1-mavzu XVII-XIX asrning birinchi yarmi adabiyoti. Abulg'ozi bahodirxon reja



Download 0,52 Mb.
bet12/12
Sana28.11.2019
Hajmi0,52 Mb.
#27564
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
1-mavzu XVII-XIX asrning birinchi yarmi adabiyoti. Abulg'ozi bah (1)


«Adashganman» g'azali. Furqat 1892-yil martning o'rtalarida yozadi: «Iskandariya va Misr va Shorn taraflarini sayohat qilib, andin Madinai munawaraga va Makkai mukarramaga borib, ba'daz ziyorat (ziyoratdan keyin) Bombay va Hindiston muzofotlarini saym tamosho qilmoqchidurman».

Shu yilning aprelida biz Furqatni Jiddada ko'ramiz. May - iyun oylarida haj ziyoratini o'tkazib, yana Jiddaga qaytib keladi. Jiddadagi rus elchixonasi bilan aloqada bo'lib turadi. 1892-yilning 25-avgustida Hindistonga yo'l olib, 10-sentabrda Bombayga yetib keladi. Yaqin olti oy Hoji Ahmad degan hamshaharining uyida yashaydi, vatandoshlari bilan tanishadi. 1893-yilning 20-martida Kashmirga qarab safarga chiqadi, undan Tibet va Xo'tan orqali Yorkentga o'tadi. Shu tariqa 1891-yilning bahorida Toshkentdan chiqqan shoir ikki yarim yillik safardan keyin 1893- yilning oktabrida Yorkentga kelib, umrining oxirigacha shu yerda yashab qoladi. Haliga qadar ma'lum bo'lmagan sabablarga ko'ra vataniga qayta olmaydi.

Shoir chet ellarda kezar ekan, bir daqiqa vatanidan ko'ngil uza olmaydi. Yurtidan ayro tushganini dil-dilidan his etib turadi, iztirob chekadi. Buning yorqin misoli uning xorijda yozgan «Adashganman» radifli g'azali va turkum muxammaslaridir.

She'rga «adashganman» so'zining radif qilinib, urg'u berilishining o'zida katta ma'no bor. Qayerga bormasin, shoir o'zini g'arib, oshyonidan adashgan qush, bo'stonidan uzilgan bulbul singari his qiladi:


G'aribi bu viloyat — xonumonimdin adashganman,

Basoni murg'i vahshiy — oshyonidin adashganman.


Yo'q, yo'q, u shunchaki vatanidan emas, tandagi jonidan ayro tushgan. Falak bir aylandi-yu, u boshidagi soyabonidan ayrildi. Boshiga g'urbat oftobi tushdi. Bu olamga nur, hayot beruvchi odatdagi oftob emas, aksincha, hayotni so'ndiruvchi, borliqni yo'q etuvchi «olamtob» (olamni kuydirguvchi)dir. Shoir oftobga butunlay yangi ma'no beradi, g'urbat mazmunini anglatishga xizmat ettiradi:

Kishi holini bilmas, mehribonidan adashganman,

Vatan ovoradurman, do'stonidan adashganman,

Vatansiz bcnavodurman, makonidan adashganman, —


degan misralar bilan boshlanadi shoirning 1892-yil yozda arab mamlakatlari safari davrida yozilgan, deb taxmin qilinadigan mashhur bir muxammasi.

Darhaqiqat, uning holini hech kim bilmaydi. Birgina narsa aniq, u — adashgan, xato qilgan. U o'rni bilan har bir misrada, har bir baytda, bandda shuni radif vositasida ta'kidlab turibdi. Hatto «Vatansiz benavo» bo'lib qolganini uqtirmoqda.

Keyingi baytlarda shoir o'z dardu iztiroblarining asl sababi mana shu vatansizlik fojiasi ekanligini shunday izohlaydi:
G'aribu bekasu sarsonlig'imni boisi shuldur,

Hazinu xastau giryonlig'imni boisi shuldur.

Jahon ovorai hayronlig'imni boisi shuldur,

Xarobu besaru somonlig'imni boisi shuldur

Ki, bir sohibkaromat, ostonidin adashganman.
Bu shunday darddirki, uning qiyosi yo'q. Shu sababli, mcning nola-faryodlarimga ajablanmang, degandek boladi:
Kezib dashtu biyobon, bahru barlar, yig'lasam, tong yo'q,

To'kub yosh o'rnig'a ko'zdin guharlar, yig'lasam, tong yo'q,

Malolat zohir ctmang, hamsafarlar, yig'lasam, tong yo'q,

Chekib bulbul kabi afg'on, saharlar yig'lasam, tong yo'q

Ki, keldi fasli gul, men gulistonidin adashganman.
Bu dunyoda har kimning fe'li odatiga ko'ra nom beradilar. «Furqat» taxallusini shoirning o'zi tanlagan edi. Ne tongki, bu uning taqdiri bilan g'oyat uyg'un, hamohang tushdi:
Laqab har kimsaga mardum ba qadri odatiy derlar,

O'shalkim, anjumanda o'tsa umri Suhbatiy derlar.

Fano ko'yida kimki mo'takifdur, Xilvatiy derlar,

Zamon ahli bu boisdin taxallus Furqatiy derlar.

Necha yildur bir oshubi zamonidin5 adashganman?
«Ko'rdum» radifli g'azalida dunyo kezgan shoirning falsafiy o'ylari ifodalangan. U dunyo odamlari («ahli jahon»)da vafodan asar ko'rmaydi. O'z holidan birovga shikoyat qilishga hojat sezmaydi, chunki ularning ahvoli bunikidan «battar». Umuman, birov bilan gaplashish imkoni yo'q. Chunki:
Ishorati suxan aylab jahonda kimsag'akim,

Hamani ko'zini ko'ru qulog'i kar ko'rdum, —


deb yozadi shoir. U vataniga qayta olmasligini yurakdan sezadi:
Tarnom sayr qilib ro'zgor bog'ini,

Murod naxlini topdimu besamar ko'rdum,

G'aribi shomi g'amu intizori subhi visol

Firoq kechasini, oh, bcsahar ko'rdum.


Shoir vatanidan kelgan har bir xat-xabarni ko'ziga to'tiyo qiladi. Zavqiyning 1898-yildagi:
Jonimg'a tab soldi so'zi firoq, Furqat!

Kelkim, xarob qildi bu ishtiyoq, Furqat!

Qosid , yetur payomim , har ycrda topsang oni

Zavqiyni toqatini ko'p qilma toq, Furqat, —


misralaridagi ehtirosli sog'inchdan hayajonga tushadi.

Darhol:
Kezdim jahonni qolmay, Shomu Iroq, Zavqiy,

Bir topmadim seningdck ahli vifoq", Zavqiy,

Shavqi visoling ila hargiz qaror yo'qtur,

Jonimni yoqti hajru ko'nglum — firoq, Zavqiy! —
degan baytlar bilan boshlanuvchi she'riy javob bitib yuboradi. «Iqboli noraso»Iigidan, «ma'yus tole'i»dan qadrdoniga shikoyat qiladi. Sharqu G'arb omuxta bo'lgan muazzam Bombay ko'chalarini kezar ekan, shoirning musofirligi har daqiqada esiga tushadi. Toshkentdagi dushanba kungi suhbatlami, «g'iijjagu setorlar»ni, Farzinxonni esga oladi. Kashmirdagi go'zal bilan uchrashuv va u bilan bo'lgan suhbat («Birqamarsiymoni ko'rdum, baldai Kashmirda» g'azali) beixtiyor vatan mavzuiga kelib taqaladi:
Aydi: «Ey bechora, qilding na uchun tarki vatan?»

Man dedim: «G'urbatda Furqat bor ekan taqdirda!»


Hatto marg'ilonlik shoir va olim, donishmand qadrdoni Umidiyga yo'llagan she'riy maktubida nio'tabar kitoblarga qarab, taqdirini ko'rib, yurtiga qaytish-qaytmasligini bilib berishni iltijo qiladi:
Marg'ilonda mo'tabar sohibqironim, Qori aka,

Alg'araz, qilsam ajoyib bu bayonim, Qori aka,

Yorkand shahrida sokin mubtalomcn oxiri,

Furqati ma'yusi dil sirri nihonim, Qori aka,

Qur'angiz bordur ko'rarga tole'imni Furqatiy,

Bormu yo yo'qmu borarg'a bir nishonim, Qori aka.


Taqdir shoirni bo'ysunishga majbur etadi. Uning 1903-yilda Toshboltuga yozgan she'riy maktubida o'qiymiz:
Menga bunda muqim o'lmoq xudo taqdiri o'lmishdur,

Emasdur bandalik dam urmagim «chunu charo»'lardin.

Shoir Qashqardagi Rusiya musulmon idorasida kotib bo'lib ishlaydi. llmi nujum (astronomiya), tabobat bilan shug'ullanadi. Ra'noxon ismli ayolga uylanadi. Farzandlar ko'radi. Yuqoridagi she'riy maktubda shunday misralarga duch kelamiz:
Xudo bermish iki farzand: Nozimjon, Hokimjon,

Qachon bo'lg'oy ko'ngul uzmoqqa bu ko'zi qarolardin.


Ko'rinyaptiki, Furqat umrining oxirigacha Turkiston bilan aloqasini uzgan emas. Shu jumladan, «Turkiston viloyatining gazeti»ga ham muntazam maqola va she'rlar yozib turgan. Biroq, nima sababdandir, 1906-yildan keyin uning gazeta bilan aloqasi uziladi. Uning mazkur gazetadagi so'nggi maqolasi 1906-yil fevralda bosilgan. Garchi maqola so'ngida «baqiyasi (davomi) bor», deb qo'yilgan bo'lsa-da, davomi bosilmagan. Shuningdek, u 1909-yilda vafot etganida ham gazeta 20 yil hamkorlik qilgan muallifi haqida lom-mim demadi.

Furqat lirikasi. Furqat, asosan, lirik shoirdir. Garchi u o'zbek tilidagi ilk gazetada bevosita ishlagan, o'nlab maqolalar e'lon qilgan birinchi o'zbek gazetachisi, «Sarguzashtnoma»dek asar yozgan nosir bo'lsa-da, xalq qalbida ko'proq shoir sifatida qoldi.

Furqatning lirik she'rlari kitob holida dastlab 1913-yilda Muqimiy she'rlari bilan birgalikda bayoz holida toshbosmada bosilgan edi. 50—80-yillarda ko'p martalab nashr etildi.

Shoir lirik merosining salmoqli qismi g'azallar bo'lib, ularning soni 200 atrofida; mavzui, qisqa qilib aytganda, Odam va Olam haqida. Inson — odamning ma'naviy dunyosi, mehri va qahri haqida, olamning obodligi, betimsolligi, olam va odam munosabatlari xususidadir.

Furqat she'rda birinchi navbatda Navoiy va Fuzuliyni o'ziga ustoz deb biladi. Ko'proq shulardan ilhom oladi. Goho bu ilhom mavzu va ohang uyg'unligi darajasiga ko'tariladi. Masalan, Navoiyning mashhur bir tarje'bandi bor. Uning so'nggi bandi «Nechuk may bila bo'lmasin ulfatim?!» misrasi bilan boshlanadi. Shoir bu sirli dunyo qarshisida hayratdan lot qolganligini, quyosh u yoqda tursin, hatto bir zarraning ham mohiyatini anglab yetolmaganini, shu jumladan, insonning dunyoga kelmagi va ketmagi ham uning uchun mutlaqo muammo bo'lib qolganini, bu ishda na u umid qilgan ilm, na taqvoyu toat, na jamoa bilan suhbatlar, na shayxi murshid, na tabibi hoziq yordam bera olganini, hech biri uning mushkulini hal qila olmaganini iztirob bilan aytar va band:


Xarobot aro kirdim oshufta hoi,

May istarga ilgimda sing'on safol


bayti bilan yakunlanadi. Furqatning xonandalarimiz tomonidan sevib aytiladigan «Ko'ngul dardiga topmay boraman hargiz davo istab» misrasi bilan boshlanadigan g'azali ruhan shu tarje'bandga g'oyat yaqin. Bu yerda shoir «ko'ngil dardiga davo» istaydi. U ham «Shayxlar ostonig'a» bosh uradi, «zohid ayog'iga» o'zini tashlaydi, «yaxshilar» etagini tutadi, «begonalar»ni oshno qiladi, lekin hech biridan najot topa olmaydi.
Surmadin ko'zlar qaro, qo'llar xinodin lolarang,

G'ozadin yuzlarda tobu, o'smadin qoshlar tarang, —

matla'li mashhur g'azalining birinchi satri Fuzuliydan iqtibosdir. Umuman, Furqat mumtoz adabiyotimizning sir-sinoati bilan yaxshi tanish. U yor tasvirini chizar ekan yoxud oshiqning quvonchu iztiroblarini ifodalar ekan, she'riyatimizning boy obraz va timsollaridan unumli foydalanadi, ularni davom cltiradi. Mana, qosh tasviri:
O'smaliq qoshlarmu yo shamshir qonlik zangliq?

(Fuzuliyda: Muqawas qoshlaringkim, vusma birla rang

dutmishlar.

Qilichlardurki qonlar do'kmak ila zang dutmishlar).


Yuz va soch:
Yuz uza kokulmidir har sori pcchu tob ila?

Ganji husningmi yotur yo ikki ajdar ustida.


Yuz — husn xazinasi, yuz uzra tushgan ikki kokul — ikki ajdar. Afsonaiarga ko'ra, xazinalarni ilonlar, ajdaholar qo'riqlarkan. Shoir ishbih (o'xshatish), tanosub (ma'nosi yaqin so'zlarni ishlatish). talmeh (biror voqea-hodisaga ishora) kabi bir qator she'r san'atlaridan foydalanmoqda.

Xuddi shu «Ustida» radilli g'azalidagi ko'zning ta'rifini ko'raylik:


Ikkijodu nargising solg'ay jahong'a fitnalar,

Bo'lmasa uryon qoshingdin ikki xanjar ustida.


Ko'z — nargis. Bu o'xshatish ilgaridan bor edi. Shoir «nargis»ga jodu — sehrgar sifatini beryapti. Bu ham yangilik emas. Agar u ikki sehrgar nargisning tepasida yalang'ochlangan ikki xanjar (qosh) bo'lmaganida edi, ular olamga fitna solar edilar.

Shoir qoshu ko'zlarni g'oyat nozik ruhiy holatlar bilan bog'laydi:


«Ketkil ul yon!» — deb ishorat qilsa har gal qoshlaring,

«Kel beri!» — deb aylashur ohista iymo ko'zlaring.


Furqatning navbahor, bahor ayyomi haqidagi jo'shqin, ehtirosli g'azallari xalqning allaqachon ma'naviy mulkiga aylangan. Lekin bir qator she'rlari singari tabiat haqidagi bu xil g'azallari ham dononing xorligiyu nodonning azizligi haqidagi jamiyat qurilishiga oid fikrlarga ulanib ketadi. Umuman olganda, unda insoniy qadr, millatning yuksak sha'ni haqida ham yaxshigina she'rlar bor. Shulardan biri «Bormasmiz» radifli g'azalidir:
Biz, istig'no eli, qichqirmag'on ma'vog'a bormasmiz,

Agar chandeki xirman aylasa dunyog'a bormasmiz, —


matlai bilan boshlanadi she'r. Matla'ning ma'nosi, sodda qilib aytganda, biz chaqirilmagan joyga bormaymiz, deganidir. Lekin bu naqadar baland ohangda, jiddiy va tantanavor aytilmoqda. Biz «istig'no» — izzatini biluvchi, diydasi to'q odanilarmiz, chaqirilmagan joyga bormaymiz! Mol-dunyo, noz-ne'matni osmon qadar to'kib tashlaganda ham bormaymiz. Mol-dunyogina emas, shunday manzarani tasavvur qiling, olam sahrosida suvsiz tashna qoldik. Oldimizdan mavj urib yotgan daryo chiqib qoldi. Agar shu daryoga zarracha malol kelsa va buni bilsak, bormaymiz:
Agar lab tashna qolsak, filmasal sahroyi olamda,

Malolat zohir ctsa, mavj uran daryog'a bormasmiz.


O'zbek milliy ruhiyatini badiiy ifodalashda g'oyat ibratli she'r. Milliy ruhni tiniq va benihoya xalqona ifodalovchi bunday she'r Furqatdan oldin ham, keyin ham adabiyotimizda uchramaydi.

Furqatning «Sayding qo'yaber,sayyod, sayyora ekan mendek» misrasi bilan boshlanuvchi musaddasi uning ijodida muhim o'rin egallaydi. Sayd (ov), sayyod (ovchi), dom (tuzoq) timsollari Sharq adabiyotida qadimdan mavjud. XVIII asrda turkman shoiri Andalib ushbu timsollardan unumli foydalanib, ovchi tuzog'iga tushgan ohuga hamdardlik tuyg'usi bilan to'lib-toshgan maxsus muxammas ham yozgan edi. Furqatniki musaddas bo'lib, bu ham shu an'ananing davomidir. Lekin shoir yashagan zamon, Turkistonday yurtning qo'ldan ketib, el va yurtning istilo asrining sayyodi qo'liga tushishi unga, tabiiyki, yangi ma'no, ya'ni mazmun beradi. Qolaversa, furqatshunoslar ushbu musaddasning maydonga kelishida she'rda nomi zikr etiladigan Sa'dulla hofizning yomonlar tomonidan fojiali o'ldirilishini ham bir sabab qilib ko'rsatadilar.

Musaddas yetti banddan iborat. Dastlabki band shunday boshlanadi:
Sayding qo'yaber, sayyod, sayyora ckan mendek,

Ol domini bo'ynidin, bechora ckan mendek.

O'z yorini topmasdan ovora ekan mendek,

lqboli nigun, baxti ham qora ekan mendek.

Hijron o'qidin jismi ko'p yora ekan mendek,

Kuygan jigari bag'ri sadpora ekan mendek.


Shoir tuzoqqa tushgan ohuning holini xilma-xil tashbih va niuqoyasalar bilan tasvir etgach, ovchiga xitob qilib, uni banddan ozod etishini so'raydi.

Yashamoq dunyoga shunchaki bir kelib-ketmoq emas, shil- liqqurt misoli faqat qorin g'amida g'ovakda g'imirlab o'tib ketmoq ham emas. Yashamoq, birinchi navbatda, hur, erkin yashamoqdir. O'z orzularing, xayollaring, armonlaring bilan yashamoqdir. Bas, «rishtani (tuzoq iplarini) kes!.. — hayqiradi shoir, — tog'larga chiqib, yori bilan qovushsin...»

Kel:

Besh kun sening davringda bechora xirom etsun,



Ohular ila o'ynab, ayshini mudom etsun.

Yomg'ur suvi to'lganda, tog' lolani join etsun,

Haqqingga duo aylab, umrini tamom etsun,

Hijron o'qidin jismi ko'p yora ekan mendek,

Kuygan jigari bag'ri sadpora ekan mendek.
Har bir jonivor o'z jinsi bilan bo'lmog'i lozim. Har bir hayvonning o'z yaylog'i (yaylov joyi) va qishlog'i (qishlov joyi)ga teng keladigan saodati yo'q. Faqat uni ozod qilish va o'z holiga qo'yish kerak. Yuqoridagi misralardan kelib chiqadigan mazmun — shu. Lekin ushbu baytlar beixtiyor har bir millatning turmush va taraqqiyoti mutlaqo uning mustaqilligi va niilliy zamin hamda o'z an'analari asosida bormog'i lozim, degan va so'ngroq jadidchilikning bosh masalalaridan biriga aylangan g'oyani esga tushiradi. Bu hol Furqat ijodini yangi davr adabiyoti bilan bog'laydigan muhim nuqtalardandir.
XULOSA

XV—XVI asrlarda dunyoga Navoiy va Boburdek jahoniy siymolarni bergan Turkiston zamini uch asrdan ortiqroq davom etgan iqtisodiy, ma'naviy tanazzullardan keyin sekin-astalik bilan yana jonlanishga yuz tutdi. Xususan, madaniy-adabiy taraqqiyot uchun zamin maydonga keldi. Adabiyotimiz an'anaviy she'riyatdan hayotni keng ko'lamda real tasvir etuvchi chinakam oynaga aylanishi, xalqqa hamkoru hamdast bo'lishi uchun sharoit hosil bo'la boshladi. Toshkentda Almaiy, Xorazmda Komil, Farg'ona vodiysida Muqimiy, Furqat ijodi va faoliyati shu yo'lga xizmat qildi. Yangi adabiyot esa butun mohiyati bilan XX asrda namoyon bo'ldi.


Savol va lopshiriqlar
1. Furqatning o'zbek adabiyotidagi o'rnini qaysi asarlari bilan belgilaysiz? Qaysi asarlari bugungi kunda ham o'z ahamiyatini yo'qotmasdan keladi?

2. Furqat hayotining murakkabligini nimalarda ko'rasiz? Ijodining murakkabligini-chi? Nega u Vataniga qayta olmadi? Nega Rusiya ilm-fanini ko'rdi-yu, istibdodini payqamadi?

3. Furqatning Navoiyga ixlos va muhabbati haqida nimalarni bilasiz? Hayot va ijodidan misollar kcltiring.

4. Furqat va Qo'qon shoirlari, xususan, Furqat — Muqimiy, Furqat — Zavqiy munosabatlari haqida so'zlab bering.

5. Furqatning Toshkcntga kelishi uning taqdirida qanday rol o'ynadi? Shoirning rus va Ovrupo ilm-fani haqidagi fikr-qarashlari to'g'risida nimalar deya olasiz?

6. «Sabog'a xitob» she'rining yozilish tarixi, mazmun-mundari- jasi, badiiyati haqida misollar bilan gapirib bcring.

7. Furqatning g'urbat mavzuidagi asarlarini ko'zingizdan o'tkazing, shoir ijodida vatan mavzuining bu qadar keng va chuqur ishlanishi sabablarini tushuntirib bering. «Adashganman» radifli g'azali va turkum muxammaslarini izohlang.

8. «Bormasmiz» radifli she'rini tahlil qiling. Insoniy qadr, millat sha'ni haqidagi yuksak fikrlarning qanday poetik vositalar yordamida ifodalanganligini qo'shimcha adabiyotlar yordamida misollar bilan ko'rsatib bcring.

9. «Sayding qo'ya ber sayyod...» musaddasining yozilish tarixi haqida ma'lumol bering. Til va badiiyatini tushuntiring. She'rdagi sayd, sayyod timsollari istilo zamonida yangi mazmun-ma'nolarberishi mumkinligiga e'tibor qiling.

10. «Furqat — lirik shoir», «Furqat ijodida Vatan mavzui», «Furqat va milliy istiqlol» mavzularida insho yozing.

11. Ilk istilo davri - 1868-1905-yiIlar adabiyoti XX asrda shakllangan yangi adabiyotga zamin bo'lib xizmat qilganligini Almaiy, Komil, Muqimiy, Furqat ijodlari misolida ko'rsating.


ZOKIRJON XOLMUHAMMAD O'G'LI FURQAT (1859—1909)
Zokirjon Mullo Xolmuhammad o'g'Ii Furqat Qo'qon shahrida tavallud topgan. Mahallasidagi maktabda dastlabki savodini chiqarib, so'ng madrasada o'qiydi. Xattotlik va arab tili bo'yicha yaxshigina bilim oladi.

Tog'asi bilan birgalikda savdo ishlari bilan shug'ullangan. Fuqarolarning iltimos va arzlarini qog'ozga tushirishga ko'maklashgan. U Muqimiy, Muhyi, Zavqiy, Nodim, Nisbat, Muhayyir singari adiblar bilan bir adabiy davrada ijod qiladi.

Furqat she'riyati lirik kechinmalarning nozik tasvirlarga boyligi, hissiyotlaming o'tkirligi, ifodalarning yangi va samimiyligi bilan ajralib turadi. Ularda tabiat manzaralari, inson qalbining nozik kechinmalari juda go'zal va takrorlanmas tarzda aks etgan. Adibning «Hammomi xayol» risolasi, forschadan tarjima qilingan «Chor darvesh» tarjimasi, «Nuh manzar» degan kitoblari yaratilgan.

Toshkentga borib ilm-fan va texnika, shuningdek, san'atdagi yangiliklarni ko'radi. Bular haqida bir qator asarlar bitadi. Furqat o'zbek publitsistikasining ham asoschilaridan biridir.

Furqatning go'zal she'riyati insoniy tuyg'ularning yorqin ifodasi hamda hassos qalblardagi nozik kechinmalar bilan uyg'un kelishi tufayli har doim sevib o'qiladi.
Mo'takif — xilvatda ibodat qiluvchi.

Oshubi zamon — vatan tashvishi ma'nosida.



«Chun, charo» — «nega, nima uchun».


1



2


3



4





Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish