1-mavzu: xotira haqida umumiy tasavvurlar. Xotiraning neyrofiziologik asoslari va bioximik nazariyalari. Xotira murakkab psixik jarayon sifatida reja



Download 75,24 Kb.
bet3/5
Sana31.10.2022
Hajmi75,24 Kb.
#858625
1   2   3   4   5
Bog'liq
4 mavzu Xotira haqida umumiy tasavvurlar Xotiraning neyrofiziologik

Izlarning “konsolidatsiyalanish” jarayoni.
Yuqorida biz inson miyasiga ta‘sir qilgan qo‗zg‗ovchilarning izi esda olib qolinishini ko‗rib o‗tgan edik. Navbatdagi vazifa izlarni mustahkamlanish jarayoni qanday kechadi, degan savolga javob berishdan iboratdir. Izlar tezda mustahkamlanadimi yoki ma‘lum vaqt talab qiladimi, degan muammolar tug‗ilishi tabiiy holdir. Bu savollarni o‗rganish ko‗pgina tadqiqotchilarning predmeti bo‗lib xizmat qilgan. Ko‗pgina psixologlar kuzatishlariga qaraganda, insonning bosh miyasi jarohatlanganda, jarohatgacha bo‗lgan qisqa vaqt ichida va jarohatdan keyin ma‘lum vaqt oralig‗ida ta‘sir qilgan qo‗zg‗ovchilarning izi saqlanmaydi. Bosh suyagi og‗ir jarohatlanib, odam xushidan ketganda, shikastlangangacha qanday hodisa ro‗y berganligini va undan so‗ng ro‗y bergan hodisani sira eslay olmaydi. Bu hol anterograd, retrograd va anteroretrograd amneziyasi degan nom olgan. Bu holat shuni ko‗rsatadiki, nerv tizimiga ro‗y bergan kuchli shok (ruhiy og‗ir favquloddagi xastalanish) miya ma‘lum muddatga unga etib kelgan qo‗zg‗atuvchilarning izlarini saqlashga qobiliyatsiz qilib qo‗yadi.
Anterograd, retrograd va anteroretrograd amneziya miya izlarini esda olib qolishga qobiliyatsiz bo‗lib qolgan vaqt oralig‗ini o‗lchash imkonini berdi. Masalan, 78-km da halokatga (avariyaga) uchragan mototsiklchi 64-km dan boshlab ko‗rgan barcha narsalarni esdan chiqaradi. U soatiga 60 km tezlik bilan ketayotganligi sababli halokatdan 10-15 minut oldin ro‗y bergan taassurotlarning izlarini mustahkam saqlab qola olmagan. Demak, izlarning xotirada mustahkamlanishi yoki psixologiyada aytilganidek, «konsalidatsiya»lanish uchun 10-15 minut kifoya qilar ekan, xolos. Psixolog Fedor Dmitriyevich Gorbovning tajribalari bunga yaqqol misol bo‗la oladi: unda sinaluvchilar belgilar (4, 1, -8, 5) o‗tib turadi. Sinaluvchilar berilgan sonni ilgari natijaga qo‗shib yoki undan ayirib, arifmetik operatsiyalarni bajarishlari zarur edi. Albatta, misollarni echish davomida sinaluvchi xotirasida ilgarigi natijalarni saqlash kerak edi. Favqulodda «birdaniga» sinaluvchiga keskin yorug‗lik chaqnashi ko‗rinishida «shok» beriladi. Tajribalarning ko‗rsatishicha, bunday hollarda tekshiriluvchilar hozirgina olingan natijani eslaridan chiqarib qo‗yib, hisobni oxirgisidan emas, balki oldingisidan davom ettirdilar. Tajribalr shuni ko‗rsatdiki, kuchsizgina shok ungacha bo‗lgan izlarni o‗chirar va izlarning «konsalidatsiya»lanishi uchun zarur bo‗lgan sharoitga to‗sqinlik qilar ekan. Ko‗pgina amerikalik mualliflar tomonidan tadqiqotlar quyidagicha amalga oshirilgan. Hayvonlar ko‗nikma hosil qilinayotganidan biroz vaqt o‗tgan, hayvonga elektr toki beriladi. Agar shok ko‗nikma hosil qilinganidan 10-15 minutdan keyin berilsa, u holda mazkur ko‗nikma yo‗qoladi: 10-15 minutdan keyin berilsa, u xolda mazkur ko‗nikma yo‗qoladi: agar ko‗nikma hosil qilinganidan keyin 45-60 minut ichida berilsa, ko‗nikma saqlanadi. SHu sababdan izlarning mustahkamlanishi vaqti uchun 10-15 minut ajratilishi kifoya qiladi. Jahon psixologlari olib borgan keyingi tajribalar shuni ko‗rsatdiki, shokdan so‗ng hosil qilinadigan ko‗nikmaga ham shok salbiy ta‘sir ko‗rsatishi mumkin. Demak, shok izlarining «konsolidatsiya»lanishigacha ta‘sir qilib qolmasdan, balki miyani shunday holatga olib qo‗yar ekanki, bunda ko‗nikma hosil bo‗lishi reallikdan uzoqlashadi. Hozirgi davrda shu narsa ma‘lum bo‗ladiki, yuqoridagi samara (effekt) faqat elektr toki yordamidagina emas, balki farmokologik elementlar ta‘siri ostida ham kuzatilar ekan. Masalan, barbituralar bosh miya po‗stlog‗ini tormozlanish holatiga olib keladi; metrazol po‗stloqda kuchli qo‗zg‗alishni yuzaga keltiradi. To‗plangan ma‘lumotlarga qaraganda, odamda ko‗nikma hosil qilinib, bir minut o‗tgandan so‗ng barbituratlarni qabul qilish ko‗nikma izining yo‗qolishiga olib kelar ekan; aynan shu dozalari barbituratli ko‗nikma hosil qilingandan so‗ng
30 minut o‗tgach qabul qilinsa, ko‗nikmaning buzilishiga olib kelishi mumkin. SHunga o‗xshash natijalar metrazol bilan o‗tkazilgan tajribalarda ham kuzatilgan; ko‗nikma hosil qilingandan so‗ng 10 sekund o‗tgach, metrazol qabul qilinishi izlarning qo‗pol ravishda buzilishiga olib keladi, 10 minut keyin qabul qilinsa, u holda izlarning kuchsiz saqlanishi namoyon bo‗ladi, 20 minut o‗tganda esa ko‗nikma butunlay saqlangan. Biroq miyaning qo‗zg‗alishiga ta‘sir qiluvchi turli moddalar izlarning saqlanishiga turlicha «chuqurlikdagi» ta‘sir qiladilar. Ba‘zilari 3-4 kun oldin hosil qilingan ko‗nikmalarni yo‗qotsa, boshqalari izlarning hosil bo‗lishigagina ta‘sir qiladi. Ma‘lum bo‗lishicha, izlarning «konsolidatsiya»lanishini tezlashtiruvchi moddalar ham ma‘lumdir. Bunday preparatlarning biri - otrixnindir. Bundan in‘eksiya qilinsa, konsolidatsiyani tezlashtirish bilan birga, unga salbiy ta‘sir ko‗rsatuvchi moddalarga nisbatan «yashovchanroq» qilib qo‗yadi.
Izlarning mustahkamlanishi ma‘lum vaqt talab qiladi va ushbu jarayonda turli kuch bilan ta‘sir qiluvchi holatlar hukm suradi. Lekin hayvonlarning individual fikrlari mavjud bo‗lib, izlarning konsolidatsiyasi turli hayvonlarda turlicha tezlikda ro‗y beradi. Amerikalik psixolog Mak Gouning ko‗rsatishicha, ko‗nikma tez hosil bo‗ladigan kalamushlarga, ko‗nikma hosil qilinadigan 45 sek. o‗tgandan keyin shok berilsa, izlar yo‗qoladi, 30 minutdan keyin shok berilsa, u holda izlar saqlanadi; ko‗pincha ko‗nikma asta-sekin hosil bo‗luvchi kalamushlarda (individual-tipologik xususiyatlarga ko‗ra) 45 sekunddan 30 minutdan keyin berilgan shok izlarni bir xilda yo‗qotadi. Bu shuni ko‗rsatadiki, kalamushlarning «tez» guruhlarida izlar 15-20 minut ichida konsolidatsiya bo‗lishga ulguradi (uzoq vaqtgacha) va ular «sekin» guruhlarida esa izlar konsolidatsiya bo‗lishiga ulgurmaydi hamda uzoq vaqtgacha yaxshi mustahkamlana olmaydi. Inson tomonidan muayyan izlarni o‗zlashtirish degan gap izlarning mustahkamlanganligi emas hali, chunki ularning mustahkamlanishi uchun ma‘lum vaqt zarurdir. Bu vaqt ko‗pgina omillarga bog‗liq bo‗lib, jumladan, bular qatoriga individual xususiyatlar va ular imkonini kiritish mumkin.
Fizik iz qolish nazariyasida neyronlardan nerv impulslarining o‗tishi o‗zidan keyin fizik iz qoldiradi deb taxmin qilinadi. Bu nazariya tarafdorlarining fikriga qaraganda, izlarning fizik aks etish sinapslarda yuzaga keladigan elektrik va mexanik o‗zgarishlarda o‗z aksini topadi. Izlarning neyrofiziologik asoslari to‗g‗risida fikr yuritilganda Lorente, Makselein kabi olimlarning reverberlashtirish hodisasini (reverberlashtirish - aylana aks ettirish demakdir) tatbiq qilinganlarini aytib o‗tish maqsadga muvofiqdir. Ularning ko‗rsatishlaricha, nerv hujayralaridan chiqqan aksonlar boshqa hujayralaridagi dendritlar bilan qo‗shilishi natijasida reverberlashtirish hodisasi vujudga keladi. Protoinlar hosil bo‗lishi bilan bog‗liq bo‗lgan holatlar biokimyoviy reaksiyalar deyiladi. Bu hodisani jahon psixologlari uzoq muddatli xotiraning psixofiziologik mexanizmi deb ataydilar. Mak Konnel
(AQSH) yomg‗ir chuvalchanglarida tajriba o‗tkazgan. U shartli reflekslarni hosil qilish boshqa reaksiyalaridan farqli o‗laroq, biokimyoviy reaksiyalarda (yorug‗dan qochishni mashq qilish) ikki-uch marta kamayib ketishini ko‗rsatgan.

Download 75,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish