Mashg’ulotning o’yin shakli. Tarbiyalanuvchilarga kompyuterli ta’limiy o’yinlari orqali ham bilim berish mumkin, masalan “kim birinchi“ topadi o’yinini (ekrandagi turli tartibda joylashtirilgan rangli tasvirdagi sonlardan qaysi biri katta, qaysi biri kichikligini aniqlash, ekrandagi rangli o’xshash predmetlardan qaysi biri katta, qaysi biri kichikligini aniqlash, shuningdek, test rasmlardan kerakligisini topish va hokazolar kiradi).
Mashg’ulotlarning kompyuterli savol-javob shakli. Mashg’ulotning ushbu shaklida, kompyuter ekraniga chiqarilgan materiallar bo’yicha tarbiyachi savol beradi. Tarbiyalanuvchilar esa, javob beradilar. Ekranda navbatma-navbat chiqarilgan materiallar bo’yicha o’tkazilgan savol-javoblar natijasida tarbiyalanuvchilarga ma’lum bir darajadagi bilim beriladi.
SHunday qilib, tarbiyachi multimedia texnologiyasini ta’lim-tarbiyaga joriy etishda mashg’ulot shakllaridan: mashg’ulot, kompyuterli “Sayohat” va “Ekskursiya”, “Kompyuterli o’yin” va “Kompyuterli savol-javoblardan” foydalanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |