1. mtmlarda kompyuter tarmoqlaridan foydalanish. Multimedia texnologiyasini ta’lim-tarbiyaga joriy etishdagi mashg’ulot shakllari



Download 107,96 Kb.
bet9/19
Sana02.05.2020
Hajmi107,96 Kb.
#48716
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19
Bog'liq
2-mavzu Maktabgacha ta’limda kompyuterli mashg’ulotlardan foydalanish. (1)

Mazmuni. Multimedia texnologiyasi orqali tashkil etiladigan mashg’ulotlarning asosiy mazmuni, ularni kompyuter ta’limiga asoslanishi, ya’ni mashg’ulotlar to’la kompyuter asosida o’tkazilishidir. Shuning uchun, multimedia texnologiyasiga asoslangan mashg’ulotlarni - kompyuter mashg’uloti deb ham atash mumkin.

Quyida kompyuterli mashg’ulotlardan namuna keltiramiz. Mashg’ulotning borishi: bolalar guruhi (8-10 nafar) kompyuter (monitor) ekrani ro’parasida o’tiradilar. Tarbiyachi kompyuterga harflarni o’rgatishga mo’ljallangan kompyuter dasturi yozilgan eksperemental diskni joylaydi. So’ngra diskni namoyishga qo’yadi. Ekranda “Ayiqvoy” (bu ayiq maskasini kiyib olgan tarbiyachi) paydo bo’ladi. Ikki qo’lida qog’oz (karton)dan tayyorlangan A harfini ushlagan, belida esa, qog’ozda yozilgan “Ayiqvoy” so’zi yozilgan holat ko’rinadi. Uning cha’ va o’ng tomonida ikkita bola turadi.

1. “Ayiqvoy”ning birinchi so’zi: - “Bolalar men kimman?” – deydi. Ikki tomonida turgan bolalar: - “Siz Ayiqvoysiz”, deb javob beradilar. (“Ayiqvoy” so’zi urg’u bilan aytiladi). Tarbiyachi kadrni shu joyda to’xtatib, kuzatib turgan guruh bolalaridan: “bolalar, - bu kim ekan?” deb so’raydi. Guruh bolalari ham, “Ayiqvoy”- “Ayiqvoy” deb javob beradilar. Bu holda ham tarbiyachi oldin o’zi “Ayiqvoy” so’zini bo’g’inlab talaffuz etadi. “A-yiq-voy”. So’ngra guruh bolalaridan ham, so’zni bo’g’inlab aytishlarini so’raydi : - “A-yiq-voy” va birinchi harf – A ga e’tibor berishni buyuradi.

2. So’ngra kadrni yana harakatlantirib, guruh bolalariga monitor ekraniga (kadrlarga) e’tibor beringlar deydi. Ekrandagi “Ayiqvoy” so’zini davom ettirib yon tomonlarida turgan bolalarga qarab: “Men Sizlarga o’rmondan, mening nomimning birinchi harfi–A ni olib keldim”, deb ikkala qo’lida ushlab turgan – A harfini ko’rsatadi. So’ngra ikki yonidagi bolalardan: “Bo’lar qanday harflar ekan”,- deb so’raydi. Ekrandagi bolalar esa – “bo’lar – “A” harfi” deya javob beradilar. Tarbiyachi kadrni yana shu joyda to’xtatib, ekran oldida turgan bolalardan: “Ayiqvoy o’rmondan qanday harf olib kelgan ekan?”- deb so’raydi. Bolalar esa “-A- harfini olib kelgan ekan deb javob beradilar. Tarbiyachi ularga – A-harfi nomini bir necha marta takrorlashlarini buyuradi.

Besh–o’n daqiqali dam olish boshlanadi. Bunda bolalar quyidagi shehrni aytadilar va jismoniy mashq bilan shug’ullantiriladilar.

Ayiq-Ayiq ayiqjon,

Nega sen buncha nimjon.

Asal, yong’oq beramiz,

Bo’larsan ‘olvon.

Bo’larsan ‘olvon.

Alifboni boshlatding,

A harfini o’rgatding,

Kompyuterni ko’rsatding,

Biz sendan xursand.

Biz sendan xursand.

SHundan keyin, A harfiga tegishli topishmoqlar topishga o’tiladi. Masalan, quyidagi topishmoq va savollar beriladi: “Qishda ham, yozda ham yashil”(archa), “Kichkina dekcha ichi to’la mixcha”(anor), “O’rmonlarda yashaydi asal to’sa yalaydi“(Ayiq), “Men gullarga qo’naman shirinliklar to’playman”(asalari), “Osti sariq, usti sariq shirin totli sochi sariq ” (anjir).

Tarbiyachi ushbu topishmoqlarga tegishli predmetlarning birinchi harflari (boshlanish harflari, qanday harf ekanligiga tarbiyalanuvchilarning e’tiborlarini qaratadi. So’ngra bir nechta jismoniy mashqlar bajartiriladi. SHundan keyin, mashg’ulotning uchinchi bosqichi boshlanadi.

3. Tarbiyachi kadrni yana harakatga keltirib, “Ayiqboy” ga so’z beradi. “Ayiqboy” ikki yonida turgan bolalarga: “Bolalar endi tayoqchalardan – A - harfini yasashni o’rganamiz” – deydi. Kadrdagi bolalar stol ustida oldindan tayyorlab qo’yilgan tayoqchalardan bittadan oladilar. “Ayiqboy”ni o’zi esa, kichik tayoqcha oladi. “Ayiqboy”: -“qani bolalar qo’limizdagi tayoqchalardan – A- harfini yasab ko’raylikchi”-deydi. SHunda, yonida turgan bolalar tayoqchalarning uchlarini ma’lum bir burchak ostida birlashtiradilar. Unda Λ shakli hosil bo’ladi. “Ayiqboy”ning o’zi esa, tayoqchalarning o’rtalaridan yuqoriroqda-uchinchi tayoqchani joylashtiradi.

Natijada – A- harfining shakli hosil bo’ladi. SHunda “Ayiqvoy” yonidagi bolalarga: “Qanday harf shakli hosil bo’ldi?” deb so’raydi. Ekrandagi bolalar “-A- harfi, A- harfi” deya javob beradilar. SHu payt tarbiyachi kadrni to’xtatib, monitor ekrani oldida o’tirgan guruh bolalariga: “Ayiqvoy” va uning yonidagi ikki bola qanday harf shaklini yasadilar?” – deydi. Tarbiyachi “endi navbat sizlarga” - deb guruh bolalarini uch nafardan qilib ajratadi va stol ustida tayyorlab qo’yilgan tayoqchalardan, “Sizlar ham – “A” - harfining shaklini yasanglar”- deb, to’shiriq beradi. Natijada uchtadan bo’lingan bolalar stol ustida “ A” harfini yasay boshlaydilar, tarbiyachi esa, jarayonni kuzatib turadi va birinchi bo’lib, -“A”- harfi shaklini yasaganlarni baholaydi. Albatta, bolalarning bilimlarini baholash, vazifani bajarish tezligi ham e’tiborga olinadi. Tarbiyachi – A- harfi shaklini yasash jarayonining oxirida, “Bolalar sizlar qanday harf shaklini yasadinglar?”- degan savolni o’rtaga tashlaydi. Bolalar tomonidan javob: – A- harfi. SHunda tarbiyachi to’ag’on bolalarga tashakkur aytadi.

4. Tarbiyachi kadrni harakatga keltiradi. Monitor ekranida “Ayiqvoy” paydo bo’lib: ”Bolalar endi Sizlar A-tovushini talaffuz qilishni, shaklini yasashni o’rgandingiz. Endi A-harfini topish o’yiniga o’tamiz”, deydi.

Atrofidagi bolalarga stol ustida A-harfi yozilgan qog’oz ‘archasi teskari joylashtirilgan (o’yingacha qog’ozda o’nta harf yozib, teskari tomoni bilan joylashtiriladi). Qani, qaysi biringiz menga oldin A-harfini topib berasiz”- deydi. SHunda, bolalar, A-harfi yozilgan qog’ozlarni birin-ketin ochib A-harfi yozilganini “Ayiqvoy”ga, shuningdek, o’yinni kuzatib turgan bolalarga: “Mana–A- harfi ”,- deb ko’rsatadilar.

Tarbiyachi shu paytda kadrni to’xtatib, guruh bolalariga: “Sizlar ham – A- harfini topish bo’yicha o’yinga qatnashib ko’ringlar, ” – deydi. So’ngra stol ustida, – A- harfi va boshqa bir nechta harflar yozilgan hamda teskari tomonlari bilan qo’yilgan qog’ozlarga taklif etadi.

“Qani, bolalar ko’p harflar ichidan – A- harfini topib ko’ringlar-chi”, -deydi. Bolalardan zehnlilari birinchi bo’lib, – A- harfini to’adilar. Tarbiyachi – A- harfini to’gan bolalarni bilimini ballar orqali baholaydi va “A” harfi shaklini xotirangizda saqlanglar deb to’shiriq beradi.

5. Tarbiyachi bir vaqtning o’zida – A - harfini o’rgatish jarayonidan MTM bolalarini kompyuter savodxonliklarini shakllantirishda ham foydalanishi mumkin. Masalan, karton qog’ozdan klaviaturaning kattalashtirilgan modeli yasaladi va klaviaturada harflar qanday joylashtirilgan bo’lsa, modelda ham shunday, faqat kattalashtirilgan holda joylashtiriladi. Kattalashtirilgan klaviatura modeli kompyuter yaqiniga o’rnatiladi. Tarbiyachi bolalarga qarab:“Bu kompyuterning klaviaturasining modeli hisoblanadi, asli kichik bo’lib, kompyuter oldida joylashgan bo’ladi,”-deydi. So’ngra bolalarni modelg’ yaqiniga taklif etadi va bolalar kompyuter klaviaturasi modelida kim –A- harfini ko’rsata oladi?, deb savol qo’yadi. Bolalar modeldan – A- harfini topib ko’rsatadilar. Tarbiyachi kompyuter bo’yicha qo’shimcha ravishda quyidagilarni ta’kidlaydi. – A- harfi bosilganda monitor ekranida –A- harfi hosil bo’ladi. Buni, komg’yuterning ‘rinter qurilmasi qog’ozga bosib beradi.

MTM bolalariga kichik – a-va boshqa harflarni o’rgatish yuqoridagicha, multimedia texnologiyasi asosida olib boriladi.

SHunday qilib, maktabgacha talim muassasalarida bolalarga harflarni o’rgatish jaryonida multimedia texnologiyasi va vositasidan foydalanish mashg’ulotlarning samaradorligini oshirish bilan bir qatorda ular xotirasini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.




Download 107,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish