XOTIRA MURAKKAB PSIXIK JARAYON SIFATIDA
Psixologiya fanida esda olib qolishning quyidagi turlari mavjud ekanligi tan olingan:
-ma‘lumot, xabar, taassurot, axborot va materiallarni eshitish orqali idrok qilish hamda esda olib qolish;
-egallash yoki o‗zlashtirish zarur bo‗lgan materiallarni ko‗rib idrok qilish yordamida esda olib qolish;
-materiallarni harakat yordamida va eshitish orqali idrok qilish hamda esda olib qolish;
-aralash holatda esda olib qolish: ko‗rish, harakat kabilar orqali idrok qilish va esda olib qolish, boshqacha aytganda, bir nechta ta‘sir etuvchilar yordamida aks ettirish.
Ushbu misollar yordamida biz esda olib qolishning tahlil qilib o‗tilgan to‗rt toifasi xususiyatlari bilan tanishtirib, o‗ziga xos jihatlariga to‗xtalamiz.
I – pero, tog‗, daraxt, qulf, tayoq, karton, siyoh, asalari, karam, oyna. II – delo, chang‗i, dengiz, tosh, saroy, qo‗ng‗iroq, po‗st, kalamush, bo‗ta, ertak.
III – tezda, o‗q, osmon, qum, kitob, shok, balkon, chiroq, it, topishmoq. IV – dars, qoraqurt, arava, echki, o‗qituvchi, apelsin, o‗t, bo‗ri, parta, qo‗ziqorin. birinchi qator o‗qib beriladi, so‗ng eslab qolingan so‗zlarni yoddan talab
qilinadi; ikkinchi qatordagini ko‗rib idrok qilish, so‗ng eslab qolganlarini yozish vazifasi qo‗yiladi; 8-10 minutdan keyin 3-qatordagi so‗zlar o‗qib beriladi va ularni havoda yozib ko‗rsatish so‗raladi, bu yo‗l idrok qilingan so‗zlarni yoddan o‗zicha yozishni taqozo qiladi; so‗nggi qator o‗qiladi va ko‗rsatiladi; sinaluvchilar ularni ichdan takrorlashlari kerak, undan so‗ng eslab qolingan so‗zlarni yozish tavsiya qilinadi.
Mana shu yo‗llar orqali ko‗rish, eshitish, eshitish-harakat,
kombinirlashtirilgan (aralash) turlari yordamida xotiraning qaysi turi ustunroq yoki qaysi biri bo‗sh ekanligini aniqlash mumkin. Esda olib qolishda assotsiatsiyalarning ahamiyati muhimdir.3 Buning uchun esda olib qolish jarayonining bog‗lanishlari paydo bo‗lish sur‘atini aniqlash maqsadida, ular xususiyatlariga binoan quyidagi: 1) sabab-oqibat bog‗lanish (kesilsa-og‗riydi) 2) bo‗lak va yaxlit munosabati (ko‗ylak-yoqasi), 3) qarama-qarshilik munosabati (osoyishtalik-shovqin), 4) inkor etish holati (quvnoq-g‗amgin), 5) adekvat yoki aniqlik (g‗or aniqlash joyi, o‗qituvchi so‗ziga o‗quvchining javob topishi) turlarga ajratiladi. A.R.Luriya esda olib qolishni tadqiq qilishda ―Piktogramma‖ usulidan foydalaniladi. Ushbu usul xususiyatiga ko‗ra, asosan, tajriba uchun qalam va qog‗oz talab qilinadi. Buning uchun 12-18 tagacha atama tanlab olinadi: 1) quvonchli bayram, 2) og‗ir mehnat, 3) o‗sish, 4) kechki mazali ovqat, 5) jasur harakat, 6) kasallik, 7) baxt, 8) sehrli savol, 9) judolik, 10) do‗stlik, 11) zimiston, 12) qayg‗u, 13) adolatsizlik, 14) shubha, 15) iliq shamol, 16) aldash, 17) boylik, 18) och bola. Tajriba o‗tkazuvchi atamalarni o‗qish paytida sinaluvchilar eshitishi zarur bo‗lgan so‗zlarni piktogramma shaklida grafik holatda ifodalashi kerak (nimani xohlasa o‗shani chizish). Atamalar o‗qilganda sinaluvchilar oradan 5 minut o‗tgandan keyin ularga piktogramma (rasm, grafik orqali) bo‗yicha berilgan so‗zlarni eslash, har bir piktogramma tagiga atamani yozish so‗raladi. Bunda esga tushirish qarama-qarshi tartibda bo‗lish tavsiya etiladi. Masalan, og‗ir mehnat - kurak yoki bolg‗a, yuk orqalagan odam; shubha - yo‗l kesilishi yoki so‗roq alomati, o‗sish - o‗sayotgan daraxt, to‗g‗ri chiziq va boshqalar.
Esda olib qolish koeffitsiyenti quyidagi formula asosida hisoblab chiqiladi:
KqTg‗ n ·100 ·T esga qayta tushirilgan to‗g‗ri so‗zlar miqdori n- qo‗yilgan talablarning umumiy miqdori. Bu tajriba orqali: a) verbal eslab qolish samaradorligi, b) assotsiatsiyalar yo‗nalish va xususiyati, v) ularning umumlashganligi, yaqqol belgilardan mavhum belgilarga o‗tishini aniqlash imkoni yuzaga keladi. Esda olib qolish inson faoliyatining xususiyatiga bevosita bog‗liqdir. A.A.Smirnov, P. I. Zinchenko tajribalari shuni ko‗rsatadiki, esda olib qolish u yoki bu faoliyatdagina samarali bo‗lish mumkin. A.A.Smirnovning tajribalarida tekshirishlarga qaraganda, ikki xil faoliyat taklif qilinsa, birinchi holda ular ma‘noli matnni esda olib qolish nazarda tutiladi. Sinaluvchilar matnni yodlar ekanlar, materiallar ustida hech qanday faol ish olib bormaganlar. Ikkinchi holda esa esda olib qolish vazifasi qo‗yilmaydi-yu, lekin matn ustida muayyan ish olib borish, unda uchraydigan ma‘noviy xatolarni aniqlash taklif etiladi. Ikkinchi holda esda olib qolish ancha samarali bo‗lganligi aniqlangan. Bu samaradorlik esa ko‗p jihatdan beriladigan ko‗rsatmalarga bog‗liqdir. Umuman esda olib qolish ko‗rsatmasi uzoq va qisqa muddatli esda saqlashga, aniq esga tushirishga yoki so‗zlari bilan esga tushirishga qarab ko‗rsatmalar berish mumkin. Tajriba o‗tkazuvchilarning xizmati shundaki, a) sinaluvchilarga tegishli ko‗rsatmalarni ishlab chiqish yoki ularni yaratish, b) qaysi xabar, ma‘lumot, axborot, taassurot muvaqqat xususiyatga ega, v) nimani esda olib qolish zaruriyati mavjud, g) qandaylarini tushunib olish kifoya qiladi, d) nimani qay holda so‗zma-so‗z esda olib qolish kerakligini ko‗rsatib o‗tish lozim. Kuzatishlarning ko‗rsatishicha, bunday ko‗rsatmalar (ustanovkalar berilmaganda); tajriba ishtirokchilarida ko‗pincha noto‗g‗ri va qarama-qarshi hukmlar vujudga keladi. Maxsus vositalar va oqilona usullarni qo‗llash orqali esda olib qolish sohasidagi yodlashdan iborat tashkiliy faoliyat alohida ahamiyatga ega. A.A.Smirnovning o‗tkazgan tajribasidagi natijalar shuni ko‗rsatadiki, matnni maxsus tuzib chiqilgan rejaga asoslangan holda yodlash rejasi, pala-partish esda olib qolishdan ikki baravar samaraliroq ekan ruxshunos olimlarning tavsiyasiga binoan yodlash jarayonida materialni takrorlash bilan uni faol esga tushirish o‗zaro almashtirib turish yuqori natijalar beradi. Kuzatishlar va tajribalar shuni ko‗rsatdiki, o‗quvchilar va talabalar bu usullarni mustaqil ravishda egallay olmaydilar, odatda ular muallimning rahbarligida egallashadi, aks holda o‗quv faoliyati ishtirokchilari materialni bevosita, ixtiyorsiz esda olib qolish bosqichida qotib qolishi mumkin, bu hol aqliy o‗sishga qarama-qarshidir. Shu narsani alohida ta‘kidlab o‗tish kerakki, o‗quv materiallarini ma‘nosiga tushunib esda olib qolish yo‗li oqilona yo‗l bo‗lib qolmasdan, balki u mexanik esda olib qolish jarayonini o‗zining samaradorligi bilan ajralib turadi. Inson ulg‗ayib borgan sari uning aqliy faoliyatida ma‘lumot, xabar, bilimlar ma‘nosini tushunib esda olib qolish keng o‗rin egallay boshlaydi.
Hozirgi davr talabi shundan iboratki, axborot ko‗lamining tezkorlik bilan kengayib borishi o‗qish va o‗qitishda materiallarni ma‘nosiga tushunib esda olib qolishdan iborat xotira faoliyatga nisbatan ehtiyoj yanada kuchayadi. Lekin bu mulohaza mexanik esda olib qolish mutlaqo yaroqsiz o‗quv faoliyati yoki umuminsoniy faoliyatning tarkibiy qismi degan xulosaga olib kelmasligi zarur. Chunki ishlab chiqarishda, turmush jabhalarida, ta‘limda ta‘riflar, ifodalangan sanalar, shartli belgilar, matematik va kimyoviy alomatlar, xorijiy atamalardan foydalanish mexanik esda olib qolish jarayoni orqali amalga oshiriladi. Shuning uchun bu holatni esda olib qolish va esga tushirish ko‗rsatmalaridan (ustanovkalaridan) kelib chiqqan holda talqin qilish adolat tantanasi deb tushunish kerak. Mexanik esda olib qolish bilan bog‗liq axborotlar majmui inson bilish faoliyatining tarkibiy qismi ekanligini tushuntirish oqilona yondashish namunasi bo‗lib hisoblanadi. Bu omil jahon psixologlari tajribasida ko‗p marta tadqiq qilingan va to‗plangan materiallar o‗z dolzarbligini hali ham yo‗qotgani yo‗q, bunga respublikamizda yig‗ilgan natijalar yaqqol misoldir.
Esda olib qolish jarayoni deganda, sezgi, idrok, tafakkur va ichki kechinmalarni xotirada saqlanish xususiyati tushuniladi. Kundalik hayotimizda kitob, jurnal, gazeta o‗qiganimizda, materialni esda olib qolish uchun shu materiallarning ma‘nosiga tushunib olishga harakat qilamiz. Jamiki narsa insonga etarli darajada tushunarli bo‗lmasa, u taqdirda ularni esda olib qolish jarayoni juda qiyin kechadi. O‗rganilayotgan materialning mazmuni va ma‘nosiga tushunib olish uchun odam uni tahlil qilishga, umumlashtirishga harakat qiladi. A.A.Smirnov ta‘kidlaganidek, materialni tushunib olish xuddi shu jarayonga yaqqol misoldir. Muallifning shaxsiy fikriga qaraganda, o‗zlashtirilayotgan materiallarni esda olib qolish qiyinligi ularni tushuna olmaslikdir. Tushunib olishning esda olib qolishdagi ahamiyati xuddi shu bilan tavsiflanadi. Jahon psixologiyasi fani to‗plagan ma‘lumotlarga qaraganda, o‗zlashtirilayotgan materialni mexanik tarzda egallashga nisbatan uning ma‘nosini tushunib o‗zlashtirish bir necha marta mahsuldordir. Esda olib qolish jarayonida o‗zlashtirilayotgan materialning ma‘noga ega bo‗lishligi yoki bo‗lmasligi muhimdir. Assotsiativ psixologiya maktabining vakili, taniqli ruhshunos G. Ebbingauz jahon psixologiyasida birinchi bo‗lib, 1885 yilda oliy ruhiy jarayon bo‗lgan xotirani (1888 yilda intellektni) ilmiy tajriba metodi negizida tekshirdi va keng ko‗lamda turmushga tatbiq etdi. U xotira jarayonini tajribada tekshirishning asosiy yo‗nalishini ishlab chiqdi. Xotirani "sof" ko‗rinishda o‗rganishga harakat qilib, ma‘no kasb etmaydigan bo‗g‗inlardan foydalanadi. Uning bu tadqiqoti kishining mantiqiy xotirasini emas, balki mexanik xotirasiga nisbatan qo‗llanishga xos to‗g‗ri yo‗nalishdir. G.Ebbingauzning bu tadqiqoti psixologiyada introspektiv (o‗z-o‗zini kuzatish yoki ichki kuzatish) metodga qarama-qarshi qo‗yilgan ilmiy tajribaviy metod yutug‗i sifatida ilmiyamaliy ahamiyatga egadir. U xotira jarayonini tekshirishda o‗z oldiga 38 ta ma‘no anglatmaydigan bo‗g‗inlardan tuzilgan materialni esda olib qolishni maqsad qilib qo‗ygan. Bu materialni o‗zlashtirish o‗rtacha 55 marta takrorlashni talab qiladi. Esda olib qolish uchun 38-40 so‗zdan, 11 ta bog‗liq bo‗lmagan so‗zlardan foydalangan. Bu materialni o‗zlashtirish 6-7 marotaba takrorlashni talab etgan, umumiy hisob esa 9:1 nisbatga to‗g‗ri kelgan. D.Layon ham xuddi shu muammo bilan shug‗ullangan (1914 yil). Uning tajribalarida 200 ta mazmunga ega bo‗lmagan, ma‘no kasb etmaydigan so‗zlar 98 minutdan keyin esda olib qolingan. Prozaik (sodda til bilan yozilgan, badiiy bo‗yoqqa bo‗yalgan) matndan olingan 200 ta so‗z 24 minutdan so‗ng, she‘riy uslubda yozilgan matndan olingan 200 ta so‗z 10 minutdan keyin esda olib qolingan. Bu erda ham ma‘lum ma‘no kasb etuvchi materialni esda olib qolish ma‘nosiz materialni esda olib qolishga nisbatan 9:1 hosil qiladi. Esda olib qolishning mustahkamligi o‗zlashtirilayotgan materialni ma‘noga ega yoki ega emasligiga bog‗liqdir. G.Ebbingauz unutishning vaqtga bog‗liqligini tajriba orqali aniqlagan.4 To‗plangan natijalarning ko‗rsatishicha, material yod olingandan so‗ng unutish sur‘ati tez, keyinchalik u birmuncha sekinlashadi. Bu qonuniyat ma‘nosiz ayrim bo‗g‗inlarni unutish ustida olib borgan ishlarida tasdiqlangan. Tajribalarning ko‗rsatishicha, o‗rganilgan narsalar bir soatdan keyin unutiladi. Materialni o‗zlashtirish jarayoni mobaynida, xotirlash natijasida unutish sekinlashib boradi.
Muvaqqat asab bog‗lanishlari susayishi natijasida qachonlardir sodir bo‗lgan narsa va hodisalarning o‗zaro aloqalari xotirada astasekin yo‗qolib boradi. Vaqtning o‗tishi bilan birmuncha unutilib borilayotgan yoki unutilib ketilayotgan vaqtli bog‗lanishlarni, ya‘ni assotsiatsiyalarni qaytadan tiklash jarayoni kuch-quvvat, xatti-harakatlarni talab qiladi.
G.Ebbingauz izdoshlari va shogirdlari tomonidan o‗tkazilgan juda ko‗p tadqiqotlarning ko‗rsatishicha, unutish sur‘ati materialning ma‘noli yoki ma‘nosizligiga, uning qanchalik anglashilganligiga bog‗liqdir. Material qanchalik mazmundor, anglashilgan, tushunib olingan bo‗lsa, u holda unutish ham
shunchalik sekin kechadi. Lekin ma‘noli materialga nisbatan ham unutish avval tez sur‘atda, keyinchalik esa bu sekinlashadi. Biron-bir materialni o‗zlashtirish yoki esda olib qolish - insonning ehtiyojlari, qiziqishi, faoliyatning maqsadi bilan bog‗liq bo‗lsa, bu material sekin unutiladi. Unutishning tezligi esda olib qolingan materialning mustahkamligiga teskari proporsional xususiyat kasb etadi. Demak, esda olib qolishning mustahkamligi o‗zlashtirilayotgan materialning ma‘noga ega yoki ega emasligiga bog‗liqlikdan tashqari, yana bir nechta omillar o‗z ta‘sirini ko‗rsatadi (qiziqish, xohish, shaxsiy ahamiyatga ega ekanligi) va uning faoliyat mazmuniga aylanishiga ham bog‗liq. Shuningdek, ular kishining shaxsiy, yakkahol xususiyatlariga ham bevosita aloqador. Yuqoridagi fikr va mulohazalarning isboti uchun G.Ebbingauzning hayotiy tajribasidagi misolni keltirib o‗tamiz. U Don Juan Bayronning to‗rtligini 24 soatda o‗zlashtirib oladi. Bu to‗rtlik G.Ebbingauz uchun shaxsiy ahamiyat kasb etgan, shu bilan birga, uning qiziqish istaklariga mos tushgan. Bunda o‗zlashtirish jarayoni quyidagicha ketadi: ikkinchi marta takrorlash 50 foiz vaqtni tejagan, keyin vaqt o‗tishi bilan bu to‗rtlikni takrorlash 34 foiz vaqtni tashkil qilgan. Oradan 22 yil o‗tgandan so‗ng ham bu to‗rtlik hanuzgacha uning ko‗z o‗ngidan ketmagan. Xuddi shu g‗azalning boshqa bir to‗rtligini yod olishga harakat qilib ko‗rilganda, buning uchun birmuncha ko‗p vaqt talab qilgan hamda 7 foiz vaqt ketgan. Bu g‗azalning qolgan qismlari yod olinmagan. Demak, bundan shunday xulosaga kelishimiz mumkinki, odam uchun katta hayotiy ahamiyatga ega bo‗lgan narsalarning ko‗pchilik qismi mutlaqo esdan chiqib ketmaydi. 1926 yili P.Vilyamson bir bo‗g‗inli so‗zlar asosida tuzilgan materialdan foydalanib, A. Datse va G. Djons (1931 yili) kasr usulidagi matndan olingan materialni bir marta o‗qib chiqilgandan so‗ng, olingan materiallarga ko‗ra, unutish jarayoni Ebbingauzning ma‘nosiz bo‗g‗inlar yordamida tuzilgan materiallar asosida o‗tkazilgan tajribasidan farqli ravishda, quyidagicha natija bergan: Ebbingauz tajribalarida bir soat ichida 35 foizga keskin pasaygan bo‗lsa, Datse- Djonslarning tajribalarida unutish 72 foizga, P.Vilyamsonnikida esa unutish 75 foizga pastlashgan holda egri chiziq hosil qiladi.5
Sobiq sho‗ro ruhshunoslari tadqiqotlarining natijalari ma‘noga ega bo‗lgan materiallarni o‗zlashtirishda esda olib qolish uchun turli xil yo‗nalish, ko‗rsatma berish muhim ahamiyat kasb etadi, degan fikrni tasdiqlaydi. A.N.Leontev, S.L.Rubinshteyn, P.A.Ribnikov va boshqalar bolalarning xotira faoliyatini o‗rganganlar, shuningdek, ular o‗qish faoliyatiga asoslangan holda maktab o‗quvchilarida tekshirish ishlarini olib borganlar.
P.I.Zinchenko, M.N.Shardakov, A.I. Lipkinalarning tadqiqot ishlarining aksariyati shunga bag‗ishlangan bo‗lib, turli materialni esda olib qolishda tushunishning ahamiyati muhimligini tasdiqlashga intilgan. Bu materialni esda olib qolishga to‗g‗ri yo‗nalish berilishining natijasida material mazmunini tushunib olgan hamda esda olib qolish tezligi, aniqligi, mustahkamligi va to‗liqligi ta‘minlanadi. A. A. Smirnovning ta‘kidlashicha, shu davrgacha hech kim, hech bir ilmiy adabiyotlarda bolalarga va quyi sinf o‗quvchilariga ahamiyatli bo‗lgan materialni mexanik tarzda olib qolishlari ko‗rsatilmagan. Nemis ruhshunosi Vilyam Shtern (1871-1938) fikricha, bolalarda ham, katta yoshdagi odamlarda ham ma‘nosiga tushunib o‗zlashtirishga nisbatan mexanik egallash kam mahsuldir. Bu mulohaza haqiqatan ham to‗g‗ri bo‗lib, u Meymon fikriga ko‗ra, yosh ulg‗ayishi bilan ma‘nosiz materialni esda olib qolish kamayib boradi va kam samara beradi, lekin ma‘noga ega bo‗lgan bilimlarni esda olib qolish esa sezilarli darajada rivojlanib boradi. SHunga o‗xshash omillar boshqa psixologlar tomonidan ham to‗plangan bo‗lib, bu haqda boy materiallar umumiy psixologiya xrestomatiyalarida o‗z ifodasini topgan. A. A. Smirnov ma‘no anglatmaydigan bo‗g‗inlardan va ma‘no kasb etuvchi so‗zlardan tuzilgan material asosida tekshirish o‗tkazgan. Katta va kichik yoshdagilarda ixtiyoriy va ixtiyorsiz esda olib qolishni alohida tekshirish, har ikkala yosh davrida mazmundor va mazmunsiz materialni esda olib qolishning munosabatini tekshirish maqsad qilib qo‗yilgan.
Ma‘no kasb etgan materialni esda olib qolish yosh bolaga nisbatan kattalarda ustunligi, lekin ma‘nosiz materialni esda olib qolish kichik yoshdagi bolalarga qaraganda kam samara bermasligi aniqlangan. Ma‘nosiz bo‗g‗inlar nafaqat kichik yoshdagi bolalarda, balki katta yoshdagilarda ham yaxshi o‗zlashtiriladi.
A.N.Leontev tadqiqot ishlarida katta yoshdagilarning ma‘nosiz bo‗g‗inlardan tuzilgan materialni yaxshi, puxta esda saqlab qolishligi ta‘kidlangan. Katta yoshdagilar ma‘nosiz bo‗g‗inlarni qandaydir mazmun bilan tez va oson bog‗lay oladilar. Shuning uchun ularda bolalarga nisbatan ham kuchliroq ma‘no kasb etadi, shuningdek, ma‘no anglatmaydigan materialni o‗zlashtirish jarayoni tez ko‗chadi, mahsuldorroq bo‗ladi. Ma‘nosiz materiallarni egallash uchun iroda kuchi, irodaviy sifatlar muhim ahamiyatga egadir. Esda olib qolishga hech qanday yo‗nalish berilmay materialni yaxshi olib qolinishi kishining jadal faoliyati bilan bog‗liqdir.
Faol faoliyat odamlarning xotira yo‗nalishi o‗rnini bosib, esda olib qolish uchun berilgan yo‗nalishlar va ularning funksiyalarini bajara oladi. Ixtiyorsiz esda olib qolish faol, irodaviy kuch sarflash hisobiga amalga oshadi. A.A.Smirnov ma‘noli materialni esda olib qolishning bolalar uchun engil ko‗chishi - ularning yosh xususiyatlarga bog‗liq narsa emasligini ta‘kidlab o‗tadi. Chunki bolalar hali tushunib olmagan materialni go‗yo ma‘nosi yashirinib yotgandek qabul qiladilar. Matn ma‘nosining noma‘lumligi unga nisbatan qiziqish, bilishga intilish, mazmunini izlashga talabchanlik uyg‗otadi. Odatda, ma‘nosiz so‗zlarni laboratoriya sharoitiga qaraganda, kundalik turmushda puxtaroq eslab qolinadi.
Masalan, ro‗zg‗or yoki bog‗cha uchun sotib olinishi zarur bo‗lgan narsalar va boshqalar. O‗zlashtirilayotgan material faol faoliyat mazmuniga predmetiga aylanganda mustahkam esda olib qolinadi, mahsuldorligi birmuncha yuqori bo‗ladi. Ular ko‗p narsalarni mexanik esda olib qoladilar, muayyan ma‘noga ega bo‗lgan material mazmunini, mohiyatini hamma vaqt ham tushunib olavermaydilar. Bolalar o‗z so‗zlari bilan tahlil qilishlariga esa ularda so‗z boyligi etishmaydi. Bir fikrni ikkinchisi bilan izchil bog‗lay olmaydilar. Kichik maktab yoshidagi bolalar bo‗lsa, materialni tushunib olishlari qiyin bo‗lgandagina ularning, ma‘nosini tushungan holda yod oladilar. Shuning uchun navbatdagi materialni o‗zlashtirayotganda ham xuddi shu yo‗sinda yod olish ular uchun muvaffaqiyatliroq ko‗chadi. Shunday qilib, ular mexanik tarzda esda olib qoladilar, buning asosiy sababi esa materialni tushunishning qiyinligi hisoblanadi.
Qator olimlarning mulohazalariga binoan: 1) materialni esda olib qolish darajasi shaxsning xususiyatiga ega emas, balki uning yakkahol xususiyatlariga bog‗liqdir; 2) mexanik esda olib qolishning odat tusiga kirib qolishi ham yosh davrlarning xususiyati emasdir; 3) chet el psixologi G. Uippl (1919 yilda) ushbu masalani tadqiq qilishga ko‗ra, so‗zma-so‗z esda olib qolish mexanik esda olib qolishning biron-bir ko‗rinishidir.6
Tajriba vaqtida o‗zlashtirilayotgan materialni "o‗z so‗zi" bilan bayon qilib berishlari so‗ralganda, natija ko‗ngildagidek bo‗lmagan, bunga asosan sabab so‗z qashshoqligidir. Chunki o‗zlashtirilgan material mantiqiy izchil emas, balki so‗zma-so‗z o‗zlashtiriladi. So‗zlarning birin-ketin izchilikda bayon qilinishi biroz bo‗lsa-da, materialning asliyatiga yaqinlashadi. Material va xabarlarni so‗zma-so‗z esda olib qolish imkoniyatining sabablari quyidagilardan iborat:
materialning ta‘sirchanlik darajasi;
shaxsning o‗zlashtirishga munosabati;
v) o‗zlashtiruvchining imkoniyati va qobiliyati.
Agar o‗zlashtirilayotgan material ta‘sir kuchini ko‗rsatishda yosh davrlarining xususiyatlari, subyektning o‗ziga xosligi, betakrorligi hisobga olinib, ularni egallashga nisbatan to‗g‗ri ko‗rsatma berilsa, u holda uning ta‘sirchanligi ortadi. Materialni o‗zlashtirishga nisbatan munosabatda katta yoshdagi odamlar uchun materialni ma‘nosiga tushunib esda olib qolishning ahamiyati, bolalar va maktab o‗quvchilarida esa tasavvur obrazlari va obrazli xotira muhim ahamiyat kasb etadi. Bolalarda o‗zlashtirilayotgan materialning aniqligi, o‗ziga xosligi, betakrorligi, aksariyat xususiyatlariga ega ekanligi kabi sifatlarning ahamiyati
muhimdir. Insonning o‗z ustida mustaqil ishlashi, o‗z-o‗zini takomillashtirish, o‗zo‗zini boshqarish imkoniyati, uzluksiz mashq qilishi, zarur ko‗nikma va malakalarning egallashi, ichki imkoniyatlardan unumli foydalanishi esda olib qolish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Esga tushirishga xotira jarayoni sifatida ta‘rif berilganda, uning ta‘siri natijasida uzoq muddatli xotira tizimida avval mustahkamlangan turli xususiyatli materiallar va taassurotlarni operativ (tezkor) xotira jabhasiga ko‗chirishning faollashuvi nazarda tutiladi. Oldin o‗zlashtirilgan materiallarni xotirada qayta tiklanishi, ya‘ni xotirada to‗planib (yig‗ilib) qolgan izlarning faollashuv jarayoni murakkab yoki engil kechishining darajalariga binoan tavsiflanishi mumkin: a) bizni qurshab turgan narsa va hodisalarni, hech ikkilanmasdan «avtomatik» tarzda tanish; b) qariyb unitilish darajasida bo‗lgan narsa va hodisalarni qiyinchilik va azob bilan eslash kabilar. Ana shu talqindan kelib chiqqan holda esga tushirish jarayonining ichki tuzilishiga binoan bir nechta turlarga ajratish maqsadga muvofiq: tanish-bevosita shaxs yoki narsani esga tushirish (ixtiyoriy va ixtiyorsiz tarzda) va eslash (xotira ixtiyoriy yoki ixtiyorsiz holatda). Bu asnoda insonning turmush tarixi (hayotiy salnomasi), uning umr davomidagi (ontogenetik) xotirasi va uni eslash shaxs uchun alohida ahamiyat kasb etadi.
Tanish-bu kognitiv nuqtai nazaridan tevarak- atrofdagi narsa va hodisalarni inson tomonidan qayta idrok qilish sharoitida esga tushirishdan iborat xotira jarayoni. Tanish muayyan shaxsning hayoti va faoliyatida katta ahamiyatga ega.
Bu xotira jarayonining sharofati tufayli biz ko‗rgan, eshitgan narsalar, hodisalar, voqeliklar va insonlar bilan qayta duch kelganimizda ularni yangidan, boshdan idrok qilmaymiz, balki ularni qaysidir alomatlari, ko‗rinishi, xususiyatlari va boshqalarga asoslanib taniymiz. Xuddi shu bois, tevarak-atrofdagi ob‘ektlarni
(sub‘ektlarni) idrok qilish tajribasi bilan uzviy bog‗liq tanish jarayoni atrofmuhitdagi voqelik (realiya) bo‗yicha to‗g‗ri mo‗ljal (oriyentir) olishga imkon yaratadi. Tanish o‗zining aniqligi, ko‗lami, yorqinligi xususiyatlari va darajalariga binoan har xil ko‗rinishlarga ega. Psixologiyada tanish jarayon sifatida ham ixtiyorsiz, ham ixtiyoriy tarzda namoyon bo‗lishi mumkin. Tadqiqot natijalariga ko‗ra, tanish to‗liq, yorqin, aniq amalga oshgan bo‗lsa, u holda bir daqiqali ixtiyorsiz aqliy harakat tarzida kechadi yoki yuzaga keladi.Bu jarayonda hech qanday jismoniy, asabiy, aqliy zo‗riqishsiz, o‗zimiz payqamagan holda avval idrok qilgan jismlar yoki subyektlarni tez taniymiz. Chunki, insonning favqulodda tajribasi, hayotiy tajribasi, faoliyati bilan ixtiyorsiz tanish jarayonining turi qo‗shilishib ketadi. Mabodo tanish jarayoni o‗zining ko‗lami bilan noto‗liq bo‗lsa, u albatta noaniq xususiyat kasb etadi. Agarda qaysidir odamni ko‗rganda ―tanishlik hissi‖ uyg‗onsa, lekin uni oldin (avvaldan) bilgan kishimizga o‗xshashligi bo‗yicha shubhalanishimiz mumkin. Shunday ruhiy holatlar ham uchraydiki, unda biz biror insonni tanisak-da, biroq qay tarzda, qanday vaziyatda uning uchratganimizni xotirlay olmaymiz. Bunday holdagi noto‗liq yoki etarli
darajada to‗liq bo‗lmagan tanish jarayoni o‗ziga xos murakkab ixtiyoriylik xususiyatlarini kasb etadi. Obyektni (subyektni) idrok qilishga asoslangan holda uni aniq tanish uchun biz turli vaziyatlarni eslashga harakat qilamiz. Bunday ruhiy holatlar tanish jarayonini esga tushirishga ko‗chganday tasavvur uyg‗otadi. Esga tushirish jarayoni tanishdan farqli o‗laroq mo‗ljallangan obyektni (subyektni) qaytatdan idrok qilmasdan eslash orqali bevosita tarzda amalga oshiriladi.7
Favquloddagi daqiqalarda ro‗yobga chiqarilayotgan faoliyatning mazmuni esa esga tushirishni aks ettirsa-da, lekin ushbu faoliyat maxsus tarzda uni esga tushirishga yo‗nalmagan bo‗ladi. Bunday ko‗rinishdagi esga tushirish ixtiyorsiz deyilsa-da, ammo u biron-bir tashqi yoki ichki turtkisiz, o‗zidan o‗zi yuzaga kelmaydi. Ixtiyorsiz esga tushirishning turtkisi- bu predmetni (subyektni) idrok qilish, tasavvur obrazlarini yaratish, fikrlarni tug‗ilish jarayoni hisoblanib, ularni muayyan tashqi ta‘sirlar (omillar) keltirib chiqaradi. Tasodifiy holatlarda obyektlarni (subyektlarni) idrok qilish yuzaga keltirgan ixtiyorsiz esga tushirish betartib (xaotik) bo‗lmasdan, balki muayyan narsalarga yo‗nalish xususiyatiga egadir. Fikr va obrazlarni ega tushirishning mazmuni va yo‗nalishini avvalgi tajribalarda to‗plangan bilimlar,assotsiatsiyalar belgilaydi. Goho inson tomonidan esga tushirish turtkilari sezilmasligi sababli ushbu jarayon o‗zidan o‗zi vujudga kelganday tuyuladi.
Ixtiyorsiz esga tushirish yo‗nalgan, tashkillashgan bo‗lishi uchun obyektlarni (subyektlarni) idrok qilishni tasodifiy turtki emas, balki mazkur daqiqalarda shaxs tomonidan amalga oshirilayotgan muayyan faoliyat mazmuni keltirib chiqaradi.
Masalan, o‗qilgan kitobning mazmuni ta‘sirida kishida uning tajribalarini ixtiyorsiz esga tushirishni yo‗nalganligi va tashkillashtirilganligi ortadi. Mazkur mulohazalardan kelib chiqqan holda ixtiyorsiz esga tushirishni ixtiyorsiz esda olib qolish jarayoni sifatida boshqarish maqsadga muvofiq. Agarda oliy maktab o‗qituvchisi ma‘ruzani mantiqli, ma‘noli, tartibli, tizimli amalga oshirsa, mashg‗ulotlarda talabalarda oldingi tajriba mahsullarini tashkillashtirish uquvi ortadi. Odatda inson o‗z oldiga qo‗ygan maqsaddan kelib chiqadigan ixtiyoriy esga tushirishni reproduktiv topshiriq yoki muammmo yuzaga keltiradi. Mabodo o‗zlashtirilgan materiallar xotirada puxta mustahkamlangan bo‗lsa, u holda ularni esga tushirish engil kechadi. Ba‘zan materiallarni har qanday vaziyatda, turli yoshdagi insonlar tomonidan eslash imkoni vujudga kelmasa, u taqdirda qiyinchilikni oson, yengil engish maqsadida faol qidiruv faoliyatini amalga oshirish zarur. Bunday yo‗sindagi esga tushirish eslash jarayoni deb ataladi. Eslash ixtiyoriy esda olib qolishga o‗xshab murakkab aqliy harakat xususiyatiga ega bo‗lishi mumkin. Kasb-koridan qat‘iy nazar, har qanday shaxs obekt va
46
subektlarni oqilona eslash ko‗nikmasini egallashga intilishi (odatlanishi) lozim. Ma‘lumki, insonning o‗z bilimlaridan foydalanishning tayyorgarlik darajasi va mahsuldorligi unga bevosita bog‗liqdir. Tajribalarning ko‗rsatishiga qaraganda, puxta, mustahkam esda olib qolish jarayoni muvaffaqiyatli esga tushirishni ta‘minlaydi.
Shuni ta‘kidlash joizki, eslashning muvaffaqiyati ko‗p jihatdan reproduktiv topshiriqning mazmuni nechog‗lik aniq, yorqin, aniqlangan bo‗lishiga bog‗liq.8 Mabodo eslash jarayonida qiyinchiliklar vujudga kelsa, u taqdirda reproduktiv topshiriq mohiyatidan kelib chiqqan xolda fikrlash, xotirlash keng ko‗lamdagi bilimlardan torroq tizimli bilimlar sari yo‗naltirilishi joiz. Buning uchun dastavval nimani esga tushirish aniqlangandan keyin assotsiatsiyalarni faollashtirish maqsadida solishtirish, qiyoslash, farqlash, o‗xshatish, aqliy operatsiyalaridan foydalanish ma‘qul. Eslash xotiraning esga tushirish jarayoni singari tanlash yoki saralash xususiyatiga ega. Inson nutqida aniq mujassamlashgan va anglanilgan reproduktiv topshiriq (vazifa, masala, muammo) eslashning keyingi aqliy harakatga yo‗naltirilganligi tufayli xotira mahsulining eng muhimini ajratib yoki tanlab olishga yordam beradi. Eslashning muvaffaqiyati ko‗p jihatdan uni amalga oshirishda aqliy usul va vositalaridan qanday foydalanishiga bog‗liq. Xotiraning muhim vositalari qatoriga: materiallarni (ko‗lami va hajmiga binoan) eslashning rejasini tuzish; ob‘ekt va sub‘ekt mohiyati hamda xususiyatiga mutanosib obrazlarni (timsollarni) ko‗z o‗ngiga keltirish; bilvosita assotsiatsiyalarni paydo qiluvchi maqsadga yo‗naltirgian ichki va tashqi turtkki (motiv) larni qo‗zg‗atish va boshqarish. Eslashning muvaffaqiyatli kechishi ko‗p jihatdan reproduktiv topshiriqni bajarishning qanchalik asoslanganligiga jiddiy bog‗liq. Muammoning asoslanganligi uni shaxs tomonidan anglash sari etaklaydi. Eslash jarayoni o‗tmish taassurotlarini oddiy tarzda esga tushirishgina emas, balki u oldingi bilimlarining yangilari bilan aloqaga kirishuvi, yangicha tartibga keltirilishi, chuqurroq anglanish darajasiga o‗sib o‗tishi hamdir. SHuni ta‘kidlash lozimki, shaxsda eslash jarayonida ishonch hissining uyg‗onishi esga tushirishga katta ta‘sir etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |