1-mavzu XVII-XIX asrning birinchi yarmi adabiyoti. Abulg'ozi bahodirxon reja



Download 0,52 Mb.
bet10/12
Sana28.11.2019
Hajmi0,52 Mb.
#27564
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
1-mavzu XVII-XIX asrning birinchi yarmi adabiyoti. Abulg'ozi bah (1)


Komil she'riyati
O'z ijodida o'zgarib, yangilanib borayotgan davrning belgilari hamda minglab yillik milliy adabiy an'analarni ajoyib tarzda mujassamlashtirgan va o'zbek mumtoz adabiyotining so'nggi, yangi o'zbek adabiyotining esa birinchi shoiri bo'lishday mas'uliyatli yukni zimmasiga olgan Muhammadniyoz Komil Xorazm adabiy muhitining yetakchisi bo'lgan mahoratli shoir edi. Uning ijodkor sifatidagi o'ziga xosligini ifodalaydigan belgilar: asarlarining yuksak insonparvarlik va ma'rifatchilik yo'nalishlariga ega ekanligidir. Komil ijodiy merosini shartli ravishda mumtoz yo'nalishda bitilgan asarlar va ma'rifatchilik yo'lida yozilgan bitiklar tarzida ikkiga ajratib o'rganish maqsadga muvofiq bo'ladi.

Ma'rifatchilik lirikasi. Komil mumtoz shoirlardan farqli ravishda o'zbekadiblari orasida birinchilardan bo'lib asarlarida odamni faqat ilohiy yaratiq sifatida emas balki tirikchilik tashvishlari va ijtimoiy muammolarga ko'milgan oddiy inson sitatida aks ettiradi. Uning bitiklarida ilohiy ma'rifat bosqichlaridan tashqari, oqartuv ma'nosidagi ma'rifat muammolari ham tasvirlangani uchun faqat xoslarning emas, balki ko'pchilikning ko'ngliga oson yetib borardi. Shoir insonni faqat Allohni tanish muammolari fonida emas, balki atrofini o'rab turgan olamni tanish, unga bog'liq chigal muammolarni hal etish tashvishlari orasida ham aks ettirishga intildi. Komilning bir qator asarlari bevosita insoniy ma'rifat masalalarini aks ettirish, odam turmush tarzini yengillatish yo'llarini izlash aks etganligi bilan ajralib turadi. Uning shu taxlit g'azallaridan biri:

Emas kishiga bu dunyoda mulk-u mol kamol,

Husuli ilm-u hunar keldi bezavol kamol

matla'si bilan boshlanadigan she'ridir. Shoir g'azalning birinchi misrasida odam mulk-u mol orqali kamolotga erisholmasligini qayd etar ekan, ikkinchi satrdayoq kamolotning yo'li ilm-u hunar hosil qilishda ekanligini ta'kidlaydi. Ayni shu o'rinda Komil dunyoqarashining o'zidan oldingi mumtoz shoirlardan farqli jihati namoyon bo'ladi. Ya'ni u inson kamolotini Yaratgan jamoliga yetish yo'ligina deb emas, balki bu dunyodagi o'z hayotini ma'nili tashkil etish chorasi tarzida ham anglaydi. Bu fikr she'rning ikkinchi baytida ayniqsa yaqqol ko'zga tashlanadi:

Ulumdin sharafi oxirat emasdur yolg'uz,

Ki munda ham sababi izzat-u jalol kamol.

Ko'rinadiki, shoir inson kamoloti oxiratgagina emas, balki bu dunyoda (munda) ham izzat-u ulug'likka xizmat qilishi kerak deb hisoblaydi. Lekin shoir insonningbu dunyodagi kamolotini ilohiy ma'rifatga qarshi qo'ymaydi, ularning bir-birini taqozo qiladigan ma'naviy holatlar ekanligini keyingi baytda aks ettiradi:

Murod ma'rifatullohdur1 taallumdin,

Emas mubohasa-u jang ila jidol kamol.

Komil bilim olmoqdan maqsad obro' talashish, mavqe-martaba uchun nizolashish emas, Allohni tanish ekanligini ta'kidlaydi. Yaratganning jamoli ko'ngilda jilvalanishiga erishish uchun ilm istagan tolib dilini har qanday g'ubordan poklashi zarurligini tasvirlaydi:

Zamiring ayla musaffo kadardin oyinadek,

Desangki, jilvagar etsun anga jamol kamol.

Shoir qush qanoti bilan parvoz etgani kabi inson ham faqat kamolot tufayligina yuksalishi mumkin ekanligini juda ta'sirchan yo'sinda aks ettiradi:

Kamol bergusidir so'zga shuhrat-u ta'sir,

Bu qushg'a qilg'ali parvoz parubol kamol.

Ko'ngul va aql ma'rifatidan yiroq omi odam mevasiz daraxt singari ekanligini ta'kidlagan shoir bundaylarning fikr va turmush yo'sinida ma'nidin nishona bo'lmasligini ulkan anduh bilan qayd qiladi:

Niholi bebari sarkashdurur avomunnos,

Ne sud topmasa ma'nig'a ittisol kamol.

Shoirning ma'rifatchilik yo'lida bitilgan asarlari orasida:

Ochg'ali otlandi to sultoni Jam iqbol suv, Bu sharafdin borcha mazra' bo'ldi molomol suv

matla'si bilan boshlanadigan g'azali alohida ajralib turadi. Unda shoir afsonaviy shoh Jamshidday iqbolli sultonning ariq ochishga otlanishi tufayli odatda qurib yotadigan ekinzorlar obi hayotga limmo-lim bo'lganini ifodalaydi. Shoir hukmdor tomonidan yangi ariqning ochilishini aks ettirish asnosida dehqonchilik va sug'orishga tegishli jo'ngina bu tadbirning kishilar turmushini yaxshilashdagi ulkan ahamiyatini his etadi va unga katta baho beradi.

Hukmdorning o'z xalqi manfaati yo'lida tashlagan qadami shoir tomonidan katta xayrixohlik va quvonch bilan kutib olinadi. Baytda go'yo suv ham mehribon shohni qarshilagani oshiqib kelayotgani ta'sirli aks ettirilgan. Komilning shoirona nigohi ariqdagi suvning shovqini hamda mavjlanib oqishidan ham go'zallik topadi:

Ochg'och-o'q jori bo'lub keldi qatiotlig' qush-kibi,

Kaf bila amvojdin go'yo chiqordi bol suv.

Uzoq damlanib turgan suvning ochib yuborilgach, shiddat bilan oqishi qanotli qushning parvoziga, uning ekinlarga kerakliligi asalga o'xshatiladi. She'rning keyingi misralarida shoir ijtimoiy adolat qaror topganligi, tengsizlik, zo'ravonlikka barham berilganiga alohida to'xtalib, g'azalning ma'rifiy yo'nalishini kuchaytiradi:

Zo'rlarning taxtasin suv zo'ri o'tdi sindurub

El barobar ichdi beda'vov-u bejanjol suv.

Hukmdorning adolati tufayli o'zlariga alohida sharoit yaratib oladigan zo'ravonlarning to'siqlari sindirilgani, aholining o'z ekinlarini bejanjal sug'organi shoirda qanoat tuyg'usini uyg'otadi.

G'azalning keyingi baytlaridan birida suv keltirib, odamlar holatini yaxshilash uchun harakat qilish lozimligini, quaiq taqvo-yu toat bilan suvga yetishib bo'lmasligini qayd etadi. Asarning shu o'rnida shoirning yangicha ma'rifatchilik nuqtayi nazari yorqin namoyon bo'ladi:

Suvni keltirmoqg'a sa'y etmak base lozimdurur,

Bo'lmasa taqvo-yu toat topmas iste'mol suv.

Komil hukmdorni faoliyatda, el-yurt farovonligi uchun harakatda ko'rishni istaydi. Shuning uchun ham birgina g'azalda bir necha marta „shoh otlandi" birikmasini alohida urg'u bilan ta'kidlaydi:

Shohlar otlansa doyim yurti obodon bo'lur,

Bor dalil ushbu so'zimg'a qilsang istidlol suv.

Shoir hukmdor harakat qilsa, yurt obod bo'lishini aytar ekan, bunga kimda shubha paydo bo'lsa, dalil sifatida oqib turgan suvni ko'rsatadi. Shunisi xarakterliki, g'azalnavis shohdan o'ziga manfaat, iltifot kutmaydi. Lekin uning elga naf keltirayotganidan juda quvonayotganligini aks ettiradi. Buni g'azalning maqta’sida „iltifoti bahridin bir qatra Komil ichmadi"tarzida ifoda etadi. Shoir uchun shohning iltifot dengizidan biror qatra ichish maqsad emas, uning uchun hukmdorning elga ko'rsatgan marhamati kifoya ekani ifodalagan.

Komilning ma'rifiy yo'nalishda bitilgan asarlaridan biri “Buxl eliga demagil, ey zubdayi davron so'zung" misrasi bilan boshlanadigan g'azaldir. G'azalda shoirning ma'rifatdan, pokiza tuyg'ulardan yiroq zamondoshlari haqidagi nadomatlari ifodalangan. She'rda, garchi, ma'rifatchining nuqtayi nazari, aks ettirilayotgan ma'naviy sifatga yangicha qarash sezilib tursa-da, ifoda jihatidan mumtoz adabiyotimizdagi insoniy nokomillikdan zorlanib bitilgan aksariyat asarlarga o'xshab ketadi. Unda shoir baxillarga ezgulik haqida gapirib, ovora bo'lmaslik lozimligini zo'r anduh bilan aks ettiradi. Chunki aytilgan so'z dunyodagi eng qimmatbaho gavhar kabi bo'lsa-da, baxil qarshisida eshakmunchoqcha qadr topmasligi ayon:

Garchi so'zung gavhari qimmatbaho yo'q dahr aro,

Bor alarning qoshida xarmuhradin' arzon so'zung.

Negaki, ma'ni dengizida g'avvoslik qilmaydigan kimsalar uchun ulkan dur kabi qimmatga ega so'zning qadri teshik munchoqcha bo'lmaydi:

Ulki qilmaydur maoni bahrig'a g'avvosliq,

Ko'rmagay munchoqcha gar bo'lsa durri g'alton so'zung.

Baxilni haqiqat, adolat emas, balki manfaat, foyda qiziqtiradi. Shuning uchun ham tuban tabiatli kimsalardan yaxshilik kutish ma'nisiz. Chunki undaylar o'zlari manfaat ko'rmaydigan bo'lsalar, ,Bir qaro put bobida mushkul qilur oson so 'zung". Bu holatni shoir g'azalning keyingi bir baytida juda keltirib ifoda etadi:

Gar so'zungdin bir nimarsa unmasa bu dunyoda,

Tinglamaslar ox i rat da bersa ham imon so'zung.

Nafs odami uchun imonga kirita oladigan so'zni aytish ham befoyda. Bunday kimsaga gap aytgandan ko'ra biror narsa undirish muhim ekani mahorat bilan aks ettirilgan. Shuning uchun ham shoir „buxl eli"dan eng arzon va keraksiz narsani ham so'rab bo'lmasligini ta'kidlaydi. O'zini hurmat qilgan odam bunday kimsalardan hech narsa so'ramasligi kerak. Negaki, baxillarning sovuq fe'li o'likka jon beradigan darajadagi ta'sirli so'zni ham sindiradi:

Iltimos etma alardin bir kapanakni zinhor,

Sindurur gar bersa ham o'lg'on badanga jon so'zung.

Shoir zamona ahli orasida kishini tushunadigan odamlar topilmasligidan tashvishlanayotganini izhor qilar ekan, bunday sharoitda fikr odamlari, aqlli kishilar („ahli donish") so'zlarini tashlariga chiqarmay, ko'ngillarida saqlaganlari tuzuk ekanligini ta'kidlaydi:

Topmasang so'z lazzatidin ogoli-u komil kishi,

Soqlag'il bo'lg'uncha ko'nglung pardasida qon so'zung.

G'azal maqta"sida shoirning mahorati yaqqol namoyon bo'ladi. Ma'lumki, inson uchun biror orzuga yetolmaslikdan ham ko'ra, uni aytolmaslik qiyinroqdir. Bunday holda ko'ngilga cho'kkan so'z qalbning qonlariga botadi, armonga aylanadi. Komil baytda bu holatni juda ta'sirli aks ettirgan.

Shoir Komil she'riyatidagi ma'rifatchilik sifatlari aks etgan asarlardan biri:

Chu bo'ldi tanimga makon po'stin,

O'luk jismima berdi jon po'stin

matla'si bilan boshlanadigan g'azaldir. Unda o'ta jo'n maishiy buyum bo'lmish po'stin tufayli shoirda paydo bo'lgan fikrlar, uning ko'nglidan kechgan tuyg'ular o'z aksini topgan. She'rning dastlabki uch baytida po'stinning ta'rifi beriladi. Uning jismni sovuqdan himoya qilishidan tortib, odamni qishning sinovlaridan, shamolning quturishlaridan eson-omon olib o'tishiga qadar tasvirlanadi. G'azalning to'rtinchi bandida muallif po'stin haqidagi qarashlarini favqulodda shoirona yo'sinda aks ettiradi:

Agar jon qushig'a qatas tandurur,

Valek erur oshiyon po'stin.

Shoir po'stinning foydasini tananing ahamiyati darajasiga yaqinlashtirib tasvir etadi. She'rning keyingi baytlarida tasvir po'stinning sifati, qanday matolardan tikilganini aks ettirishga yo'naltiriladi. Ma'lumki, mumtoz she'riyatimizda ham maishiy mavzularda shu singari she'rlar yozilgan. Binoiy, Gulxaniy, Turdi kabi ijodkorlarda shunday mavzularda yozilgan she'rlar bor. Lekin ularda maishiy detal badiiy vositagina hisoblangan, xolos. Chunki mumtoz adiblarimiz uchun tirikchilik muammolarini tasvirlash, ro'zg'or unsurlarini she'riyatga kiritish nojoiz sanalgan. Komil yangi davrning kishisi sifatida odamning ruhi to'g'risidagina emas, balki uning jismi haqida ham qayg'urish lozim deb biladi. Shuning uchun ham po'stinni mayda detallari bilan tasvirlashdan malollanmaydi.

Komil bu g'azalni faqat po'stinni ta'rif-tavsif etish uchungina yozmaydi. Ko'nglining tubida yotgan ijtimoiy dardlarini ham shu bahonada izhor etadi. Bu hol g'azalning so'ngrog'iga borib namoyon bo'ladi. She'rning yettinchi baytida qish sovug'ining hammaga tengligi, lekin po'stin hammada ham yo'qligidan yozg'irish ifoda etiladi. Kimdir dag'al chakmonga zor bo'lib yotganda boshqa kimsada po'stm sotadigan do'konning o'zi mingdan ortiq ekanligi shoirni dunyoning adolati haqida o'ylashga majbur etadi:

Birov qoqma chakmonga zor-u falak,

Birovga berib ming do'kon po’stin.

Shoir jism qanchalik qimmatga ega bo'lniasin, uni ayash nechog'lik zarur bo'lmasin, inson uchun uning sha'ni balandroq turishi borasidagi fikrini g'azalning so'nggi baytida izhoretadi. U bu haqda atroflicha to'xtalib, o'z iztiroblarini batafsil tasvirlab o'tirmaydi. Ammo o'z ustidagi po'stinni topib olmagani yoki birov bermagani, balki mehnat-u mashaqqat evaziga sotib olganligini aks ettiradi:

Berib ashk-u durrin, sarig' yuz zarrin,

Olibman emas roygon po'stin.

Shoir Komil sof maishiy yo'slndagfasarlarida ham inson sha'ni har narsadan muhim, qadrli va yuksak ekanligini shu tarzda ifoda etadi. Uning ilohi, necha ko'b jinoyat mango" misrasi bilan boshlanadigan g'azali, bir qator masnaviy va muxammaslari ma'rifiy yo'nalish yetakchi ekanligi bilan diqqatni tortadi. Shoir ma'rifatchilik yo'nalishidagi asarlarida ijtimoiy turmush muammolari va ulami bartaraf etishda ilm-u hunar va ma'rifatning ahamiyatini aks ettiradi.

Muhabbat lirikasi. Ko'p asrlik badiiy tafakkur tajribalarini o'zida mujassam etgan o'zbek mumtoz adabiyotining so'nggi vakili sifatida Komil o'z ijodida an'anaviy ishqiy mavzuni aks ettirishga ham keng o'rin bergan. Shoirning muhabbat lirikasida, garchi, an'anaviy tarzda oshiqning iztiroblari, hijron azobi, sadoqat lazzati, ag'yorlarga qilingan o'rinsiz marhamat singari holatlar aks ettirilgan bo'lsa-da, muallifning davr bilan aloqasi yaqqol sezilib turadi. „ Mango qilma, ey mohi oliyjanob" satri bilan boslilanadigan g'a- zalida Komilning muhabbat domidagi oshiq holatini tasvirlash mahorati qanchalik yuqori ekanligi namoyon bo'ladi. Shoir she'rning har baytida ifodalanishi ko'zda tutilgan asosiy ma'noni aks ettiruvchi so'zni takrorlash yo'li bilan alohida bir satr holiga keltiradi. Bu usul g'azalda ko'zda tutilayotgan asosiy ruhiy holatga e'tibor tortadi. G'azal matla"sida:

Mango qilma, ey mohi oliyjanob,

Itob-u , itob-u, itob-u, itob

deya ma'shuqadan qiynamaslikni iltijo qilgan oshiq ruhiy holatining darajasi baytdan baytga ortib, kayfiyat tarangligi yuksalib boraveradi. Boshlanmada yordan qiynamaslikni o'tingan oshiq she'rning ikkinchi baytidayoq bu holatning hamishalik („mudom") ekanligini ta'kidlaydi:

Erur ishqing o'tig'a ko'nglum mudom

Kabob-u, kabob-u, kabob-u, kabob.

G'azalning keyingi baytlarida ham iltijo davom etaveradi. Boz ustiga, uning darajasi yuksalib boradi. Oshiq o'tinchlari chegara bilmaydi. U huzuriga kelgan ma'shuqadan oldin:

„Chu kelding, ketarmen deb qilma ko'b

Shitob-u, shitob-u, shitob-u, shitob", —

deya munojot qilsa, keyingi baytda uning jamoliga boqqanda ,Niqob-u, niqob-u, niqob-u, niqob " solmaslikni iltimos qiladi.

Oshiq — o'ziga yarasha o'ychil shaxs. Shuning uchun ham yorning jamoliga yetishish haqidagina o'ylab qololmaydi. U dunyoning nobopligi, adolatsizlikning kuchi, odamlar o'rtasidagi munosa- batlarning chigalligi haqida mulohaza yuritadi. Bu mushohadalar oshiqni unchalik ham ko'ngilli bo'lmagan xulosalarga olib keladi:

Binoyi jahon bordur suv uza

Hubob-u, hubob-u, hubob-u, hubob.

Shoir dunyo bor ekan, yaxshilik bilan yomonlik, go'zallik bilan xunuklik, suv bilan ko'pik borligidan shu tariqa norozilanadi. U ma'shuqani ham ana shundan ogohlantiradi. Chunki qulay va foydali ko'ringan narsalarning ko'pi luibob, ya'ni ko'pik singari omonat. Omonat narsaga ishonch kishini xarob qilishi hech gap emas:

Ango ko'b ko'ngul qo'ymakim, bo'lg'ay-o'q

Xarob-u, xarob-u. xarob-u, xarob.

Shuning uchun ham shoir bugungi kundan mag'rurlanib ketmaslik kerakligini ta'kidlab:

Sango bo'lsa ham oy-u kun qilma faxr,

Rikob-ul, rikob-u, rikob-u, rikob

deydi. Chunki dunyo moli o'limtik kabi haromdir, unga intilgan kimsa esa, albatta, „gilob"ga, ya'ni suv-u tuproqqa aylanadi. Ifodaning yengilligi, takror san'atidan ustalik bilan foydala- nilganligi g'azalning ta'sir darajasini oshirgan. Har bir baytning ikkinchi misrasi faqat takror so'zlardan iboratligi diqqat qaratilgan so'zning ma'nosini kuchaytirib berishga xizmat qilgan.

Shoir ishqiy lirikasining diqqatga sazovor namunalaridan biri:

Tokay yuray yo'lingda ko'zum yoshin oqturub,

Tindur yoshim, ko'zumni jamolingg'a boqturub

matla'li g'azalidir. She'r bir qaraganda an'anaviy yo'sindagi ishqiy g'azallarga o'xshab ko'rinsa-da, unda oldiniga shoirning falakdagi malakka emas, balki yerdagi go'zalga muhabbati aks etganligini payqab olish mumkin. Chunki unda mavhum tuyg'ular emas, oshiqning aniq istaklari aks etgan. Oshiq ma'shuq ortidan hamisha ko'z yoshini oqizib yurishni istamaydi va yoridan jamolini ko'rsatib, bu holga barham berislmi so'raydi. Keyingi baytda shoirning mumtoz salaflaridan ta'sirlanganligi yaqqolroq namoyon bo'ladi. U ma'shuqadan lining visoli yo'lida o'rtangan jon bilan dilni uloqtirib yubormaslikni o'tinadi:

Jon-u dil o'ldilar talabi vasling ichrakim,

Hijronda qo'ymag'il bu ikovni uloqturub.

Shoirga ishq azoblari komillik yo'lidagi sinovlar kabi ta'sir qiladi. Shuning uchun ham u yorga qarab:

Avvoraman havo-u havas dashtida mudom,

Sudra tanobi ishqni sen bo'ynumg'a toqturub

deya murojaat etadi. G'azalning keyingi baytlarida majoziy ishqning ishqi haqiqiy darajasiga o'sib o'tayotganligi namoyon bo'ladi:

Ich bodayi haqiqat, tark aylagin majozni,

Oqil kishi qaroni pisand etmas oq turub.

Lirik qahramon juda mantiqli fikr yuritadi. Oqil odam oq o'rniga qorani tanlamagani singari oshiq ham majoziy muhabbatning emas, balki ilohiy ishq mayini ichnioqni ma'qul ko'radi. Chunki ilohiy muhabbatgina kishini saodatga yetaklaydi. G'azalning o'rtalaridan oshgach, oshiq iltijo etayotgan yor shunchaki bir sanam emas, balki yaratgan Alloh ekanligi oydinlashib boradi. Negaki, bu o'rinda faqat muhabbat muammosi emas, oxirat tashvishi ham qahramonni bezovta qila boshlaydi. U agar Yaratgan marhamat ko'rsatmasa, qilgan gunohlari ko'pligidan qo'rqib, qiyomatda og'zi quruqshab, tili tutilib qolishidan xavotirini shunday izhor etadi:

Komimg'al quy karam mayi, yorab, chu havli hashr,

Biltak tilimni aylasa og'zim quroqturub.

G'azalning maqta'sida shoir ilohiy visolni emas, balki umri tugagach, jismi qurt-qumursqalarga yem bo'lmasligini iltijo qiladi. G'azalning shu o'rinlarida shoirni yuksak falsafiy o'ylardan ko'ra jo'ngina insoniy tashvish bezovta qilayotgani she'rning samimiyligini orttirishga xizmat qilgan.

Komilning ishqiy lirikasida salmoqli badiiy ahamiyat kasb etgan g'azallaridan yana biri „Yorim uzori avji saodat mahi erur" satri bilan boshlanadigan she'ridir. G'azal an'anaga muvofiq boshlanadi va shu maromda davom etadi. Shoir ma'shuqaning „saodat mahi", „husn eli shahanshahi", „husn osmonining mahi" ckanini, uning baland sifatlarining aytar ekan, odatga ko'ra o'zining miskin va e'tiborsiz ahvolidan shikva qiladi. Chunki yor „g'ayr" (begona)ni oshiqdan „beh" (yaxshi)roq ko'radi:

Behroq ko'rar chu mandin ul oy g'yrni, netong,

Gar chehra sorg'orib mango rashki behi erur.

Bu hol oshiqni og'ir holatga soladi va siqilganidan uning yuzi sarg'ayib, behining rashkini keltirar darajaga yetadi. Shoir baytda „beh" va „behi" singari biro'zakli so'zlarni qo'llab, shuningdek, yorning oydek yuzini, o'zining sarg'aygan yuziga zid qo'yib, ta'sirli badiiy manzara yaratadi.

Komilning ishqiy g'azallaridan biri:

Kelgil, shomi hajringda holatim xarob o'lmish,

Orazing bu shomimg'a misli oftob o'lmish

matla'si bilan boshlanadi. Anduh girdobiga tushgan oshiq holati g'azalda juda ta'sirli ifoda etiladi. Hajrning zulmati tufayli oshiq hayoti shomdan iborat bo'lib qolgan. U ma'shuqadan kelib, zulmat hayotini oftobday yoritishni iltijo qiladi. Keyingi baytda shoir yorning keliboq ketib qolishidan ozorlanganini bayon etadi. Xuddi umr kabi tez yurish ma'shuqaning odati ekani oshiqni ajablantiradi:

Kelmaging hamon bazmim ichra, ketmaging dag'i,

Umrdek nedin, jono, odating shitob o'lmish.

G'azalning keyingi baytlarida odatdagidek, ma'shuqaning begonaga oshnoligi, oshiqqa begonaligidan yozg'iriladi. Garchi ruhiy holat odatiy bo'Isa-da, ifoda juda o'ziga xos ekanidan tasvir esda qolarli chiqqan:

Toki g'ayrni qilding bodano'shlig'din shod,

Dil mango kabob o'lmish, ko'z mango purob o'lmish.

Suyuklining o'zgaga mehribonligi sabab oshiqning dili „kabob", ko'zi esa „purob", ya'ni yoshga to'la ekanligi aytiladi. Shoir g'azalning keyingi bir necha baytida yorning beparvoligidan shikoyat qilib boradi-da, to'satdan unga qarata ijtimoiy da'vo bilan chiqadi:

Mahfiling aro har tun jam' o'lur bori noahl,

Donish ahlidin ishing nega ijtinob o'lmish.

Oshiqni ma'shuqaning aqlli („donish ahli") kishilardan uzoqlashishga tirishayotgani xavotirga soladi. Keyingi baytda shoir an'anaviy timsollarga murojaat qiladi:

Soqiyo, may-u nuqling minnatin mango qo'yma,

Qatra ashk-u xuni dil nuql ila sharob o'lmish.

Yor ishqida o'rtanib, ko'zi yoshga, dili qonga to'lgan oshiq uchun may va gazak topish tashvish emas, zero istagan vaqtda ko'z yoshidan may, yurak qonidan gazak („nuql") tayyorlay oladi.

Komil she'rning keyingi baytida norozilik ohangini yanada kuchaytirar ekan, e'tiborni ma'shuqadan elga ko'chiradi. Dastlab shoirning bu ko'chishi tushunarsizday tuyuladi. Lekin yakpora g'azalning oldingi qisnilarida ifoda etilgan ruhiy holatni ko'nglida tutib qolgan she'rxon buning mantiqiy asosi borligini ilg'aydi. Zero, ma'shuqa „ag'yor"larga e'tiborli, mehribon edi. U begonaning ko'nglini olish mumkin emasligini bilmasdi. Shu bois oshiq uni ogohlantirish lozim deb sanaydi:

Elga yuz qilib xizmat, birin aylasang ta'xir,

UI yuzini yod etmay, bu biri hisob o'lmish.

Bu misralarda odam tabiatiga xos unutuvchanlik, noshukurlik xususiyatlari mahorat bilan ko'rsatib berilgan. Chindan ham shunday: yuz marta yaxshilik qilgan odamga biror bir sabab bilan biror marta yaxshilik qilinmasa, avvalgi yuzta esdan chiqarilib, keyingi bitta hisobga o'tib qoladi.

Komilning an'anaviy muhabbat yo'lida bitilgan she'rlaridan biri:

„Har qachon kulbama falon jonim

Kelsa o'tru, chiqar anga jonim"

matla"li g'azalidir. Hijron tufayli ma'shuqa kulbasiga kelsa, joni chiqib ketadigan darajada abgor bo'lgan oshiq holati baytdagi Jonim" so'zining tajnisligi hamda ohangning sokinligi sababli oldin uncha bilinmaydi. Qahramon keyingi baytda holatini oshkora bildiradi:

O'lgudekman firoqidin emdi,

Kelmasa bo'yniga erur qonim.

Tasvirdan kelib chiqadigan ma'noning g'alatiligi shundaki, oshiq ma'shuqani ko'rsa jon beradigan holda. Ayni vaqtda, kelmaydigan bo'lsa, yana uvoli ma'shuqaning bo'yniga. Demak. uning ruhiy holati shundayki, mahbubasini ko'rsa shodlikdan, ko'rmasa g'amdan o'ladi. Hijronda kuyayotgan oshiq holatining o'ta nozik tasviri berilgan g'azalning maqta'si kutilmaganda:

Hajridin jam' o'lur edi ko'nglum,

Desa gar: „Komili parishonim!"

tarzida tugallanadi. G'azalning oldingi baytlaridagi fojiaviy ohang, og'riqli azoblar tasviridan, oshiqning vasldan ham, hijrondan ham o'limi naqd qilib qo'yilgan ruhiy manzaralar ifodasidan keyin she'riy bayonda keskin burilish yuz beradi. Oshiq yorning kichik bir marhamati bilan ko'ngli xotirjam ekanligini bildiradi.

Komil ijodida „ Ey, la 'li labing mening hayotim " satri bilan boshlanadigan g'azalning ham o'ziga yarasha o'rni bor. Unda shoirning oshiq ruhiyatidagi nozik va murakkab holatlarni mahorat bilan tasvirlash salohiyati namoyon bo'ladi. Birinchi baytdayoq shoir tazod san'atidan ustalik bilan foydalanib, yor labining hayot, ko'zining esa mamot ekanini tasvirlaydi. Ya'ni yor oshiqqa labidan hayot berib, ko'zi bilan o'ldiradi. Keyingi baytlarda an'anaviy tarzda yor yuzining quyosh ekani-yu unga tikilishga toqat yo'qligi, ishqiga band bo'lib qolgani bois undan qutulolmasligi, shunga qaramay, ma'shuqa mutlaqo begunoh bo'Igani uchun, uni malak emas, odam deyish xato ekanligi tasvir etiladi. G'azalda oshiqning yor hajrida o'lib qolmay, tirik yurganidan uyalgani aks ettirilgan bayt, ayniqsa, kishi e'tiborini tortadigan yo'sinda ifoda ctilgan:

Hajringda xud o'lmadim g'amingdin,

Ko'rsam yuzingni o'lturur uyotim.

Oshiqning ma'shuqaga sadoqati, unga bo'lgan muhabbatining miqyosi maqta'da yanada to'laroq namoyon bo'ladi. She'r so'ngida lirik qahramon yorga qullikda nom chiqarish unga shohlikdan afzal ekanligini ta'kidlaydi:

Xushroq mango chiqsa shohliqdin,

Komil kibi qulluqingda otim.

Muhimi shundaki, Komil, garchi badiiy obraz yaratishda an'¬anaviy timsollardan foydalangan bo'lsa-da, ularga o'ziga xos yondasha olgan. Shuning uchun ham u oshiqning holatini chizganda salaflarni takrorlab qo'ymay, uning ruhiyatidagi sezilmas yangi chizgilarni ko'rsata biladi.

Komilning:

To gulshani jamoling ochar gul chaman-chaman,

Zulfi muanbaring sochar anbar suman-suman

matla'li g'azalida oshiq va ma'shuqa munosabati yangicha rakursda, borliqdagi eng qimmatbaho, asl narsa-hodisalar bilan qiyoslash orqali aks ettiriladi. Unda ma'shuqa og'zidan Adan durlari sochi- lishi, sochidan Xo'tan iforlari anqishi, labi Yaman aqiqlariga o'xshashi aks ettirilar ekan, so'zlarni takror qo'llash orqali tas- virning ta'sir kuchini oshirishga erishadi.

Shoirning „Garchi men oni qilurman subh Ha shorn orzu", „ Ey, lahing hasratidin qon g'uncha ", „ Rahm etib hajrida holimg'a nigor bu kecha", „Sanamlar manga ko'b sitam qildilo" singari g'azallarida ham jafokash oshiq holati va beshafqat ma'shuqa mojarolari aks ettiriladi. Ularda shoirning ulkan she'riy iste'dodi yaqqol namoyon bo'ladi. Komil mumtoz adabiy an'analardan foydalanish bilangina kifoyalanmay, ularni isloh etishga, yangi an'analar yaratishga urinadi. Shuning uchun ham u Xorazmdagi katta adabiy maktabning chin ma'nodagi rahnamosiga aylandi. Komilning zamondoshlari va keyingi avlod shoirlar bevosita uning ijodiy ta'siri doirasida bo'lganlar.



Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish