1-mavzu XVII-XIX asrning birinchi yarmi adabiyoti. Abulg'ozi bahodirxon reja



Download 0,52 Mb.
bet7/12
Sana28.11.2019
Hajmi0,52 Mb.
#27564
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1-mavzu XVII-XIX asrning birinchi yarmi adabiyoti. Abulg'ozi bah (1)


Kashkul — xayr-sadaqa yig'iladigan qovoqsimon idish.

  • Matbag'nazr-niyoz, sha'mlar solib yurish uchun qovoqdan qilingan idish.

  • Rido — qo'ltiqdan o'tkazib bo'yinga bogianadigan xalta. Ko'pincha xudoyi qilingan nonlar solingan.

    Mashrab she'riyati mazmun-mohiyatigina emas, janrlariga ko'ra ham rang-barangdir. Shoir mumtoz she'riyatimizdagi murabba', muxammas, musaddas, musabba', mustazod kabi xilma-xil janrlardan foydalanadi. Ularda Mashrab g'azaliyoti uchun xos bo'lgan bir qator badiiy xususiyatlar, majoziy tafsil (detal) va tamsil (obraz)lar rivojlantiriladi. Shoirning bu janrlardagi she'rlarida ham u dunyoga, ham bu dunyoga xos tafsillar hamda kechinmalar tasviri aks etgan:

    Bulbuldayinkim faryod etarman,

    Ishq daftarini bunyod etarman,

    Ko'ngullarimni men shod etarman,

    Yorga yetar kun bormu, yoronlar? —

    deb yozadi shoir murabba'laridan birida. Tuyg'ular — tabiiy. Ifoda — sodda. Ohang — ravon. Ayni vaqtda, mazmun — teran va o'ta murakkab. Muxammaslaridan biri esa shunday boshlanadi:

    Xonumonidin judo bo'lgan kishidan dard so'rang,

    O'rtanib qaddi duto bo'lgan kishidan dard so'rang,

    Dard-u g'amga mubtalo bo'lgan kishidan dard so'rang, Bekas-u bemuttako3 bo'lgan kishidan dard so'rang,

    Misli man bedastu po bo'lgan kishidan dard so'rang.

    Muxammasning keyingi bandlarida shoir bu „dard"larining ustini ocha boshlaydi. Ma'lum bo'lishicha, uning eng katta „dardi" „bekas" (kimsasiz)ligining, „bemuttako"ligining bosh sababi eng yaqin kishisidan ayrilganidir:

    Termulub qoldim bu yo'lda hamsafardin ayrilib, Yo'l adoshub g'amdadurman rohbardin ayrilib, Baxt qaro keldim bu yo'lda yaxshilardin ayrilib, Andalib erdim, qolibman bol-u pardin ayrilib, Men kabi baxti qaro bo'lgan kishidin dard so'rang.

    Insoniy ayriliq tasviri shoirning boshqa muxammaslarida ham uchraydi. Mashrabning bir muxammasi shunday boshlanadi:

    Ey, musulmonlar, netay, men yordin ayrilmisham, Fitnachashm-u sho'xi xush raftordin ayrilmisham, Bulbuli sho'ridaman, gulzordin ayrilmisham, Qoshlari yo, ko'zlari xunxordin ayrilmisham,

    Bir pari tal'at, shakarguftordin ayrilmisham.

    Bu satrlarda ilohiy mazmundan ko'ra tabiiy, hayotiy tuyg'u- kechinmalar ko'proq. Shoir tarjimayi holida ham bunga muvofiq tushadigan voqea-hodisalar oz emas. Qolaversa, mumtoz she'riyatimizda ijodkorning shaxsiy — intim tuyg'ulari hamisha ijtimoiy yoxud ilohiy mazmun bilan qo'shilib ketgan bo'ladi. Mashrabning ayrim muxammaslari ifodaning soddaligi, tasvirning o'ynoqiligi, tilning tushunarliligi bilan darrov o'quvchi e'tiborini tortadi. Shoirning „Yorning ko'yida men bormoq edim" deb boshlanadigan muxammasi shu jihatdan diqqatga molikdir:

    Yorning ko'yida men bormoq edim,

    Har necha javr-u jafo tortmoq edim,

    Qonga to'lgan yuragim yormoq edim,

    Oy sanamning ko'yida yurmoq edim,

    Kokulini ko'zima surtmoq edim.

    Shoir orzuni ifodalashi lozim bo'lgan -chi qo'shimchasidan atay foydalanmaydi. Shuning uchun ifoda o'ziga xoslik kasb etgan va xalq og'zaki ijodida bo'lgani kabi o'n bir bo'g'inli misralar yuzaga kelgan. Ifodaning shu taxlit sal kemtikroq bo'lishi she'r ruhiga qandaydir bir yengillik bag'ishlagan. Undagi timsollar tizimi ham Mashrabona murakkablikdan xoli bo'lib, odmi ko'rinish olgan. Muxammasning ohangi ham, mazmuni ham xalqona ruh kasb etgan:

    Olmani qo'shsa bo'lurmu norg'a,

    Haq rizo ko'ngulni qo'shg'ay yorg'a,

    Bir nazar qilsang bu Mashrab zorg'a,

    Yolborib arzim deyay dildorg'a,

    Yastanib ko'yingda men yotmoq edim.

    Shoirning „Va'da qildi bir kelay deb, ko'zga uyqu kelmadi" misrasi bilan boshlanadigan muxammasi dastlab majoziy ishq tasviriga bag'ishlangandek taassurot qoldiradi. Hajmi anchagina katta, o'n ikki band, oltmish misrali bu she'rda banddan bandga o'tgan sari ifoda quyuqlashib, mazmun teranlashib, insoniy sevgining ilohiy qirralari ko'rinib boraveradi. Shu she'rni kuzatish asnosida chin oshiqning majoziy muhabbati qay tariqa ilohiy ishqqa evrilishini bir qadar payqash mumkin bo'ladi:

    Va'da qildi bir kelay deb, ko'zga uyqu kelmadi, Termulub yo'lida turdum, sho'xi badxo' kelmadi. Necha keldi shum raqiblar, ul pariro' kelmadi, Dardidin o'ldim, tabib, dardimga doru kelmadi,

    Men shahidi ishq bo'ldum, qatrai suv kelmadi.

    Birinchi bandda ilohiy jazba, samoviy muhabbat, Yaratganga qo'shilish singari istaklarning nishoni ham sezilmaganday tuyuladi. Shoir o'zining sho'x va sitamkor yoridangina yozg'irayotganday bo'ladi. Ikkinchi bandda ham qahramonning oshiqona holati ko'rsatiladi. Uchinchi bandga borib, tasvir yo'nalishida o'zgarish, tasvirlarida ilohiy mohiyatga ishora seziladi:

    Oh-u voh aylab, g'ariblik shahrida bemorman,

    Gar olur bo'lsang bu jonim ol, sanam, bezorman, Pardani yuzdin ko'targil, oshiq-u diydorman...
    Muxammasning keyingi baytlarida tasvir keskinlik kasb etadi, shoir holatida junun, telbalik ustuvorlik qiladi. Shuning uchun ham oldin bir g'azalida aytgani „shakkoklik"ni yana qaytaradi:

    Ko'rmasam bir dam seni, bayt ul-haramni naylayin?

    Qolg'on Ibrohimdin ul eski do'konni naylayin?

    Ham bihisht-u kavsar-u hur-u g'ilmonni naylayin?

    Yetti aflok-u sakkiz jannat — makonni naylayin?

    Bul sababdin, do'stlar, ko'ngulga yog'du kelmadi.



    She'rning bu o'rinlarida ilohiy ishq shavqi avj nuqtaga ko'tariladi. Shu bois shoir goho telbalik qilganday, o'z o'rnini bilmaganday, payg'ambarimiz Ibrohim alayhissalomga, Ka'baga behurmatlik qilganday tuyuladi. Lekin so'fiy oshiqning, o'zini bus-butun Alloh yo'liga bag'ishlagan qalandarning holatidan kelib chiqilsa, o'zidan kechgan, „men"ligini unutgan, Yaratganga qo'shilib ketgan kimsaning pokiza tuyg'ularini anglash, tuyish mumkin bo'ladi. Shoir o'zini fidoyi, begunoh hisoblamaydi. Shoirning:

    Kuygusi tongla qiyomat dod-u ohimni ko'rub,

    Qolgusi mahshar eli hayron gunohimni ko'rub,

    Tiyra bo'lg'ay yeru ko'k ro'yi siyohimni ko'rub, —



    tarzidagi iqrori qahramonning samimiyatini ko'rsatadi va uni o'quvchiga yaqinlashtiradi.

    Mashrab ijodida „Ne g'urbatlarni chektim, charx bebunyod dastingdan" deb boshlanadigan musaddas ham muhim o'rin tutadi. Unda shoirning adolatsiz qurilgan dunyo tartibotidan noroziligi, vafo ko'rsatib, bevafoliq topgani, hajr otashida qovrilgan yurakning fig'onlari aks etgani uchun ham:
    Hama obod bo'ldi, bo'lmadim obod dastingdan,

    Ki, men har qayga borsam, dod etarman, dod dastingdan


    misralarini har band so'ngida takror keltiradi. Bu hol she'rda lirik qahramon kayfiyatining to'liq ifoda topishiga imkon beradi. Garchi, musaddas — oltilikda olamiy ma'nolar, ilohiy muammolar aks etgan bo'lsa-da, tuyg'ular tug'yoni, dil iztiroblari, to'g'ri yo'lini topolmayotgan solikning fig'onlari tasvirlangan esa-da, so'zlar g'oyat soddavash, o'quvchi tomonidan oson hazm etiladigan tarzda qo'llanilgan. Eng qaltis onlarda ham Mashrab yaxshilikdan umid qiladi. Shu bois ham musaddas so'ngida: „Iloho, sen yetur himmat yo'lig'a xasta Mashrabni",— deya murojaat qiladi.

    Isyonkor shoir she'riyatida mustazodlar ham o'ziga xos o'rin tutadi. Tuzilishiga ko'ra eng qaltis ruhiy holatlarni berishga mo'ljallangan bu poetik shakl Mashrab kabi tuyg'ulari ko'kka sapchigan ijodkor uchun qo'l kelishi tabiiy edi. Uning „Aytay senga dard-u alamim, ofati jonim, fikr ayla o'zungga" deb boshlanadigan mustazodi shoir holatini ifoda etishi jihatidan muhim ahamiyatga egadir. An'anaga ko'ra bu she'r ham ishqiy yo'nalishda. G'azal singari qofiyalanadigan bu she'riy turning misralardan keyin kelib, o'zaro qofiyalanadigan va sindirilganday tuyuluvchi qisqa satrlari shoirga eng keskin ruhiy holatlarni ham erkin ifodalash imkonini bergan:

    Boshimga agar kelsa balo, sabr etadurman,

    Sendin kecharim yo'q,

    Qaydin kechayin, ko'nglumda to’ladur senga mehrim,

    Men oshiqi shaydo.

    Shoirning „Bul xasta vujudimni meni o'rtadi butkul, Ul zulfi parishon" tarzida boshlanadigan mustazodida ham sitamkor va bevafo ma'shuqa ko'yida abgor bo'lgan oshiq holati eng nozik sezimlariga qadar tiniq tasvir etilgan. Bu asarda oshiq va yor holati ko'proq tazod yo’li bilan berilganligi ular tabiatidagi muhim jihatlarni yorqin ko'rsatishga imkoniyat yaratgan:

    Bul xasta vujudimni meni o'rtadi butkul,

    Ul zulfi parishon,

    Ul gul yuzining ishqida men volau bulbul,

    Ul g'unchai xandon.

    Bir rahm qilib so'rmadi holimni nechuk deb,

    Ul orazi gulgun.

    Yuz va'da qilib birga vafo qilmadi bir yo'l,

    Ul va'dasi yolg'on.

    Yor sifatlarining to'rt misrada ham „ul" so'zidan so'ng berilishi va ular o'z holicha salbiy ma'no tashimasalar-da, oshiqning abgor ahvoli sababchisi sifatida ma'shuqaning sitamkor, bevafo, berahmligini namoyon etishi shoir mahorati samarasidir.

    Mashrab she'riyati mazmun teranligidan tashqari, badiiy jihatdan ham yetuk, mukammaldir. U so'zni g'oyat nozik his etadi, ohangni yaxshi ilg'aydi, tashbih-majozlardan samarali foydalanadi. Mana shu baytda ifodalangan holat murakkabligi va tasvir go'zalligi kishini hayratga soladi:

    8-mavzu



    Jahon Otin Uvaysiy hayoti va ijodi

    (1789/90-1850)



    REJA:


    1. Shoira hayoti va faoliyati haqida

    2. “Ko’ngil tog’ o’ldi” g’azali

    3. Shoira chistonlari haqida



    Xonliklar davri o'zbek shoiralarining mashhur vakillaridan biri Uvaysiydir. XIX asr xalqimiz tarixida shoiralarning butun bir shodasini maydonga keltirdi. Bular Uvaysiy, Nodira, Dilshod otin, Mahzuna, Anbar otin, Nozimaxonim kabilar edi. Bu ro'yxatning boshida, shubhasiz, Uvaysiy turadi. Jahon otin 1789 — 90- yillarda Marg'ilonda ziyoli oilada tug'ildi. Otasi Siddiq kosiblik bilan shug'ullansa-da, madrasa ko'rgan, she'r va musiqaga oshno kishilardan edi. El orasida „Hofiz bobo" nomi bilan tanilgan bo'lib, o'zbekcha va tojikcha she'rlar bitardi. Onasi Chinnibibi maktabdor otin edi. Qizlarga dars berardi. Akasi Oxunjon hofiz ko'zga ko'ringan xonanda va sozandalardan bo'lgan. Jahon otin shu muhitda o'sib- ulg'aydi. Juda erta savodi chiqdi, otasi ko'magida arab, fors tillarini o'rgandi. She'rga, musiqaga ko'ngil qo'ydi. Ilk she'rlari bilanoq atrofdagilarning diqqatini tortdi.

    Jahon otin o'n yetti yoshida marg'ilonlik Hojixon ismlik bir kishiga turmushga uzatildi. Hojixon ma'rifatli, so'z va sozni xush ko'rgan kishilardan edi. Shu sababli ular bir-birlari bilan ahil va inoqlikda yashadilar. Muhammadxon ismli farzand ko'rdilar. Jahon otinning „Uvaysiy" taxallusi bilan bitilgan she'rlari xalq orasiga yoyila bordi va uning dovrug'i bu vaqtlarda Marg'ilon hokimi bo'lib turgan Umarbekning umr yo'ldoshi shoira Nodirabegimga ham yetib bordi. Ikki oila bir-biri bilan yaqinlashib, Oxunjon hofiz saroy sozandasi qilib olindi. Hojixonga esa, hokimlikdagi martabalardan biri in'om qilindi. Biroq bu kunlar uzoq davom etmadi. Hojixon erta vafot etdi. Jahon otin yakka-yolg'iz o'g'li-yu bo'yidagi homilasi bilan qoldi. Ko'p o'tmay, qizi Quyoshxon tug'ildi. Bu vaqtlarda Umarxon Qo'qon xoni, Nodirabegim malikai davron edi.

    Nodirabegim Uvaysiy oilasini Qo'qonga ko'chirtirib keladi va ularning do'stona munosabatlari 1842- yil fojiasiga qadar davom etadi. Uvaysiy saroyda ekan, qizlarga xat-savod o'rgatadi, she'r va musiqa ta'limi bilan shug'ullanadi. Uning otin nomini olishi bejiz emas edi. Mutaxassislar shoira o'z faoliyati davomida ko'plab shogirdlar chiqarganini, ular orasida iste'dodli qalam egalari bo'lganini xabar beradilar. Biroq shoiraning 1842- yilgacha bo'lgan hayoti ham bir tekis kechgan emas. 1822- yilda Amir Umarxon vafot etib, o'rniga o'g'li Muhammad Alixon o'tirgach, Uvaysiy xonadoniga notinchlik kirib keladi. Xon shoiraning o'g'li, 14—15 yoshli Muhammadxonning „Majnun" taxallusi bilan durustgina she'rlar bitishidan xabar topib, saroy xizmatiga mahram qilib oladi. Shu orada, Uvaysiy bilan Muhammad Alixon orasida gap qochadi va xon shoiraning o'g'lini sarboz sifatida Qashqarga harbiy yurishga jo'natib yuboradi. Uvaysiyga o'g'lini qayta ko'rish nasib etmaydi. Bu narsa shoiraga qattiq ta'sir qiladi. She'rlarida ayriliq ohangi kuchayadi. Uvaysiy Nodirabegimdan ijozat olib, Marg'ilonga qaytadi. Butun mehrini qizi Quyoshxonga berib, uning tarbiyasiga kirishadi.

    Quyoshxon har jihatdan mukammal bo’lib, voyaga yetadi. „Xokiy" taxallusi bilan ajoyib she'rlar bitadi. Uni balog'atga yetgach. marg'ilonlik Abdusamad qori degan yigitga uzatadilar. Qori ilm-ma'rifatdan uzoq, mutaassib bir kishi edi. U Quyoshxonning she'r va musiqaga bo'lgan har qanday qiziqishini taqiqlab qo'yadi. Har bir xatti-harakatini ta'qib va tazyiq ostiga oladi. Bularga chiday olmagan Quyoshxon 1839- yilda o'ttiz yoshida vafot etadi. Uvaysiy qizidan bir yoshda qolgan nabirasi Bibi Xadichani tarbiya qila boshlaydi. Biroq bu tarbiya 1850- yilda shoiraning vafoti bilan uzilib qoladi. Qizig'i shundaki, Bibi Xadicha ham „Azmiy" taxallusi bilan she'rlar yozgan. U Andijonning Mingtepasidan bo'lgan Abduqodir degan kishiga uzatilgan edi. Uning qizi Xoljonbibi ham „Mag'ziy" taxallusi bilan tanilgan shoira edi. Uvaysiy merosi bizga asosan, mana shu Xoljonbibi orqali yetib kelgan.

    XX asrning 60- yillarida olimlarimiz Andijon viloyatining Marhamat tumanida Uvaysiy avlodlari yashayotganini aniqlab, shoiraning chevarasi Xoljonbibi bilan uchrashishga va anchagina ma'lumotlarni qo'lga kiritishga muvaffaq bo'ldilar. Uvaysiyning she'riy devoni topilib, 1983- yilda „Ko'ngil gulzori" nomi bilan nashr etilgan.

    Uvaysiy she'riyati ham, birinchi navbatda, ishqiy she'riyatdir. O'tmishdosh va zamondoshlarinikidan farqi shundaki, unda ayol kishining kechinmalari bo'rtib ko'rinib turadi. Masalan, undagi mahbub — boshiga salla o'ragan yigit. Shoiraning lirik „men"i o'z mahbubini sog'inadi. Ishqida kecha-kunduz nola chekadi. Holbuki, Uvaysiyga qadar sevish va u haqda yozish ham asosan erkaklarga xos sifatlar deb qaralgandi. Uvaysiy ayolning gulday nozik qalbi tebranishlarini o'zbek adabiyotiga olib kirgan ijodkorlardandir.

    Oh, gulruxsora jonon, xordurman ishqida,

    Dil aro qoh, siynasi afgordurman ishqida

    deb boshlanadi uning g'azallaridan biri. Lekin ko'p o'tmay, bu ishqning mazmuni ancha kengayadi, ilohiy ohanglar kasb eta boshlaydi. Shoiraning g'azal maqta'sida o'zini „ramz matoi bozori" ekanini ta'kidlashi ham buni yaqqol ko'rsatadi:

    Gar kishi bo'lsa xaridori Uvaysiy ichra bor,

    U1 matoyi ramzg'a bozordurman ishqida.

    Aslida, sinchiklab qaragan kishiga bunga ishora g'azalning matla'sida ham borligi ma'lum bo'ladi. Chunonchi, gulyuzli (gulruxsora) jononga xitoban ishlatilgan ,,xordurman" so'ziga ham ikki ma'no joylangan edi: qadrsizlanmoq va tikan. Tikan — gulning doimiy hamrohi. U bu gulning g'unchaligida ham hamroh edi. Shuning o'ziyoq bu ishqning azaliy, demakki ilohiy ekanligiga dalildir. Lekin bu xil satrlar ko'p emas. Aksincha, shoira she'rlarida maishiy turmush lavhalari, umrni g'animat sanash, undan zavq va surur ola bilish, qadrlashga da'vat kuchli. Shunday yashamoq kerakki, ko'ngilda armon qolmasin.

    Uvaysiy jahondin o'tti, murodig'a yetmadi,

    To'ymoqqa rasm yo'qdur qorin suygan oshga.

    Shoira ,.Suygan oshga qorin to'ymas" maqoli yordamida o'zjning muhabbat bilan to'la kechgan oilaviy hayotiga baho berayotganday. U Hojixon bilan baxtli hayot kechirdi. Bir-birlarini tushunib, bir-birlaridan ilhom olib yashadilar. Biroq birgalikdagi bu hayot g'oyat qisqa bo'ldi. Shoira unga to'ymay qoldi. Irsoli masal (she'rda biror maqol yoxud hikmatli sp'z yordamida fikrni ifodalash) muallifning maqsadini ham, hayotiy fojiasini ham maromiga yetkazib anglatadi. Chindan ham u sevgan yor har jihatdan go'zal, betimsol edi. Shoira she'rlarida yorning timsoli shunday chiziladi:
    Qadding nozuk, qoshing nozuk, ko'zung nozuk,

    labing nozuk,

    Tiling nozuk, so'zung nozuk, tishing durri Adan, nozuk.
    Shoira boshqa ijodkorlardek o'zini chetda tutib turmaydi, yerga urmaydi. Aksincha, o'zini ham unga tamomila munosib hisoblab, „ikki ko'ngul", „ikki tan"ni bir-biriga qovushtirish — „vasl" va „anjuman" taklifi bilan chiqadi:
    Iki nargis, iki ko'ngul, iki tan, ikki jon birlan,

    Birin biriga vasl aylab, qiloli anjuman nozuk.
    Quyidagi satrlar esa, shoiraning baxtli kunlaridan yodgorlikdek taassurot qoldiradi:
    Dedi bir kun menga ul mahvash'im: „Ey, sho'xi beparvo!"

    Men aydim: „Sen dema, men deyki: solding boshima

    savdo!"

    Misralarda bir-birini tushunadigan, ayaydigan, o'zaro navozish-u erkaliklari bor sevishganlargagina xos holat aks etadi. Ma'shuqa oshiq hajridan chekkan iztirobini an'anaviy yo'sinda ifoda etishdan tortinmaydi:

    Ato qildi xudo menga seningdek dilbari barno,

    Visoling qatrayedur, mavj urar hajring bo'lub daryo!

    Shoiraning „Aylanayin", „Netayin" radifli g'azallari ham o'z samimiyati, o'zbekona lutfi-marhamati bilan yoqimli taassurot qoldiradi.

    Uvaysiy devonidagi g'azallar orasida o'g'li Muhammadxon sog'inchi bilan bog'liqlari ham bor. Hatto she'rlaridan biri „Sog'indim" radifi bilan yozilgan bo'lib, unda farzand sog'inchi ochiq ko'rsatilgan:
    Bugun, ey do'stlar, farzandi jononimni sog'indim,

    Gado bo'lsam ne ayb, ul shohi davronimni sog'indim.


    Shoiraning ijtimoiy-tasavvufiy qarashlarini belgilashda uning „Zamona kulfatidin bu ko'ngul dog' o'ldi, dog' o'ldi" hamda „Uvaysiyman" radifli ikki g'azali alohida o'rin tutadi. Har ikki she'rda hayotning inson boshiga yog'diradigan turfa sitamlari shoiraning shaxsiy fojialari bilan teran bog'liqlikda ochib beriladi. Mana, ulardan birining matla'si:
    Mehnat-u alamlarga mubtalo Uvaysiyman,

    Qayda dard eli bo’lsa, oshno Uvaysiyman.


    Shoira Alloh dardida yashaydiganlarga oshno bo'lishni istaydi, shunga tayyorligini izhor qiladi. G'azalning keyingi satrlarida o'z holatini asoslaganday bo'ladi. Ya'ni bu olamda vafo ahlini izlab topolmagani uchun ham „barchadin ko'z yumgani"ni bayon etadi. She'rning uchinchi baytida so'fiyona maqsad oshkor aytiladi:

    Uz diling taalluqdin, band qil xudo sori,

    To degil kecha-kunduz: „Mosivo Uvaysiyman!"

    Shoira Allohga olib boradigan yo’lidan boshqa barcha narsadan aloqani uzishni, Yaratgan muhabbatidan o'zga hamma narsadan mahrum bo'lishni orzu qiladi. G'azalning keyingi baytlarida bu tuyg'u yanada yorqin namoyon bo'ladi:
    Faqr borgohiga qo'ysa gar qadam har kim,

    Bosh agar kerak bo'lsa, jon fido Uvaysiyman.


    Faqirlik — tariqat yo'liga tushgan yo'lovchi bosib o'tishi lozim bo'lgan asosiy manzillardan biri. Shu yo'lga tushgan odamdan shoira hech narsani, hatto jonini ham ayamasligini bildiradi. Uvaysiyning Allohga muhabbatida ham o'zbek ayoliga xos bosiqlik, nazokat, hayo sezilib turadi. U Mashrab singari isyonkorlik qilmaydi yoki Mansur singari dor da'vosini etmaydi. Lekin uning ham dilidan had bilmas muhabbat joy olgan. Shu bois:

    Uvaysiy beriyozat deb sahl tutma, ey orif,

    Ishq aro nihon dardi bedavo Uvaysiyman

    deydi she'r maqta'sida shoira. Chindan ham o'zini har tomonga tashlamagani, muhabbatining otashin harorati haqida bong urmagani uchun uni ilohiy ishqdan, komillik yo'lidagi azoblardan yiroq deyish to'g'ri emas. Solikning ilohiy ishqi — yashirin va davosiz.

    Uvaysiyning „Zamona kulfatidin bu ko'ngul dog' o'ldi, dog' o'ldi" tarzida boshlanadigan g'azalida odamlar nokomilligidan, nafs manfaati yo'lidagi qilmishlari sabab pokiza tuyg'ular ularni tark etganligidan ozorlangan ezgu qalb egasining sezimlari aks etadi. Yassaviy bir zamonlar nodonlardan qochishni kuylagan bo'lsa, Uvaysiy ham „Bu ko'tohfahm mardumdin ko'ngul dog' o'ldi, dog' o'ldi",— deya zorlanadi. Chindan ham odamni tushunishdan yiroq kaltafahm odamlar ko'pligi kishining hayotini qorong'ulikka botiradi. Ko'ngil dog'ligiga sabablardan biri uning ochilmasligida: „Ochilmay gulsifat ushbu ko'ngul dog' o'ldi, dog' o'ldi". Shoira ijtimoiy tuzum, siyosiy adolatsizlik haqida emas, balki odamlarning o'zaro munosabatlaridagi aldov, yolg'on, nosamimiylik singari illatlardan ozorlanadi va uning nozik qalbi qayta-qayta „dog' o’la" veradi.

    Shoiraning devonida mustazod, muxammas, tarji'band, tarkibband, chistonlar ham bor. Ularda ham, tabiiyki, sihoira g'azallaridagi fikr va ohanglar davom etadi. Umumishqiy mazmundan tashqari, Uvaysiy tarjimayi holi tafsilotlari ham qalarnga olinadi. Bu borada uning bir tarji'bandi diqqatga sazovor. Tarji'band Muhammad Alixonga shikoyat shaklida yozilgan. Og'izdan-og'izga o'tib kelgan ma'lumotlarga qaraganda, Uvaysiy Qo'qonda Nodirabegim in'om etgan hovlida yashab turganida, Qashqardan kelgan Hasan degan uysiz baqqolga omonatga joy beradi. Biroq u ko'p o'tmay, tovlamachilik yo'li bilan ushbu hovlini o'ziniki qilib olishga erishadi. Ushbu she'rning dastlabki ikki bandini keltiramiz:

    Qil amon, yo rab, aduvlar mojarosidin meni, Saqlag'il osiy bu mardumning izosidin meni,

    Ser ayla lutfi sultonlar atosidin meni,

    Qil judo bul baxt-u tole'lar qarosidin meni, Qutqar, ey xonim, Hasan boqqol balosidin meni, Qilg'on ul behuda ham jabr-u jafosidin meni.



    Shoira bu asarida komillikka intilgan bir solik sifatida odamlarning ma'rifatsizligidan yozg'irmaydi, balki adolatsizlikka duch kelgan oddiy bir jabrdiyda sifatida shikoyat qiladi. Uning qalbini ayrim odamlarning qabihliklari, yaxshilikka yomonlik qila olishi larzaga soladi.

    Uvaysiy bir qator she'riy topishmoq — chistonlar ham yaratgan. Ulalrdan anorga bag'ishlangani xalq orasida juda mashhur. Aslida shoira zamonida bu mavzuda ko'plab asarlar yozilgan. Ularning aksariyati bir-biriga o'xshaydi. Amir Umarxonning 1816- yildagi O'ratepaga yurishida asira qilib olib kelingan o'n olti yoshlik Dilshodi Barnoda ham shunga o'xshashroq she'r uchraydi. Lekin anor timsolida haramdagi „bag'ri qon" qizlarni ko'rish saroyga yaqin bo'lgan va uni yaxshi bilgan Uvaysiydan boshlangan bo'lishi ehtimolga yaqinroq. O'sha mashhur chistonida Uvaysiyning badiiy mahorati, odamga xos sifatlarni narsalarda ko'ra bilish san'ati yaqqol namoyon bo'ladi:

    Ul na gumbazdur, eshig-u tuynugidin yo'q nishon, Necha gulgunpo'sh qizlar manzil aylabdur makon? Sindirib gunbazni, qizlar holidin olsam xabar, Yuzlariga parda tortilgan, yoturlar bag'ri qon.



    Uvaysiy uchta doston ham yozgan. Bular: „Voqeoti Muham­mad Alixon", „Shahzoda Hasan haqida doston", „Shahzoda Husayn haqida doston". Birinchisi — Muhammad Alixonning Qashqar safariga bag'ishlangan bo'lib, tugallanmay qolgan. Asarda xonning tuzilishi, taxtga chiqishi va safarga otlanishi voqealari berilib, Marg'ilonda onasi bilan xayrlashib, yo'lga tnshishi bilan uziladi. Keyingi ikki doston esa islom olamining mashhur shaxsiyatlaiidan hazrat Alining o'g'illari Imom Hasan va Imom Husayn voqealariga bag'ishlangan. Chunonchi, Imom Hasanning Muoviya bilan bo'lgan janglari va xiyonatkorona o’ldirilishi tasvirlangan. Shahzoda Husayn voqealari esa, Karbalo dashtida yuz bergan edi. Imom Husayn va uning farzandlari Yazid bilan bo'lgan tengsiz jangda shahid bo'ladilar. Shundarii buyon Dashti Karbalo Chiqish she'riyatida shahidlar qoni to'kilgan mo'tabar bir joy sifatida ramziy ma'no kasb etib keladi.

    Uvaysiy o'z she'rlari bilan o'zbek shoiralarning adabiyot olamiga zafarli yurishini boshlab berdi. She'riyatimizni yangi ohang va tuyg'ular bilan boyitdi. Ayol qalbining nozik va murakkab kechinmalarini ifoda etdi.

    Savol va topshiriqlar



    1. Shoiraning hayot yo'lidagi asosiy bosqichlarni ko'rsating.

    2. Uvaysiy ijodining o'zbek she'riyati rivojidagi o'rni qanday? Bu haqdagi qarashlaringizni ayting.

    3. Shoiraning avlodlari va ularning adabiyotga munosabatlari haqida darslikdagi ma'lumotlarni qaytaring.

    4. Uvaysiyning hayoti uning asarlarida qanday namoyon bo'lgan?

    5. Shoira ijodida so'fiyona yo'nalish qanday namoyon bo'lganini ko'rsating.

    6. Uvaysiy g'azallarining badiiy jihatlariga to'xtaling.

    7. Shoira she'rlarida ayollarga xos fikrlash yo'sini, tuyg'ular tizimi ko'ringan o'rinlarni toping.

    8. Uvaysiyning bir g'azali va bir chistonini yod oling.

    9-mavzu

    Mohlaroyim Nodira hayoti va ijodi

    (1792 -1842)

    REJA:


    1. Shoira Nodira hayoti va ijodi haqida

    2. “Ehtiyoj”, “Etib ket” radifli g’azallar

    3. Shoira “Firoqnoma”si haqida


    O'zbek adabiyoti rivojida salmoqli o'rin tutgan bu shoiraning asli ismi Moihlaroyim bo'lib, „Nodira" uning taxallusidir. Mohlaroyim Andijon hokimi Rahmonqulbiyning qizidir. Rahmonqulbiy ming urug'ining e'tiborli kishilaridan edi. Mohlaroyim o'z davrining kibor oilalariga xos yuksak tarbiya ko'rdi. Husni va aqli haqidagi gap-so'zlar atrofga yoyila bordi. Uning ta'rifini eshitgan Marg'ilonning yigirma uch yoshli hokimi, Qo'qon xoni Norbo'tabiyning o'g'li Umarbek 1808- yilda unga uylanadi. 1810- yilda esa, Umarbekning akasi, Qo'qonda xon bo'lib turgan Olimxon o'ldiriladi va Umarbek akasining o'rniga xon qilib ko'tariladi. Ular Qo'qonda o'n ikki yil birgalikda baxtiyor hayot kechiradilar. Muhammad Alixon va Sulton Mahmud ismli farzandlar ko'radilar.

    1822- yilda Amir Umarxon vafot etadi. Bu yo'qotish Nodiraga qattiq ta'sir qiladi. Shunga qaramay, u o'zini qo'lga olib, otasi o'rniga xon bo'lib ko'tarilgan o'n to'rt yashar Muhammad Alixonning yonida maslahatchi va ko'makchi bo'lib turadi. Shoiraning zamondoshlaridan biri u haqda shunday yozgan edi:

    Hure bu sifat kelur oz,

    Xurshid kabi jahonda mumtoz.

    Olam aro baski, hukmrondur,

    Bilqisi mamoliki jahondur...

    Fazl ahliga berdi ancha poya,

    Mehridin alar boshida soya.

    Ayladi Amir ruhini shod,

    Adl ila qilib jahonni obod.

    Bu satrlar „Uzlat", ,,Mahjur" taxalluslari bilan ko'plab asarlar yozgan shoir Nodiraning „Haft gulshan" („Yetti gulshan") dostonidan olindi. Ushbu doston Nodiraga bag'ishlangan edi. Shoir uning ilm-fan ahliga e'tiborini, va ayniqsa, adolatini alohida ta'kidlab, „jahon mamlakatlarining Bilqisi" deb ta'riflaydi. Bilqis asli parilar zotidan bo'lib, Sulaymon payg'ambarning umr yo'ldoshi bo'lgan deb naql qilinadi. U kishining nomlari Qur'onga ham kirgan.

    Nodira davlatni idora qilishda ko'proq atrofidagi fozila va shoira ayollarga suyandi. O'zi ham qalam egasi boigani uchun she'r ahlini o'ziga juda yaqin tutdi. „ Barno" taxallusi bilan o'zbek va tojik tillarida she'rlar yozgan Dilshod otin Nodiraga bag'ishlovlarida uning bu boradagi murabbiy va homiyligini alohida ta'kidlagandi. Shoir Nodirning „Haft gulshan" asarida shunday satrlar bor:

    Yig'ibon har tarafdin necha xotun,

    Barisi fazl-u donish ichra otun

    Bari Zebunisodek erdi shoir,

    Bari Maryam kabi zuhd ichra mohir.

    Barining fahmi bir-birdin fuzunroq,

    Barining ilmi bir-birdin uzunroq.

    Nodira 1842- yilda ikki xonlik o'rtasidagi janjallar qurboni bo'ldi. Buxoro amiri Nasrulloxon Nodira xatti-harakatlarida „kufr" ko'rdi va Qo'qonda shariatni tiklamoq iddaosi bilan mamlakatga bostirib kirib, shoiraning o'g'illari: Muhammad Alixon, Sulton Mahmudxon va o'n ikki yoshli nabirasi Muhammad Aminni Nodirabegim ko'zi oldida qatl etdi. So'ng Nodiraning o'zini ham azoblab o'ldirtirdi.

    Nodira, avvallo, yuksak salohiyatli shoira edi. Uning she'rlarini e'tirof etish, unga naziralar yozish, muxammaslar bog'lash o'z zamonasidayoq boshlangan. Uning faoliyatiga, ijodiga oid ma'lumotlar bir qator tarixiy va adabiy asarlarda uchraydi. XX asrdan boshlab, u haqda maxsus ilmiy-tadqiqot ishlari paydotbo'la boshladi. Shoiraning „Nodira", „Komila", „Maknuna" (yashirin) taxalluslari bilan o'zbek va tojik tillarida ijod etgani va asarlarining umumiy miqdori o'n ming misra atrofida ekani aniqlandi. Nihoyat, u haqda adabiyotshunos M. Qodirovaning maxsus monografiyasi maydonga keldi.

    Nodira she'riyati qizg'in va hayajonli, boy va mazmundor, ayni paytda fojialar bilan to'la hayotining o'ziga xos sharhlaridan iborat. Bu she'riyatning bosh mavzui ishqdir. Uning har bir satridan ishq hidi anqiydi. Nodira she'riyatining bosh qahramoni ko'pincha Amir Umarxondir. Barcha ta'rif va tavsiflar, ishtiyoq va intilishlar ungadir. „Ey!” deb boshlanadigan barcha xitoblar unga qaratilgandir. Bu she'riyatning ijodkori goh baxtidan masrur, goh baxtsizligidan mahzun Nodirabegimdir.

    Shoira sig'inadigan yagona Alloh — ishq. Uning toat-u ibodati, namoz-u niyozi ham — muhabbat. U o'z she'rlarida „ishq namozini ado" etishini aytadi. Hatto bir she'rida muhabbatni odamiylikning asosiy o'lchovi hisoblashini bildiradi:


    Muhabbatsiz kishi odam emasdur,

    Gar odamsan, muhabbat ixtiyor et.



    Zamondoshlari Amir Umarxon bilan Nodirabegim turmushining baxtli kechganini xabar qiladilar. Umarxon ko'p jihatdan mukammal bir kishi bo'lgani ma'lum. U shoir sifatida „Amir", „Amiriy" taxallusi bilan go'zal she'rlar bitgan, devon tartib qilgan edi. Shijoati va botirligini shundan ham bilsa bo'ladiki, tarixiy manbalar uning arslon bilan yakkama-yakka olishib, yengib chiqqanini ma'lum qiladi. Shoiraning umr yoidoshini bu qadar suyishi va undan iftixor etishi bejiz emasdi. Yorning o'zi u yoqda tursin, xabarchisMiam unga bir dunyo quvonch bag'ishlardi:
    Marhabo, ey payki sulton, marhabo,

    Hudhudi mulki Sulaymon, marhabo.

    Tal'ating farrux, muborak maqdaming

    Qildi kulbamni guliston, marhabo.

    Xo'b kelding, yaxshi keltirding xabar,

    Aylading dardimga darmon, marhabo...


    Yorning o'ziga esa, shoira joni-jahonini fido qilishga tayyor:

    Ne g'amdur menga ishq aro, Nodira,

    Agar boisa, jononga jonim fido.

    Amir Umarxonning vafoti unga juda qattiq ta'sir etadi. Shoira she'riyatiga tuganmas g'am, hijron ohanglari kirib keladi:

    Nodira ahvolidin ogoh o'lung,

    Ey musohiblarki, qolmish yorsiz

    deb yozadi bir she'rida. Hijron azobini tortgan ma'shuqa kayfiyati ifoda etilgan mashhur she'rlaridan biri quyidagi satrlar bilan boshlanadi:

    Vasl uyin obod qildim, buzdi hijron oqibat,

    Seli g'amdin bu imorat bo'ldi vayron oqibat.
    Shoira o'zining hijrondan o'rtanishlarini kuylar ekan, ishqning so'fiyona mohiyatini ham unutmaydi. Ushbu g'azalidagi bir baytda shunday yozadi:

    Zohido, ishq-u muhabbat ahlini ma'zur tut, Yor ko'yida na bo'ldi shayx San'on oqibat.



    Nodiraning „Ayru", „Talx" (achchiq), „Dud" radifli she'rlari ham ayriliq haqida. Shoira ularda goh ajaldan dod soladi, goh falakning notantiligidan, davronning bevafoligidan shikoyat qiladi. Goh dunyoda baxti to'kis biror odam yo'qligini o'ylab, taqdirga ko'ngandek bo’ladi. Lekin yorini ko'nglidan chiqara olmay:

    Nigori gulbadanimni tushimda ko'rsam edim,

    Labi shakkarshikanimni tushimda ko'rsam edim

    deya faryod qiladi shoira. U o'tmishni, oshiq bilan birga kechgan baxtiyor kunlarni eslaydi, o'shalar bilan tasalli topgandek bo'ladi. U bilan xayollarida gaplashadi, usiz o'tgan kunlarini, hijronning dilni yoquvchi iztiroblarini aytib, ko'nglini bo'shatmoqchi bo'ladi.

    Nodiraning „Doda keldim, ey salotin sarvari, dodim eshit" misrasi bilan boshlanadigan g'azali, chamasi Amir Umarxonning tiriklik chog'ida yaratilganga o'xshaydi. Unda kuyunchak dil izhori o'z ifodasini topgan, yonginasida turgan yorining vaslidan bebahralik qiynoqqa solgan ayol fig'oni mahorat bilan aks etgan:
    Doda keldim, ey salotin sarvari, dodim eshit,

    Sen shah-u, men benavo, lutf ayla, faryodim eshit.



    Sevishgan kishilar o'rtasidagi munosabatning nozik va sirliligi, ko'pincha tushunarsiz va chigalligi shu satrlarda yaqqol ko'rinadi. Keyingi baytlarda shoiraning hijroni qay darajada azob berayotgani quyuq mubolag'a bilan tasvir etiladi. G'azalning beshinchi baytida birdaniga, go'yo tasodifan shoiraning hayotiga bevosita daxldor bo'lgan hayotiy manzara „yarq" etib ko'zga tashlanadi:

    Barcha yor-u oshnodin aylading begonalig',

    Necha kunlar bo'ldi hargiz qilmading yodim eshit.

    She'rning bu bayti an'anaviy ifodalar, shoirona lutflar, oshiqona navozishlarni emas, balki qandaydir bir sababga ko'ra e'tibordan qolgan ma'shuqaning oshig'iga astoydil murojaatiga, iltijosiga ko'proq o'xshaydi. Ayniqsa, she'rning quyidagi misralari samimiyati, hayotiyligi bilan ajralib turadi:
    Kelki, bir soat seni ko'rmoq uchun ushtoqmen,

    Telba bo'ldim sendin ayru, ey parizodim, eshit.


    Nodiraning „Qilmag'il, zinhor izhor ehtiyoj" so'zlari bilan boshlanadigan g'azali Umarxonning vafotidan so'ng yozilganga o'xshaydi. She'rdagi ayrim ishoralar, shoiraning o'z mahzun holatini, muhtojligini bildirmaslikka chaqirishi shunday deyishga asos berganday bo'ladi:

    Qilmag'il, zinhor izhor ehtiyoj,

    Kim, aziz elni qilur xor ehtiyoj.

    Odam qadrini har nedan ustun qo'yishga intiladigan Nodira do'stdan muhtojligi (ehtiyoj)ni bildirmaslik, aytmaslikni o'tinadi. Negaki, muhtojlik aziz kishini xor qiladi. Keyingi baytda shoiraning hayotga faylasufona nazar tashlashi sezilib turadi:

    Hech kim olamda forug'bol emas,

    Har kima o'z miqdoricha bor ehtiyoj.

    Chindan ham olamdagi odamki bor ehtiyojmand, ya'ni nimagadir muhtoj. Birov baxtga, birov davlatga, birov e'tiborga, boshqasi muhabbatga, kimlardir Alloh visoliga, o'zgasi nafsga ehtiyojmand. Muhtojlik shunday kuchki, undan forig' bo'lgan odam yo'q:

    Ko'zlarim aylar yuzingni orzu,

    Kim erur ko'zguya diydor ehtiyoj.

    Shoiraning ko'zlari yoryuziga muhtoj, go'yoki yuz ko'zguga muhtoj bo'lganidek. Shoira yordan qismatini yengillatishni kutadi, imdod umid qiladi. Axir, yor oldida ag'yorlar bilan ma'shuqa teng bo'lmasligi kerak. Begonadan oshiqni farqlay bilish lozim:

    Qil ravo, albatta, oshiq hojatin, Boqmag'il, arz etsa ag'yor ehtiyoj.



    Nodira inson qadri, uning g'ururi ko'p narsalardan baland bo'lishi kerak deb biladi. Shuning uchun ham yorga qarata:

    Gar tilarsen obro' ahbob aro, Aylama zinhor izhor ehtiyoj



    deydi. Odam qadrini yuksak tutish, uning g'ururini ehtiyojlardan afzal bilish mazmuni shu tariqa she'riy ko'rinish kasb etadi.

    Nodiraning „Yorning vasli emas ozorsiz" satri bilan boshlanadigan g'azali tuyg'ular samimiyati, ayriliq tasvirining tabiiyligi, badiiy ifoda yo'sinining soddavashligi bilan alohida e'tiborga sazovordir. G'azal lirik qahramonning o'z qismati haqida o'ylar ekan, jo'ngina hayotiy hodisadan teran ma'no qidirishi bilan boshlanadi:

    Yorning vasli emas ozorsiz,

    Gulshan ichra gul topilmas xorsiz.

    G'azalda ishq, yor timsollari tasavvufiy ma'no kasb etmaydi. Unda hayotiy yo'qotishlar og'ushidagi chorasiz ayol anduhlari ifoda etiladi:

    Ul parivash vaslidin bo'ldim judo, Rohati dil qolmadi dildorsiz.



    Tuyg'ular — samimiy, ifoda — aniq, so'zlar — chin. Faqat shoira an'anaga ko'ra yor timsolini „parivash" atamasi orqali ifodalagan. Chunki she'riyat tarixida ayolning o'z iztiroblarini o'z tilidan bayon etish tajribasi mavjud emasdi. Buning ustiga, turkona hayo, odob singari qadriyatlar ham bunga izn bermasdi. G'azalning uchinchi baytida odatga sodiq qolingan, ya'ni she'rga ag'yor timsoli kirib keladi:

    Yor uchun ag'yor dardin tortaman, Ko'rmadim bir yorni ag'yorsiz.



    Nodira hayot haqiqatlarini shunchaki bayon qilmaydi, ag'yorlar zulmidan jo'ngina yozg'irib qo'ya qolmaydi. Balki shu asnoda go'zal badiiy manzara, musiqiy ohang hosil qiladi. Uchinchi baytning har misrasida „yor" va „ag'yor" so'zlarining kelishi ham zid ma'nolarni ifodalashi, ham bir o'zakdan yasalgan so'zlar ekanligi bilan badiiy effekt hosil qiladi.

    G'azalning maqta'sida tasvir samimiyati yangi bosqichga ko'tariladi. Ungacha yorsiz jonda tinim, tanda rohat qolmagani, qahramonning ko'rinishiga, qomatiga ishonmaslik lozimligi, chunki uning qomati bog'dagi harakatsiz sarvday o'lik ekani bildirilgan baytlardan so'ng ahvolimdan ogoh bo'ling degan o'tinchning berilishi g'azal ta'sir kuchini keskin oshiradi:

    Nodira ahvolidin ogoh bo'ling,

    Ey musohiblarki, qolmish yorsiz.

    Nodiraning „Kel, dahrni imtihon etib ket" misrasi bilan boshlanadigan g'azali favqulodda teran fikrlarga boyligi, ifodaning kutilmagan tarzda yorqinligi bilan kishini o'ziga tortadi. She'rning lirik qahramoni dunyoni imtihon etishga, „Sayri chamani jahon etib ket"ishga chorlanadi. U — ko'ngil kishisi, ishq ahlidan. Shu bois ham o'zgalarning g'amiga befarq bo’lolmaydi:

    Bedardlarningjafolaridin Faryod etib, fig'on etib ket.



    Faryod-u fig'on shu qadar adoqsizki, qahramonning ko'ngli emas, ko'zi ham o'zgalarga saboq berish darajasiga yetgan. Shu bois hatto ko'z yosh hayrat sabog'ini uning ko'zidan „ravon qilish"i, ya'ni olishi mumkin:

    Ey ashk, ko'zimning maktabidin Hayrat sabaqin ravon etib ket.



    Nodira faqat fig'on chekish bilangina kifoyalanmaydi. Ba'zan isyon qilgusi, mavjud tartiblarni o'zgartirgisi keladi. Bu holni g'azalning quyidagi misrasida yaqqolroq tuyish mumkin:

    Olam chamaniki bevafodir, Bir oh bilan xazon etib ket.



    Lirik qahramonning ishqi shunchalar kuchliki, uning ko'nglida tuyg'u emas, olov porlaydi. U birgina oh bilan bevafo olam chamanini sarg'aytirib, qovjiratib qo'yishi hech gap emas. Shoira ishq sirini birovga aytib bo'lmasligini biladi. Bilgani bois g'azalda deydi:

    Fosh etma ulusqa ishq sirrin Ko'ngulda ani nihon etib ket.



    Darhaqiqat, oqillar yuksak tuyg'ular haqida begonalar bilan sirlashmaydilar. Nodirabegim shaxsiy tuyg'ularini, faqat o'ziga xos iztiroblarini aks ettirar ekan, nihoyat umuminsoniy masalaga yetib keladi. U odam umrining mazmuni, tirikligining qadri haqida o'yga toladigan faylasuf shoira ekanini ko'rsatadi:

    Maqsad na edi jahona kelding, Kayfiyatini bayon etib ket.



    Shoiraning muhabbat lirikasida uning „Xating ishtiyoqin savod ayladim" deb boshlanadigan bir tarji'bandi ham muhimdir.

    Xating ishtiyoqin savod ayladim, Ko'zumning qorasin midod ayladim. Meni baski devona qildi g'aming, Junun ahlig'a ittihod ayladim.

    Ko'rub tushda yuzingni beixtiyor,

    Fig'on chektim andog'ki, dod ayladim.

    Rafiqim jigarxasta afgorlar,

    Alar birla ahli vidod ayladim.

    Senijud-u ehsona targ'ib etib, Xitobingni xayruljavod ayladim.

    Xat" deb qiz bola labi ustidagi mayin tukka ham, maktubga ham aytiladi. „Savod aylamoq"da ham bir necha ma'no bor. Biri — yozmoq. Ikkinchisi — qora qilmoq. Uchinchisi — suyanmoq. She'rda har uch ma'noga ham o'rin bor. Satrning birinchi ma'nosi: xating ishtiyoqini yozaman. Ikkinchi ma'nosi: xating ishtiyoqiga suyanaman. „Midod" siyohdir. Ko'zimning qorasini siyoh qilib yozdim, demoqda shoira. Xat, savod, midod she'rda ajoyib tanosub yaratadi. Bunday mutanosiblik tarji'bandning misol keltirilgan birinchi bandidagi har bir satrida bor. Keyingi misralarda muhabbatning shavqi kuchaygani qahramonni junnun ahliga birlashtirgani, yorning yuzini tushda ko'rganda. chekkan ohi faryodga aylangani holati juda ta'sirli berilgan.



    Shoiraning hijron she'rlari orasida „Firoqnoma" asari iztirobli tug'yonlari bilan alohida ajralib turadi. She'r muashshar, ya'ni o'nlik bandlar shaklida yozilgan. She'r falakdan shikoyat bilan boshlanadi. Har bir band:

    Hech kim, yo rab, jahonda yoridin yrilmasun,

    Jondin ortiq mehribon dildoridin ayrilmasun,-

    satrlari bilan yakunlanadi.

    Darhaqiqat, shoira og'ir judolikka uchragandi. U o'z yorini avji muhabbat pallasi — o'ttiz yoshida yo'qotgan edi. She'rda firoq iskanjasida to'lg'anayotgan qalb, falak sinovlari oldida ojiz-u notavon oshiq holati g'oyat ta'sirli chizilgan:

    Ohkim, behad menga javr-u jafo aylar falak, Furqat ichra qismatim dard-u balo aylar falak, Yordin ayru mango ko'p mojaro aylar falak, G'am ila guldek yuzimni kahrabo aylar falak, Bevafodur oqibat, kimga vafo aylar falak, Hasrat-u, dard-u, alamga mubtalo aylar falak, Yorni, albatta, yoridin judo aylar falak,



    Gul bila bulbulni bebarg-u navo aylar falak, Hech kim, yorab, jahonda yoridin ayrilmasun, Jondin ortuq mehribon dildoridin ayrilmasun.

    Aytish kerakki, Nodira ijodiyoti motamsaro she'rlardangina iborat emas. Unda hayotbaxsh ranglar, shodon ohanglar ham ancha. Qolaversa, u davlat arbobi ham edi. Ayniqsa, Amir Umarxon vafotidan keyin Muhammad Alixon esini taniguniga qadar davlat ishlarini yuritish uning izmida qoldi. Shu jihatdan, shoiraning davlat yumushlari borasidagi qarashlari muhim ahamiyatga ega. Nodiraning ijodida ham shohlik, davlat tutumi haqida aytilgan fikr-mulohazalari bor. Devondagi she'rlari orasidan „Abas" radifli bir asar ham o'rin olgan. „Abas" - bekor, befoyda degan ma'nolarni bildiradi. Shoira she'rni keng, falsafiy miqyoslarda boshlab, gapni shohlikka buradi va shunday deydi:

    Fuqaro holig'a gar boqmasa har shoh, anga

    Hashmat-u, saltanat-u, rif at-u, shon, barcha abas.

    Shoh uldurki, raiyyatga tarahhum qilsa,

    Yo'q esa, qoidai amnu amon, barcha abas.

    10-mavzu



    Gulxaniy, Maxmur ijodi

    REJA:


    1. Gulxaniy haqida

    2. “Zarbulmasal” xususida

    3. Maxmur va uning ijodi haqida


    Muhammad Sharif Gulxaniy XVIII asrning uchinchi choragi va XIX asrning birinchi yarmida Qo'qon xonligida yashab ijod etgan san'atkor shoir va mohir masalchidir. Boiajak adib Qo'qonning Sarbotir mahallasida tug'ilgan degan ma'lumotlar bor. Gulxaniyning tug'ilgan vaqti aniq bo’lmasada, vafot etganda ellik besh yoshlarda ekanligi aytiladi va Muhammad Alixon hukmronligidan oldinroq yashab o'tganligi Dilshod Barnoning „Tarixi muhojiron" asarida dalolat qilinadi. Shunga qaraganda, shoirning XVIII asrning yetmishinchi yillarida dunyoga kelib, Amir Umarxon zamonida vafot etganini taxmin qilish mumkin. Gulxaniyning asl ismi Muhammad Sharif bo'lib, „Gulxaniy" va „Jur'at" uning taxalluslaridir. Bu haqda Fazliy yozadi:

    Bu Jur'atki, awal edi Gulxaniy,



    Erur barcha hazyon demaklik fani.

    Ayrim mutaxassislar „Gulxaniy" taxallusi shoirning ham- momda o't yoquvchi bo'lib ishlaganidan olingan deb da'vo qilsalarda, Fazliy Namangoniyning „Majmuai shoiron", Po'lat Qayumiyning „Tazkirai Qayyumiy" asarlaridagi ma'lumotlar bunday qarashni rad etadi.

    Asli qorateginlik bo'lgan otasidan juda yoshligida yetim qolgan Gulxaniy sarkardalardan Xudoyquli Bahodirning tarbiyasida boigani bois xon sipohilaridan qilib olinadi. Uning shiddatli va jasur jangchi ekanligi hamma tomonidan tan olinganiga qaramay, sipohilik martabasi unchalik baland bo'lmaydi. Biror yuqoriroq askariy lavozimga erisholmaydi. Yo'qchilikda hayot kechiradi va soqoliga oq tushmagan holda vafot etadi.

    Shoirdan „Zarbulmasal"dan tashqari, bir devon meros qolgani haqida ma'lumotlar bo'lsada, devon topilmagan. Hozircha shoirning o'n ikki g'azali, bir forscha qasidasi va „Zarbulmasal" asari yetib kelgan.

    Download 0,52 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish