Furqat lirikasi. Furqat, asosan, lirik shoirdir. Garchi u o'zbek tilidagi ilk gazetada bevosita ishlagan, o'nlab maqolalar e'lon qilgan birinchi o'zbek gazetachisi, «Sarguzashtnoma»dek asar yozgan nosir bo'lsa-da, xalq qalbida ko'proq shoir sifatida qoldi.
Furqatning lirik she'rlari kitob holida dastlab 1913-yilda Muqimiy she'rlari bilan birgalikda bayoz holida toshbosmada bosilgan edi. 50—80-yillarda ko'p martalab nashr etildi.
Shoir lirik merosining salmoqli qismi g'azallar bo'lib, ularning soni 200 atrofida; mavzui, qisqa qilib aytganda, Odam va Olam haqida. Inson — odamning ma'naviy dunyosi, mehri va qahri haqida, olamning obodligi, betimsolligi, olam va odam munosabatlari xususidadir.
Furqat she'rda birinchi navbatda Navoiy va Fuzuliyni o'ziga ustoz deb biladi. Ko'proq shulardan ilhom oladi. Goho bu ilhom mavzu va ohang uyg'unligi darajasiga ko'tariladi. Masalan, Navoiyning mashhur bir tarje'bandi bor. Uning so'nggi bandi «Nechuk may bila bo'lmasin ulfatim?!» misrasi bilan boshlanadi. Shoir bu sirli dunyo qarshisida hayratdan lot qolganligini, quyosh u yoqda tursin, hatto bir zarraning ham mohiyatini anglab yetolmaganini, shu jumladan, insonning dunyoga kelmagi va ketmagi ham uning uchun mutlaqo muammo bo'lib qolganini, bu ishda na u umid qilgan ilm, na taqvoyu toat, na jamoa bilan suhbatlar, na shayxi murshid, na tabibi hoziq yordam bera olganini, hech biri uning mushkulini hal qila olmaganini iztirob bilan aytar va band:
Xarobot aro kirdim oshufta hoi,
May istarga ilgimda sing'on safol
bayti bilan yakunlanadi. Furqatning xonandalarimiz tomonidan sevib aytiladigan «Ko'ngul dardiga topmay boraman hargiz davo istab» misrasi bilan boshlanadigan g'azali ruhan shu tarje'bandga g'oyat yaqin. Bu yerda shoir «ko'ngil dardiga davo» istaydi. U ham «Shayxlar ostonig'a» bosh uradi, «zohid ayog'iga» o'zini tashlaydi, «yaxshilar» etagini tutadi, «begonalar»ni oshno qiladi, lekin hech biridan najot topa olmaydi.
Surmadin ko'zlar qaro, qo'llar xinodin lolarang,
G'ozadin yuzlarda tobu, o'smadin qoshlar tarang, —
matla'li mashhur g'azalining birinchi satri Fuzuliydan iqtibosdir. Umuman, Furqat mumtoz adabiyotimizning sir-sinoati bilan yaxshi tanish. U yor tasvirini chizar ekan yoxud oshiqning quvonchu iztiroblarini ifodalar ekan, she'riyatimizning boy obraz va timsollaridan unumli foydalanadi, ularni davom cltiradi. Mana, qosh tasviri:
O'smaliq qoshlarmu yo shamshir qonlik zangliq?
(Fuzuliyda: Muqawas qoshlaringkim, vusma birla rang
dutmishlar.
Qilichlardurki qonlar do'kmak ila zang dutmishlar).
Yuz va soch:
Yuz uza kokulmidir har sori pcchu tob ila?
Ganji husningmi yotur yo ikki ajdar ustida.
Yuz — husn xazinasi, yuz uzra tushgan ikki kokul — ikki ajdar. Afsonaiarga ko'ra, xazinalarni ilonlar, ajdaholar qo'riqlarkan. Shoir ishbih (o'xshatish), tanosub (ma'nosi yaqin so'zlarni ishlatish). talmeh (biror voqea-hodisaga ishora) kabi bir qator she'r san'atlaridan foydalanmoqda.
Xuddi shu «Ustida» radilli g'azalidagi ko'zning ta'rifini ko'raylik:
Ikkijodu nargising solg'ay jahong'a fitnalar,
Bo'lmasa uryon qoshingdin ikki xanjar ustida.
Ko'z — nargis. Bu o'xshatish ilgaridan bor edi. Shoir «nargis»ga jodu — sehrgar sifatini beryapti. Bu ham yangilik emas. Agar u ikki sehrgar nargisning tepasida yalang'ochlangan ikki xanjar (qosh) bo'lmaganida edi, ular olamga fitna solar edilar.
Shoir qoshu ko'zlarni g'oyat nozik ruhiy holatlar bilan bog'laydi:
«Ketkil ul yon!» — deb ishorat qilsa har gal qoshlaring,
«Kel beri!» — deb aylashur ohista iymo ko'zlaring.
Furqatning navbahor, bahor ayyomi haqidagi jo'shqin, ehtirosli g'azallari xalqning allaqachon ma'naviy mulkiga aylangan. Lekin bir qator she'rlari singari tabiat haqidagi bu xil g'azallari ham dononing xorligiyu nodonning azizligi haqidagi jamiyat qurilishiga oid fikrlarga ulanib ketadi. Umuman olganda, unda insoniy qadr, millatning yuksak sha'ni haqida ham yaxshigina she'rlar bor. Shulardan biri «Bormasmiz» radifli g'azalidir:
Biz, istig'no eli, qichqirmag'on ma'vog'a bormasmiz,
Agar chandeki xirman aylasa dunyog'a bormasmiz, —
matlai bilan boshlanadi she'r. Matla'ning ma'nosi, sodda qilib aytganda, biz chaqirilmagan joyga bormaymiz, deganidir. Lekin bu naqadar baland ohangda, jiddiy va tantanavor aytilmoqda. Biz «istig'no» — izzatini biluvchi, diydasi to'q odanilarmiz, chaqirilmagan joyga bormaymiz! Mol-dunyo, noz-ne'matni osmon qadar to'kib tashlaganda ham bormaymiz. Mol-dunyogina emas, shunday manzarani tasavvur qiling, olam sahrosida suvsiz tashna qoldik. Oldimizdan mavj urib yotgan daryo chiqib qoldi. Agar shu daryoga zarracha malol kelsa va buni bilsak, bormaymiz:
Agar lab tashna qolsak, filmasal sahroyi olamda,
Malolat zohir ctsa, mavj uran daryog'a bormasmiz.
O'zbek milliy ruhiyatini badiiy ifodalashda g'oyat ibratli she'r. Milliy ruhni tiniq va benihoya xalqona ifodalovchi bunday she'r Furqatdan oldin ham, keyin ham adabiyotimizda uchramaydi.
Furqatning «Sayding qo'yaber,sayyod, sayyora ekan mendek» misrasi bilan boshlanuvchi musaddasi uning ijodida muhim o'rin egallaydi. Sayd (ov), sayyod (ovchi), dom (tuzoq) timsollari Sharq adabiyotida qadimdan mavjud. XVIII asrda turkman shoiri Andalib ushbu timsollardan unumli foydalanib, ovchi tuzog'iga tushgan ohuga hamdardlik tuyg'usi bilan to'lib-toshgan maxsus muxammas ham yozgan edi. Furqatniki musaddas bo'lib, bu ham shu an'ananing davomidir. Lekin shoir yashagan zamon, Turkistonday yurtning qo'ldan ketib, el va yurtning istilo asrining sayyodi qo'liga tushishi unga, tabiiyki, yangi ma'no, ya'ni mazmun beradi. Qolaversa, furqatshunoslar ushbu musaddasning maydonga kelishida she'rda nomi zikr etiladigan Sa'dulla hofizning yomonlar tomonidan fojiali o'ldirilishini ham bir sabab qilib ko'rsatadilar.
Musaddas yetti banddan iborat. Dastlabki band shunday boshlanadi:
Sayding qo'yaber, sayyod, sayyora ckan mendek,
Ol domini bo'ynidin, bechora ckan mendek.
O'z yorini topmasdan ovora ekan mendek,
lqboli nigun, baxti ham qora ekan mendek.
Hijron o'qidin jismi ko'p yora ekan mendek,
Kuygan jigari bag'ri sadpora ekan mendek.
Shoir tuzoqqa tushgan ohuning holini xilma-xil tashbih va niuqoyasalar bilan tasvir etgach, ovchiga xitob qilib, uni banddan ozod etishini so'raydi.
Yashamoq dunyoga shunchaki bir kelib-ketmoq emas, shil- liqqurt misoli faqat qorin g'amida g'ovakda g'imirlab o'tib ketmoq ham emas. Yashamoq, birinchi navbatda, hur, erkin yashamoqdir. O'z orzularing, xayollaring, armonlaring bilan yashamoqdir. Bas, «rishtani (tuzoq iplarini) kes!.. — hayqiradi shoir, — tog'larga chiqib, yori bilan qovushsin...»
Kel:
Besh kun sening davringda bechora xirom etsun,
Ohular ila o'ynab, ayshini mudom etsun.
Yomg'ur suvi to'lganda, tog' lolani join etsun,
Haqqingga duo aylab, umrini tamom etsun,
Hijron o'qidin jismi ko'p yora ekan mendek,
Kuygan jigari bag'ri sadpora ekan mendek.
Har bir jonivor o'z jinsi bilan bo'lmog'i lozim. Har bir hayvonning o'z yaylog'i (yaylov joyi) va qishlog'i (qishlov joyi)ga teng keladigan saodati yo'q. Faqat uni ozod qilish va o'z holiga qo'yish kerak. Yuqoridagi misralardan kelib chiqadigan mazmun — shu. Lekin ushbu baytlar beixtiyor har bir millatning turmush va taraqqiyoti mutlaqo uning mustaqilligi va niilliy zamin hamda o'z an'analari asosida bormog'i lozim, degan va so'ngroq jadidchilikning bosh masalalaridan biriga aylangan g'oyani esga tushiradi. Bu hol Furqat ijodini yangi davr adabiyoti bilan bog'laydigan muhim nuqtalardandir.
XULOSA
XV—XVI asrlarda dunyoga Navoiy va Boburdek jahoniy siymolarni bergan Turkiston zamini uch asrdan ortiqroq davom etgan iqtisodiy, ma'naviy tanazzullardan keyin sekin-astalik bilan yana jonlanishga yuz tutdi. Xususan, madaniy-adabiy taraqqiyot uchun zamin maydonga keldi. Adabiyotimiz an'anaviy she'riyatdan hayotni keng ko'lamda real tasvir etuvchi chinakam oynaga aylanishi, xalqqa hamkoru hamdast bo'lishi uchun sharoit hosil bo'la boshladi. Toshkentda Almaiy, Xorazmda Komil, Farg'ona vodiysida Muqimiy, Furqat ijodi va faoliyati shu yo'lga xizmat qildi. Yangi adabiyot esa butun mohiyati bilan XX asrda namoyon bo'ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |