1-laboratoriya mashg’luoti 2T2 teodolitni tuzilishini o’rganish



Download 180,81 Kb.
Sana03.07.2022
Hajmi180,81 Kb.
#737475
Bog'liq
1 laboratoriya


1-laboratoriya mashg’luoti
2T2 teodolitni tuzilishini o’rganish.

T2 teodoliti optik mikrometrli va optik markazlashtirgichli optik teodolit hisoblanadi. Asbob ternir uchburchakli 1 plastinka va kotirish vinti yordamida 2 taglikka o‘rnatilgan. Asbob taglikning vtulkasiga kiradi va 17 qotirish vinti bilan mahkamlanadi. Teodolitning qarash trubasi ichidan fokuslanadi. Uning kattalashtirishi 25x , obhektivning fokus masofasi 250 mm. Teodolit limbi 20' ga bo‘lingan 0° dan 360° gacha graduslangan shisha gorizontal va vertikal burchak o‘lchash doirasiga ega. Gorizontal doiraning diametri 90 mm, vertikalniki - 65 mm. Gorizontal doiraning alidadasi qotirish vinti 4 va yo‘naltiruvchi vinti 3 ga ega. Qarash trubasi 5 okulyari to‘r iplarini fokuslash uchun halqaga ega. Qarash trubasi yenida okulyar bilan birga 6 sanoq mikroskopi okulyar trubkasi joylashgan. Unda gorizontal va vertikal doira tasviri qarash maydonini 7 ni aylantirish orqali o‘zgartirish mumkin. O‘sha tomonda 8 mikrometri burash qurilmasi joylashgan. Trubani vizir nishoniga taxminiy yo‘naltirish uchun trubaning tagida va tepasida 9 vizirlar joylashgan. Ushlagich 10ning o‘rniga vizir markasini yoki bussolni o‘rnatish mumkin. U teodolitni olib yurish uchun ham xizmat qiladi. Vertikal doira adilak pufagining chetlari tasviri 11prizma-lupaga uzatiladi. Adilak pufagi chetlarini kesishtirish 14 adilakning qo‘yish vinti orqali keltiriladi. Adilak 12 oyna orqali yoritiladi. Sanoq mikroskopi qarash maydonini yoritish uchun 13 aylanadigan yeritish oynasi xizmat qiladi. U gorizontal va vertikal doira tasvirini ham yoritish uchun xizmat qiladi.

Teodolitni nuqtaga markazlashtirish uchun optik markazlashtirgich 15 dan foydalaniladi. Gorizontal doiraning sanoqlarini almashtirish ushlagich 16 yordamida bajariladi. Gorizontal doirani kerakli burchakka aylantirish uchun ushlagichni ozgina bosib, keyin uni kerakli sanoq ko‘ringuncha aylantiriladi.

21 qotirish vinti va 20 qarash trubasini yo‘naltiruvchi vintlari ko‘rsatilgan. Asbob aylanish o‘qini shovun chizig‘iga keltirish uchun 18 tsilindrik adilak gorizontal aylana alidadasi korpusiga joylashtirilgan. Qarash trubasini predmet bo‘yicha fokuslash dioptr halqasi yordamida amalga oshiriladi. Sanoq olish mikroskopining ko‘rish maydonida ikkitakatta va kichkina oyna ko‘rinadi. Chap oynaning yuqori qismida aylananing asosiy shtrixlari tasvirini ko‘rsatadi, pastda diametral qarama-qarshi tasvirni ko‘rsatadi. Mikrometr 8 ushlagichini aylantirilsa, bu tasvirlar qarama-qarshi tomonga harakat qiladi. Har bir gradus uch qismga bo‘lingan. Bir bo‘lakning qiymati - 20'. Ushlagich 7 ni aylantirish bilan sanoq mikroskopi qarash maydoniga gorizontal va vertikal doira tasviri keltiriladi. Agar ushlagich 7 vertikal holatda bo‘lsa, sanoq mikroskopi qarash maydonida vertikal doira tasviri paydo bo‘ladi, ushlagich gorizontal holatda bo‘lsa, gorizontal doira tasviri paydo bo‘ladi. Gorizontal doira shtrixi ikkilangan, vertikal doiraning shtrixi bitta. Gorizontal doira shtrixi oq fonda ko‘rinadi, vertikal doira shtrixi sariq-yashil fonda ko‘rinadi. O‘ng oynada mikrometr shkalasi bo‘laklarining tasviri ko‘rinadi va harakatlanmaydigan indeks chiziq yordamida sanoq olinadi. Mikrometr golovkasini aylantirishda shkalaning siljish qiymati o‘ng oynadagi shtrixlar siljishiga proporsionaldir. Mikrometr shkalasi 600 bo‘lakka ega. Uni aylantirganda kichik oynadan hammasi o‘tadi va katta oynadagi tasvir x aylana bo‘lagiga, ya’ni 10' ga siljiydi.
Gorizontal va vertikal doira bo‘yicha sanoq olish tartibi quyidagicha:
1. Chap oynadagi yuuqori va pastki shtrixlar tasvirini mikrometr golovkasi bilan aniq ustma-ust kesishtiriladi.
2. Oynaning pastki qismiga diametral qarama-qarshi bo‘lgan yuuqori qismining chap tomonidan gradusning qiymati olinadi - 30°. Berilgan diametral qarama-qarshi shtrixlar orasidagi oraliq sanaladi. Bizning misolimizda 30° dan 210° gacha - ular 2 ta. U 20' ga teng. Tasodifan diametral qarama-qarshi shtrixlar ustma-ust tushishi mumkin, unda o‘nglik minutlar 0 ga teng bo‘ladi.
3. O‘ng oynada mikrometr shkalasi tasviri bo‘yicha minut, sekund va undan bir sekund aniqlikda sanoq olinadi. Birlik minutlar harakatlanmaydigan shkala yuuqori qismidan chap tomondan - 3', unglik , birlik va o‘ngdan birlik sekundlar o‘ng tomondan - 13,0". Hamma olingan uchta sanoq yig'iladi va doira bo‘yicha to‘liq sanoq olinadi. Berilgan holat bo‘yicha 30° 23' 13,0" ga egamiz.
Vertikal doira bo‘yicha sanoq olish tartibi huddi shunday, lekin sanoq olishdan oldin vertikal doiradagi pufak chetlari tasvirini to‘g‘rilash vinti 14 bilan kesishtirish kerak.

Sanoq olish tartibi:
1. Mikrometr barabanini aylantirib, katta oynaning pastki va yuqori qismi shtrixlarini aniq kesishtiriladi.
2. Katta oynadagi indeksdan chap tomondagi gradus soni o‘qiladi.
3. Katta oynaning pastki qismida shtrixlar va o‘qilgan sondan 180° farq qiladigan sanoq joylashgan. 180° farq qiladigan sanoqlar orasidagi shtrixlar sanaladi. Bu sanoq o‘n minut soniga teng.
4. Kichkina oynada minut va sekundlarning sanog‘i olinadi.
5. Olingan uchta sanoq qo‘shiladi va to‘liq sanoq olinadi.
Download 180,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish