Fan: Rivojlanish psixologiyasi va pedagogik-psixologiya mavzu: maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda muloqotdagi qiyinchilikni psixologik xususiyatlari bajardi: Xusainova Sitora Tekshirdi: mundarija kirish i-bob


II-BOB. BOLALARDA O`ZARO MULOQOT JARAYONINING O`ZIGA XOS XUSUSIYATLARI



Download 61,39 Kb.
bet5/6
Sana16.03.2022
Hajmi61,39 Kb.
#495867
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MAKTABGACHA TARBIYA YOSHIDAGI BOLALARDA MULOQOTDAGI QIYINCHILIKNI PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

II-BOB. BOLALARDA O`ZARO MULOQOT JARAYONINING O`ZIGA XOS XUSUSIYATLARI.
Ta`lim jarayonida bolalarda o’quv faoliyatlari asoslari hosil qilinadi, ularni maktabda muvaffaqiyatli o’qish uchun muhim shart-sharoitlar yaratiladi. Ta`limni ikki yul bilan amalga oshirish maqsadga muvofiqdir:
Bolalarga ta`lim berish jarayonida tarbiyachi har xil metodlardan, usullardan foydalanish:
Ko’rgazmali
Og’zaki
Amaliy
O’yin metodlari
Kuzatish
Tushunish
Mashq
Didaktik o’yinlar
Ko’rsatish
Hikoya kilish
Mustaqil ish
Harakatli o`inlar
TV dan foydalanish
So’zlab berish
Oddiy tajriba
Mashqli o`inlar
O’qib berish
Intsenirovkalar
Suhbat
Kundalik axborot
Kuzatish metodi. Bolalarni tevarak atrof bilan tanishtirish imkonini beradi. Bunda bolalar ko’rish, eshitish, sezish idroklari orqali bilimlarni egallash imkoniyatiga ega bo’ladilar. Bu esa asosan yangi bilim berishda qo’llaniladi.
Kuzatish – bolalarning narsa, voqealarning ma`lum maqsadi bilan rejali idrok etishidir. Kuzatish metodi ma`lum ob`ektlarni kuzatishda etakchi o’rinni egallaydi.
Namoyish etish metodi. Bu metod tarbiyachi bolalarga narsani o’zini yoki tasvirini ko’rsatadi. Bu bevosita ko’rib bo’lmaydigan narsalar (boshqa tabiy zonadagi hayvonlar, o’simliklar, kishilar hayoti bilan) qo’llaniladi.
Hikoya qilib berish - materialni aniq, obrazli, ta`sirchan bayon qilish. O’rta guruhdan boshlab badiiy asarlarni ifodali o’qib berish.
Suhbat metodi. 3-4 yoshli bolalar bilan o’tkazilmaydi. 4-5 yoshli bolalar bilan ham qisqa suhbat o’tkaziladi. 6 yoshdani boshlab suhbat mustaqil mashg’ulot sifatida o’tkaziladi.
5. Mashg’ulot - maktabgacha yoshdagi bolalarga ta`lim
berishning asosiy shakli
Mashg’ulot ta`lim muassasida bolalarga ta`lim berishning asosiy shaklidir. Mashg’ulot – pedagogning bolalarni kerakli bilim va malakalardan frontal holda xabardor qilishidir. Tarbiyachi bolalarga ta`lim berishni kun davomida amalga oshiradi: ularning bilimlarini boyitadi, madaniy, gigenik, xulq madaniyati, gaplashish nutqi, sanoq-hisob harakatlari kabi turli tuman malaka va ko’nikmalarini shakllantirib boradi. Ammo ta`lim berishda bosh rolni mashg’ulot egallaydi. Mashg’ulotlar maktabgacha ta`lim muassasasida ta`limni tashkil etish shaklidir.
Ta`lim shakli deganda ta`lim beruvchi pedagog va bolalarning maxsus tashkil etilgan faoliyati tushuniladi va kun tartibida ma`lum bir vaqtda o’tkaziladi.
Ta`lim shakli bolalar soni, pedagog va bolalar o’rtasidagi o’zaro ta`sir xususiyatiga, o’tkazish joyiga shuningdek kun tartibida egallagan o’rniga qarab bir-biridan farq qiladi.
Maktabgacha ta`lim muassasasida ta`limning frontal (umumiy), jamoaviy va yakka tartibdagi shakllaridan foydalaniladi. Bundan tashqari, bolalarga ta`lim berish ishlari ekskursiya, didaktik o’yinlar orqali, kun davomida bolalarning mashg’ulotdan tashqari har xil faoliyatlarida, ularning o’yinlariga rahbarlik qilish jarayonida amalga oshirilib boriladi.
Mashg’ulot maktabgacha ta`lim yoshidagi hamma bolalar uchun majburiydir: unda dastur mazmuni belgilab berilgan, kun tartibida unga ma`lum o’rin va vaqt ajratilgan. Mashg’ulot tarbiyachi rahbarligida o’tkaziladi, tarbiyachi mashg’ulotda bolalarni yangi bilimlardan xabardor qiladi, bolalarning amaliy mashg’ulotlarini tashkil etadi. O’quv materialining mazmuni asta-sekin murakkablashtirilib boriladi.
Mashg’ulot bolalarni maktabga tayyorlashda katta ahamiyatga ega. Mashg’ulot orqali bolalar o’quv malakasini egallab oladilar. Ularda barqaror diqqat, irodani, diqqatni jalb eta olish kabi qobiliyatlar rivojlanadi. Izchillik bilan ta`lim berish natijasida bilimga qiziqishlar rivojlana boradi.
Bolalarga bilim berishning jamoa usulida olib borish katta ahamiyatga ega: birgalikdagi faoliyatda bolalar bir-birlariga faol ta`sir etishadi, o’z tashabbusi, topog’onligini namoyon qilish imkoniyati tug’iladi. Bolalar oldiga umumiy zo’r berishning talab etuvchi vazifa qo’yilganda birgalikda qayg’urishadi, jamoatchilik xissi shakllanadi. Ekskursiyalar, rasm qirqib yopishtirish, qurish yasash ishlarini birgalikda bajarish, umumiy raqs-o’yinlarini ijro etish, badiiy asarlarni eshitish, o’qishda paydo bo’lgan birgalikdagi kechinmalar bolalarning birlashgan do’stona jamoasini yaratishga yordam beradi. Mashg’ulotda ta`lim berish orqali bolalarda maktabdagi o’qishga qiziqish tarbiyalanadi, javobgarlik xissi, o’zini tuta olish, mehnat qilishga intilish odati, topshirilgan ishni bajarish kabi to’g’ri sifatlar hosil qilinadi.
Bolalarni maktab ta`limiga ruhiy jihatdan tayyorlashni ularning boshlang’ich sinflarda dastur materialni yaxshi o’zlashtirib olishlarini ta`minlovchi bilim va malakalar mashg’ulotlar jarayonida xosil qilinadi.
Mashg’ulotlarda bolalarda mustaqil fikr yuritish, malakasi tarkib toptiriladi, tarbiyachilarga quloq solish, ularning fikriga ergashish, hikoya qilinayotgan hikoyalardan voqeadagi asosiy g’oyalarni ajrata olish, qisqacha umumlashtirish kabi malakalarni rivojlantirishga katta e`tibor beriladi.
Mashg’ulotda tarbiya vazifalari xal etiladi. Mashg’ulot bolalarning yosh va o’ziga xos xususiyatlarini e`tiborga olib ma`lum izchillikda olib boriladi. Maktabgacha ta`lim muassasasi ta`lim-tarbiya dasturida har bir yosh guruhda hafta davomida o’tkaziladigan mashg’ulotlar soni va vaqti belgilab qo’yilgan.
Tayyorlov guruhlarida mashg’ulotlar orqali bolalarda tashabbuskorlik va mustaqillik, bilimga qiziquvchanlik, faol tafakkur qilish, taqqoslash, umumlashtirish, xulosalar chiqarish kabi malakalar tarbiyalab boriladi. Bolalarda kuzatuvchanlik, javobgarlik xissi takomillashtirilib boriladi, ularda mehnat qilish malakasi va xohishi tarbiyalanadi.
Bolalarni mustaqillikka o’rgatish ishi muntazam amalga oshirib boriladi.
MTMda kichkintoylarni tevarak-atrofdagi hayot, tabiat bilan tanishtirish, ularning nutqini, eng oddiy matematik tasavvurlarini o’stirish mashg’ulotlari, musiqa mashg’ulotlari, qurish-yasash, jismoniy tarbiya mashg’ulotlari olib boriladi.
Ilk yoshdagi bolalar bilan olib boriladigan mashg’ulotlar katta yoshdagi kishilarning har bir bola bilan rejali suratda muomalada bo’lishidan iborat bo’lib, bu mashg’ulotlarning maqsadi bolalarning nutqi va harakatini rivojlantirib borishdir; bu esa bolalarni mashg’ulotlarga tayyorlash bosqichidir; go’daqlar ixtiyoriy diqqat o’sib borgani sari, bunday mashg’ulotlar bir necha bola bilan, keyinchalik esa butun guruh bolalarni bilan bir yo’la olib boriladi.
Mashg’ulotlarda ta`lim berish bolalardan aqliy va jismoniy zo’r berishni talab etadi, ya`ni u bolani aktiv faoliyati bilan bog’liq bo’lib bola ma`lum natijaga erishish uchun intiladi, bu esa boladan uzoq davomli ixtiyoriy diqqatni talab etadi. SHuning uchun mashg’ulotga tayyorlanishda bolalar yoshini, imkoniyatini e`tiborga olish zarur: mashg’ulotning vaqtini, kun tartibidagi o’rnini dasturning har xil bo’limlarini to’g’ri almashtirib turishni oldindan o’ylab, aniq belgilab olish zarur.
Mashg’ulotlarni kuning birinchi yarmida o’tkazish maqsadga muvofiqdir, chunki, birinchidan bola ertalabki soatlarda aqliy vazifani yaxshi bajara oladi, xona tabiiy yorug’lik bilan yaxshi ta`minlangan bo’ladi.
Har bir yosh guruhida necha marta mashg’ulot o’tkazilishi, uning mazmuni va har bir mashg’ulot yosh guruhlari buyicha necha daqiqa davom etishi MTM tarbiya dasturida ularning yosh xususiyatlarini e`tiborga olgan xolda belgilab berilgan.
Birinchi kichik guruhda mashg’ulot bolalarni ikki guruhga bo’lgan xolda o’tiladi. Guruhlardagi bolalar soni har doim bir xil bo’ladi. Mashg’ulot jadvalini tuzganda haftada bolalarning ish qobiliyati yuqoriroq bo’ladigan kun tanlanadi. Ma`lumki xaftaning o’rtalarida (seshanba, chorshanba, payshanba) bolalarning ish qobiliyati yuqori bo’lar ekan, bu kunlarga bolalarning aktiv faoliyatini talab etuvuvchi murakkabroq mashg’ulot tanlanadi (elementar matematika, nutqning rivojlantirish, savodga o’rgatish va h.k). Jadval tuzganda bu mashg’ulotlarni birinchi qo’yish kerak, bolalardan ko’p harakat qilishni, xissiy zo`riqishni talab etuvchi mashg’ulotlar (musiqa, jismoniy tarbiya, tasviriy faoliyat) ikkinchi qilib qo’yildi.
2.1. Sharq mutaffakirlarining tarbiyaga oid fikr-mulohazalari.
Bolalar o’zlashtirib oladigan bilimlar mazmuni tarbiyalovchi bo’lishi kerak. Maktabgacha tarbiya muassasasi dasturi maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda tabiat haqidagi bilimlarning (bular tabiatga muhabbat uyg’otadi, o’simliklar va hayvonlarga g’amxo’rlik bilan qarash xissini tarbiyalaydi), tarkib toptirishni nazarda tutadi: bilimlarni o’zlashtirib olish asosida bolalarda jonajon shahriga, o’z vataniga, xalqiga muhabbat, ulug’ kishilarga muhabbat va hurmat, o’lkaning ijtimoiy hayotiga qiziqish paydo bo’ladi. Maktabgacha yoshidagi bolalarda ijtimoiy xodisalar, voqealar to’g’risida, umumlashgan tasavvurlar tarkib topadi. Masalan, qo’shni o’lkalardagi bolalarning hayoti, oddiy kishilarning mehnati, boshqa xalqlarning hayoti va do’stligi haqidagi dastlabki tasavvurlar vujudga keladi. Tarbiyachi yangi mashg’ulotlarning mazmunini belgilar ekan, ular u yoki bu mashg’ulotlarda o’zlashtirilgan bilimlar bilan qanday bog’lanishini o’ylab ko’radi. Masalan, oshpaz, kutubxonachi bilan o’qituvchining mehnati haqidagi bilimlar xilma xil mehnat turlari haqidagi ma`lumotlar sistemasini bir qismidir. Pochtadagi turli xodimlar mehnati haqidagi bilimlar – ijtimoiy mexhnatning jamoa harakteri to’g’risidagi bilimlar sistemasining bir qismi. Mehnatning ijtimoiy harakteri, mohiyatini tushunish uchun bola shunga o’xshash ko’pdan ko’p mehnat turlari bilan tanishishi lozim. Mashg’ulot quyidagi turlarga bo’linadi:
1.Bolalarga yangi bilim beruvchi mashg’ulotlarning o’tkazishdan maqsad – ularning yangi bilimlardan xabardor qilish, tevarak-atrofdagi narsa va buyumlar, voqealar to’g’risidagi bilimlarini aniqlash va kengaytirishdir. Bunday mashg’ulotlarga yangi ob`ektni kuzatish, hikoya qilib so’zlab berish va boshqalar kiradi. Mazkur mashg’ulotlar hamma yosh guruhlarida o’tkaziladi.
2.Bolalarning to’plagan bilim va tajribalarini mustahkamlovchi va sistemaga soluvchi mashg’ulotlar. Undan ko’zlangan asosiy maqsad idrok etilgan narsalarning anglab olish va dastlabki umumlashtirishga o’rgatishdir. Buning uchun tanish obyekt kuzatiladi, ikki narsa, solishtiriladi (xona o’simliklari, daraxtlar, hayvonlar), didaktik o’yinlar, suhbatlar o’tkaziladi. Bunday mashg’ulotni o’tkazish orqali tarbiyachi bolalar nimani yaxshi o’zlashtirib olgan-u, nima yaxshi o’zlashtirilmaganini bilib oladi. Tarbiyachi mashg’ulot jarayonida bolalarning bilimini yangi narsalar – detallar bilan boyitib boradi.
3.Bolalarning bilimini sinovchi mashg’ulotlar. Bunday mashg’ulotlardan maqsad tarbiyachi bolalar dastur bo’yicha o’zlashtirilishi lozim bo’lgan bilim va malakalarni o’zlashtirib oladilarmi-yo’qmi, shuni bilib oladi va o’zini bo’lajak ish mazmuni, metodini belgilaydi. Mashg’ulotning tarbiyachi o’z xohishi bilan kvartal, yarim yil va yilning oxirida, shuningdek mudira va metodistning iltimosiga binoan o’tkazishi mumkin.
4.Kompleks mujassam mashg’ulotlar bolalar bog’chasi tajribasida keng tarqalgan bo’lib, bunday mashg’ulotlarda bolalarga yangi bilim beriladi, egallangan bilimlar mustahkamlanadi va takrorlanadi, sistemaga solinadi, olgan bilim va malakalarning amalda qo’llashga o’rgatiladi. MTMda tasviriy faoliyat, konstruktsiyalash, tevarak-atrofdagi ijtimoiy hayot va tabiat bilan tanishtirish, nutqni o’stirish, savod o’rgatish, eng oddiy matematik tasavvurlarni rivojlantirish, musiqa va jismoniy tarbiya mashg’ulotlari o’tkaziladi. Mashg’ulotga to’g’ri tayyorgarlik ko’rib, uyushgan xolda o’tkazilganda bolalar oldiga ma`lum aqliy vazifa qo’yilgan taqdirda, ularning fikrlash faoliyati rivojlanadi. Aqliy vazifalarning birligi va muayyan qiyinchilik bolalarni uyushtiradi va ularning diqqatini ma`lum tomonga yo’naltiradi. Eng avvalo bolaning aqliy vazifani xal etish yo’lidagi qiyinchilikni engish imkoniyati tug’iladi, natijada bolada faoliyatga qiziqish uyg’onib, u malakani egallash uchun mustaqil intiladi, o’ylaydi va vazifani uddasidan chiqish uchun faxm farosatini ishga soladi.
Nusxa olish tarzidagi vazifani bajarish natijasida bola tarbiyachini ko’rsatmasi va namunasiga qarab malaka va ko’nikmalarni o’rganadi. Bu bolalarni amaliy va aqliy faoliyat usullarini egallab olishlari uchun zarurdir. Bolalar qalamni, mo`yqalamni, qaychini ushlashni, rasm chizish narsa yasash solishtirish umumlashtirish, abstraktiyalashni o’rganadilar. Tarbiyachi bir narsaning xadeb takrorlanaverishiga yo’l qo’ymasligi kerak.

Xulosa
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash joizki, Kichik maktab Yoshidagi bolalar tez chalg‘iydilar, uzoq vaqt diqqatlarini bir narsaga qarata olmaydilar, ta’sirchan hamda emotsional bo‘ladilar. Maktabda o‘qishning boshlanishi 7 Yoshda bo‘ladigan ikkinchi fiziologik inqiroz bilan mos keladi (bola organizmida jadal bo‘yning o‘sishi, ichki organlarning kattalashuvi, vegetativ o‘zgarishlar bilan bog‘liq bo‘lgan keskin endokrin o‘zgarishlar ro‘y beradi). Bolaning ijtimoiy munosabatlar tizimi va faoliyatidagi kardinal o‘zgarishlar uning organizmidagi barcha tizimlar va funksiyalaridagi o‘zgarishlarga to‘g‘ri kelib, boladan kuchli zo‘riqish va o‘z ichki imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish zaruriyatini taqozo etadi. Ushbu Yoshdagi o‘zgarishlar salbiy oqibatlarni olib kelmay, aksincha uningyangi sharoitlarga muvaffaqiyatli moslashuviga yordam beradi. O‘qituvchining munosabat uslubi o‘quvchining faolligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Kichik maktab Yoshidagi o‘quvchi faolligining asosan uch xil ko‘rinishi mavjud bo‘lib, bular: jismoniy, psixik va ijtimoiy faollikdir. Jismoniy faollik - sog‘lom organizmning harakat qilishga bo‘lgan turli mavjud to‘siqlarni engishdagi tabiiy ehtiyojidir. Bu Yoshdagi bolalar nihoyatda serharakat bo‘ladilar. Bu jismoniy harakat bolaning atrofdagi narsalarga qiziqish bilan qarayotganligi, ularni o‘rganishga intilayotgani bilan ham bog‘liqdir. Bolaning jismoniy va psixik faolligi o‘zaro bog‘liqdir. Chunki, psixik sog‘lom bola harakatchan bo‘ladi, charchagan, siqilgan bola esa deyarli hech narsa bilan qiziqmaydi. Psixik faollik - bu normal rivojlanayotgan bolaning atrof olamdagi predmetlarni, insoniy munosabatlarni bilishga nisbatan qiziqishdir. Psixik faollik deganda, bolani o‘zini bilishga nisbatan ehtiyoji ham tushuniladi. Maktabga birinchi bor kelgan bolada qator qiyinchiliklar yuzaga keladi. Ularning, avvalo, bir qancha maktab qoidalariga bo‘ysunishi qiyin kechadi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchisi uchun eng qiyin qoida bu dars vaqtida jim o‘tirishdir. O‘qituvchilar o‘quvchilarning doimo jim o‘tirishlariga harakat qilishadi, lekin kamharakatli, passiv, quvvati kam bo‘lgan o‘quvchigina dars jarayonida uzoq vaqt jim o‘tira oladi. Birinchi sinfning birinchi kunlaridan boshlab bola engishi kerak bo‘lgan bir qancha qiyinchiliklarga uchraydi. Bu qiyinchiliklar: maktab hayotini o‘zlashtirish, yangi kun tartibini yaratish va unga moslashish, u uchun yangi bo‘lgan sinfjamoasiga qo‘shilish, xatti-harakatlarini chegaralovchi qoidalarni qabul qilish, o‘qituvchi bilan munosabatlarni o‘rnatish, oilaviy munosabatlarni qabul qilish v.h. Bunday vaziyatlarda kattalar, ya’ni ustoz va ota-onalar bolalarga albatta yordam berishlari zarur. Birinchi bor maktabga kelgan bola hali o‘zini to‘liq anglashi va o‘z xatti-harakatlarini aniq bilishi qiyin. Faqat o‘qituvchigina bolaga me’yorlar qo‘yishi, ularning xatti-harakatlarini baholashi, o‘z xatti-harakatlarini boshqalar bilan moslashtirishga sharoit yaratishi mumkin. Boshlang‘ich sinfdao‘quvchilar o‘qituvchi tomonidan qo‘yiladigan yangi talablar va shartlarni qabul qiladilar,Shuningdek ularning qoidalariga to‘la amal qilishga harakat qiladilar. O‘g‘il bolalar va qizlar rivojlanish tempidagi o‘zgarishlar saqlanib qoladi. Qiz bolalar hamma tomondan rivojlanishda o‘g‘il bolalardan oldinga o‘tib oladilar.
Kichik maktab Yoshidagi bolalarning asosiy faoliyati o‘qish hisoblanadi. Bolaning maktabga borishi, uning psixologik rivojlanishi va xulq-atvoridagi o‘rni nihoyatda katta. Bu davrda axlokiy xatti-harakat koidalari o‘zlashtiriladi, shaxsning ijtimoiy yo‘nalishi tarkib topa boshlaydi. Kichik maktab Yoshidagi o‘quvchilarning axlokiy onglari I va IV sinfdagi o‘qish mobaynida muhim o‘zgarishlarga uchraydi va axlokiy sifatlar, bilim va tasavvurlar sezilarli darajada boyiydi. Bola o‘quvfaoliyatida o‘qituvchi rahbarligida insoniy an’analar asosida harakat qilishga o‘rganadi, o‘z irodasini o‘quv maqsadlariga erishish uchun mashq qildiradi. O‘quv faoliyati boladan nutq, diqqat, xotira, tasavvur va tafakkurini kerakli darajada rivojlanishini talab etgan holda, bola xulq-atvorining rivojlanishi uchun yangi sharoitlarni yaratadi. Kichik maktab davri bu anglanilgan va ixtiyoriy xatti-harakatlarga o‘tish davridir. Bola faol ravishda o‘zini o‘zi boshqarishga, qo‘yilgan maqsadlarga ko‘ra o‘zining faoliyatini tashkiletishga o‘rganish davridir. Kichk maktab davrida xattiharakatlarning yangi shakllarini paydo bo‘lishi bevosita o‘quv faoliyati bilan bog‘liqdir. Hech bir o‘qituvchi maktabga birinchi bor kelgan boladan o‘zi o‘rgatmagan arifmetik misol va masalalarni echishni talab etmaydi, lekin afsuski, juda ko‘p o‘qituvchilar ulardan qunt bilan o‘qishni, uyushqoqlikni, ma’suliyatlilikni, tartibga aniq rioya etishni talab etadilar. Vaholanki, ushbu ko‘nikmalar o‘qituvchi tomonidan ma’lum odat va malakalarga o‘rgatilinganidan so‘nggina paydo bo‘ladi. Ixtiyoriy ravishda harakat qilish layoqati butun kichik maktab davri davomida shakllanadi. Psixik faoliyatning oliy shakli singari ixtiyoriy hatti-harakatlar ularning shakllanishini asosiy qonuniga bo‘ysunadi. Unga ko‘ra yangi xatti-harakatlar avvalo kattalar bilan bo‘lgan umumiy faoliyatda yuzaga kelib, bola shunday xatti-harakatlarni tashkil etish imkoniyatlarini o‘rganadi va shundan keyingina u bolaning individual xatti-harakat usuliga aylanadi. Kattalar bolalarni amaliy jihatdan o‘z vaqtlarini to‘g‘ri taqsimlash borasida yaxshi o‘qish, o‘ynash, sayrqilish va boshqa narsalar bilan shug‘ullanish qoidalariga o‘rgatadilar. Demak, oilada bola u bilan hisoblashadigan, maslahatlashadigan yangi bir o‘rinni egallaydi. Kichik maktab davri bu ijobiy o‘zgarishlar va yangilanishlar davridir. Shuning uchun ham rivojlanishning shu bosqichida har bir bola erishgan muvafaqqiyatlar darajasi nihoyatda muhim hisoblanadi.Agar shu Yoshda bola bilish, o‘rganish quvonchini his etmasa,o‘qish malakalarini egallay olmasa, do‘stlashishni bilmasa, o‘ziga nisbatan, o‘z imkoniyat va layoqatlariga nisbatan ishonchli bo‘la olmasa, bu ishlarni kelgusida amalga oshirish qiyinroq bo‘lib, boladan yuqori ruhiy va jismoniy zo‘riqishni talab etadi. Bu davrda bolaning "Men shuni xohlayman” motividan "Men shuni bajarishim
kerak" motivi ustunlik qila boshlaydi. Maktabda birinchi sinfga kelgan har bir o‘quvchida psixik zo‘riqish kuchayadi. Bu nafaqat uning jismoniy salomatligida, balki xatti-harakatida ham, ya’ni ma’lum darajada qo‘rqo‘vni kuchayishi, irodaviy faollikning susayishida namoyon bo‘ladi. Bu davrga kelib bola atrofidagilar bilan o‘zaro munosabatda ma’lum bir natijalarga erishgan, o‘zi xohlayotgan narsalarni hamda, o‘z sinfi va oilasida o‘zi egallagan o‘rnini aniq biladigan bo‘ladi. Shuningdek, u o‘zini-o‘zi boshqarish malakasiga ega bo‘ladi, vaziyat va holatga qarab ish yurita oladi. Bu Yoshdagi bolalar xatti-harakatlari va motivlari ularning o‘zlariga beradigan baholariga qarab ''Men yaxshi bolaman” emas, balki bu xatti-harakatlar o‘zgalar ko‘z o‘ngida qanday namoyon bo‘lishiga qarab baholanishini tushuna boshlaydilar. Bola maktabda noaniqlikka duch kelsa, kattalarning xatti-harakatlari ma’nosini tushunmasa unda taqlidchanlik rivojlanadi. Bolaning taqlidchanligi ixtiyoriy va ixtiyorsiz bo‘lishi mumkin. Ixtiyorsiz taqlidchanlik ustozi va sinfdoshlarining xatti-harakatlarini o‘zlashtirishga olib keladi. Bunda xatti-harakatlarni anglamagan ravishda egallaydi. SHuni hamisha yodda saqlash lozimki, bola ixtiyorsiz ravishda nafaqat chiroyli va kerakli narsalarga balki turli salbiy ko‘rinish va holatlarga ham taqlid qilishi mumkin. Ixtiyoriy taqlidchanlik irodaviy zo‘riqishni talab etadi. Bunday vaziyatlarda bola maqsadga yo‘naltirilgan ravishda u – yoki bu xatti-harakatni amalga oshiradi, bu xatti-harakatlarini qoida, namuna etalonga moslashtirishga intiladi. O‘qituvchi boladagi ixtiyoriy taqlidchanlik xususiyati orqali ularda samarali ijtimoiy odat va hislatlarni rivojlatirishi mumkin. Har qanday xatti-harakat va faoliyatda o‘qituvchi bolani baholaydi, o‘quvchi shu baholash asosida esa o‘zo‘zini baholashga o‘rganib boradi. Bolaning ustoziga bo‘lgan munosabati yomon baho olib xafa bo‘lgan taqdirda ham ijobiy bo‘lib, unga ishonch bilan qarashi saqlanib qolaveradi. 3-4 sinflarda o‘quvchilarda o‘rtoqlari va sinfdoshlari o‘rtasida mavqeli bir o‘rinni egallashga harakat yuzaga kelib, o‘rtoqlari fikrlariga asoslanish paydo bo‘lai.
O‘qishning ijtimoiy ahamiyatini tushunish (2 3 sinflarda) o‘qish mazmunii va bilimlarni egallash yo‘llariga qiziqishning yuzaga keltirilishi bilan mustahkamlanishi mumkin. Bunday holda kichik maktab davrining oxirlarga borib o‘qishga nisbatan motivatsiyaning pasayishi ko‘zga tashlanmaydi. Kichik maktab davrida maqsadni qo‘yish shu bilan xarakterlanadiki, o‘quvchi o‘qituvchi tomonidan berilgan maqsadlarni qabul qilishga tayyor bo‘ladi. Kichik maktab
davrida o‘quvchining o‘z xatti-harakatlarini o‘qituvchi qo‘ygan maqsad va vazifalarga
moslashtirishi sinfdan-sinfga ko‘tarilgan sari kuchayib boradi. Bu o‘quvchining maktab qoidalariga amal qilishida, sinfdagi vazifalarini bajarishida ko‘rinadi.



Download 61,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish