1-mavzu XVII-XIX asrning birinchi yarmi adabiyoti. Abulg'ozi bahodirxon reja


Kashkul — xayr-sadaqa yig'iladigan qovoqsimon idish. Matbag'



Download 0,52 Mb.
bet4/12
Sana28.11.2019
Hajmi0,52 Mb.
#27564
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1-mavzu XVII-XIX asrning birinchi yarmi adabiyoti. Abulg'ozi bah (1)


Kashkul — xayr-sadaqa yig'iladigan qovoqsimon idish.

  • Matbag' nazr-niyoz, sha'mlar solib yurish uchun qovoqdan qilingan idish.

  • Rido — qo'ltiqdan o'tkazib bo'yinga bog'lanadigan xalta. Ko'pincha xudoyi qilingan nonlar solingan.

    Mashrab she'riyati mazmun-mohiyatigina emas, janrlariga ko'ra ham rang-barangdir. Shoir mumtoz she'riyatimizdagi murabba', muxammas, musaddas, musabba', mustazod kabi xilma-xil janrlardan foydalanadi. Ularda Mashrab g'azaliyoti uchun xos bo'lgan bir qator badiiy xususiyatlar, majoziy tafsil (detal) va tamsil (obraz)lar rivojlantiriladi. Shoirning bu janrlardagi she'rlarida ham u dunyoga, ham bu dunyoga xos tafsillar hamda kechinmalar tasviri aks etgan:

    Bulbuldayinkim faryod etarman,

    Ishq daftarini bunyod etarman,

    Ko'ngullarimni men shod etarman,

    Yorga yetar kun bormu, yoronlar? —

    deb yozadi shoir murabba'laridan birida. Tuyg'ular — tabiiy. Ifoda — sodda. Ohang — ravon. Ayni vaqtda, mazmun — teran va o'ta nurakkab. Muxammaslaridan biri esa shunday boshlanadi:

    Xonumonidin judo bo'lgan kishidan dard so'rang,

    O'rtanib qaddi duto bo'lgan kishidan dard so'rang,

    Dard-u g'amga mubtalo bo'lgan kishidan dard so'rang, Bekas-u bemuttako1 bo'lgan kishidan dard so'rang,

    Misli man bedastu po bo'lgan kishidan dard so'rang.



    Muxammasning keyingi bandlarida shoir bu „dard"larining ustini ocha boshlaydi. Ma'lum bo'lishicha, uning eng katta „dardi" bekas" (kimsasiz)ligining, „bemuttako"ligining bosh sababi eng yaqin kishisidan ayrilganidir:

    Termulub qoldim bu yo'lda hamsafardin ayrilib, Yo'l adoshub g'amdadurman rohbardin ayrilib, Baxt qaro keldim bu yo'lda yaxshilardin ayrilib, Andalib erdim, qolibman bol-u pardin ayrilib,

    Men kabi baxti qaro bo'lgan kishidin dard so'rang.

    Insoniy ayriliq tasviri shoirning boshqa muxammaslarida ham uchraydi. Mashrabning bir muxammasi shunday boshlanadi:

    Ey, musulmonlar, netay, men yordin ayrilmisham, Fitnachashm-u sho'xi xush raftordin ayrilmisham, Bulbuli sho'ridaman, gulzordin ayrilmisham,

    Qoshlari yo, ko'zlari xunxordin ayrilmisham,

    Bir pari tal'at, shakarguftordin ayrilmisham.



    Bu satrlarda ilohiy mazmundan ko'ra tabiiy, hayotiy tuyg'u- chinmalar ko'proq. Shoir tarjimayi holida ham bunga muvofiqlashadigan voqea-hodisalar oz emas. Qolaversa, mumtoz she'riyatimizda ijodkorning shaxsiy — intim tuyg'ulari hamisha ijtimoiy yoxud ilohiy mazmun bilan qo'shilib ketgan bo'ladi. Mashrabning ayrim muxammaslari ifodaning soddaligi, tasvirning moqiligi, tilning tushunarliligi bilan darrov o'quvchi e'tiborini tortadi. Shoirning „Yorning ko'yida men bormoq edim" deb boshlanadigan muxammasi shu jihatdan diqqatga molikdir:

    Yorning ko'yida men bormoq edim,

    Har necha javr-u jafo tortmoq edim,

    Qonga to'lgan yuragim yormoq edim,

    Oy sanamning ko'yida yurmoq edim,

    Kokulini ko'zima surtmoq edim.

    Shoir orzuni ifodalashi lozim bo'lgan -chi qo'shimchasidan atay foydalanmaydi. Shuning uchun ifoda o'ziga xoslik kasb etgan va xalq og'zaki ijodida bo'lgani kabi o'n bir bo'g'inli misralar yuzaga kelgan. Ifodaning shu taxlit sal kemtikroq bo'lishi she'r ruhiga qandaydir bir yengillik bag'ishlagan. Undagi timsollar tizimi ham Mashrabona murakkablikdan xoli bo'lib, odmi ko'rinish olgan. Muxammasning ohangi ham, mazmuni ham xalqona ruh kasb etgan:

    Olmani qo'shsa bo'lurmu norg'a,

    Haq rizo ko'ngulni qo'shg'ay yorg'a,

    Bir nazar qilsang bu Mashrab zorg'a,

    Yolborib arzim deyay dildorg'a,

    Yastanib ko'yingda men yotmoq edim.

    Shoirning „Va'da qildi bir kelay deb, ko'zga uyqu kelmadi"

    misrasi bilan boshlanadigan muxammasi dastlab majoziy ishq tasviriga bag'ishlangandek taassurot qoldiradi. Hajmi anchagina katta, o'n ikki band, oltmish misrali bu she'rda banddan bandga o'tgan sari ifoda quyuqlashib, mazmun teranlashib, insoniy sevgining ilohiy qirralari ko'rinib boraveradi. Shu she'rni kuzatish asnosida chin oshiqning majoziy muhabbati qay tariqa ilohiy ishqqa evrilishini bir qadar payqash mumkin bo'ladi:

    Va'da qildi bir kelay deb, ko'zga uyqu kelmadi, Termulub yo'lidaturdum, sho'xi badxo' kelmadi, Necha keldi shum raqiblar, ul pariro' kelmadi, Dardidin o'ldim, tabib, dardimga doru kelmadi, Men shahidi ishq bo'ldum, qatrai suv kelmadi.

    Birinchi bandda ilohiy jazba, samoviy muhabbat, Yaratganga qo'shilish singari istaklarning nishoni ham sezilmaganday tuyuladi. Shoir o'zining sho'x va sitamkor yoridangina yozg'irayotganday bo'ladi. Ikkinchi bandda ham qahramonning oshiqona holati ko'rsatiladi. Uchinchi bandga borib, tasvir yo'nalishida o'zgarish, tasvirlarida ilohiy mohiyatga ishora seziladi:

    Oh-u voh aylab, g'ariblik shahrida bemorman,

    Gar olur bo'lsang bu jonim ol, sanam, bezorman, Pardani yuzdin ko'targil, oshiq-u diydorman... Muxammasning keyingi baytlarida tasvir keskinlik kasb etadi, shoir holatida junun, telbalik ustuvorlik qiladi. Shuning uchun ham oldin bir g'azalida aytgani „shakkoklik"ni yana qaytaradi:

    Ko'rmasam bir dam seni, bayt ul-haramni naylayin?

    Qolg'on Ibrohimdin ul eski do'konni naylayin?

    Ham bihisht-u kavsar-u hur-u g'ilmonni naylayin?

    Yetti aflok-u sakkiz jannat — makonni naylayin?

    Bul sababdin, do'stlar, ko'ngulga yog'du kelmadi.



    She'rning bu o'rinlarida ilohiy ishq shavqi avj nuqtaga ko'tariladi. Shu bois shoir goho telbalik qilganday, o'z o'rnini bilmaganday, payg'ambarimiz Ibrohim alayhissalomga, Ka'baga behurmatlik qilganday tuyuladi. Lekin so'fly oshiqning, o'zini bus-butun Alloh yo'liga bag'ishlagan qalandarning holatidan kelib chiqilsa, o'zidan kechgan, „men"ligini unutgan, Yaratganga qo'shilib ketgan kimsaning pokiza tuyg'ularini anglash, tuyish mumkin bo'ladi. Shoir o'zini fidoyi, begunoh hisoblamaydi. Shoirning:

    Kuygusi tongla qiyomat' dod-u ohimni ko'rub,



    Qolgusi mahshar eli2 hayron gunohimni ko'rub,

    Tiyra bo'lg'ay yeru ko'k ro'yi siyohimni ko'rub, —



    tarzidagi iqrori qahramonning samimiyatini ko'rsatadi va uni o'quvchiga yaqinlashtiradi.

    Mashrab ijodida „Ne g'urbatlarni chektim, charx bebunyod dastingdan" deb boshlanadigan musaddas ham muhim o'rin tutadi. Unda shoirning adolatsiz qurilgan dunyo tartibotidan noroziligi, vafo ko'rsatib, bevafoliq topgani, hajr otashida qovrilgan yurakning fig'onlari aks etgani uchun ham:

    Hama obod bo'ldi, bo'lmadim obod dastingdan,

    Ki, men har qayga borsam, dod etarman, dod dastingdan

    misralarini har band so'ngida takror keltiradi. Bu hoi she'rda lirik qahramon kayfiyatining to'liq ifoda topishiga imkon beradi. Garchi, musaddas — oltilikda olamiy ma'nolar, ilohiy muammolar aks etgan bo'lsa-da, tuyg'ular tug'yoni, dil iztiroblari, to'g'ri yo'lini topolmayotgan solikning fig'onlari tasvirlangan esa-da, so'zlar g'oyat soddavash, o'quvchi tomonidan oson hazm etiladigan tarzda qo'llanilgan. Eng qaltis onlarda ham Mashrab yaxshilikdan umid qiladi. Shu bois ham musaddas so'ngida: „Iloho, sen yetur himmat yo'lig'a xasta Mashrabni",— deya murojaat qiladi.

    Isyonkor shoir she'riyatida mustazodlar ham o'ziga xos o'rin tutadi. Tuzilishiga ko'ra eng qaltis ruhiy holatlarni berishga mo'ljallangan bu poetik shakl Mashrab kabi tuyg'ulari ko'kka sapchigan ijodkor uchun qo'l kelishi tabiiy edi. Uning „Aytay senga dard-u alamim, ofati jonim, fikr ayla o'zungga" deb boshlanadigan mustazodi shoir holatini ifoda etishi jihatidan muhim ahamiyatga egadir. An'anaga ko'ra bu she'r ham ishqiy yo'nalishda. G'azal singari qofiyalanadigan bu she'riy turning misralardan keyin kelib, o'zaro qofiyalanadigan va sindirilganday tuyuluvchi qisqa satrlari shoirga eng keskin ruhiy holatlarni ham erkin ifodalash imkonini bergan:

    Boshimga agar kelsa balo, sabr etadurman,

    Sendin kecharim yo'q,

    Qaydin kechayin, ko'nglumda to'ladur senga mehrim,

    Men oshiqi shaydo.

    Shoirning „Bul xasta vujudimni meni o'rtadi butkul, Ul zulfi parishon" tarzida boshlanadigan mustazodida ham sitamkor va bevafo ma'shuqa ko'yida abgor bo'lgan oshiq holati eng nozik sezimlariga qadar tiniq tasvir etilgan. Bu asarda oshiq va yor holati ko'proq tazod yo'li bilan berilganligi ular tabiatidagi muhim jihatlarni yorqin ko'rsatishga imkoniyat yaratgan:

    Bul xasta vujudimni meni o'rtadi butkul,

    Ul zulfi parishon,

    Ul gul yuzining ishqida men volau bulbul,

    Ul g'unchai xandon.

    Bir rahm qilib so'rmadi holimni nechuk deb.

    Ul orazi gulgun,

    Yuz va'da qilib birga vafo qilmadi bir yo'l,



    Ul va'dasi yolg'on.

    Yor sifatlarining to'rt misrada ham „ul" so'zidan so'ng berilishi va ular o'z holicha salbiy ma'no tashimasalar-da, oshiqning abgor ahvoli sababchisi sifatida ma'shuqaning sitamkor, bevafo, berahmligini namoyon etishi shoir mahorati samarasidir.

    Mashrab she'riyati mazmun teranligidan tashqari, badiiy jihatdan ham yetuk, mukammaldir. U so'zni g'oyat nozik his etadi, ohangni yaxshi ilg'aydi, tashbih-majozlardan samarali foydalanadi. Mana shu baytda ifodalangan holat murakkabligi va tasvir go'zalligi kishini hayratga soladi:
    Man ayturman: „Ko'ngul uzgil!" Bu ko'nglum ko'ngul uzmaydur,

    Ko'ngul ayturki: „Ey nodon, ko'ngul uzsam, uzilgaymu?!"
    Shoir „ko'ngul" va „uz" so'zlari takroridan jozibali bir poetik manzara, sehrli so'z o'yini hosil qilgan. She'rda o'ziga xos bir „istig'no", „noz-karashma" bor. Uning bunday go'zal va ohangdor chiqishiga „takrir" va ,,tavzi'" san'atlari yordam bergan. Takrir biror so'zning o'rniga qarab takrorlanib kelishi natijasida tasvirni kuchaytirish ko'zda tutiladigan san'atdir. Baytda ko'ngul so'zi besh joyda kerakli ma'noni kuchaytirish maqsadida ishlatilgan. „Uz" hijosi esa „uzgil", "uzmaydur", „uzilgaymu" so'zlarining o'zagidan olingan bo'lib, ta'sirchanlikni oshirishga xizmat qilgan. So'z bosh bo'g'inining bu xilda „uzib olib" takrorlanishi mumtoz she'riyatda „tavzi'' san'ati deyiladi. Tavzi' ulashish, tarqatish ma'nolarini bildiradi.

    Mashrab she'riyati, yuqoridagi misollardan ma'lum bo'lganidek, millionlab kishilar qalbidagi ezgu va olijanob tuyg'ularni, haqqa, haqiqatga bo'lgan tashnalikni topib ifoda etgan she'riyatdir. Shoir o'z asarlarida o'z tuyg'ularini shunchaki ifodalagan emas, balki baland pardalarda tarannum qilgan. Shu sababli ham bu asarlar asrlar ardog'ida keladi.

    Savol va topshiriqlar

    1. Mashrabning hayot yo'li haqida so'zlab bering.

    2. Shoirning: „Zebo sanamim gul yuzidin parda ko'tardi, Olam hama ko'z bo'ldi tamosho qilayin deb" tasviri zamirida qanday ma'no yashiringan?

    3. Mashrabning „Bu tani xokini-yu ruhi ravonni na qilay?" misrasi bilan boshlanadigan g'azalini badiiy tahlil qilib bering.

    4. Mashrab she'riyatidagi „ilohiy ishq"ning mohiyatini qanday tushunasiz? „To telbaligim shuhrati olamni tutubdur, Bir jilvasiga ikki jahondin o'ta qoldim" satrlarini sharhlang. Undagi so'fiyona ma'noni toping.

    5. Vahdat mayini piri mug'on ilkidin ichdim, Mansur kabi boshimi dorga tuta qoldim" satrlarini sharhlang. Shoirning dorga bosh tutishi sababini izohlang.

    6. Qalandar bo'l, qalandar bo'l!" radifli g'azalni tahlil qiling. Mashrabning qalandarlarga xayrixohligi sababini izohlang.

    7. Shoirning boshqa lirik janrlardagi she'rlari haqida fikr bildiring. „Hama obod bo'ldi, bo'lmadim obod dastingdan, Ki, men har qayga borsam, dod etarman, dod dastingdan" satrlaridagi isyon. norozilik kimga qaratilganini matnga asoslanib toping.

    8. Mashrabning mustazodlaridan biridagi „Sensiz na qilay ushbu qarong'u jahon ichra, Sen-sen menga mahvash" misralari zamiridagi ma'noni anglating.

    9. Shoir ijodidagi isyonkor tuyg'ular, ba'zan shakkoklik darajasiga yetadigan holatlarning sababi haqida mulohaza yuriting. Mashrabning bu holatini kufrga ketish, Yaratganga isyon deb tushunish mumkinmi?

    10. Mashrabning poetik mahoratiga doir fikringizni bildiring.

    11. Shoirning to'rtta she'rini yod oling.

    5-mavzu

    SO'FI OLLOYOR , Huvaydo ijodi

    (1634-1721)

    REJA:


    1. So’fi Olloyor haqida

    2. Uning ijodiy merosi

    3. Huvaydo hayoti va ijodi

    4. Adib asarlari haqida (“Rohati dil” dostoni)

    So'fi Olloyor o'zbek xalqining o'tarchi urug'iga mansub edi:

    Garchi Olloyor o'tarchidir, erur ul ham yomon,

    Oning ham qadri o'tar bir nechaga o'lgan zamon.

    So'fi Olloyoming hayoti oson kechgan emas. U hayotning ko'plab qiyinchiliklariga, taqdirning sonsiz-sanoqsiz sinovlariga duch keladi. To'ng'ich o'g'lining bevaqt vafoti, akasi Farhodbiyning Buxoro hukmdori Abulfayzxon qo'lida katta amaldorlardan biri bo'lishiga qaramay, qatl etilishi ana shunday og'ir sinovlardan edi.

    Adib ikki tilda — o'zbek va fors-tojik tillarida asarlar yozgan. «Maslak ul-muttaqiyn» («Taqvodorlar maslagi») fors-tojik tilida yozilgan. Adib ayni shu g'oyalarni turkiy tilda yoritish zaruratini sezganligi uchun ham asarni «Sabot ul-ojizin» («Ojizlar saboti») nomi bilan boshqatdan yaratadi. Uning «Maxzan ul-muteyin» va «Murod ul-orifin» asarlari ham mavjud.

    «Maslak ul-muttaqiyn» fiqh, shariat ahkomlari, ma'naviyat, axloq qoidalari haqida bahs yuritadi. Asar forsiy til bilan she'riy shaklda — masnaviy tarzida yozilgan. Uning umumiy hajmi o'n ikki ming baytdan ko'proqdir. Qiyoslash uchun eslatish mumkinki, Yusuf Xos Hojibning «Qutadg'u bilig» asari 6500 baytdan ortiqroq edi.

    So'fi Olloyor asarlaridagi asosiy g'oya diniy-tasavvufiy, ma'rifiy fikr va e'tiqodni omma orasiga tarqatishdan, yoyishdan iborat edi. Bu maqsad yo'lida u turkiy til imkoniyatlaridan juda unumli foydalandi. Bu yo'lda unga Ahmad Yassaviy hamda Sulaymon Boqirg'oniylar tajribasi juda qo'l keldi.
    So’fi Olloyor
    So'fi Olloyor 1620-yili Samarqandning Minglar qishlog'ida Olloquli ismli taqvodor kishi oilasida tug'ildi. U boshlang'ich ma'lumotni uyda va masjid huzuridagi maktabda oldi. So'fi Olloyor o'n yoshlarida Buxoroga borib, o'n besh yillar mobaynida Jo'ybor shayxlaridan ilm o'rgandi, kasb-hunar orltirdi. Buxoroda oila qurib, Muhammadsodiq, Amina, Halima ismli farzandlar ko'rdi.

    Olloyor yigirma besh yoshida Buxoro bojxonasida ishlay boshladi. Lekin ko'p o'tmay, bojgirlikni tark etib, tariqat yo'liga kirib, shayx Habibullo huzurida o'n ikki yil tahsil ko'rdi. Tahsil va tariqat riyozatlari natijasida So'fi Olloyor ma'naviy komil Inson, alloma, karomatgo'y avliyo sifatida yetildi. U islom aqidalari, tasavvuf ta'limoti, ma'naviy kamolot muammolarini yoritgan «Maslak ul-muttaqin», «Siroj ul-ojizin», «Sabot ul-ojizin», «Murod ul-orifin», «Mazxan ul-mute'in», «Najot ul-tolibin» singari asarlari orqali dunyoga tanildi.

    So'fi Olloyorning qabri Surxondaryo viloyatining Denov tumani yaqinidagi qishloqlardan birida joylashgan. Ammo vafot etgan yili va unga taalluqli boshqa tafsilotlar noma'lum.

    So'fi Olloyor diniy adabiyotning yirik namoyandasidir. Uning butun ijodiyoti islomiy ma'rifat bilan sug'orilgan. U o'zi sevgan tasavvuf ta'limotini o'zbekona sodda so'zlarda ifodalashga juda mohir. So'fi Olloyor Yassaviy va Mashrab singari o'ziga xos dunyoqarashga ega bo'lgan faylasuf allomadir. Shoir dunyoni islom nuri hamda tasavvuf timsollari ko'zgusida ko'radi va u orqali badiiy aks ettiradi.

    Shoir nazmida inson ma'naviy kamolotining asosiy omili sifatida muhabbat tasvirlanadi. Uning nazarida muhabbat har qanday ezgulikning elchisi, muhabbatsizlik esa har qanday yovuzlikning doyasidir. Bu — Ollohga muhabbatdir. Zotan, Ollohga muhabbatdan e'tiqod, muhabbatsizlikdan esa e'tiqodsizlik tug'iladi:

    Kel, ey tolib, ko'zing ibrat bilan och, Muhabbatsiz kishidin qush bo'lib qoch.

    Muhabbat ahlining jo'yoni bo'lg'ul, O'shalkim uchradi, qurboni bo'lg'ul. Kishining ko'nglikim begona bo'lsa,

    Erur dushman agar hamxona bo'lsa. Muhabbatsizki bo'ldi har qayu zot,

    Agar farzandi shirindur, erur yot.

    Ushbu sodda va samimiy misralar falsafiy fikrlarning hayoti tajribadan o'tib quyulgan badiiy umumlashmasidir.

    Ma'naviy kamolotning asosiy sharti o'zlikni anglamoqdir. O'zlikni anglamoqlikning birlamchi belgisi esa Haqni tanimoqdir:

    Nedur qulluq, aning mushtoqi bo'lmoq,

    O'zidin foniy, Haqg'a boqiy bo'lmoq.

    Tanimoq Tangrini — tonmoq havodin,

    Keyin turmoq fi'oli noravodin.

    Olloyorning fikricha, o'zlikdan kechish, o'zlik g'umrini tark etib, Haqning inon-ixtiyoriga o'tish abadiylik saodatidir. Kibru havodan, manmanlik mag'rurligidan voz kechish Tangrini tanishdan boshlanadi. Tangrini tanigan o'zligini anglaydi va noravo faoliyatdan, insoniylikka nomunosib xatti-harakatlardan albatta tiyiladi.

    Insonning ma'naviy faoliyatini lining ruhiyati boshqaradi. Ruhning mazhari esa ko'ngil. Shunday ekan, odam faqat yaxshi faoliyat bilan shug'ullanishi uchun lining ruhiyati musaffo ko'ngli pok bo'lishi kerak. Bu haqda Olloyor quyidagicha badiiy talqin beradi:

    Hama a'zo raiyatur, ko'ngil shoh,

    Amonlig' bo'lg'usi shoh adlidin roh.

    Agar sulton o'zi qilsa yomonlig',

    Qachon bo'lg'ay raiyatda amonlig'?!
    Shoir inson vujudini harakatdagi bir jamiyatga o'xshatadi. Vujudning barcha a'zolarini xalqqa, ko'ngilni esa xalqni boshqaruvchi shohga qiyoslaydi. Agar shoh adolatli bo'lsa, xaloyiqni to'g'ri yoiga boshlaydi, davlat va jamiyat ravnaq topadi. Agar shohning o'zi adolatsiz bo'lsa, fuqaroni noto'g'ri yo'lga yo'naltiradi, davlat va jamiyat tanazzulga uchraydi.

    Demak, ezgu faoliyat ko'ngilni poklashni taqozo etadi. Ko'ngilni poklash esa uzluksiz riyozatni talab qiladigan hayotiy jarayon. Ma'naviy kamolotni orzulagan inson, qanchalar mashaqqatli bo'lmasin, riyozatni ixtiyor etadi. Chunki riyozat, oxir-oqibatda, inson ruhiga rohat-farog'at yetkazadi. So'fi Olloyor ushbu falsafiy fikrni badiiy libosda hadya etadi:



    Riyozat mevasidir misli yang'oq,

    Agarchi zohiri shax, botini yog'.

    Maishat zohiri narm, oxiri qahr,

    Yilonni toshi yumshoqdur, ichi zahr.

    Shoirning ajoyib o'xshatishicha, riyozatning mevasi bamisli yong'oqdir. Riyozatning tashqi ko'rinishi mashaqqat, ammo ichki mohiyati rohat bo'lganidek, yong'oqning po'chog'i qattiq, ammo mag'zi yog'day yumshoq va yoqimlidir. Aysh-ishrat esa ilonga o'xshatiladi. Maishatning tashqi manzarasi yoqimli, dilkash, biroq oqibati qahr-g'azab, mast-alastlik mojarolari bilan yakunlanadi. Ilonning ham badani yumshoq va chiroyli, ichi esa to'la zahar. Shuning uchun shoir riyozat tuprog'iga har kun bosh qo'yishga — ibodat qilishga chorlaydi:



    Riyozat xokig'a har kecha ur bosh,

    Yurak qon bog'lasa, la'l otanur tosh.

    Zotan, muhabbat dardida riyozat chekkan yurak qon bog'lab, la'l toshidek qip-qizil tus oladi. Ko'ngil mulki dard mazhargohiga aylangach, insonning hamma uzvi poklanishga kirishadi. Shoir shuni tilab munojot etadi:


    Yomon ishdin hama uzvimni pok et,

    Ko'ngil mulkin maqomi dardnok et.
    So'fi Olloyorning aksariyat she'rlari sermag'iz yong'oqqa o'xshaydi. Ularda mag'zi to'q hayotiy, falsafiy fikrlar nasihat tarzida lo'nda ifodalangan. Bu nasihatlar ma'naviy barkamol insonni kamol toptirishga qaratilgan. Xususan, sharqona odob, nutq va muomala madaniyati alohida o'rin tutadi:
    Agar bo'lmasa sanda so'zg'a yetmak,

    Na davlatdur sukut etmak, eshitmak.

    Eshit, ammo qayu so'z bo'lsa behroq,

    Qulog'ingga ani halqa qilib toq.
    Ushbu baytlarda nutq odobining go'zal sabog'i mujassam. Shoirning fikricha, davrada yoxud anjumanda so'zlashga fursat yo navbat yetmasa, sukut saqlab tinglamoqlik ham katta davlat ekan. Darvoqe, suhbatdoshni tinglay bilish, muhim gapni nomuhimidan ayirib o'zlashtira olish ham zarur qobiliyat. Buning uchun sabr-toqat, fahm-farosat kerak. Hamma gapni xotiraga joylab olish shart emas, lekin eng muhim gapni uqib, doimiy hamroh halqadek quloqqa «taqib» olish muhimdir.

    Kerak joyda so'zdan saqlanish nutq madaniyati bo'lgani singari, kamgaplik, me'yorida so'zlash ham nutq odobidir:



    Kalidi ganji ma'nikim, «zabon»dur,

    Anga bir nuqta ko'b bo'lsa, «ziyon»dur.
    Til ma'no xazinasining kalitidur. Lekin, arabiy yozuvdagi «zabon» so'ziga ortiqcha bir nuqta qo'yilishi bilan u «ziyon»ga aylanadi. Nutq, suhbat, munozaradagi ortiqcha gap- so'zlar ham faqat ziyon keltiradi.

    Badmuomalalik, sanchib-sanchib gapirish kishini eldan chiqaradi, el undan yuz o'giradi:



    Kishi sanchiq so'z aytsa, san chiq ondin,

    Yomondin qoch, yomondin qoch, yomondin.
    Olloyor sabog'icha, xushmuomalalilik do'stlikning eng muhim shartlaridandir. Shoir bu boradagi har bir pandini noyob badiiy tamsillar bilan izohlaydi:

    Kulub mehmon qoshig'a chiqg'il, ey qui,

    Shajar mevadin oldin ko'rsatur gul.
    Mehmon kutar ekansiz, mehmondorchilikdan awal unga peshvoz chiqib, tabassum hadya eting. Avval xushmuomala izhor eting, keyin taom va nozu ne'matlar torting. Zotan, tabiatdan o'rnak oladigan bo'lsak, daraxt meva berishdan avval gul ochadi.

    Xushmuomalalik mo'min-musulmonlik madaniyatidir: Yamon til shumlig'iki, jong'a urg'ay. Gahe jondin o'tub unong'a urg'ay. Musulmon o'g'lig'a yaxshi qiliq qil, Tilingni xush, chiroyingni iliq qil», — deydi Olloyor.

    Uzoq muddat arazlab yurmoq, kina tutmoq musulmonlik odobidan emas:
    Yomonlarning ishidur kina tutmoq,

    Musulmonlik — yomonlikni unutmoq.

    Otang yerdur, sanam yerdek qiliq qil,

    Yomonlig' aylaganga yaxshilik qil.
    Bular So'fi Olloyorning shohbaytlaridir. Ular sharqona insonparvarlikning So'fi Olloyorona oliy ifodalaridir. So'fi Olloyor saboqlarini ma'naviyatimizga singdirish komil inson bo'lishning garovidir.

    So'fi Olloyor


    So'fi Olloyor 1620-yili Samarqandning Minglar qishlog'ida Olloquli ismli taqvodor kishi oilasida tug'ildi. U boshlang'ich ma'lumotni uyda va masjid huzuridagi maktabda oldi. So'fi Olloyor o'n yoshlarida Buxoroga borib, o'n besh yillar mobaynida Jo'ybor shayxlaridan ilm o'rgandi, kasb-hunar orttirdi. Buxoroda oila qurib, Muhammadsodiq, Amina, Halima ismli farzandlar ko'rdi. Olloyor yigirma besh yoshida Buxoro bojxonasida ishlay boshladi. Lekin ko'p o'tmay, bojgirlikni tark etib, tariqat yo'liga kirib, shayx Habibullo huzurida o'n ikki yil tahsil ko'rdi. Tahsil va tariqat riyozatlari natijasida So'fi Olloyor ma'naviy komil inson, alloma, karomatgo'y avliyo sifatida yetildi. U islom aqidalari, tasavvuf ta'limoti, ma'naviy kamolot muammolarini yoritgan «Maslak ul-muttaqin», «Siroj ul-ojizin», «Sabot ul- ojizin», «Murod ul-orifin», «Mazxan ul-mute'in», «Najot ul- tolibin» singari asarlari orqali dunyoga tanildi. So'fi Olloyorning qabri Surxondaryo viloyatining Denov tumani yaqinidagi qishloqlardan birida joylashgan. Ammo vafot yili va unga taalluqli boshqa tafsilotlar noma'lum. So'fi Olloyor diniy adabiyotning yirik namoyandasidir. Uning butun ijodiyoti islomiy ma'rifat bilan sug'orilgan. U o'zi sevgan tasavvuf ta'limotini o'zbekona sodda so'zlarda ifodalashga juda mohir. So'fi Olloyor Yassaviy va Mashrab singari o'ziga xos dunyoqarashga ega bo'lgan faylasuf allomadir. Shoir dunyoni islom nuri hamda tasavvuf timsollari ko'zgusida ko'radi va u orqali badiiy aks ettiradi. Shoir nazmida inson ma'naviy kamolotining asosiy omili sifatida muhabbat tasvirlanadi. Uning nazarida muhabbat har qanday ezgulikning elchisi, muhabbatsizlik esa har qanday yovuzlikning doyasidir. Bu — Ollohga muhabbatdir. Zotan, Ollohga muhabbatdan e'tiqod, muhabbatsizlikdan esa e'tiqodsizlik tug'iladi: Kel, ey tolib, ko'zing ibrat bilan och, Muhabbatsiz kishidin qush bo'lib qoch. Muhabbat ahlining jo'yoni bo'lg'ul, O'shalkim uchradi, qurboni bo'lg'ul. Kishining ko'nglikim begona bo'lsa, Erur dushman agar hamxona bo'lsa. Muhabbatsizki bo'ldi har qayu zot, Agar farzandi shirindur, erur yot. Ushbu sodda va samimiy misralar falsafiy fikrlarning hayoti tajribadan o'tib quyulgan badiiy umumlashmasidir. Ma'naviy kamolotning asosiy sharti o'zlikni anglamoqdir.O'zlikni anglamoqlikning birlamchi belgisi esa Haqni tanimoqdir: Nedur qulluq, aning mushtoqi bo'lmoq, O'zidin foniy, Haqg'a boqiy bo'lmoq. Tanimoq Tangrini — tonmoq havodin, Keyin turmoq fi'oli noravodin. Olloyorning fikricha, o'zlikdan kechish, o'zlik g'ururini tark etib, Haqning inon-ixtiyoriga o'tish abadiylik saodatidir. Kibru havodan, manmanlik mag'rurligidan voz kechish Tangrini tanishdan boshlanadi. Tangrini tanigan o'zligini anglaydi va noravo faoliyatdan, insoniylikka nomunosib xatti-harakatlardan albatta tiyiladi. Insonning ma'naviy faoliyatini uning ruhiyati boshqaradi. Ruhning mazhari esa ko'ngil. Shunday ekan, odam faqat yaxshi faoliyat bilan shug'ullanishi uchun uning ruhiyati musaffo, ko'ngli pok bo'lishi kerak. Bu haqda Olloyor quyidagicha badiiy talqin beradi: Hama a'zo raiyatur, ko'ngil shoh, Amonlig' bo'lg'usi shoh adlidin roh. Agar sulton o'zi qilsa yomonlig', Qachon bo'lg'ay raiyatda amonlig'?! Shoir inson vujudini harakatdagi bir jamiyatga o'xshatadi. Vujudning barcha a'zolarini xalqqa, ko'ngilni esa xalqni boshqaruvchi shohga qiyoslaydi. Agar shoh adolatli bo'lsa, xaloyiqni to'g'ri yo'lga boshlaydi, davlat va jamiyat ravnaqtopadi. Agar shohning o'zi adolatsiz bo'lsa, fuqaroni noto'g'ri yo'lga yo'naltiradi, davlat va jamiyat tanazzulga uchraydi. Demak, ezgu faoliyat ko'ngilni poklashni taqozo etadi. ko'ngilni poklash esa uzluksiz riyozatni talab qiladigan hayotiy jarayon. Ma'naviy kamolotni orzulagan inson, qanchalar mashaqqatli bo'lmasin, riyozatni ixtiyor etadi. Chunki riyozat, oxir-oqibatda, inson ruhiga rohat-farog'at yetkazadi. So'fi Olloyor ushbu falsafiy fikrni badiiy libosda hadya etadi: Riyozat mevasidir misli yang'oq, Agarchi zohiri shax, botini yog'. Maishat zohiri narm, oxiri qahr, Yilonni toshi yumshoqdur, ichi zahr. Shoirning ajoyib o'xshatishicha, riyozatning mevasi bamisli yong'oqdir. Riyozatning tashqi ko'rinishi mashaqqat, ammo ichki mohiyati rohat bo'lganidek, yong'oqning po'chog'i qattiq, ammo mag'zi yog'day yumshoq va yoqimlidir. Aysh-ishrat esa ilonga o'xshatiladi. Maishatning tashqi manzarasi yoqimli, dilkash, biroq oqibati qahr-g'azab, mast-alastlik mojarolari bilan yakunlanadi. llonning ham badani yumshoq va chiroyli, ichi esa to'la zahar. Shuning uchun shoir riyozat tuprog'iga har kun bosh qo'yishga — ibodat qilishga chorlaydi: Riyozat xokig'a har kecha ur bosh, Yurak qon bog'lasa, la'l otanur tosh. Zotan, muhabbat dardida riyozat chekkan yurak qon bog'- lab, la'l toshidek qip-qizil tus oladi. Ko'ngil mulki dard mazhargohiga aylangach, insonning hamma uzvi poklanishga kirishadi. Shoir shuni tilab munojot etadi: Yomon ishdin hama uzvimni pok et, Ko'ngil mulkin maqomi dardnok et. So'fi Olloyorning aksariyat she'rlari sermag'iz yong'oqqa o'xshaydi. Ularda mag'zi to'q hayotiy, falsafiy fikrlar nasihat tarzida lo'nda ifodalangan. Bu nasihatlar ma'naviy barkamol insonni kamol toptirishga qaratilgan. Xususan, sharqona odob, nutq va muomala madaniyati alohida o'rin tutadi: Agar bo'lmasa sanda so'zg'a yetmak, Na davlatdur sukut etmak, eshitmak. Eshit, ammo qayu so'z bo'lsa behroq, Qulog'ingga ani halqa qilib toq. Ushbu baytlarda nutq odobining go'zal sabog'i mujassam. Shoirning fikricha, davrada yoxud anjumanda so'zlashga fursat yo navbat yetmasa, sukut saqlab tinglamoqlik ham katta davlat ekan. Darvoqe, suhbatdoshni tinglay bilish, muhim gapni nomuhimidan ayirib o'zlashtira olish ham zarur qobiliyat. Buning uchun sabr-toqat, fahm-farosat kerak. Hamma gapni xotiraga joylab olish shart emas, lekin eng muhim gapni uqib, doimiy hamroh halqadek quloqqa «taqib» olish muhimdir. Kerak joyda so'zdan saqlanish nutq madaniyati bo'lgani singari, kamgaplik, me'yorida so'zlash ham nutq odobidir: Kalidi ganji ma'nikim, «zabon»dur, Anga bir nuqta ko'b bo'lsa, «ziyon»dur. Til ma'no xazinasining kalitidur. Lekin, arabiy yozuvdagi «zabon» so'ziga ortiqcha bir nuqta qo'yilishi bilan u «ziyon»ga aylanadi (ouj-oUj). Nutq, suhbat, munozaradagi ortiqcha gap- so'zlar ham faqat ziyon keltiradi. Badmuomalalik, sanchib-sanchib gapirish kishini eldan chiqaradi, el undan yuz o'giradi: Kishi sanchiq so'z aytsa, san chiq ondin, Yomondin qoch, yomondin qoch, yomondin. Olloyor sabog'icha, xushmuomalalilik do'stlikning eng muhim shartlaridandir. Shoir bu boradagi har bir pandini noyob badiiy tamsillar bilan izohlaydi: Kulub' mehmon qoshig'a chiqg'il, ey qul, Shajar mevadin oldin ko'rsatur gul. Mehmon kutar ekansiz, mehmondorchilikdan avval unga peshvoz chiqib, tabassum hadya eting. Avval xushmuomala izhor eting, keyin taom va nozu ne'matlar torting. Zotan, tabiatdan o'rnak oladigan bo'lsak, daraxt meva berishdan avval gul ochadi. Xushmuomalalik mo'min-musulmonlik madaniyatidir: Yamon til shumlig'iki, jong'a urg'ay. Gahe jondin o'tub imong'a urg'ay. Musulmon o'g'Iig'a yaxshi qiliq qil, Tilingni xush, chiroyingni iliq qil», — deydi Olloyor. Uzoq muddat arazlab yurmoq, kina tutmoq musulmonlik odobidan emas: Yomonlarning ishidur kina tutmoq, Musulmonlik — yomonlikni unutmoq. Otang yerdur, sanam yerdek qiliq qil, Yomonlig' aylaganga yaxshilik qil. Bular So'fi Olloyorning shohbaytlaridir. Ular sharqona insonparvarlikning So'fi Olloyorona oliy ifodalaridir. So'fi Olloyor saboqlarini ma'naviyatimizga singdirish komil inson bo'lishning garovidir.

    Download 0,52 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish