1-mavzu
XVII-XIX asrning birinchi yarmi adabiyoti.
ABULG'OZI BAHODIRXON
REJA:
-
XVII-XIX asrning birinchi yarmi haqida ma’lumot
-
Abulg’ozi Bahodirhon haqida
-
A. Bahodirxonning ijodiy merosi
Abulg'ozi Bahodirxon yirik davlat arbobi va iste'dodli adibdir. U Xorazmning mashhur xonlaridan Arab Muhammadning (XVI asrning 2- yarmi — 1623) o'g'li edi. Abulg'ozi Bahodirxon Xiva hokimi bo'lib faoliyat ko'rsatgan (1623, 1629). Turli qiyinchilik va o'zaro toj-taxt talashlaridan keyin 1644- yilda yana Xiva taxtiga o'tiradi. Umrining oxirigacha u xalq osoyishtaligi, mamlakat daxlsizligi va el-yurt obodonchiligi uchun mehnat qildi.
Abulg'ozi Bahodirxon yirik adib va tarixchi olim sifatida ham ardoqlidir. Uning «Shajarayi turk» va «Shajarayi tarokima» asarlarida faqat o'zbeklarning emas, o'sha davrlarda o'zbeklar bilan yonma-yon yashagan boshqa xalqlarning tarixi, madaniyati, urf-odatlari milliy-ma'naviy qadriyatlari haqida ham nodir ma'lumotlar aks etgan. Abulg'ozi Bahodirxon tabiiy, sodda va samimiy tilda yozishi bilan Zahiriddin Muhammad Bobur an'analarini davom ettiradi. Uning badiiy tili shirador va ta'sirchanligi bilan e'tiborlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |