Atoiy, sakkokiy, mavlono lutfiyning hayoti va ijodiy merosi



Download 94,5 Kb.
bet1/4
Sana11.06.2022
Hajmi94,5 Kb.
#653632
  1   2   3   4
Bog'liq
8. ATOIY, SAKKOKIY, MAVLONO LUTFIYNING HAYOTI VA IJODIY MEROSI


ATOIY, SAKKOKIY, MAVLONO LUTFIYNING HAYOTI VA IJODIY MEROSI
Reja:
1. Atoyi ijodi. Atoyi hayoti va ijodining manbalari. Atoyi ijodiy merosini o‘rganish tarixidan. Atoyining lirik merosi. Atoyi lirikasining janr xususiyatlari va badiiyati. G‘azallarining tasavvufiy talqini. O‘zbek adabiyotida Atoyi ijodining o‘rni.
2. Sakkokiy ijodi. Sakkokiy hayoti va ijodining manbalari. SHoir hayoti va ijodining o‘rganilish tarixi. Adabiy merosi. Sakkokiy “Devoni”. Uning tuzilishi, qo‘lyozma nusxalari. Sakkokiy - qasidanavis
3. Lutfiy ijodi. Lutfiy hayoti va ijodini o‘rganish manbalari. Lutfiyning ijodiy faoliyati. Lutfiy va Navoiy. Lutfiy lirikasi, janr xususiyatlari va mavzular ko‘lami. Lutfiy lirikasida ma’shuqa, zohid, raqib timsollari talqini. “Zafarnoma” dostoni SHarafiddin Ali YAzdiy “Zafarnoma”sining badiiy tarjimasi sifatida. Dostonning g‘oyaviy mundarijasi
ATOIY
G’AZALLAR, TUYUQLAR

Аtoiy (Аtoyi) 15-asr Samarqand, Buxoro va Balxda yashagan, turkcha va forchada ijod qilgan mumtoz shoir. Аlisher Navoiy «Nasoim ul-mahabbat» («Muhabbat shabadalari») asarida shoir xususida quyidagi maʼlumotlarni yozadi: «Mavlono Atoyi Balxda bo’lur erdi. Ismoil ota (Ahmad Yassaviyning inisi Ibrohim otaning o’g’li) farzandlaridindur, darveshvash va xushxulq, munbasit (ochiq chehrali) kishi erdi. O’z zamonida she’ri atrok (turkiy tilda so’zlovchilar) orasida ko’p shuhrat tutti. Bu matla’ aningdurkim: Ul sanamkim su(v) yaqosinda paritek o’lturur, G’oyati nozuklugindin suv bila yutsa bo’lur. Qofiyasida aybg’inasi bor. Ammo Mavlono ko’p turkona aytur erdi.Qofiya ehtiyojig’a muqayyad ermas erdi. Qabri Balx navohisidadur…»
Atoyi devonining muqovasida va qo’lyozmaning oxirida «Devoni Shayxzoda Atoyi» deb qayd etilishi ham Atoyini shayxlar oilasidan kelib chiqan deyishga asos beradi. Navoiyning xabar berishicha, Atoyi Ulug’bek saroyi shoirlari orasida ham bo’lgan. Atoyi g’azalnavis — lirik shoirdir. Uning g’azallarida muhabbat mavzui bilan bir qatorda may ham kuylanadi. Mayda hayot zavqi, uning barcha go’zalliklari va lazzatlari vasf etiladi. May Atoyida Umar Xayyom ruboiylari va Hofiz g’azallaridagi kabi hayot timsolidir. Atoyi lirikasida xalq iboralari, ta’birlar, maqol va matallar, ertak mavzulariga oid so’zlar ko’p. G’azallarini asosan aruzning ramal bahrida yozgan; vazni yengil, misralari qisqa, so’zlari oddiy, uslubi sodda va ravon. Shuning uchun ham uning she’rlari xalq qo’shiqlariga aylanib ketgan. Atoiy tajohuli orifona, laf va nashr kabi tasvir vosita va usullari ham yaratgan. Atoyidan 260 g’azalni o’z ichiga olgan devon bizgacha yetib kelgan. Taxminan 16-asrda ko’chirilgan devonning qo’lyozma nusxasi Sankt-Peterburgda saqlanadi. Shoir g’azallaridan namunalar 1927 yilda A. N. Samoylovich tomonidan e’lon qilingan edi. (Chagatayskiy poet XV veka Atai. Zapiski kollegii vostokovedov. P. v`sh. 2. L., 1927)1948 yilda tuzilgan «Navoiy zamondoshlari» to’plamida Hodi Zarif uning 88 g’azalini nashr ettirdi. 1958 yilda esa Atoyi g’azallari devon holida chop etildi. Shoir she’riyati haqida kengroq so’z yuritgan tadqiqotchilardan biri E. Rustamov (Uzbekskaya poeziya v pervoy polovine XV veka. M., 1963) bo’ldi.Atoyi haqida shuningdek oliy o’quv yurtlari uchun tuzilgan darslik (N. Mallaev. Uzbek adabiyoti tarixi, T., 1963, 1965, 1976) va O’zbekiston FA Til va adabiyot instituti tomonidan chiqarilgan besh tomliklarda (O’zbek adabiyoti tarixi, 1- tom, T., (1977) maqolalar, ma’lumotlar kiritilgan. Shoir g’azallari «Tanlangan asarlar» (T., Uzadabiy nashr, 1958) dan olindi).

Download 94,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish