Xotirot (esdaliklar shaxsiy majmuasi) bu shaxsning o‗tmishdagi obrazlar voqeliklar va taassurotlarining fazoviylashuvi hamda vaqt (davr) jihatidan aniq ifodalanilishiga asoslanib esga tushirishdir. Xotirlashda nafaqat o‗tmish obyektlari va sub‘ektlari esga tushiriladi, balki ular muayyan vaqt va fazo jihatidan muvofiqlashtiradi, ya‘ni ularni qachon, qaerda, qanday sharoitda kechganligi esga tushiriladi. Bu mahsullarning natijasida ular turmushning muayyan davri bilan bog‗lanadi, hamda ularning davriy kechishi insonlar tomonidan anglab yetiladi. Har bir insonning shaxsiy turmush tarixi u yashayotgan jamiyatning ijtimoiy
46
voqeliklari bilan chambarchas bog‗liq. Borliqning, ijtimoiy hayotning hodisalari, holatlari, voqeliklari, ham obyektiv, ham sub‘ektiv xususiyatlari, kechinmalari shaxsning muayyan esdaliklari ma‘lum vaqt (davr, muddat) bilan cheklanganlik va qurshab olinganlikning tayanch negizi sifatida xizmat qiladi. Jumladan, inson biror narsa, sana va voqelikni eslaganida, u mazkur hodisa mustaqillik bayrami arafasida, ya‘ni XX asrning oxirgi o‗n yilligida sodir etilganligini ta‘kidlaydi. Shuningdek, xotirot (esdalik) murakkab aqliy faoliyat, jarayon bilan aloqada bo‗lib, esga tushirish voqeliklarni, ularning ketma-ketligini, o‗zaro sababiy bog‗liqligini anglash (tushinish)ning zarurati hisoblanadi. Shuning uchun inson esdalik (xotirot)larining mazmuni, mohiyati, ma‘nosi o‗zgarmay qolishi aslo mumkin emas. Chunki, xotirot qotib qolgan kognitiv tarkib emas, balki dinamik xususiyatli xotira jarayoni. Shaxs yo‗nalishining evolyusion (tabiiy ravishda, astasekin o‗zgarib boruvchanligi) tamoyilga asoslanganligi tufayli u qayta fikr yuritishga, ma‘noni fikran qayta qurishga moyil. Shaxsning xotiroti (esdaliklari) uning shaxsiy hayoti, sarguzashtlari bilan aloqadorligi sababli doimo ular bilan bir qatorda rang-barang emotsional holatlar, murakkab ichki kechinmalar hamohangligida kechadi.
Unutish xotira jarayoni sifatida ta‘rifga ega bo‗lib, o‗zini vujudga kelish xususiyatiga bog‗liq tarzda o‗ta chuqur va yuzaki ko‗rinishlarga ega. Xuddi shu bois, unutilgan obrazlarning yoki fikrlarning faollashuvi u yoki bu darajada qiyinchiliklarga uchrashi, hatto amalga oshmaydigan voqelikka aylanishi mumkin.
Shaxsning faoliyatida xotirada to‗plangan materiallar (turlicha bo‗lishidan qat‘i nazar) amaliyotda kamroq qo‗llanilsa, foydalanilsa (ortiqcha yuk xususiyatini kasb etsa), unutish tobora chuqurlashib boradi, buning natijasida faol hayotiy maqsadga erishish yo‗lidagi ahamiyati pasayadi. Ammo qaysidir materialni eslash chog‗ida qiyinchilik, sun‘iy to‗siq yuzaga kelsa, uni mutlaqo yo‗qqa chiqarish kerak emas, chunki, bu hodisa uni batamom shaxs xotirasidan chiqib ketishini bildirmaydi.
Odatda materiallar (ob‘ektlar, sub‘ektlar)ning aniq, yaqqol, mavjud tomonlarining shakli unutiladi, bundan tashqari, uning hukm surishi, barqaror axamiyatli mazmuni esa unga o‗xshash (mutanosib) bilimlar va xulq-atvor harakatlari shakliy birliklari bilan qo‗shilib ketadi, oqibat natijada xulq-atvorning mazkur shakllarida taassurotlar integral (umumlashma, yig‗iq) tarzda esga tushishi mumkin.9
I.P. Pavlovning dalillashicha, so‗nib borayotgan reflekslar o‗zlarini tiklashlari uchun dastlabki paydo bo‗lish davriga qaraganda takrorlash miqdorini kamroq talab etadi. bunday tashqari, so‗nib borayotgan reflekslar muayyan sharoit yoki vaziyatga tormozlanish, to‗xtalishga uchrashi mumkin. Bu voqelik allaqachon unutilgan deb tasavvur qilingan taassurotlarning favqulodda ayrim omillarni esga
9 49
tushirish holati bilan izohlanadi. Masalan, og‗ir betob holda yotgan odam qachonlardir o‗rgangan she‘rini tasodifan yoddan aytadi, vaholanki, undan uzoq yillar foydalanmagani uchun uni batamom unutgan deb o‗ylash mumkin. Xotira jarayoni hisoblanmish unutish bu o‗ziga xos, rang-barang, izohtalab ruhiy kognitiv hodisa.7 Shaxs faoliyatiga singib ketgan ma‘lumotlar (obyektlar, subyektlar) uning uchun muayyan ahamiyat kasb etganligi tufayli bular mutlaqo unutib yuborilmaydi, inson faoliyatiga singib ketgan materiallar uning ehtiyojlari bidan bevosita aloqaga kirishganligi sababli unutish bilan kurashish jarayonining ishonchli vositasi hisoblanadi. Buning yorqin ifodasi esda saqlashning muhim omili yoki usuli –bu takrorlash aqliy harakatidir.
Salbiy induksiya hodisasi harakati bilan uyg‗unlashuv beqaror, shuningdek, muvaqqat (vaqtincha) unutish jarayonini keltirib chiqaradi. Oliy ta‘lim jarayonida o‗zlashtirishda notanish, begona (yod) qo‗zg‗atuvchilar yangi muvaqqat (vaqtincha) bog‗lanishlar vujudga kelishiga to‗sqinlik qiladi, buning oqibatida esda olib qolishning samaradorligi (mahsuldorligi) pasayadi. Oldingi (o‗tmishdagi) barqarorlashgan bog‗lanishlar (aloqalar) izlarini yo‗qotishga yo‗nalgan to‗siqlar so‗zsiz unutish jarayonini keltirib chiqaradi. Modomiki, shunday ekan, unutish nerv faoliyatinnig proaktiv va retroaktiv tormozlanishi (to‗xtalishi) bilan aloqada bo‗lishiga shubha yo‗q. Ma‘lumotlarga qaraganda, oldigi yoki keyingi faoliyat hozirgi faoliyatning mazmuniga o‗xshash yoki undan murakkabroq bo‗lsa, albatta tormozlanish (to‗xtalish) holati vujudga keladi: birinchidan, bir mavzudan boshqa bir mavzuga o‗tish chog‗ida biroz to‗xtalish qilish tufayli asabiy taranglashuv, jiddiylik, aqliy zo‗riqish kamayadi; ikkinchidan, auditoriyadan tashqari mashg‗ulotlarda mustaqil bilim olishda turdosh, jinsdosh o‗xshash fanlar yuzasidan emas, balki o‗zaro bir-biri bilan keskin tafovutlanuvchi sohalar bo‗yicha tayyorgarlik ishlarini yo‗lga qo‗yish darkor.
Ma‘lumotlarga qaraganda, proaktiv va retroaktiv tormozlanish bir faoliyat doirasida ham yuzaga kelishi mumkin, chunonchi, muayyan o‗quv materialini o‗rganish (tanishish), texnik chizmalar ustida ishlash, loyihalarni tahlil qilish kabi jarayonlardir. Ma‘lumki, materialning o‗rtasini esda olib qolish uchun boshi yoki oxirini o‗zlashtirishdan qiyinroq, murakkabroq kechadi. Material hajmining ko‗pligi, kattaligi, shuningdek, uning o‗rtasini esda olib qolishga proaktiv va retroaktiv tormozlanish salbiy ta‘sir ko‗rsatadi. Xuddi shu bois, material o‗rtasini esda olib qolish uchun uni bir necha marta takrorlashga to‗g‗ri keladi. Shuning uchun bir tekis, asta-sekin sur‘atga amal yoki rioya qilish yuqori samara beradi, diqqatni mavzuga yoki faoliyat ob‘ektiga puxta to‗plash (markazlashtirish, konsentratsiya), irodaviy aktni unga yo‗naltirish natijasida qo‗zg‗ovchilar, turtkilar miyada mustahkamlanadi.
Muvaqqat, vaqtincha unutish jarayoni miya po‗sti hujayralari zo‗riqishi, taranglashuvi oqibatida hamda tashqi, ikkinchi darajali tormozlanish ta‘sirida vujudga kelishi kuzatiladi. Bu voqelik tana a‘zolari, asab faoliyati tizimi toliqqan holatida esda olib qolishni keskin pasayishi bilan izohlanadi. Asab tizimi, hujayralarning me‘yorida ishlashini tiklanishi orqali unutilgan narsalar, sub‘ektlar to‗g‗risidagi ma‘lumotlar asta-sekin esga tusha boshlaydi. Salbiy induksiya va tashqi tormozlanish tomonidan keltirib chiqaruvchi vaqt o‗tishi bilan unutish jarayoni reminissensiya hodisasi bilan aloqaga ega. Esda olib qolishning dastlabki daqiqalariga qaraganda, muayyan vaqt o‗tgandan keyin esga tushirish to‗laroq aks etar ekan. Katta hajmdagi materiallarni esda olib qolish kezida ham shunga o‗xshash ruhiy hodisa vujudga keladi. Tajribalarning ko‗rsatishicha, reminissensiya hodisasi voyaga etganlarga qaraganda, bolalarda ko‗proq uchraydi, kishi keksayish davrida sal-pal eslash, esga tushirish yanada kuchayadi. Insonning barcha faoliyati turlarida (ta‘lim, mexnat), muomalasida, xulq-atvorida hisobga olish joiz. Ma‘lumotlar (materiallar)ni esga tushirishdagi qiyinchiliklar ularni eslashning o‗ta kuchli xohishi yuzaga kelishi tufayli namoyon bo‗ladi hamda favqulodda tormozlanishni chaqiradi. Vaqt o‗tishi bilan insonnig boshqa narsalar (obyektlar, subyektlar) bilan chalg‗ishi tormozlanishni pasaytiradi, natijada nimani eslash zarur bo‗lsa, u darrov esga tushiradi.
Xuddi shu bois, esga tushirish imkoniyatining yo‗qligi, hatto bu borada tanish jarayoni ham o‗z xususiyatlari bilan to‗la unitishning ko‗rsatgichi bo‗lib hisoblanmaydi. Eng asosiysi, oliy ta‘lim tizimida muvaqqat (vaqtincha) unitish bilan sal-pal hamda uzoq muddatli unutish turlarini farqlash joiz, chunki, uning oxirgisini takrorlash yordami bilan bartaraf qilinishi mumkin. Ba‘zi hollarda talaba bilimini baholash kezidagi anglashilmovchilikning vujudga kelishi muvaqqat (vaqtincha) unutish sharoiti va xususiyatini hisobga olmay, uzoq muddatli unutish sifatida qaror qabul qilishning oqibatidir. Muvaqqat asab tizimi aloqalarini uzoq muddat saqlanishi ularning mustahkamlik, barqarorlik darajasi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Muvaqqat aloqalar kamroq mustahkamlangan bo‗lsa, puxtalik etishmasa, ular tezgina so‗nadi va aksincha. Shuning uchun har qanday materialni avval boshdan puxta o‗zgartirib olish lozim. Agarda material puxta mustahkamlansa, shuncha uzoqroq esda saqlanadi va kamroq unitiladi. Shuni ta‘kidlash joizki, egallanayotgan materialga nisbatan shaxsda moyillik, qiziqish, motivatsiya mavjud bo‗lsa, uni uzoqroq esda saqlashga zamin hozirlaydi. Unutish jarayoni vaqt bilan o‗lchanadi va muayyan sur‘at taqozosi bilan ro‗yobga chiqadi. Ebbingauzning ko‗rsatishicha, materialni o‗zlashtirishning dastlabki daqiqalarida unutish jadal kechadi, muayyan vaqt o‗tgandan keyin uning sur‘ati pasayadi.8 Unutish materialning mazmuniga, yangiligiga, tushunishning og‗ir yoki engilligiga kasbiy va ijtimoiy ahamiyat kasb etishiga bog‗liq. Huddi shu sababdan shaxs tomonidan anglanilgan material asta-sekin, past sur‘atda unutiladi. Shunga qaramasdan, nisbatan inson tomonidan anglanilgan material dastlab tez sur‘atlar bilan unutila boshlaydi, keyinchalik esa uning kechishi biroz pasayadi. Mashq qilish, takrorlash, turg‗un, barqaror qiziqishni shakllantirish mumkin qadar unutish sur‘atini pasaytiradi.
Esda saqlashning shart-sharoitlari xotira o‗tkirligi, mahsuldorligi, samaradorligi uchun muhim ahamiyatga ega. Unutish vaqt (zamon) funksiyasigina bo‗lib qolmasdan, balki unda esda olib qolish, esga tushirish singari tanlovchanlik (saralash), xususiyati mavjud. O‗z mohiyati bilan shaxsning ehtiyojlariga qiziqishlariga, faoliyat maqsadiga bog‗liq, mutanosib, muhim ahamiyatli material, sekin sur‘atda unutiladi. Inson uchun hayotiy, ijtimoiy, kasbiy ahamiyatli bir qator voqeliklar materiallar, ma‘lumotlar aslo unutilmaydi. Odatda shaxsning faoliyatda ishtirok etish darajasiga qarab materialning esda saqlanishi aniqlanadi. Ilmiy tadqiqotlarda unutish o‗zlashtirilgan materialning hajmiga bog‗liq ekanligi ta‘kidlanadi. Muayyan vaqt o‗tgandan keyin o‗zlashtirilgan, o‗rganilgan materialni esda saqlash foizi uning hajmiga teskari proporsional munosabatda bo‗lishi tasdiqlangan. Agarda bir xil sharoitda (vaziyatda) berilgan materiallar ham sifat, ham miqdor jihatdan o‗xshash bo‗lsa, u holda esda olib qolish jarayonida ularni hisobga olish o‗zlashtirish samaradorligini oshiradi. Masalan, suhandon (diktor) bir bet standart matnni o‗qish uchun ikki minut vaqt sarflasa, xuddi shu hajmdagi materialni o‗qish, uqish, tushunish, anglab etish uchun talaba uch-to‗rt barobar vaqt ajratadi. Bunda shaxsning individual xususiyatlari, xotira tiplari, uquvchanlik qobiliyati, noyob xislatini hisobga olish joiz. Esda saqlash jarayonida materialning hajmi birlamchi emasligi, unga uning sifati ustuvor ahamiyat kasb etadi. Esda saqlashda yaxlitlik, alohidalik muhim o‗rin egallaydi, chunki, mazkur jarayonda matn (mavzu)dagi asosiy holatlar, qonuniyatlar, nazariyalar, qiyosiy tahlillar, yorqin ifodalar, jonli nutq mahsullari o‗z izini qoldiradi. Esda saqlashda keyingi o‗rin ba‘zi bir fikriy birliklarga, hatto matn mazmuniga undan ham kuchli e‘tibor beriladi. Esda saqlashning muhim xususiyatlaridan biri- bu materialni umumlashgan darajasi bilan bevosita bog‗liqligidir. Jami umumiylikdan mazmuniy-nazariy yo‗nalishga va undan yakka alohidalikka fikran o‗tish esda saqlashning oqilona aqliy vositasi bo‗lib hisoblanadi. Umumlashmalarni umumlashtirish, mavhum holatlarni mavhumlashtirishning fikriy harakatlariga asoslangan materiallar esda saqlashning eng qulay shart-sharoitlari sanaladi. Esda saqlashning sharoitlariga: a) ma‘lumotlarning amaliyotga tatbiq etuvchanligi; b) oqilona aqliy usullar yordami bilan oldingi bilimlar o‗zlashtirilganligi; v) ularni vaqti-vaqti bilan chuqurlashtirib borish; g) materiallarni eydetik obrazlar, tasavvurlarga boyitish kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |