«shajarayi turk»dan



Download 0,52 Mb.
bet43/52
Sana18.01.2017
Hajmi0,52 Mb.
#556
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   52
Shoir muxammaslari. Serqirra iste'dod egasi Komil bir qancha muxammaslar ham yozgan. Bular orasida boshqa ijodkorlarga qilingan taxmislar ham, muxammas yo'lida bitilgan she'rlar ham bor. Komilning Munis g'azaliga bog'lagan „Dardoki, yo'qjahon elida sharmsorlig'" deb boshlanadigan muxammasi uning ijodida salmoqli o'rin tutadi. Unda shoirning olam va odamlar haqidagi o'ylari aks etgan. Lekin shoir inson ma'naviy dunyosi borasidagi mushohadalarini ishqiy qobiqqa solib beradi. Bu yerda ham zolim ma'shuqa va jabrdiyda oshiq timsollari aks etadi. Lekin she'rning boshlanishidayoq ijodkorning maqsadi o'zgacharoq ekanligi sezilib turadi:

Dardoki, yo'qjahon elida sharmsorlig',

Ko'rganlar izzatimni menga berdi xorlig'.

Erkan abas' o'z elidin do'stdorlig',

Yaxshi kunimda har kishikim qildi yorlig',

Do'ngach zamona, ayladi dushmanshiorlig'.

Dunyoning baland-pastini ko'rgan serfikr shoirning insonlar orasidagi o'ta chigal va tushunarsiz munosabatlar haqidagi o'ylarida katta dard silqib turadi. „Jahon eli", ya'ni odamlar uyatni yig'ishtirib qo'yishgan, izzat ko'rganlar shoirni xor qilishadi, kishi o'z elidan do'st topishga umid qilishi xatoga o'xshaydi, yaxshi kunlarida do'stman deganlar, zamon o'zgargach, unga dushmanlik qilishmoqda. Bunday ruhiy holatdagi kishining o'ylari ezgin va bezovta bo'lishi tabiiy, albatta. She'rning keyingi bandida bu holat faqat unga tegishli ekani ta'kidlanadi va ma'yuslik miqyosi ortib borganligi aks etadi. Chunki ma'shuqa uni raqiblarga teng ko'rishni istamaydi. Bu hoi lirik qahramonni devonalik darajasiga yetkazgani uchun ham u bolalarga murojaat etadi:

Atfol, etakka tosh yig'ingizkim, mani bu kun

Devonaliqg'a yetkuradur beqarorlig'.

Oshiqning bu holati oldin tushunarsizday ko'rinadi. Lekin uchinchi beshlikda mungning sababi teranroq ochiladi:

Itlar azizroq ko'rinur xalq yonida

Mendinki ko'yung ichra.chekarman bu xorlig'.

Ma'shuqa zulmiga isyon qilgan oshiqning jununi bir qadar pasaygan holati keyingi bandda ifoda etiladi. U o'z holini biladi va shu bois yorga iltijo qilib, yonidan uzoqlashtirmaslikni, chunki tikanning bo'lishi gulning qadrini oshirjshini ta'kidlaydi.


Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish