1-mavzu XVII-XIX asrning birinchi yarmi adabiyoti. Abulg'ozi bahodirxon reja



Download 0,52 Mb.
bet9/12
Sana28.11.2019
Hajmi0,52 Mb.
#27564
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
1-mavzu XVII-XIX asrning birinchi yarmi adabiyoti. Abulg'ozi bah (1)


Lirik merosi. Ogahiy ulkan lirik shoirdir. Zamonasidayoq e'tirof topgan, she'rlari tildan-tilga o'tib, el orasida shuhrat qozongan. U o'z ona tilidan tashqari fors tilida ham go'zal she'rlar yozdi, zullisonayn sifatida ikki tilda ijod qildi. Shoirning lirik asarlari ikki to'plamda jamlangan va har ikkisi bizgacha yetib kelgan. Ularning biri „Bayozi mutafarriqai forsiy" („Forscha she'rlar to'plami") deb nomlanib, mutaxassislar fikricha, shoirning talabalik yillari tuzilgan va u, nomlanishidan ma'lum bo'lganidek, shoirning fors tilida yozilgan she'rlarini o'z ichiga oladi. Unda ko'proq Chiqishdagi mumtoz shoirlarning she'rlari jamlangan bo'lib, Ogahiy she'rlari soni yigirmataga ham yetmaydi.

Ogahiyning asosiy she'riy merosi ona tilida yozilgan bo'lib, „Ta'viz ul-oshiqin" devonida to'plangan. „Ta'viz ul-oshiqin" — „Oshiqlar tumori" degani. Devon Xiva xonlarining eng ziyoli va taraqqiyparvarlaridan „Feruz" taxallusi bilan ajoyib she'rlar yozgan Muhammad Rahimxoni Soniy — Muhammad Rahimxon ikkinchi (II) saltanati davri (1865—1910) da uning taklif va talabi bilan tuzilgan. Negaki, Ogahiy ushbu devonning „Debocha"sida Muhammad Rahimxonning olim va fozillarga g'amxo'rligini alohida ta'kidlab, Ogahiyga shu vaqtgacjia yozgan barcha she'rlarini to'plab, devon tuzish, hatto unga maxsus „Debocha" ham ilova qilishni topshirganligini qayd etadi. Ogahiy devoni shu tariqa maydonga keldi. Shoir uni nomlashda devondagi she'rlar mazmunidan kelib chiqdi. Bundagi she'rlar, shoirning o'zi aytganidek, „...barchasi dardi ishq o'tining harorati bila og'ushta (to'la) ...edi. ...Agar ishq va dard ahlining qo'lig'a tushsa, ta'viz (tumor) yanglig' bo'yunlarig'a osib, izzat bila asrar erdilar va mutolaa qilib, shavqangiz (shavq qo'zg'atuvchi) mazmunlari dorusidin ishq bemorliqi maraz (dard)ig'a nav'i shifo topar erdilar. Ushbu munosabat bila bu saodatnishon devonni „Ta'viz ul-oshiqin" ismi bila mavsum qildim (atadim)..."

Devon tartib qilingach, katta shuhrat qozondi. Hatto 1882, 1905- yillarda Xiva bosmaxonasida ikki marta ko'p nusxada nashr qilindi. To'plam ancha salmoqli bo'lib, undan to'rt yuz ellikka yaqin g'azal o'rin olgan edi. Ma'lumki, an'anaga ko'ra g'azafllar devonda alifbo tartibida joylashtirilgan. Buning uchun matla'ning so'nggi harfi asos qilib olingan. Ma'lum bo'lishicha, Ogahiy alifbodagi hamma harflarga g'azal bitgan ekan. Devonda qasida, musaddas, murabba', musamman, masnaviy, tarji'band, qit'a, ruboiy, tuyuq kabi boshqa janrdagi she'rlar ham bor.

Ogahiy she'riyati har qanday bachkanalikdan, o'rtamiyo nachilikdan tamoman xoli yuksak ishqiy-tasavvufiy she'riyatdir. To'g'ri, unda falsafiy-tasavvufiy, ijtimoiy-siyosiy, ta'limiy-axloqiy ohanglar ham yo'q emas. Umuman, uning she'riyati rangin. Lekin bu rnavzularning aksariyatini birlashtirib turgan narsa ishqdir, muhabbatdir. Undan so'ng ijtimoiy yo'nalishdagi she'rlar ustuvorlik qiladi. Ayrim namunalar misolida shoir she'rlarining badiiyati darajasini ko'rib chiqish mumkin. Bu borada uning xalq orasida keng tarqalgan „Ustina" radifli g'azali boy material beradi. Ma'lumki, har qanday g'azalda, ko'pincha, obraz va ifodalar ikki o'q atrofida birlashadi. Biri — yor tavsifi, ikkinchisi — hoi tasviri. Ushbu she'rda buning ikkisi ham bor bo'lib, ifoda ko'lami keng. Bir qaraganda, u sof ishqiy she'rdek. Lekin bag'rida falsafa ham, axloq ham, ijtimoiyot ham, hatto siyosat ham bor. Lekin, yetakchi ohang — ishq.

O'zungni bu yuk chekkali chogiagil,

Kamar belga himmat bila bog'lagil.
Shoir saltanat ishi g'oyat og'ir, uning azob-u mashaqqatlari ko'pligini aytib, yosh xonni ogohlantiradi. Ayni vaqtda „belni bog'lash" lozimligini ham ta'kidlaydi. Negaki, shohlik Xudoning marhamati va ezgu ishlar qilish imkoniyatidir. Qasidaning keyingi qismida shoir yosh podshohga to'g'ridan-to'g'ri boshqarish sirlarini o'rgatishga kirishadi. U saltanat ishlarini yaxshi yo'lga qo'yish uchun qilinishi shart bo'lgan yigirma ikki sifatni va saltanatni tanazzulga olib boradigan o'n sakkiz illatni ham ko'rsatib beradi. Ogahiy shohning nasihatlariga quloq osishini umid qiladi va shunga amal qilib yurt boshqarsa, niyatiga yetishiga ishonadi:

Bularga qayu shahki qilsa amal,

Aning mulkiga aSlo yetmas xalal.

Shaho, olarn ichra bugun shohsen,

Burundin bu so'zlarga ogohsen.

Umidim buldurkim, amal qilg'asen,

Amal aylamakda jadal qilg'asen.

Ogahiy boshqa qasidago'ylar singari yosh hukmdorni maqtab, xushomad tulporini maydonga surmaydi. Balki yurt boshqarish yuzasidan aniq va foydali o'gitlar beradi. Asarning badiiy xususiyatlari ham diqqatga molikdir..

Ogahiy she'riy asarlarida poetik san'atlardan hamisha samarali foydalangan. Shoir qaysi san'atni ishlatmasin, uni real hayot manzaralariga moslab olishga harakat qiladi. Hatto mubol'ag'ani ham hayotiy asoslarga quradi. Masalan, bir she'rida: „Ko'zum yoshiga toya-toya keldim",— deydiki, shoirning xayoloti parvozining balandligiga lol qolmasdan iloj yo'q. Ushbu bir satr butun boshli drama va hayratomuz manzarani o'z bag'riga jo qila olgan.

Shoir she'riyatida ma'noga muvofiq tarzda ohanglar ham xilma- xildir. Goh unda ishq shiddatli tug'yon uradi, ehtiroslar junbushga keladi, goh shoir yengil mutoyibaga, o'ynoqi ohanglarga ko'chadi:
Dardi dilim ango dedim, dema ani mango dedi,

Kim manga oshiq o'lsa, ul lozim erur ango dedi.


Yuz uza ikki nargising, vah, ne balo qaro, dedim, Ko'nglung-u joning olg'uchi ikki qaro balo, dedi.
G'azal shu zaylda davom etadi. Ko'rinib turganidek, she'r savol- javob shaklida. Ritm — yengil, ohang — o'ynoqi. Birinchi misraning o'zida ichki qofiya ham bor (ango—mango). Ayni paytda bu ichki qofiya misralararo asosiy qofiya ham boiib kelyapti (mango-ango). Takrorlangan „dedim-dedi"lar esa she'riy zarb va o'ynoqilikni ta'minlashga xizmat qilmoqda. Aslida mazmunning o'zi — o'ynoqi. Dilimdagi dardni unga aytib edim, u buni menga aytma, menga oshiq bo'lgan kishining nasibasi shu, chidaydi, dedi. Ikkinchi baytda oshiq undan oq yuzidagi ikki ko'zining bu qadar qoraligi sababini so'raydi. Yor esa ularning biri oshig'ining ko'nglini, ikkinchisi jonini olguvchi „qora balo'iar ekanligini aytadi. Birinchi misradagi „ne balo qaro" so'zlari ko'zning qora ekanligini kuchaytirish, ta'kidlash uchun xizmat qilgan bo'lsa, ikkinchi misradagi „qaro balo" u qora ko'zlarning oshiq uchun balo-ofatligiga urg'u bergan. Ikki so'zning bu xil o'rin almashib kelishi „tardi aks" (teskari takror) san'ati deyiladi va u ko'pincha takrorlanuvchi so'zning yangi-yangi ma'nolarini kashf etadi. Ayni vaqtda, „qaro" so'zi, ko'pincha, „katta" ma'nosida ham kelishi ko'zda tutilsa, misrada „katta balo" mazmuni ham yashiringani ma'lum bo'ladi.

Ogahiy qofiya, radif kabi badiiy vositalarning imkoniyatlaridan g'oyat unumli foydalanadi. Masalan, she'rda musiqiylikni hosil qilishda qofiyadan tashqari radifning ham o'rni alohida. Takrorlanuvchi har bir ma'nili va kerakli so'z she'rga ohangdoshlik beradi, shoir ko'zda tutgan ma'noni kuchaytiradi. Shu jihatdan, Ogahiy o'z g'azallarida ikki, uch, to'rt, hatto besh so'zdan tashkil topgan radiflardan ham foydalanadiki, bu ulkan badiiy samata beradi:

Ey sho'x, ko'z-u qoshinga olam gado, men ham gado.



La'li labi durposhinga olam gado, men ham gado.

Baytdagi so'zlardan ikkitasigina bugun kamroq ishlatiladigan so'zlar sirasiga kiradi. Biri — qip-qizil ma'nosini beruvchi qimmatbaho „la’l" — yoqut, ikkinchisi — dur sochuvchi yoki aqlli gaplar aytuvchi degan ma'nolarni ifodalaydigan „durposh" so'zidir. Misrada „durposh" so'zining har ikki ma'nosi ham namoyon bo’lganligi uning ta'sirchanligini oshirishga olib kelgan. Ko'rinadiki, shoir so'zning ma'no va ohang imkoniyatlaridan samarali foydalanadi.

Ogahiy - tarjimon. Ogahiy Xorazm tarjima maktabining asoschisidir. U o'n to'qqiz asarni fors tilidan o'zbek tiliga taijima qildi. Ularning salmoqli qismi badiiy va ta'limiy-axloqiy asarlar edi. Masalan, ular orasida Kaykovus ibn Vushmagirning ..Qobusnoma". Sa'diy Sheroziyning „Guliston", Nizomiy Ganjaviyning „Haft paykar" („Yetti go'zal"), Amir Xusrav

Dehlaviyning „Hasht behisht" („Sakkiz jannat"), Badriddin Hiloliyning „Shoh va gado", Husayn Voiz Koshifiyning „Axloqi muhsiniy" (,,Yaxshi xulqlar kabi Chiqish dunyosida mashhur dostonlar, pandnomalar bor edi. Bu asarlar nafaqat Sharq adabiyotida, jahon adabiyotida ham ma'lum mavqega ega. Chunonchi, „Qobusnoma" Kaspiy dengizi bo'yida maydonga kelgan Mozandaron davlqtining hukmdori Kaykovus ibn Vushmagirning 1183- yilda o'z o'g'li Gilon§hohgayozgan nasihatnomasi bo'lib, dunyoning juda ko'p tillariga tarjima qilingan.

Sa'diy Sheroziy (1189—1292)ning „Quliston" asari bir vaqtlar yosh Alisherning ham sevimli kitoblaridan edi. U o’zining mashhur „Lison ut-tayr" dostonida bu asarni maktabda sevib o'qigan kitoblaridan biri sifatida xotirga oladi. Uni 1390-1391- yillarda Sayfi Saroyi ilk bor o'zbekchaga tarjima qilgan edi. Ogahiy uni 1862—1863- yillarda ikkinchi bo'lib tarjima qildi. XX asrda ham bu asar ikki marotaba (1909, 1968) o'zbek tiliga ag'darildi. Eng so'ngida ulkan shoir G'afur G'ulom unga qol urdi. Bu tarjimalar orasida Ogahiyniki ham alohida o'rin egallaydi.

Ogahiy o'z tarjimalari haqida ma'lumot berarkan, Nizomiyning „Haft paykar", Dehlaviyning „Hasht behisht", Jomiyning „Salomon va Ibsol", „Bahoriston", „Yusuf va Zulayho" asarlarini ham o'zbekchaga o'girganini aytadi. Shoir ularni tarjima qilishda ancha erkin yondashdi, „Haft paykar"ga o'xshagan ayrim asarlarni nasriy bayon etish bilan kifoyalanadi.

Ogahiy tarjimalari orasida „Zafarnoma", „Tabaqoti Akbarshohiy" kabi tarixiy asarlar, „Zubdat ul-hikoyot" („Hikoyalar qaymog'i"), „Badoye ul-vaqoye" („Go'zal voqealar") kabi voqeiy hikoyalar majmualari ham bor edi. Ayniqsa, Zayniddin Vosifiyning XV asr adabiy-madaniy muhiti, buyuk shaxslari hayoti va ular bilan bog'liq qiziqarli hikoyatlarni o'zida jamlagan „Badoye' ul-vaqoye"ning tarjima qilinishi Alisher Navoiy davrini o'rganish va anglashda muhim ahamiyatga ega edi.

Ogahiy — tarixchi. Ogahiy amakisi va murabbiysi Munis vafot etgach, faqat miroblik emas, saroy muarrixi (tarixchisi) vazifasini ham bajardi. Boshqacha aytganda, 1829- yildan boshlab, barcha davlat ishlarida xonning yonida bo'ldi. Xonlik miqyosida sodir bo'lgan barcha muhim hodisalarni yozib bordi. Qisqacha aytganda, 1829- yildan hayotining so'ngigacha bo'lgan davrdagi xonlikning tarixini yaratdi. Ogahiy hayoti davomida quyidagi tarixiy asarlarni yozdi:

l.„Riyoz ud-davla" („Jannat bog’lari") 1844- yilda yozilgan. Xiva xonligida 1825-1843- yillarda Olloqulixon zamonasida yuz bergan tarixiy voqealar yoritilgan.

  1. Zubdat ut-tavorix" („Tarixlar qaymog'i") 1845—1846- yiliarda yozilgan bo’lib, 1843-1846- yillarda hukmronlik qilgan Rahimqulixon davri voqealarini aks ettiradi.

  2. Jome ul-voqeoti sultoniy" („Sultonlarga doir voqealar to'plami") 1856-1857- yillarda yozilgan. 1846-1855- yillarda hukmronlik qilgan xonlar: Muhammad Aminxon, Abdullaxon, Qutlug'murod davri voqealarini tasvirlaydi.

  3. Gulshani davlat" 1856—1865-yillarda saltanat surgan Sayyid Muhammad Bahodirxon davri voqealariga bag'ishlangan.

  4. Shohidi iqbol" „Feruz" taxallusi bilan she'rlar yozgan mashhur Muhammad Rahimxoni Soniy (II)ning taxtga chiqishidan 1872- yilgacha bo'lgan davri yoritilgan.

Ogahiyning boy va mazmundor ijodiy merosi adabiy-madaniy tariximizning yorqin sahifalaridandir. Shoir she'riyati hali hanuz ijodkorlarimiz uchun ibrat va saboq maktabi bo’lib keladi. Tarjimalari bugungi kunda ham qayta-qayta chop etilib, xalqimizni dunyo adabiyotining ko'rkam namunalari bilan oshno qilishda o'zining munosib hissasini qo'shib kelmoqda. Tarixiy asarlari esa, o'sha davrdagi Turkiston tarixini, ijtimoiy-madaniy turmushini o'rganishda muhim ahamiyatga ega. Sinchkov va salohiyatli tarixchi, iste'dodli shoirning o'z zamonasi haqidagi qarashlari chor Rusiyasi bosqini bilan yakun topgan xonliklar tanazzulini yaqinroqdan anglashga yordam beradi.


Savol va topshiriqlar

    1. Ogahiyning tarjimayi holiga doir ma'lumotlarni keltiring.

    2. Ustina" radifli g'azal tahlili asosida shoirning badiiy tasvir mahorati qandayligini ko'rsatib bering.

    3. Boshdin ayoqing jon erur, jonlar sanga qurbon erur, Jono, ayoq-u boshinga olam gado, man ham gado" misralarining badiiy bo'yoqdorligini ta'minlagan jihatlarni asoslab bering.

    4. Shoirning „Javring chekibon joni hazin chiqqoli yetdi, Ey jon-u jahon, joning uchun jonima rahm et" misralarini qanday sharhlaysiz?

    5. Ogahiyning „Bu turfaki, yuz xizmat butkargali jon cheksang, Bir xizmat uchun ko'rgung har lahzada ming tuhmat" baytining badiiy jihatini ko'rsating.

    6. Ogahiyning „Obro'ying to'kma har dam har eshik tufroqiga, Topmasang bag'ringga tish berkit qurug' noni fatir" baytini sharhlang.

    7. Bihamdillah, aziz-u komyob-u komkor o'lmish, Hamog'ush Ogahiyg'a toki dildori qanoatdur" misralaridagi xulosani izohlang.

15-mavzu


XIX- asrning ikkinchi yarmi XX asr boshi o’zbek adabiyoti. Yangi o’zbek adabiyoti

REJA:


  1. Jamiyat va ijtimoiy tuzum

  2. Davr bilan hamnafas bo’lolmaslik tanazzulga mahkum qiladi

  3. Yangilanish fasli

Sizga tarixdan yaxshi ma'lumki, XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib, Turkiston o'lkasi mamlakatlarida iqtisodiy, siyosiy, harbiy tanazzul avj nuqtaga chiqdi. Uch xonlikka bo'linib ketgan qadim Turkiston aholisi dunyodagi rivojlangan mamlakatlardan deyarli uzilgan holda hayot kechirardi. Xonliklardagi ijtimoiy tartibot bir necha asr oldingi mezonlarga asoslangan bo'lib, yangi zamon talablariga mutlaqo javob bermas, ilg'or ijtimoiy tafakkurning o'sha bosqichiga xos yetakchi xususiyatlarni hisobga olmasdi. Ijtimoiy hayotdagi qoloqlik, siyosiy tuzumning nobopligi, Tashkiliy- boshqaruv tizimining zamondan ortda qolganligi o'lka aholisining turmush tarziga ham keskin salbiy ta'sir ko'rsatgan va u ma'rifatsizlik, qashshoqlik qa'riga uloqtirilgan edi: Xalqning ma'rifiy darajasini ko'tarish, unga erk berish, hayotini farovonlashtirish singari masalalar hukmdorlarni mutlaqo bezovta qilmas, ular mavjud turmush tarzini o'zgartirishni o'ylamasdilar ham. Buning o'rniga har uch xonlik ham o'z chegaralarini qo'shnisi hisobiga kengaytirish, „begona mamlakat"ni talash yo'li bilan xazinani to'ldirish payida edi.

Ulug' maqsadning yo'qligi, oqibatsizlik, toro'ylik, bugunning manfaati bilangina yashash hukmdorlarni oyoqning tagidan narini ko'rolmaydigan holatga keltirib qo'ygandi. Shu holiga har bir xon o'zini yer yuzidagi eng qudratli hukmdorlardan deb bilar, qo'shnisiga qanday yashashni o'rgatib qo'yish da'vosida yurardi. Turkiston hukmdorlari o'rtasidagi bu kayfiyat bosqinchi mamnakatlarga juda qoi keldi. Shulardan eng yirigi, va „dunyo jandar- meriyasi" nomini olgani, bosqinchilikda chegara bilmaydigan chor Rossiyasi o'z imperiyachilik maqsadlari yo'lida bir zamonlar shonli saltanatlar qurib, dunyo so'ragan turkistonlik hukmdorlarning ayni vaqtdagi holatidan ustalik bilan foydalandi. Rossiya siyosatchilari va ularning o'zimizdagi hamtovoqlari xonliklar orasiga kelishmovchiliklar solib, ularni bir-birlariga qarshi gij-gijlab, yovlashtirdi. Xonliklar o'rtasidagi oqibatsizlik, boshboshdoqlik rus bosqinchilariga ularni birina-bir o'ziga bo'ysundirish imkonini berdi.

Dunyodagi ko'pchilik xalqlarda millat tuyg'usi qaror topayotgan, muayyan millat shaklida bo'lishgina xalqqa tarixda o'z o'rniga egalik qilish imkonini berishi oydinlashgan bir sharoitda turkistonlik hukmdorlar o'rta asrlardagi ijtimoiy-siyosiy o'lchovlar bilan ish ko'rishdi. Ular zamon zaylini, davr talabini, kun sayin o'zgarib borayotgan sharoitni hisobga ola bilmadilar. Ma'rifatsizlik tufayli mavjud idora usuli isloh qilinmadi, boshqarish usullari davrga moslashtirilmadi. Turkistonlik xonlar bugunda turgani holda kechaning havosi bilan nafas olishda davom etdilar. Shuning uchun ham umumiy dushman bo'lmish Rossiya lashkari Turkiston o'lkasini bosib ola boshlagan vaqtda Buxoro amirligi bilan Qo'qon xonligi bir yoqadan bosh chiqarish o'rniga, bir-biri bilan qirpichoq bo'lishdi. Ruslar Qo'qon xonligiga tegishli yerlarga bosqinchilik qilganda, qo'qonliklarning g'ayridinlarga qarshi jangga otlanganidan foydalangan Buxoro amiri bu mamlakatga urush ochdi. Natijada, Qo'qon xoni o'z askarlarini" ortga qaytarishga majbur bo'ldi. Keyinchalik, chor Rossiyasi qo'shinlari Buxoro amirligi lashkarlarini yanchib tashlaganda, bosqinchilardan zarba yeb, o'ziga kelolmayotgan Qo'qon, tabiiyki, unga yordam berolmadi. Shu tariqa, 1868- yilda Buxoro amirligi, 1873- yilda Xiva xonligi Rossiya podshosining vassaliga aylantirildi. Qo'qon xonligi esa 1876- yilda tamomila tugatilib, uning hududi chor Rossiyasiga tegishli Turkiston general-gubernatorligi deb ataladigan bo'ldi.

Umummilliy miqyosdagi ma'rifatsizlik hukmdorlar tafakkuri jo'nligiga, ulardagi johillik xonliklar idora usulining qoloqligiga olib keldi. Turkistonlik hukmdorlar XIX asrning ikkinchi yarmiga kelganda ham mamlakatni boshqarish, odamlarga yetakchilik qilish bundan yuzlab yillar oldingi kabi bo'lolmasligini anglab yetmadilar. Odamlar endilikda taqdirning irodasini kutib turguvchilar emas, balki o'z tarixining yaratuvchilariga aylanganliklarini tushunol madilar. Tarixda xalqning rutbasi yuksalganligini payqamaslik, odamlarni harakatlantiradigan tashabbus, intilish, e'tiqod, maqsad singari ma'naviy omillar borligini ko'rmaslik Turkiston taraqqiyotini necha yuz yillarga ortga tortdi. Hukmdorlar xalqqa hamon cho'pon haydovida yurishi kerak bo'lgan qo'ylar podasi, deb qarashda davom etdilar. Holbuki, xalq o'z tafakkuri rivojining shunday bosqichiga kelib yetgandiki, endi ongsizlarcha osoyishta yashash martabasi uni shodmon qilolmasdi.

To'g'ri, Turkistonda ham dunyodagi o'zga mamlakatlardagi kabi yashash uchun turmush yo'sinida qandaydir o'zgarishlar qilish lozimligini biladigan ilg'or fikrli kishilar bor edi. Ammo sog'lom fikr bor kishida imkoniyat, imkoniyatga ega kimsada sog'lom aql, har ikkalasi mavjud bo'lgan odamda esa jur'at yetishmasdi. Bularning hammasini o'zida mujassamlashtirgan kuchli daho esa tarix sahnasiga chiqmadi. Bizda azaldan yangilik birmuncha sekin joriy etiladi. Chunki bizning ajdodlarimiz minglab yillar mobaynida saltanat surgan, yuksak madaniyat yaratgan, necha asrlar davomida shakllangan an'analarga og'ishmay amal qilib kelgani tufayli dunyoda dovruq qozongan edilar. Necha buyuk sinovlardan o'tgan an'analarni o'zgartirishga urinish shakkoklikday ko'rinardi. Ammo endi davr boshqacha edi.

Turmush tarzini tubdan isloh qilmay turib, davr bilan teng yurish mumkin emasdi. Davr bilan hamnafas bo'lolmagan millat tanazzulga mahkum edi. Turkistonda ma'rifatsizlik avj olganligi, nobop ijtimoiy-siyosiy vaziyatning yuzaga kelganligi, savdo- sotiqning eski karvon usuli o'rniga, asosan, suv va temiryo'l orqali amalga oshirilishi dunyo okeaniga qo'shilmagan o'lkaning dunyodagi mutaraqqiy davlatlardan ortda qolishiga sabab bo'ldi. Natijada, ishlab chiqarishni takomillashtirish, mehnat unumdorligini oshirish, xalq xo'jaligiga texnikani joriy qilish qiyinlashdi. Bu hol iqtisodiy qoloqlikni keltirib chiqardi. Iqtisodiy rivojlanmagan mamlakat esa ham ma'rifiy, ham harbiy jihatdan o'zgalardan ortda qolishi tabiiydir. Ilm-fan va iqtisodiy jihatdan rivojlanmagan bo'lsa ham, mamlakat ahlining jangariligi, dovyurakligi, harbiy salohiyatining yuksakligi tufayligina qudratli bo'lishi mumkin bo'lgan davrlar o'tib ketgandi. Endi askarlar emas, harbiy texnika, qurol-aslaha jang taqdirini hal qilardi. Mana shu sharoitda Rossiya imperiyasi Turkiston o'lkasidagi ayrim xonliklarning yerlarini bosib olishga, boshqalarini esa vassalga aylantirishga muvaffaq bo'ldi.

Chor Rossiyasi bosqini natijasida o'lkamiz ahli tortadigan azob bir necha hissaga ortdi. Yurtimizda olib borilgan siyosatning har bir ko'rinishida mustamlakachilik nuqsi ko'zga tashlanib turardi. Azaldan erksevar xalqimiz bu qismatga ko'nikib qo'ya qolmadi. 1892- yilda Toshkentda, 1898- yilda Andijonda, 1916- yilda esa birvarakayiga Turkistonning bir qancha joylarida bo'lib o'tgan qo'zg'olonlar xalqning ana shu adolatsiz va zo'ravon siyosatga qarshi isyoni edi.

Chor Rossiyasi Turkistonni zabt etgach, o'z hukmronligini mustahkamlash, qudratini oshirish uchun zamonaviy fan-texnika yutuqlarini bu yerda ham joriy eta boshladi. Albatta, o'lkaga zamonaviy texnikaning kirib kelishini faqat Rossiyaga bog'lab qo'yish to'g'ri emas. Chunki XIX asrning ikkinchi yarmidan e'tiboran Yevropadagi texnik yangiliklar sekinlik bilan bo'lsa-da, o'zga yo'llar orqali ham Turkistonga kirib kelishi muqarrar edi. Ammo chor Rossiyasining hukmronligi bu jarayonni bir qadar tezlatganligidan ham ko'z yumib bo'lmaydi.
16-mavzu

Muhammadniyoz Komil ijodi

(1825-1899)

REJA:


  1. Muhammadniyoz Komil haqida

  2. Komil she’riyati

  3. Shoir muxammaslari xususida

Yangi o'zbek adabiyotini ko'p asrlik an'analarga ega mumtoz adabiyot bilan bog'lab turadigan eng yorqin adabiy shaxsiyatlardan biri shoir Komildir. Serqirra iste'dod egasi Muhammadniyoz Komil milliy madaniyatimiz tarixida nafaqat shoir, balki yirik siyosiy arbob, taniqli musiqashunos, mohir tarjimon, yetuk xattot sifatida chuqur iz qoldirgan. Shuning uchun ham uning ijodi o'zi hayot ekanligidayoq o'rganila boshlagan, turli tadqiqotchilarning e'tiborini t'ortgan edi. Jumladan, ustozi Ogahiy 1855-1856- yillarda bitgan „Gulshani davlat" asarida uni yuksak iqtidor egasi bo'lgan shoir sifatida tilga oladi. Sulaymon Buxoriyning 1880—1881- yillarda toshbosmada chop etilgan „Lug'ati chig'atoyi va turki usmoniy" asarida ayrim so'zlarni izohlash uchun mashhur shoirlar qatorida Komil she'rlaridan ham misollar keltiriladi.

Hayot va ijod yo'li. Muhammadniyoz Komil 1825- yilda Xorazmning poytaxti Xiva shahrida tug'ildi. Otasi Abdulla Oxund zamonasining bilimli olimlaridan bo'lib, madrasa mudarrisi edi. Bo'lajak shoirning ota-onasi o'g'illari Muhammadniyoz (xorazmcha aytilishi Matniyoz)ni buyuk avliyo shoir Pahlavon Mahmudga e'tiqodlari hurmati „Pahlavon" deb atashardi. Ogahiy ham „Gulshani davlat" asaridifyosh shoirni shu sabab „Polvonniyoz" nomi bilan tilga oladi. Shoirning adabiy taxallusi „Komil" bo'lib, u faqat shu taxallus bilangina she'rlar yozgan. „Xorazmiy" Komilning qayerlik ekanligini anglatuvchi nisbadir. Bu ko'proq boshqalar tomonidan qo'llanilgan.

Ma'rifatli oilada ulg'aygan Komil boshlang'ich maktabni bitirgach, madrasada tahsil ko'radi. U yerda shar'iy ilmlardan tashqari, arab va fors tillarini chuqur o'rganadi hamda bu tillardagi adabiyot namunalari bilan chuqur tanishadi. Uning forstilida ham talay she'rlar yozganligi ma'lum. Bo'lajak shoir turkiy adabiyotni atroflicha bilar edi. Shuning uchun ham ijodida Alisher Navoiy va Muhammad Fuzuliyning kuchli ta'siri sezilib turadi. Otasining to'satdan vafo| etib qolishi sababli Muhammadniyoz madrasadagi saboqlarni to'xtatib, bobosi savdogar Xo'jash Mahramxizmatiga kiradi. Oilaning tirikchiligini ma'lum darajada yaxshiiab olgach, madrasa ta'limini davom ettiradi.

Komil madrasada o'qish bilan birga, juda yoshligidan badiiy ijod bilan ham shug'ullandi. Aniq ma'lumotlar bo'lmagani uchun uning ilk she'rlari qachon yozilganini taxmin qilishgina mumkin. Har holda, o'ttizga kirib-kirmay, Ogahiy kabi ustozlar tomonidan katta shoir sifatida tan olinishining o'zi uning iqtidori qandayligidan dalolatdir. Shunga qaraganda, Komil badiiy ijod bilan juda yoshligidan shug'ullangan.

U xattotlik san'atini ham puxta egallaydi. Shuningdek, musiqa bilan jiddiy shug'ullanadi. Bir necha musiqa asbobini g'oyat maromiga yetkazib chala biladi. Mashshoqlik mahorati takomilga yetgani uchun ham saroy sozandalariga boshchilik qildi, bir necha yangi kuylar yaratdi, xalq kuylarini to'plab, notaga ko'chirtirdi. U milliy musiqamizga zamonaviy ma'nodagi notani joriy etgan dastlabki musiqashunosdir. Komilning „Rost" maqomiga bog'lagan „Murabbayi Komil", „Peshravi Feruz" kabi original musiqalari notaga ko'chirilgan holda hozirga qadar yetib kelgan.

1856- yilda taxtga o'tirgan Said Muhammad Rahimxon iste'dodli kishilarni o'z atrofiga to'play boshladi. Shular qatorida Muhammadniyoz Komil ham saroyga taklif etilib, xattotlikka tayinlandi. Salkam o'n yil mobaynida xattotlik qilgan shoir 1865- yilda mamlakat tepasiga Muhammad Rahimxon II (soniy) kelgach, mirzaboshilik lavozimiga ko'tariladi. Ma’rifatli shoh va ma'rifatchi shoir o'rtasidagi aloqa yaxshi bo'lganligi uchun ham hukmdor hamisha uning tirikchiligiga e'tibor qaratishga urinardi. Saroyda Komilning obro'-e'tibori tobora ortib boradi. 1873 yil ko'klamida chor qo'shinlari bilan bo'lgan janglarda mag'lub etilgan Xiva xonligi Rossiya imperatorining vassaliga aylandi. 1873- yilning 29-mayida poytaxt Xiva bosqinchilar tomonidan ishg'ol qilingach, harbiy qarshilikni davom ettirish befoydaligini anglagan siyosatchilardan biri Komil edi. U devonbegi Matmurod va uning tarafdorlari so'nggi tomchi qonlari qolguncha kofirlarga qarshi urushish lozimligini yoqlagan bir paytda Muhammad Rahimxon II ni behuda qon to'kmaslikka, hayotiy haqiqatni tan olishga undagan yagona arbob bo'ldi. Bu oson kechmadi. Uni sotqinlikda ayblovchilar ko'p edi. Lekin kuch bilan hisoblashish zarur edi. Chorasizligini anglagan xon nihoyat bosqinchilar bilan kelishishga majbur bo'ladi. 1873 yilning 12- avgusti kuni xonning ruslar qarorgohiga aylantirilgan Gandimiyon degan bog'ida „Tinchlik shartnomasi" deyiluvchi sulh tuzildi. Shartnoma matni yetuk xattot va bilimdon tarixchi Komilning o'z qo'li bilan yoziladi. Tarixda bu hodisa „Gandimiyon sulhi" degan nom bilan qolgan. Komilning siyosiy vaziyatni g'oyat sezgirlik bilan ilg'agan holda ish tutishini ko'rgan xon uni Rossiya bilan har qanday sulhga qarshi bo'lgan Matmurodning o'rniga devonbegi qilib tayinlaydi. Mamlakat uchun g'oyat qaltis bo'lgan bir damda hushyor siyosiy arbob sifatida bosiqlik va tadbirkorlik bilan siyosat yurgizadi. Bu hol xonlik va uning aholisi imkon qadar kamroq talafot ko'rishiga olib keldi.

Yirik davlat arbobi sifatida devonbegi Komil Xorazmda ham fan-texnika yutuqlarini joriy qilishga urindi. Jumladan, 1874- yildayoq Muhammad Rahimxon II (Feruz) rahnamoligida Xivaga kitob bosishga kerakli uskunalarni keltirib, poytaxtda toshbosma usulda kitob chop etishni yo’lga qo'ydirdi. Ayni vaqtda ajdodlarning xattotlik san'ati ham rivojlantirildi. Komil yetakchiligida alohida xattotlik maktabi vujudga keldi. 1880- yilda Komil devonbegi mansabidan tushirilib, mirzaboshi qilib tayinlandi.

Muhammadniyoz Komil dunyo ko'rgan, uning taraqqiyot qonunlarini tushunishga uringan ma'rifatli kishi edi. U odamlar hayotining bir darajada qolib ketmasligini bilar va imkon qadar kishilar tirikchiligini osonlashtirish, turmushni farovonlashtirish yo'lini izlar edi. Bu borada unga Peterburg va Moskvaga qilgan bir necha safarlar hamda u yerlardagi ilg'or ziyolilar bilan aralashuvlar ham ta'sir ko'rsatgan. Komil 1883- yilda Muhammad Rahimxon II bilan hamrohlikda birinchi marta Moskva va Peterburgga boradi. Peterburgda chiqadigan „Novosti i birjevaya gazeta" ning 1883- yil 80- sonida quyidagicha yozadi: “Bugun 21 iyun kuni Xiva xoni Muhammad Rahim, devonbegi Muhammad Murod, maslahatchi Polvon Mirzaboshi, yasovulboshi Rahmonbergan, xonning jiyani Said Abdulla xo'ja, tarjimon shtabs-kapitan Asfandiyorov, 17 kishidan iborat shaxsiy soqchilar va xizmatchilari bilan temiryo'l orqali (Peterburgdan) Moskvaga jo'nab ketdi. U yerdan Orenburg orqali Xivaga yo’l oladi". Xabarda tilga olingan „Polvon Mirzaboshi" shoir Komildir. Muhammadniyoz Komil Rossiyaga qilgan safarlarida faqat siyosiy yumushlar bilan shug'ullanib qolmay, o'lka xalqlari hayoti va madaniyatidagi diqqatga sazovor jihatlarni o'rganishga e'tibor qildi. U, ayniqsa, rus musiqasiga ayricha e'tibor bilan qaradi. Madaniy tadbirlarni ko'rishga ishqiboz Komil Peterburg va Moskva teatrlariga kirganida kuylarning notaga qarab chalinishini kuzatadi. Shoir notaga ko'chirishni o'zbek kuylariga ham tatbiq etish yo'llarini izlaydi. Xivaga qaytgach, „Xorazm notasi" yoki „Tanbur notasi" deb ataluvchi o'z nota tiziminiyaratadi. Tanburda chalingan ma'lum bir o'zbekcha kuy shu nota asosida qog'ozga ko'chirilar edi. Komilning o'g'li Muhammad Rasul keyinchalik bu notaniyanada takomillashtirib, Xiva „Shashmaqom"ini notaga to'liq ko'chiradi.

Komil 1891- va 1896—1897- yillarda Toshkentda ham bo'lgan. Shoir yangicha turmush ta'siriga ko'proq berilgan Toshkentdagi hayot haqida qiziqish bilan yozadi. Bu davrda ancha keksayib qolgan Komilning sog'lig'i ancha yomonlashadi. Uning ko'zlari xiralashadi. Toshkentdaligida rus doktorlarga ham ko'rsatadi, lekin kutganiday foyda topmaydi. Ma'rifatchi shoir Komil 1899- yilda dunyodan o'tadi.


Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish