«shajarayi turk»dan


-mavzu Muqimiy hayoti va ijodi



Download 0,52 Mb.
bet44/52
Sana18.01.2017
Hajmi0,52 Mb.
#556
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   52
17-mavzu

Muqimiy hayoti va ijodi

(1850-1903)

REJA:


  1. Shoirning hayot yo’li

  2. Shoir lirikasi

O'zbek adabiyotining mashhur vakillaridan bo'lgan Muqimiy o'z ijodi bilan Chiqish adabiyotining eng yaxshi an'analarini davom ettirdi, ayni paytda, axborotlar oqimining kuchayishi hamda ijtimoiy hayotda kechayotgan o'zgarishlarni adabiyotga olib kirib, uning yangilanishiga munosib hissa qo'shdi. Uning she'rlari hayotlik paytidayoq Turkistonning turli shaharlariga yoyilgan, shoirlar ularga muxammaslar bog'lar, xonandalar qo'shiq qilib aytar edilar. Muqimiy o'z ijodiy maktabiga ega shoir edi.



Shoirning hayot yo'li. 1836- yilda Qo'qonga ko'chib borib o'rnashib qolgan toshkentlik novvoy Mirzaxo'ja Mirfozil o'g'lining farzandi Muhammad Aminxo'ja Muqimiy 1850- yilda Qo'qonda Bekvachcha mahallasida tug'ildi. Onasi Bibioysha xo'jandlik bo'lgan. Ularning Muhammad Aminxo'jadan tashqari Tojinisa, Ulug'bibi, Saydinisa, Mehrinisa degan to'rt qizlari boredjj Bo'lajak shoirning onasi Bibioysha adabiyot va san'atga oshufta, so’zga usta ayol bo'lgan. Shu bois mahalladagi ayollar uni Xumorbibi deb atashgan. Yosh Muhammad Aminxo'janing badiiy so'zga havas qo'yishida onasi katta ta'sir ko'rsatgan.

Muhammad Aminxo'ja mahallasidagi mulla Abduxalil domla maktabida xat-savod chiqargach otasi moddiy qiyinchilikka qaramay, yolg'iz o'g'lining chuqurroq ilm olishini istaydi. Iste'dodli, xati g'oyat chiroyli o'smir 1864- yilda Qo'qondagi „Hokim oyim" madrasasiga o'qishga kiradi. 1867- yilda bo'lajak shoirning onasi vafot etadi." Biroz vaqt o'tgach, otasi Ziyodabibi ismli bir ayolga uylanadi. 1873- yilda madrasani bitirgan Muhammad Aminxo'ja o'qishni davom ettirish uchun Buxoroga yo'l oladi. U 1876- yilgacha Buxorodagi „Mehtar oyim" madrasasida o'qiydi. Shu yili uni o'gay onasi Ziyodabibining avvalgi turmushidan bo'lgan Sanambibi ismli qiziga uylantiradilar 1877- yilda Muhammad Aminxo'ja tirikchiligini o'tkazish uchun Qo'qondagi yer qurilish mahkamasiga mirzalik vazifasiga ishga kiradi. Shoir mahkamada ayrim yer o'lchovchi amaidorlarning turli hiyla-nayranglarini, insofsizliklarini ko'radi. Bu keyinchalik „Tanobchilar" hajviyasining yozilishida qo'l keladi. So'ng Sirdaryo bo'yidagi Oqjar paromiga pattachi bo'lib ishga o'tadi. Qashshoqlik tufayli g'ururi sindirilgan, ma'rifatsiz, nima qilib bo'lsa-da, kun o'tkazish ilinjida yashaydigan odamlar bilan aloqada bo'lish, ularning arzimagan patta sotib olmaslik yo'lida qilgan g'irromliklarini ko'rish ta'sirchan va mag'rur shoir uchun juda og'ir edi. Shu bois yil o'tmay, pattachilikdan ham voz kechadi. Shoirning ro'zg'or yuritish borasidagina emas, balki oilaviy hayotda ham omadi chopmadi. U badiiy zavqdan mahrum, adabiyotdan uzoq, o'zini tushunolmaydigan Sanambibi bilan uzoq yashay olmadi. 1879- yilda ular ajrashdilari Shoirning ayoli o'g'illari Akbarxo'jani onasi Ziyodabibiga qoldirib, boshqaga turmushga chiqib ketdi. 1886- yilda shoirning otasi ham vafot etadi. Muhammad Aminxo'ja XIX asrning 70- yillari oxiridan e'tiboran to'lig'icha badiiy ijodga beriladi. „Muqimiy" taxallusi bilan she'rlar yozib, dovruq qozonadi.

Muqimiy 1887-1888- yillarda Toshkentga kelib, olti-yetti oy turadi. Ota qarindoshlari bilan uchrashadi. Almaiy, Nodim Namangoniy singari adiblar bilan tanishib, yaqindan aloqa bog'laydi. Muqimiy hamisha iqtisodiy tanglikda yashaganligi uchun ham 1886- yilda otadan qolgan hovlini sotib, o'g'li Akbarxo'ja bilan „Hazrat" madrasasidagi bir hujraga ko'chib o'tishga majbur bo'lgan. Kishilar uchun xat yozib, kitob ko'chirib, shundan keladigan daromad hisobiga kun ko'rgan. Azaldan xati chiroyli shoirning mijozlari ko'p edi. U o'z vaqtida zamonasining etuk xattoti Muhammad Yusufdan maxsus saboq ham olgandi. Muqimiyning 1892-1899- yillar orasida ikki marta Toshkentga kelib ketgani ma'lum. Toshkentga qilingan sayohat shunchaki yaqinlarni ko'rishgina bo'lmay, balki yangi madaniyat, yangi turmush, yangicha qarashlar bilan tanishish ham edi.

Sariq kasaliga yo'liqqan Muqimiy 1903- yilning 25- mayida madrasadagi hujrasida vafot etadi.



Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish