«shajarayi turk»dan



Download 0,52 Mb.
bet5/52
Sana18.01.2017
Hajmi0,52 Mb.
#556
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52
Abulg'ozi Bahodirxon
Davr madaniy hayotida muhim o'rin tutgan ulug' siymolardan biri — Abulg'ozi Bahodirxon XVII asr birinchi choragida hukmdorlik qilgan. Xiva xoni Arabmuhammadning yetti o'g'lidan biri bo'lgan. Uning davlat arbobi — xon va tarixnavis olim, nafis san'at bilimdoni bo'lib yetishuviga sabab, u yetuk ta'lim-tarbiya ko'rish bilan birga, toj-taxt talashishlar taqozosiga ko'ra, jahongashtalik qismatini ham boshidan kechirgan edi. U sarkarda sifatida toblanish yillarida Turkiston, Samarqand va Buxoroda bo'ldi, Eron Isfahonida o'n yil hayot kechirdi. Har xil elat, qabila, urug' vakillari bilan hayotiy muomala-munosabatda bo'ldi. Fors-tojik, arab, mo'g'ul tillarini o'zlashtirdi. Ushbu tillar namoyandalarining hayot tarzi, tarixi, dunyoqarashi, urf-udumlarini elshunos va tarixshunos nuqtai nazari bilan o'rgandi. Ana shu izlanishlarining samarasi o'laroq, Abulg'ozi Bahodirxon «Shajarayi tarokima», «Shajarayi turk», «Manofe ul-inson» nomli uch tarixiy asarini yaratdi va XVII asr o'zbek ilm-fani, madaniyati, adabiyotining zabardast namoyandasi sifatida Vatan tarixidan mustahkam o'rin oldi.

«Shajarayi tarokima» 1661-yiIda yozilgan bo'lib, u o'g'uz qabilalari, ayniqsa, qardosh turkman xalqining ajdodlari kechmishi tasviriga bag'ishlangan. Asarning yaratilish tarixi haqida Abulg'ozi Bahodirxon shunday yozadi: «...Mundin ko'p yillar o'tti, turkmanning mullolari... rnening tarixni yaxshi bilurimni eshitibtururlar. Taqi bir kun borchalari kelib arz qildilarkim, «bizning ichimizda «O'g'uznoma» ko'pturur. Ammo hech yaxshisi yo'q, borchasi g'alat va birisi birisig'a muvofiq ermas. Har qaysisi bir turluk va bir durust e'tibor qilg'udek tarix bo'lsa erdi, yaxshi bo'lur erdi», teb o'tun qildilar. Ersa, onlarning o'tunlarini qabul qildim». Bundan ma'lum bo'ladiki, asar ajdodlari tarixini sevgan turkman elati vakillari iltimosiga ko'ra yozilgan ekan.

Asarning adabiy, lisoniy o'ziga xosligi shundaki, Abulg'ozi Bahodirxon o'zi iftixor etganidek, u turkona xalqchil tilda tarix yozish mahoratini namoyish etgan: «Barcha bilingkim, bizdan burun turkiy tarix aytqonlar arabiy lug'atlarni qo'shibtururlar va turkiyni ham saj' qilibtururlar, o'zlarining hunarlari va ustozliklarini xalqqa ma'lum qilmoq uchun. Biz munlarning hech qaysisini qilmaduk aning uchunkim, bu kitobni o'qug'uchi va tinglag'uchi turk bo'lg'usiturur. Bas, turklarga turkona aytmoq kerak, to alarning barchasi fahm qilg'aylar». Tarixnavis adibning «Shajarayi tarokima» asari ana shunday xosiyati bilan milliy nasrimizning noyob namunasi hisoblanadi.

Abulg'ozi Bahodirxon 1663-yilda «Shajarayi turk» asarini yoza boshladi. Ushbu solnoma o'zbek urug'lari tarixiga bag'ishlangan to'qqiz bobdan tashkil topgan. Muarrix mazkur asarini oxiriga yetkazolmay, 1664-yili 61 yoshida vafot etdi. Uning o'g'li Anushaxon zamonasining tarixchilaridan Mahmuri binni Mulla Muhammad Zamon Urganjiyga buyurib, Abulg'ozi Bahodirxon boshlagan «Shajarayi turk»ni yozdirib tamomlatdi.



Abulg'ozining o'z xonadoni tarixini o'zi yozishidan o'zga iloji yo'q edi. Chunki mamlakatda tarixning komil bilimdoni va ravshanbayon adibi yo'q edi. Buni muallif shunday izohlaydi: «...Bu tarixni bir kishiga taklif qiladi teb fikr qilduq. Hech munosib kishi topmaduq. Zarur bo'ldi. Ul sababdin o'zimiz aytduq. Turkning masaliturur: «O'ksuz o'z kindigin o'zi kesar», tegan». Abulg'ozi «hech podshoh va amir va hech hakim va donishmand o'z tarixini o'zi aytg'on ermas»ligidan xijolat tortib, tarixnavislikka munosib o'z shaxsiy fazilatlarini quyidagicha izhor etadi: «Bu faqirg'a Xudoyi taolo inoyat qilib ko'b nimarsa berganturur. Avval sipohigarlikning qonuni va yo'sunikim, nechuk otlanmoq va yurumak va yovg'a yosoq yasamoq, ko'p birlan yuruganda nechuk qilmoq, oz birlan yuruganda nechuk qilmoq, do'stg'a, dushmang'a nechuk so'zlashmak. Ikkinchi, masnaviyyot va qasoyid va g'azaliyot va muqattaot va niboiyot va borcha ash'orni fahmlamaklik, arabiy va forsiy va turkiy lug'atlarning ma'nosini bilmaklik. Uchinchi, Odam ahdindin to bu damgacha Arabistonda, Eron va Turonda va Mo'g'ulistonda o'tgan podshohlarning otlari va umrlarining va saltanatlarining kamu ziyodin bilmaklik. Bu vaqtda fahmlamaklikda va tarix bilmaklikda faqirdek kishi shoyad Iroqda va Hindustonda bo'lsa bo'lg'ay, yo'q aytsam yolg'on bo'lg'ay, ammo sipohiyning yo'sunin bilmaklikda bu choqda musulmon va kofirda biz ko'rib va eshitaturg'on yerlarda va yurtlarda yo'q turur. Yer yuzi keng turur. Eshitmagan erlarimizda bo'lsa, ajab ermas». Bu so'zlar, ayni paytda, Abulg’ozi Bahodirxonning davlat arbobi sifatida naqadar keng qamrovli bilim va faoliyat sohibi ekanligini ko'rsatadi. Davlat bowqaruvi bilan barobar ilmiy-ma'rifiy izlanishlar olib borishi natijasida Abulg'ozi Bahodirxon barkamol elshunos va tilshunos alloma bo'lib yetishgan edi. Buni «Shajarayi turk» solnomasidagi «Mo’g’ulning va o'zga turklarning uruqlarining zikri. Asli ne va otlari ne va laqablari ne erdi» sarlavhali bob avvalidagi so'zlardan ham bilib olish mumkin: «Bizning ulug' otamiz Xulaguxon Mo’g’ulistondin kelgandin beri ikki-uch orqa o'tdi. Emdi bizdin so’ng dunyog'a kelganlar mo'g'ulning tilini, yo'sinini, yerini va yurtini va uruqlarini unuturlar. Bilmaslar mo'g'ul yurtinda o’lturg'an el ko'p turur. Onlarning qaysisining so'ngi mo'g'ul turur va qaysisi mo'g'ul ermas. Munlarning barchasini bir yerga jam qilg'il, teb hukm qildi. Men arz qildim, bir kishining qo'lindin bir ish kelur. Menga ulug' xidmat buyuribsiz, teb. Xon aytdi, bu ish sendin o'zga kishining qo'lindin kelmas. Bizda mo'g'ul tili birlan bitigan kitoblar bor. Bitilmagan so'zlarni yod bilaturg'on kishilarimiz bor teb, besh-olti mo'g'ulning qari so'zini bilaturg'on kishilarimiz mening qotimda qo'ydilar. Taqi xonning bir ulug' begi Imii erdi. Po'lod va laqabi Chingsang. Anga alohida buyurdilarkim, Im vaqtda mo'g'ulning asl va nasabini sendin yaxshi bilur kishi yo'qtur ham mo'g'ulning tilin bilursen, ham kitobni o'qursan leb hukm qilgandin so'ng Po'lod Chingsang bahodir boshliq ul lamoat aytdilar, tarix hijriy yetti yuz taqi ikkida erdi, men bu i.trixni bitdim va otini «Jami' ut-tavorix» qo'ydum. Shul tarix I'uqirning oldumda bor kitobning awalinda ham aytib erdim. Mundin boshqa o'n yetti Chingiznoma hozir turubtumr. Onlar yuzindin bititururman... Bu faqir turkiy va forsiyning tilini va lug'atlarini va istilohlarini bilmaklikda Xudoyi taolo ul miqdor nasib berib turur. Bu vaqtda turk va tojikda kerakkim faqirg'a bergancha bergan kishi bo'lmag'ay. Taqi bir nimarsa sabab bo'lib Qalmaqg'a borib, anda bir yil turdum. Mo'g'ulning tilini va rasmini va istilohlarini yaxshi o'rgandum. Bu tarixni yaxshi va yomon barchalari bilsun, teb turkiy til birlan aytdum. Turkiyni ham andaq aytubmankim, besh yashar o'g'lon tushunur. Bir kalima chig'atoy turkisindin va forsiydin va arabiydin qo'shmay- man, ravshan bo'lsun teb».

Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish