Ta’lim manbalari. Bolalar uchun “qo’llanma” yoki “darslik” sifatida – kompyuter xotirasiga yuklangan ma’lumotlar, tarbiyachi uchun esa, multimedia texnologiyasiga oid pedagogik, ilmiy-uslubiy adabiyotlar, uslubiy qo’llanmalar va uslubiy tavsiyalar ta’lim manbalari hisoblanadi.
Texnik vositalari (didaktik asoslari). SHaxsiy kompyuterlarlar multimedia texnologiyasining asosiy vositasi hisoblanadi. Undan, MTMlardagi ta’lim-tarbiya jarayonida foydalanishda esa, qo’shimcha vositalar kompakt disklar, turli xil taqdimotlar, slaydlar va hokazolar talab etiladi. Multimedia vositalaridagi ta’lim-tarbiya materiallari dinamik xarakterga ega bo’lib, ular animatsiya bilan berilgan bo’ladi. Ta’lim tizimida uzoq vaqtlardan buyon foydalanib kelinayotgan an’anaviy ko’rgazmali materiallar – statik xarakterga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |