«shajarayi turk»dan


Furqat 1889-yilning boshlarida



Download 0,52 Mb.
bet47/52
Sana18.01.2017
Hajmi0,52 Mb.
#556
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52
Furqat 1889-yilning boshlarida. Furqat Toshkentda sayohat orzusi bilan Marg'ilondan yo'lga chiqadi. Qo'qonda bir kun turib, Xo'jandga keladi. Mirzo Nasriddin degan do'stinikida bir necha kun mehmon bo'ladi, shoir Toshxo'ja Asiriy bilan uzoq suhbatlar quradi. Ular o'zaro juda ahil edilar, bir-birlariga yozgan she'riy maktublari turli bayoz va to'plamlarda saqlanib qolgan.

Shoir Xo'jandda bir oz turib qoladi. Do'stlar orttiradi, shahar atrollarini aylanadi. Bir muddat tobi ham qochib qoladi. O'zi tabiblikdan xabardor bo'lgani uchun u yerdagi tabiblarning muolajasidan ko'ngli to'lmaydi. Safarni davom ettirib, Toshkentga yo'l oladi.

Furqat 1889-yil iyunning o'rtalarida Toshkentga kelgan. Hoji A'zam degan kishining yordamida Ko'kaldosh madrasasiga joylashgan. «Furqatnoma» asaridan ma'lum bo'lishicha, Hoji A'zam kasallanib qolgan shoirga mehribonliklar ko'rsatadi, 9 oy davomida uning holidan xabar olib, tuzalib ketishiga yordam beradi. Furqat uning yordamida Sattorxon Abdug'afforov, Saidrasul Saidazizov. In'omxo'ja Umryoxo'jayev, Jo'rabek Qalandarqori o'g'li, Sharifxo'ja Poshshoxo'ja o'g'li, Muhiddinxo'ja Hakimxo'ja o'g'li, Mirza Abdulla Isomuhammad o'g'li kabi toshkentlik ziyolilar bilan tanishadi.

Sharifxo'ja shoir bilan bo'lgan suhbatlaridan birida taxallusi «judolig'» ma'nosini bildirishiga ishora qilib, uni «Farhat» (shodlik, xursandlik) bilan almashtirishini taklif etadi. Bu shoirga manzur bo'lib, shu taxallus bilan ancha payt she'rlar ham yozgan. Lekin ko'p o'tmay, eskisiga qaytdi: taqdir unga «Furqat» taxallusi bilan tarixga kirishni nasib etdi.

1890-yilning ko'klamida Furqat Toshkentning Shayxantohuridagi she’r va soz muxlisi Mahmudxo'ja degan kishining uyiga ko'chib o'tadi, «oshno»gina emas, «og'a»dek unga ko'ngil bog'laydi. Chet ellarda yurganida uning suhbatlarini qo'msab, sog'inib esga oladi.

«Turkiston viloyatining gazeti» muharriri, Toshkent Erlar gimnaziyasining direktori N. Ostroumov Furqatning obro'- e'tiboridan, she'riy salohiyatidan unumli foydalanadi. Uni 1890- yilning 23-martida Toshkentning yangi shahar qismiga tomoshaga olib boradi, gimnaziyani ko'rsatadi. Rus ziyolilari, amaldorlar, hatto «janob general-gubernator» bilan, rus ma'muriyati xizmatiga kirgan savodxon yurtdoshlari bilan tanishtiradi. «Toshkand shahriga kelib, bir necha vaqt turub, Rusiya xalqining odamlari bilan tanishib, oshno bo'lub, alarning ko'b rasmlarini ko'rdum va ko'rmaganimni so'rdum, — deb yozadi shoir. — Ikki martaba janob general-gubernator uyiga mehmon bo'lub borib, anda har xil tomoshalarni ko'rdum». N. Ostroumov shoir taassurotlarini yozdirib olib, gazetada bosib chiqardi. Masalan, Furqatning gimnaziya haqidagi taassuroti ikki hafta o'tar-o'tmas haftalik «Tur- kiston viloyatining gazeti»da nashr etildi. Bir haftadan so'ng, gazetaning keyingi sonida shoirning «Gimnaziya» she'ri chop etildi. Birin-ketin uning «Ilm xosiyati», «Akt majlisi xususida», «Nag'ma bazmi xususida», «Vistavka xususida», «Suvorov» masnaviylari e'lon qilindi. 1891-yiIda esa — gazetaning bir necha sonida «Ho'qandlik Zokirjon Furqatning ahvoloti, o'zi yozg'oni» deb atalgan tarjimai holi bosilib chiqdi. Mutaxassislar uni shartli ravishda «Furqatnoma» deb ataydilar. Aslida, N. Ostroumov Furqatni 1890-yilning aprelidayoq gazeta tahririyatiga ishga jalb etgan edi.

Furqat Muqimiyga yozgan maktublaridan birida Shayxantohurda turayotganini, do'stlari qurshovida ekanligini, har kuni, goho esa kunora peshinda «gazetxona ishiga» borishini ma'lum qilgan edi. Muqimiyning javob maktublaridan Furqatning gazetada «tarjimonlik» qilgani anglashiladi. Har holda shoir Toshkentda rus tilini o'rganish bilan jiddiy shug'ullangan. Uning asarlarida mashhur rus adiblarining nomlari tez-tez uchrashi bejiz emas.

Gazetada bostirgan she'rlarida esa Furqat Toshkentda ko'rgan voqealarini hikoya qilib bordi. Masalan, uning fan-texnika ko'rgazmalari («llm xosiyati», «Vistavka xususida»), konsert («Akt majlisi xususida», «Nag'ma bazmi xususida»), teatr («Suvorov») to'g'risidagi asarlari shular jumlasidandir.

Furqat gazetada bir yilcha ishladi. 1891-yiIning mayida Samarqandga bordi. Xat orqali g'oyibona do'stlashgan Mirzo Buxoriy bilan uchrashdi. Mirzo Buxoriy atlas savdosi bilan Moskva, Peterburg, Xarkov, Parij shaharlarini ko'rgan, ko'rgazmalarda sovrinlar olgan, ayni paytda arxeologiya ilmidan ham xabardor kishi edi. 1888-yilda «Turkiston viloyatining gazeti»da uning Moskva va Peterburgga sayohati xotiralari bosilgan edi. Furqat Samarqandda iyunning oxirlarigacha turdi. Toshkentga, N. Ostroumov gazetasiga ikkita maqola yozdi, gazetxonlarni M. Buxoriy va uning arxeologik ishlari bilan ta- nishtirdi. Iyulning o'rtalarida Buxoroga yo'l oladi.


Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish