Mavzu: “Sabbayi Sayyor” dostonlaridagi so`nggi boblar sharxi.
Reja:
SHARH VA IZOHLAR.
Layli va Majnun”, “Sab'ai sayyor” dostonlaridagi so'nggi boblar sharhi
«Sab`ai sayyor» Alisher Navoiy «Xamsa»sining to`rtinchi dostoni bo`lib, 1484 yilda yozilgan va dostonning ilmiy-tanqidiy matniga ko`ra hajmi besh ming to`qqiz baytdan iborat1. U aruzning hafif bahrida yaratilgan.
Navoiyning «Sab`ai sayyor» dostoni tilining tadqiqotchilaridan prof. Alibek Rustamov doston vaznini «hafifi musaddasi maxbuni mahzuf va maqsur, maqtu` va maqtu`i musabbag`» deb belgilaydi: foilotun (yoki failotun) mafoilun failun (yoki failon) yo fa`lun yohud fa`loi) (Karang: Alibek. «Sab`ai sayyora» tilining badiiy xususiyatlari, Ilmiy ishlar, filologiya fanlari, 27-kitob, ToshDU, Toshkent, 1964, 27-bet). Filologiya fanlari doktori S. Hasanov esa, «Sab`ai sayyor» dostonida hafif bahrining yetti xil ko`rinishi mohirona qo`llanilganini ta`kidlaydi. (Qarang: S. Xasanov. Roman o Baxrame, Tashkent, 1988, S. 177— 181).
Alisher Navoiy «Muhokamatul-lug`atayn» asarida «Yana chun «Sab`ai sayyora» rasadin zamirim bog`labtur. Ashraf «Haft paykar»ning yetti hurvashin peshkashimg`a yarog`labtur» (Alisher Navoiy, Asarlar, 15 tomlik, 14-tom, Toshkent, 196-7, 120-bet, deb yozgan va doston nomini «Sab`ai sayyora» deb atagan bo`lsa-da, ammo dostonning xotimasida:
Lutf bu nazm aro bag`oyatdur,
G`araz ammo yeti hikoyatdur.
Chunki qoyil yeti musofir edi
Ki, alar sayr ishiga mohir edi.
Bo`ldi chun bu raqam ishi tayyor,
Qo`ydum otini «Sab`ai sayyor».—
deb ta`kidlaydi va diqqatni asarning asosini tashkil etgan yetti hikoyatga, bu hikoyatlarning aytuvchilari sayr ishiga mohir bo`lgan yetti musofir ekanligiga qaratib, doston nomini «Sab`ai sayyor», ya`ni «etti sayyor (kezuvchi)» deb ataganini uqdiradi.
«Sayyor» so`zi lug`atlarda: 1. kezuvchi, sayyoh; 2. sayyora — planeta tarzida izohlanadi.
Navoiy dostonidagi asosiy g`oya sayyohlar va ularning hikoyatlari orqali yoritiladi, lekin sayyoralar bilan bog`liq masalalar ham bor. Shunga ko`ra, Navoiy «sayyor» so`ziga uning ikkala ma`nosini yuklab, dostonni «Sab`ai saiyor» deb atagan. Qolaversa, Nizo-miyniig «Haft paykar» dostoni nomidagi «paykar» (1. go`zal, 2. surat), Dehlaviyning «Hasht behisht» dostoni nomidagi «behisht» (1. taxt, 2. jannat), Ashrafning «Haft avrang*idagi «avrang» (1. taxt, 2. sayyora) so`zlari ham ikkala ma`nosida ishlatilgan. Shuningdek, «sayyor» ham «paykar», behisht», «avrang» so`zlari kabi yopiq bo`g`in bilan tugallangan.
Demak, Navoiy doston nomlanishida ham salaflari izidan borgan va dostonini «Sab`ai sayyor» atagan. Asar nomi haqida qarang: P. Shamsiev. «Sab`ai saiyor» dostonining ilmiy-kritik tekstini tayyorlash prinцiplari haqida, Alisher Navoiy. «Xamsa», «Sab`ai sayyor», Toshkent, 1956, 8-bet; S. Ayniy. Asarlar. 8 jildlik, 8 jild, 1967, 299-bet; A. Rustamov. Navoiy «Bahromnoma»sining nomi haqida, O`zbek tili va adabiyoti masalalari, 1961, 3-son; N. Mallaev. O`zbek adabiyoti tarixi, Toshkent, 1963, 531-bet; M. Muhitdinov. Talqinlarda olamcha ma`no, Toshkent, 1984, 161-bet.
Do'stlaringiz bilan baham: |