1.
Urish so‘ziga paronim va ma’nodosh so‘zlarni ko‘rsating.
1)urush, 2) janjal, 3) jang,
4)
yurish
A) 1,3 B)1,2 C) 2,4 D) 3,4
2. Qaysi qatorda paronimlar berilgan?
A) gado – gadoy
B) battar – badtar
C) qism – qisim
D) ya’ni – yani
3. Qaysi qatorda paronimlar bilan bog‘liq xato bor?
A) Ularga imtiyozli tariff asosida xizmat ko‘rsatiladi.
B)
Qizning ota-onasi, qaindosh-urug‘ining ta’rifini aytib bitirolmaydilar.
C) O‘roqda yo‘q, mashoqda yo‘q, xirmonda hozir.
D) Shahrimiz nufuzi 2 milliondan oshdi.
4. 1) bo’shliq, 2) borliq,
3) otaliq, 4) bog’liq. Ushbu so’zlarning qaysi biridagi q harfi k ga aylantirilsa, paronim so’zlar hosil bo’ladi?
A) 2,3,4 B) 1,3,4
C) 1,2,3 C) 1,2,3,4
5. O’zaro sinonim bo‘lgan so‘zlardan hosil bo’lgan juftlikni toping.
A) bazur –zo‘rg‘a
B) qism – hovuch
C) ahl – totuv
D) nash’a – huzur
6. Ilik so‘ziga paronim, ma’nodosh bo’lgan so’zlar qaysi gap tarkibida uchraydi?
A) Ilk yoz kunlari edi.
B) O‘g‘li ilk marotaba qo‘lini uzatdi.
C) Tog‘da yuraverib iliklarim og‘rib ketdi.
D) Ilk muhabbat yomon ekan-da.
7. Uyadosh so’zlarning tildagi ahamiyati to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang.
A) so‘zlani xotirada oson saqlanishiga yordam beradi.
B) so‘zlardan nutqiy jarayonda oson foydalanish imkonini beradi.
C) lug‘atlarda to‘g‘ri joylashtirishga yordam beradi.
D) A,B
8. Quyidagi xodisalarning qaysi biri uchun shakily bir xillik xos emas?
A) paronimlarga xos emas
B) paronim v ma’nodosh so‘zlar uchun xos emas.
C) ko‘p ma’noli uchun xos emas.
D) ma’nodoshlar uchun xos emas.
9. Qaysi qatordagi juftliklar o‘zaro sinonim hisoblanmaydi?
A)
dom - tuzoq
B) tal’at – chehra
C) ma’tal – muntazir
D) ganch – boylik
10. Qaysi qatorda so’z qo’llash xato qo’lanilgan.
A) Mashina dovon tepasiga ko’tarildi.
B) O’nlab daholar bizning ajdodimiz.
C) Boburning Qobul devoni topilmagan.
D) Ot afzalin shayladi, o’q-anjomin boyladi.
11. Paronim so’z noto’g’ri qo’lanilgan javobni ko’rsating.
A) Yoriq joyni yamash uchun rosa harakat qildi.
B) Qadr bilmas qarndoshdan qadr qilgan yod yaxshi.
C) Bir asrga tatigulik yillarni bosib o’tdik.
D) Ularning adil daraxti quladi.
12. Paronim so’z noto’g’ri qo’lanilgan javobni ko’rsating.
A) Sigirimiz ertalabdan kovush qaytarib bezor qildi.
B) Yo’l chetida adil teraklar bo’y cho’zgan.
C)
Asil aynimas, aynisa ham chirimas
D) Hamma yoqni kuyik yog’ hidi tutib ketdi.
13. Paronimlik xatoni ko’rsating.
A) Akam poyafzal zavodida ishlaydi.
B) Kecha akamni o’g’rilar tunab ketishdi
.
C) Kirish taqiqlanadi.
D) Xona yorug’ edi.
14. Orfoepik me’yorlarga amal qilmaslik natijasida hosil bo’lgan birliklarni ko’rsating.
A) xat, maktub
B) kabutar,
kaptar
C) tarif, ta’rif
D) atlas(mato), atlas(xaritA)
15. Paronimlik xatolik bo’lmagan javobni ko’rsating.
A) Qozondagi yoq maromiga kelib olovlandi.
B) Deraza yorig’dan ajib bir yorug’ paydo bo’ldi.
C) Asl aynimas, aynisa ham, chirimas.
D) Buxoro amiri bugun saroyga ta’shrif buyurdi.
16. Paronimlarni qo`llash bilan bog`liq xato mavjud gapni toping?
A) Amringizga muvofiq keldim. B) Asl maqsadingizni ayting.
C) Yaxshiga yondash, yomondan qoch.
D) Adl teraklar qishloqning husniga husn qo`shadi.
17. Berilgan so’z tarkibidagi jarangli tovushni jarangsiz juftiga aylantirilsa qaysi birida paronimlik yuz beradi?
1) mard 2) sut 3) zot 4) xoli 5) tog’ 6) tub 7) bosh 8) abzal 9) dod
18. Quydagi qaysi birliklar orfoepik qoidalarni bilmaslik natijasida kelib chiqadi?
1) borlik-borliq 2) kabutar-kaptar 3) barobar-baravar 4) qism-qisim 5) obro’talab-obto’ytalab
A) 1,4 B) 1,2,3,4
C) 4 D) 2,4,5
19. Sinonimlar qatorida shaklangan quydagi so’zlarda shakl belgisidan tashqari hususiyat belgisini ifodolovchi so’zlar qatorin ko’rsating.
1. katta 2. ulug’ 3. ulkan 4. buyuk 5.
gigant
A) 2,4 B) 1,3 C)1,5 D) 3,5
20. Qaysi gapda unlilarning o‘rni almashinishi bilan bog‘liq xatoga yo‘l qo‘yilgan?
A) O‘zbekistonning hayvonot va o‘simliklar dunyosi juda boy.
B) Qozi o‘z hukmini ommaga havola etdi.
C) Bu boradagi bilimlarim uch-to‘rt ma’lumot bilan chegaralanadi xalos.
D) Qisqa muddat ichida sanoati rivojlangan mamlakatga aylandi.
21. Paronimlar qaysi qatorda berilgan?
A)battar – badtar B) ta’na – tana
C)gado – gadoy D) asta – ohista
22. Paronimlarni toping.
A) be’manilik – bema’nolik
B) Jodi – jodu
C) algebra – aljabr
D) nabira – nevara
23. Dubletlar haqida bildirilgan to‘g‘ri hukmni aniqlang.
A) bir ma’no atrofida birlashuvchi turli uslubga xos so‘zlar
B) sinonimlar
bilan bir xil harakterda
C) aynan bir so’zning varianti
D) ma’noviy darajalanadi.
24. Qaysi qatorda har xil guruhga mansub so‘zlar berilgan?
A) chumchuq, musicha, qaldirg‘och, olaqanot, zag‘izg‘on
B) jarlik, cho‘qqi, tog‘, tepalik, g‘or, adir, qir
C) arpa, sholi, makkajo‘xori, bug‘doy
D) bunday so‘zlar berilmagan.
25.
Bir turdagi narsa, belgi, harakatni atab keladigan so’zlar qanday so’zlar deyiladi?
A) omonim B) paronim
C) sinonim D) uyadosh