O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar:
1. AKM va ARMarkazlari fondini shakllantirish tushunchasi.
2. Shakllantirishni mavzuni va maqsadi.
3. Shakllantirish jarayoni tahlili.
9.3. AXBOROT-KUTUBXONA FONDINI TASHKIL QILISH
TEXNOLOGIYASI
Har xil turdagi kutubxonalar fondini to’ldirishda umumiy xususiyatlar mavjud.
To’ldirishning prinsiplari, ilmiy asoslangan shart-sharoitlari, turi va usullari
hamma kutubxonalar uchun umumiy sanaladi. Lekin har bir turdagi kutubxona
fondini to’ldirishda o’ziga xos xususiyatlarga amal qilinadi.
Kutubxona fondini
to’ldirish va uni tashkil qilish nazariyasi va amaliyotida kitobxonlar tarkibini
belgilaydigan kutubxona tipologiyasi(turi)dan kelib chiqiladi. Kutubxonaning turi
fondning miqdori va tarkibini, ular oladigan nashr turi va tipini belgilab beradi.
Masalan: Universal kutubxonalar ilmiy-ommabop, badiiy adabiyot, darsliklar,
145
texnika adabiyotlarini olsa, ilmiy kutubxonalar fondida monografiyalar, maxsus
nashrlar, xorijiy tildagi kitoblar mavjud bo’ladi. Har xil tip va turdagi kutubxonalar
o’z fondi uchun kitoblar tanlashda ham farq qiladilar.
Tanlab to’ldirish fonddan
foydalanish darajasini oshiradi. Masalan, respublika kutubxonalari yerli xalq
tilidagi kitoblarni, viloyat kutubxonalari o’lkashunoslik adabiyotlarini, meditsina
kutubxonalari tibbiyotga doir kitoblarni to’liq olishga harakat qiladi. Adabiyotlarni
tanlashda har bir tip va turdagi kutubxonalar turli tashkiliy-uslubiy usullarni
qo’llaydilar. Adabiyotlarni takroriy tanlashda ham o’ziga xos xususiyatlar mavjud.
Ilmiy kutubxonalar takroriy tanlashni amalga oshira borib kitoblarni uzoqroq
saqlashni hisobga olsa, universal kutubxonalar takroriy saralash orqali fondini
tezroq yangilashga harakat qiladi. Ilmiy kutubxona o’qilmaydigan kitoblarni
depozitar kutubxonaga topshirsa, universal kutubxona uni tezroq hisobdan
chiqarishga harakat qiladi.
Fondni to’ldirish manbalari jihatidan ham ancha
farq seziladi. Yirik ilmiy kutubxonalar uchun majburiy nusxa (pullik yoki bepul)
asosiy manba bo’lib hisoblansa, boshqa kutubxonalar kollektor yoki kitob
do’konidan oladilar.
Yuqoridagilardan ma’lumki, badiiy kitoblar fondning yarmidan ko’pini
tashkil qiladi, ularni ham tanlab, saralab kitobxon qiziqishiga mos keladiganini
olish ma’qul. Kasaba kengashining kutubxonalari, bolalar kutubxonalarini
to’ldirishda shu kutubxonalarning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olish lozim.
Kasaba kengashi kutubxonasi odatda biron-bir korxona, tashkilotga, alohida soha
kishilariga xizmat qiladi. Ushbu kutubxonada ham nashrlarni ko’p qismi badiiy
adabiyot bo’lib qolishi bilan birga, ushbu korxonaning profiliga oid kitoblar
bo’lishi mumkin. Kitob olishda ular boshqa kutubxonalar bilan muvofiqlashib,
kelishib olishlari lozim.
Ilmiy kutubxonalar o’z fondini butlashning xilma-xil yo’llaridan foydalanadi.
Yirik ilmiy kutubxonalar majburiy nusxa olish bilan birga qo’shimcha ravishda
o’zi ham kitob xarid qiladi. Sohasiga qarab xorijiy kitoblarni oladi. Ayniqsa vaqtli,
davom etadigan va ko’p tomli nashrlarni to’liq to’plashi lozim.
146
Universal ilmiy kutubxonalar o’zlarining murakkab tuzilishga qarab kitob,
jurnal, gazeta, xilma-xil atlaslar, kartalar, chizmalar va hokazolarni oladi.
Strukturali bo’limlar kitob taqsimlashning aniq rejasiga rioya qiladi. Bu
kutubxonalar faqatgina yangi adabiyotlar olmasdan kitobxon talabiga ko’ra ilgari
nashr qilingan kitoblarga ham ko’proq ahamiyat beradi.
Maxsus ilmiy kutubxonalar tipiga ko’p sohali akademiyalar, oliy o’quv
yurtlari, ilmiy-texnika kutubxonalari kiradi. Ular fan-texnika, qishloq xo’jaligi va
boshqa sohalar bo’yicha ilmiy axborot berish markazlari bo’lib xizmat qiladi. Ko’p
sohali ilmiy kutubxonalar fondini butlashni xususiyatlaridan biri- har bir mavzu
bo’yicha kerakli kitoblarni olishdir. Chunki mazkur kutubxonalar mana shu
sohadagi kitobxonlarga axborot markazi sifatida xizmat qiladi. Masalan:
Respublika ilmiy-texnika kutubxonasi yoki Kibernetika instituti kutubxonasi va
hokazo. Bunday kutubxonalar nafaqat axborot beradi, balki faktografik
ma’lumotlar ham berishga qodir. Natijada bu kutubxonalar mutaxassislar uchun
katta axborot tizimiga ega bo’lgan oz tirajli buyurtmali va bepul nashrlarga ham
alohida ahamyat beradilar. Shunga muvofiq kitob va jurnal fondidan tashqari ko’p
sohali kutubxonalar maxsus sanoat kataloglarini, xorijiy ilmiy va ilmiy-texnika
adabiyotlarining tarjimalarining, idoraviy adabiyotlarning, algoritmlar hamda
dasturlariy mahsulotlarning, ba’zan e’lon qilinmaydigan materiallarning kam
nusxali fondlarini ham tashkil etadilar. Oz nusxali majburiy nusxalar (pullik va
bepul) ko’p sohali kutubxonalarni butlashning asosi bo’lib xizmat qiladi. Ko’p
sohali kutubxonalar xorijiy adabiyotlardan birinchi navbatda chet eldagi fan
yutuqlari to’g‘risida yakuniy materiallarni olishga harakat qiladilar. Bunda, albatta,
monografiyalar,
ilmiy
tadqiqot
muassasalar,
konferensiya,
simpozium
materiallarini sotib olishga qiziqadilar.
O’zbekiston Fanlar akademiyasi tizimidagi kutubxonalarni butlash
xususiyatlari shu bilan belgilanadiki, bu tarmoq bir necha o’n yilliklar davomida
markazlashgan sharoitda ishlamoqda. Akademiya muassasalari barcha fan va bilim
sohalarini qamrab oladi va bu unga kiradigan kutubxonalardan olinadigan kitoblar
mavzusini puxta chegaralab olishni talab qiladi. Fanlar akademiyasi institutlari har
147
bir kutubxonasining o’z butlash sohasi bo’lib, u olimlarning faol ishtirokida ishlab
chiqiladi. Butlashning bunday takomiliga boshqa kutubxonalar erishgan emas.
Fanlar akademiyasining Asosiy kutubxonasi fondida umumiy xarakterdagi ilmiy
adabiyotlar, ayniqsa asl manbalar, ilmiy konferensiya, kengashlar materiallari,
ma’lumot va noyob nashrlar, qo’lyozmalar keng jamlanadi. Alohida institutlarning
kutubxonalari esa markaziy kutubxonadan farq qilib, o’z sohasiga oid va ma’lumot
xarakteridagi adabiyotlarni oladi.
Akademiya kutubxonalari tizimi xorijiy
nashrlar bilan butlashda qator o’ziga xoslikka ega. Bu ancha murakkab jarayon,
chunki juda katta miqdordagi jahon bosma adabiyotlari bilan ish olib borishga
to’g‘ri keladi. Ayniqsa, vaqtli bosma nashrlarni sotib olish butlashda katta
qiyinchiliklar tug‘diradi. Xorijda har yili hamma sohalarga oid 150-200 yangi
nomda jurnallar paydo bo’ladi, ularning ichidan keragini tanlab olish ancha
mushkul.
Oliy o’quv yurti kutubxonalarining fondlarini butlashda mazkur
kutubxonalarning o’ziga xos vazifalari o’quv-tarbiya jarayoni, talaba va
o’qituvchilarni zarur kitoblar bilan ta’minlash zarurati bilan belgilanadi. Bundan
tashqari mazkur kutubxonalar talabani komil inson va yaxshi mutaxassis bo’lib
yetishishi uchun ham qayg‘uradi. Mazkur kutubxona fondida shu o’quv yurtining
sohasi bo’yicha o’quv adabiyotlari, ko’rgazmali manbalar ham to’planadi. Bundan
tashqari mazkur kutubxona maxsus, ilmiy, texnika, badiiy hamda ma’lumot
nashrlarini ham oladi. Keyingi yillarda bu kutubxona fondlari sezilarli ravishda
o’zgarmoqda, ya’ni mazkur sohaga oid ilmiy nashrlar axborot vositalari ham
olinmoqda. Ayniqsa, o’quv adabiyotlariga katta ahamiyat berilmoqda. Odatda har
bir talabaga o’quv predmeti bo’yicha bittadan (1:1) kitob, qo’shimcha adabiyotlar
(1:2) bo’lishi lozim. Mazkur kutubxona o’z fondini butlashda kafedralar,
o’qituvchilar, talabalar bilan hamkorlikda ish olib borishi lozim. Bundan tashqari
o’quv jarayonining o’zgarishi, yangi predmetlarning joriy qilinish, darsliklarning
yetishmasligi yoki yaratilmaganligi kabi muammolarni hal qilishga tayyor turishi
lozim.
148
Ilmiy-texnika axborot-kutubxona muassasalari fondlari asosan xodimlar
malakasini oshirish hamda mehnatning ilg’or usullarini o’zlashtirishda ishlab
chiqarishga yordam berish, texnikaning umumiy masalalari bo’yicha adabiyotlarni
targ‘ib qilishga moslangan. Bu kutubxonalar odatda ilmiy-texnika axborogi
tizimining tarkibiy qismi sifatida shakllangan adabiyot tanlashda o’ziga xos turlar:
standartlar, sanoat kataloglari, ixtirolar tavsifi va hokazolarga ahamiyat beradi.
Odatda texnika adabiyotlari tez eskirib yangilanib turadi, natijada mazkur
kutubxona fondlari ham shunga monand bo’ladi.
Hozirgi
davrda
texnika
axborot-kutubxona
muassasalarining
tor
ixtisoslashgan fondlari tematikani kengaytirish tendensiyasiga ega va bu
qonuniydir, chunki ayrim masalalarni ishlab chiqish fan va texnikaning yondosh
tarmoqlariga doir axborotlardan foydalanishni talab qilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |