Sne'rmi, yo boshqami, avtori siz-da!

Boslovchi: - Tamom.

Boshqa gapga qolmadi toqat.

Tergovchi - payg'errlbar,

Tergovchi - xudo.

Temir zotdan kelgan buyruq -ijozat,

O’zbek yana bitta o'g Iidan judo...

(Hazin musiqa yangraydi. Sahnaga o'quvchilar chiqishadi).

1-o'quvchi:

- Tushimga kiradi Qodiriy bobom,

Bemador, bemajol, behol, beorom.

Egniga eski bir to'n kiyib olgan,

(Shneldir balki u kimdandir qolgan).

O’sha to’n egnida, poxol ham borday.

Bobomning yuzlari oqargan qorday.

Yo’q yuzi somonga o’xshaydi uning,

Charaqlab turguvchi ko'zi to'la mung...

2-o'quvchi:

- Rutubatli shimol o’rmonlarida

Qayinlar ho'ngrab quyoshni uyg’otar

Qarang, Cho’lponingiz so’nggi makonda,

Beqasam choponin yopinib yotar.

3-o'quvchi:

- Yotar alpqomatli bahodirlar qator,

Usmonlar,



Qodiriylar,

Shokirlar yotar,

Yotar Fayzullolar,

Yotar Ahmadlar,

Xudo rahmat qilgur, xudo rahmatlar.

4-o'quvchi:

- Ularning sanog’i yulduzdan ham ko’p

Yurtim, dilbaringdir har giyoh, har cho’p.

Fidolaring bo’lgan farzandlaringdir,

Nomdoru nomsizin hoki poyin o’p.

1-boshlovchi:

- Istiqlol fidoyilaridan Abdulla Qodiriy, Abdulhamid Cho’lpon, Abduraf Fitrat, Usmon Nosir, Behbudiy, Botu, Elbeklarning aziz va tabarruk nomlari yana qaytadan tiklandi.

2-boshlovchi: - Yunusobodda, Bo'zsuv bo'yida mash’um qatag'on yillari shahidlar qabristoniga aylantirilgan maydonda yodgorlik majmui va muzey barpo etilishi ham qatag'on qurbonlarining nomlarini abadiylashtirishda eng savobli ish boldi, deya olamiz. Asosiysi, Yurtboshimizning 2001 yil 1 maydagi farmoniga ko’ra 31 avgust "Qataq'on qurbonlarini yod etish kuni”deb e’lon qilinishi ham ularga bo’lgan cheksiz hurmat namunasidir.

(O'quvchilar “Mardona” qo'shig'ini ijro etadilar).



1-boshlovchi:

- 41-yil, iyun...

Ayni sahar chog'ida.

Tun uyqusi kezarkan



O’lkaning har yog'ida.
Sunda fashist quzg'unlar

Urush boshladi birdan.

Olov-bomba yog’ildi

Yurtga ko'kdan va yerdan.



2- boshlovchi: - Qariyb to’rt y’il davom etgan ikkinchi jahon urushi insoniyat boshiga juda ko'p kulfatlarni soldi. Urush yillari bir yarim million yurtdoshimiz shiddatli janglarda ishtirok etdi. 450 mingdan ziyod mard ylgitlar tinchlik, osuda turmush uchun bo’lgan qonli janglarda halok bo’ldilar. Urushda yetim qolgan 200 mingdan ortiq bolani o’zbek xalqi tarbiyasiga oldi. Toshkentlik Shoahmad Shomahmudov va Bahriniso opalar oilasi 14 nafar, Hamid Samadovlar oilasi 13, samarqandlik Fotima Qosimovalar oilasi esa 10 nafar yetim bolani o’z qaramog’iga olishibn, bor mehrini, qalb qo'rini berib voyaga yetkazdilar.

2- boshlovchi: - Bu fidoyi insonlar xotirasiga azim shahrimizning “Xalqlar do’stligi” maydonida yodgorlik majmui ham o’rnatildiki, u bizlarni har doim tinchlikning qadriga yetishga, yurtimizga, millatimizga munosib farzand bo’lishga undaydi.

(“Hazrati inson” qissasidan olingan kichik sahna ko’rinishi namoyish etiladi. Uni o’qituvchining o’zi tanlaydi. Shundan so’ng o’quvchilar “Tinchlik” qo’shig’ini kuylashadi).



1-o’quvchi: - Ikkinchi jahon urushi yillarida bosqinchilarga qarshi kurashgan mohir sarkardalardan biri, birinchi o’zbek generali Sobir Rahimovga buyuk jasorati uchun 1943 yili general-mayor unvoni beriladi. O’zbekistnning botir o’gloni 1945 yil Polshaning Gdansk shahrini ozod etishda qahramonlarcha halok bo’ladi. Unga o’limidan so’ng Qahramon unvoni beriladi.

(Bir o’quvchi T.Yo’ldoshning “General nomida” she’rini yoddan aytadi).





Vatan uchun ! deb Sobir

Dahshatli jangga kirdi

Mardona yurishlarda

Yov galasin xo’p qirdi

Olg’a bordi g’alaba

Bayrog’in hilpiratib

Orden taqdi ko’kragin

To’ldirib dong taratib

Lekin halok bo’ldi u …

Bevaqt …. nomi o’lmadi.

O’tdi yillar … albatta

Bunday kam bo’lmadi.



2- o’quvchi: -“Xotira muqaddas qadriyatdir”deyishadi ko’pni ko’rganlar. O’tganlarning xotirasini aziz bilib ularni eslash, ziyorat qilish ota-bobolarimizdan qolgan, ularning qon-qonidan singib ketgan eng yaxshi odatlardan biridir. ikkinchi jahon urushida halok bo’lganlar xotirasiga atab mamlakatimizning turli burchaklarida ularga bo’lgan chuqur ehtiromning ramzi sifatida yodgorliklar o’rnatildi. Bu kun “Motamsaro ona” haykali qoshida “Xotira” xiyobonlaridan ziyorta qiluvchilarning qadami uzilmaydi.

3-o’quvchi: - Frontdan omon qaytgan va front orqasida o’z mehnatlari bilan g’alabaga hissa qo’shgan yurtdoshlarimiz urush faxriylari bu kun e’zozda. Shunday baxtli saodatli kunlarda yshash nasib etgani uchun ham biz ular bilan faxrlanamiz.

4-o’quvchi: - Har birimiz keksa ota-onalarimiz, buvi-buvalarimizning issiq-sovig’idan, sog’lilaridan xabardor bo’lib turaylik. Ulardan mehr va muruvvatimizni ayamaylik. Baxtimizga ota-bobolarimiz, nuroniy momolarimiz, munis onalarimiz omon bo’lsinlar.

5-o’quvchi: - “Vatanni sevmoq iymondandir” deyilgan muqaddas hadisu sharifda. Sh umo’tabar tuproq, shu aziz zaminni avaylab-asrashni barchamiz burchli ekanmiz. Vatanimizga munosib farzandlar bo’lib yetishishni ezgu maqsad qilib qo’yaylikki bu maqsad bizni nurafshon kelajak sari dadil yetaklasin.

6-o’quvchi: - Keljagi buyuk davlatning munosib egalari bo’laylik. Uning sarhadlarida hech qachon o’q ovozi eshitilmasin.

(“O’zbekiston” qo’shig’I ijro etiladi. Sahnada boshlovchilar yakunlovchi so’zlarni aytishadi).



1-boshlovchi: - Aziz o’quvchilar, qadrli mehmonlar. Bugun biz “Xotira va qdrlash kuni” munosabati bilan o’tkazilgan tadbirda ishtirok etdik va xotiralar ummonida olis-olislarga, tariximizning o’chmas sahifalariga bir qur nazar tashladik. Shu munavvar kunlarning bizga naqadar azizligini o’sha muqaddas xotiralar yana bir bor eslatadi. Tinchlikni, ona-zaminni asrash lozimligini yodga soldi.

2-boshlovchi: - Shu musaffo osmon, shu yorug’ kunlar haqqi hurmati tinchligimiz barqaror bo’lsin! Ozod, obod vatanimiz yanada gullasin. Go’daklar yuzidan kulgu so’nmasin. Barchangizga baxt-iqbol doimo yor bo’lsin!

(O’quvchilar mehmon bo’lib kelgan otaxonu onaxonlarga gullar tutadilar. Mayin musiqa sadolari ostida tadbirga yakun yasaladi.)
"Kitob - bizning do'stimiz"tadbiri ssenariysi

Sahna ilmu marifatga da'vat etuvchi shiorlar, hadislar yozilgan plakatlar, shoir va yozuvchilaming portretlari bilan bezatiladi. Shuningdek, turli badiiy kitoblardan namunalar, ular haqida ma'lumot beruvchi bukletlar ham go'yiladi.

Tadbirni boshlovchilar va o'quvchilar olib borishadi. Musiqa sadolari ostida sahnaga boshlovehilar tashrifbuyurishadi.

1-boshlovchi: Assalomu alaykum, aziz mehmonlar, hunnatli ustozlar, qadrli o'quvchilar!

2-boshlovchi: Assalomu alaykutn, aziz tengdoshlar! Bugun o'tkazilayotgan 4-sinf o'quvchilarining "Kitob - bizning do'stimiz" mavzusiga bag'ishlangan tadbiriga xush kelibsiz!

O'quvchilar kitob haqida she'r aytadilar.



I-o'quvchi:

Yosh o'ynogi ko'zlarim,

Shuur olar kitobdan.

Tashkil topib so'zlarim.

Kitob, mening do'stimsan!

2-o’quvchi:

Har sahifang men uchun,

Bir hikoyat so’zlaydi.

“O’qib, olim bo’lgin”,- deb

Yaxshi niyat ko’zlaydi.


Shuning uchun deymanki

Kitob mening do’stimsan!



3-o’quvchi:

Kitob – bilimning boshi

Aql-u idrok quyoshi

Kitobda nurli iqbol

O’qib topaman kamol.



1-boshlovchi: Qadimda ota-boboblarimiz kitobni qo’llariga olganda, avval o’pib, ko’zlariga surtganlar. Keyin ochib, o’qiganlar. Bu ularning “Bizga bilim berding, seni ko’z qorachig’idek asraymiz”, degan e’tirofi bo’lgan. Ajdodlarimiz kitobni muqaddas boylik deb bilganlar. Hissa: Kitob - bilim bulog'i

O' quvchining o'rtog'i.



2-boshlovchi: Qani, bu borada kitobning o'zi nima derkin? Sahnaga kitob siymosida bir o’quvchi chiqadi

va she’r o’qiydi.



Tanishaylik, men - kitob,

Asl bilimlarga kon.

Boylik beray behisob,

Bo' lsang agar qadrdon.

Lekin yirtib, burdalab,

Kamaytirma varag'im.

Sendan yana bir talab



Iflos qilma hech yog'im.

Yana bir o'quvchi kitobni sharaflab she'r o'qiydi.

Kitobda bilim lim-lim,

O' qi qunt bilan, do'stim.

Topmoq istasang kamol,

Oltin olma, duo ol.



Tinmay o'qisang agar,

Ko'p narsani o'rgatar.



Bilsang, yo' lingda oftob,

Bilim koni bu - kitob.



Boshlovchilardan biri rivoyat aytadi.

-O'tgan zamonda bir podsho vaziru ulamolarini yoniga chaqirib ularga "Dunyoda eng zo'r, kerakli va hamma narsadan xabardor qiluvchi nima?" - degan savolni beribdi. Ulamolarning biri qilich desa, ikkinchisi hamma narsadan xabar beruvchi narsa - oynai jahon, debdi. - Uch kun muhlat beraman, - debdi ulamolarining javobidan darg'azab podsho. Qo'shni podsholikda ta'rifi yetti iqlimga ketgan donishmand yashar ekan. Vazir podshoning savoliga shu donishmand javob bera olishiga aqli yetibdi va uni izlab topibdi. Unga podshoning savolini aytibdi. Donishmand hech ikkilanmay: "Kitob. Chunki kitob bilim beradi. Dunyodagi eng qudratli narsa esa bilimdir", - debdi. Donishmandning vazirga bergan javobi podshoga ma'qul tushibdi.

"Kitobim qo'limda" qo'shig'i ijro etiladi. O'quvchilar she'r aytadilar.

Men kitobni ochaman, Men kitobni ochaman,

Kitob aqlimni ochar. Kitob ochar ziyoni.

Men kitobim ochaman. Kitob qalbda mudragan,



G'aflat tun kabi qochar. Tuyg'ularni qo'zg'atar.

Men kitobni ochaman, Tong chog'i u onamday,



Kitob ochar dunyoni. Orzularni uyg'otar.

1-boshlovchi: Hozir o'quvchilarimiz sizlarga o'zida durdona fikrlar mujassamlashgan hikmatlardan namunalar avtishadi.

1-o’quvchi: - Bilimdan ortiq boylik yo’q.

2-o’quvchi: - Kitob- bilim manbai.

3-o’quvchi: - Bilgan o’qir, bilmagan to’qir.

4-o’quvchi: - Avval o’rgan, keyin o’rgat.

5-o’quvchi: - Aqlning qayrog’i bilim

6-o'quvchi:

Ilm olsang dunyoda,



Aqling bo'lar ziyoda.

7-o'quvchi:

Kitob - xazina.

Bilim - boylik.

8-o’quvchi: - Bilim- baxt keltirar.

9-o’quvchi: - Kitob-aql chirog’i.

10-o’quvchi: - Kitobdan yaxshi do’st yo’q.

2-boshlovchi -Barcha mavjudotlar ichida eng oliysi inson. U o’z odobi va ilmi, go’zal qalbi hamda mehnati bilan sharaf sohibidir.

Ey O’zg’on naslidan yaralgan o’zbek

Shavkati olamga taralgan o’zbek

Asli nasli toza buyuk millatsan

Uluslar ichida qutbi izzatsan.


1-o’quvchi:

Orzularim bir jahon



Poydevor unga kitob,

Hayotim yo' Ilarini,

Yoritar nurli oflob.



Download 473,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish