KURS ISHI
Fan: Rivojlanish psixologiyasi va pedagogik-psixologiya
MAVZU: MAKTABGACHA TARBIYA YOSHIDAGI BOLALARDA MULOQOTDAGI QIYINCHILIKNI PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
Bajardi: Xusainova Sitora
Tekshirdi: ___________
MUNDARIJA
KIRISH…………………………………………………………………..
I-BOB. MAKTABGACHA TARBIYA YOSHIDAGI BOLALARDA MULOQOTDAGI QIYINCHILIKNI PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI…………………………………………………………….
1.1. Muloqot haqida umumiy tushuncha…………………………………….
1.2. Pedagogning tardiyalanuvchilar bilan o`zaro muloqot jarayoni……...
II-BOB. BOLALARDA O`ZARO MULOQOT JARAYONINING O`ZIGA XOS XUSUSIYATLARI………………………………………………………
2.1. Sharq mutaffakirlarining tarbiyaga oid fikr-mulohazalari……………………………………………………………………
KIRISH
Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev ta’kidlaganidek - «Ma'lumki, muallimlar hozirgi vaqtda eskicha usulda har 5 yilda malaka oshiradi. Bundan buyon ularning, «hayot davomida o‘qish» tamoyili asosida, o‘z malakasini uzluksiz oshirib borishi yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, o‘qituvchilarning o‘z fanini bilishi, pedagogik mahorati va psixologik tayyorgarligidan kelib chiqib, toifa berish mezonlari ham qayta ko‘rib chiqiladi. Yana bir bor takrorlayman, jamiyatda o‘qituvchi kasbi eng nufuzli va obro‘li kasb bo‘lishi lozim. Muallimlarimiz bolalarga sifatli ta'lim berish va o‘z ustida ishlashdan boshqa narsa haqida o‘ylamasligi uchun davlat barcha sharoitlarni yaratib berishi zarur. Shu bois, o‘qituvchi, murabbiy va metodistlar mehnatiga munosib haq to‘lash bo‘yicha boshlagan ishlarimiz kelgusi yilda ham davom ettiriladi. Buning uchun xalq ta'limi xodimlarini rag‘batlantirish hududiy jamg‘armalariga 330 milliard so‘m yo‘naltiriladi. Shu bilan birga, 240 mingdan ziyod maktab o‘qituvchilariga sinf rahbarligi uchun ustama to‘lovlar 1,5 barobarga oshirilib, budjetdan 400 milliard so‘m qo‘shimcha mablag‘ ajratiladi», dedi prezident. Prezidentimiz maktab bilan kollejlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni mustahkamlash, xususan, ushbu maktabda tajriba sifatida 11-yillik ta’limni qayta tiklash, uning qoshida o‘quv-kasb kursi tashkil etish zarurligini ta’kidladi. Yuqori sinflarda bolalar shaxs bo‘lib, jamoa bo‘lib shakllanadi, dedi davlatimiz rahbari. Ayni o‘sha paytda ularni o‘zlari o‘rgangan muhitdan ajratib qo‘ymaslik kerak. Bu yoshlarning ruhiyatiga, davomatiga, oxir-oqibatda ta’lim-tarbiyasiga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Shu bois ta’lim jarayonining usluksizligini ta’minlash, o‘quv dasturlarini takomillashtirish zarur. Shavkat Mirziyoyev 15-iyun kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan "Ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash – davr talabi" mavzuidagi anjumanda so‘zlagan nutqida yosh avlod tarbiyasi haqida alohida to‘xtalib o‘tdi. "Bizni hamisha o‘ylantirib keladigan yana bir muhim masala – bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so‘z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog‘liq. Bugun zamon shiddat bilan o‘zgaryapti. Bu o‘zgarishlarni hammadan ham ko‘proq his etadigan kim – yoshlar. Mayli, yoshlar o‘z davrining talablari bilan uyg‘un bo‘lsin. Lekin ayni paytda o‘zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug‘ zotlarning avlodimiz, degan da’vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, o‘zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan", deya ta’kidladi Prezidentimiz. Bu vazifalar maktab, oila, mahalla, butun jamoatchilikka katta mas’uliyat yuklaydi. Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya sohasining barcha bo‘g‘inlari – maktabgacha ta’lim, maktab, o‘rta maxsus va oliy ta’lim tizimini takomillashtirish, yangi muassasalar bunyod etish va mavjudlarini qayta ta’mirlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yoshlar kamolotida o‘z samarasini beradi. Muloqot – yunoncha so‘z, so‘zlashuv, suhbatlashuv, shaxslararo suhbat va fikr olishuv, og‘zaki nutq shakli ikki yoki undan ortiq shaxslarning so‘zlashuvidir.
Muloqot faqat insonlarga xos bo`lgan jarayondir. Kishilarda faoliyat jarayonida bir - birlariga nimanidir aytish istagi tug`iladi.
Muloqot qonuniyatlarini bilish hamda uni o`rnatish malakalari va
qobiliyatlarini rivojlantirish har bir kishi uchun muhimdir.
Har bir kishining o`z “Meni” atrofdagilar bilan bo`ladigan muloqot jarayonida shakllanadi, Shaxsning hayot yo`llari avval oilada, bog`cha, maktab, institut, ishxona, keksalar orasida, ya`ni guruh va jamoalarda rivojlanadi. Bizning yuksak ma`naviy ehtiyojlarimizdan biri - bu muloqotga bo`lgan ehtiyojdir. Muloqotga bo`lgan ehtiyojimiz qondirilmasa, ongimiz ham rivojlanmaydi. Shuning uchun biz doimo muloqotga bo`lgan ehtiyojlarimizni qondirishimiz lozim. Kimlar bilandir bo`lgan muloqotdan qoniqish hosil qilamiz, lekin ayrim hollarda esa biz qoniqmaslikni his qilamiz.
Pedagogik muloqot - bu muloqot turlaridan biri bo`lib, pedagogik faoliyatda muhim o`rin tutadi.
Muloqot shaxslararo munosabatlarning shunday ko`rinishidirki, uning
yordamida odamlar bir-birlari bilan o`zaro ruhiy jihatdan aloqaga kirishadilar, o`zaro axborot almashadilar, bir-birlariga ta`sir o`tkazadilar, bir-birlarini his qiladilar, bir-birlarini tushunadilar.
L. S. Vigotskiy, A. N. Leont`ev, A.R. Luriya, D.B.El`konin, A. Zaporojets, M. I.Lisina tadqiqotlarida ko`rsatilishicha, bolaning dastlabki ijtimoiy ehtiyojlaridan biri - bu muloqotga nisbatan ehtiyojdir. A.V.Zaporojets va M. I. Lisinalar tadqiqotlarida ta`kidlanishicha, bolalarning kattalar bilan muloqotga
kirishish ehtiyoji 7 yoshgacha bir nechta bosqichlar tarzida rivojlanib boradi:
1) e`tibor va hayrixohlikka ehtiyoj paydo bo`ladi;
2) kattalar bilan hamkorlik qilish ehtiyoji tug`iladi;
3) avvalgi barcha ehtiyojlarga kattalar tomonidan hurmat qilish ehtiyoji
tug`iladi;
4) maktabgacha tarbiya yoshidagi bolada atrofdagilar bilan o`zaro bir-birini
tushunish ehtiyoji vujudga keladi.
Xullas, inson o`zini idora qilish, turli vaziyatlarda o`zini tutish fazilatlari
o`zlashtirilayotgan davrda ba`zi bir qoidalarga rioya qilsa, hamqorlik fazilatida ma`lum yutuqlarga erishadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |