Kutubxona fondi uzining belgi va xususiyatlariga qaraganda alohida tizim
sifatida ajralib turadi. Bu xolatni bilsh kutubxonachiga uni boshqa fondlardan
ajratib olish imkoniyatini beradi.
Masalan: muzey fondi, arxiv fondi. Agar belgi fondning tashki holatini ifodalasa,
xususiyat uning sifatini, ichki xolatini ifolaydi.
1.
Kutubxona fondi asosiy belgilaridan biri — undagi hujjatlardir. Kutubxonada
fondga kiruvchi va kirmaydigan hujjatlar ham bo’ladi. Masalan, inventar
kitobi, qarorlar papkasi va xokazo. Kutubxona fondini tashkil qilishda unda
qancha kitob bo’lishini belgilash lozim. Bizda xilma-xil turdagi axborot-
kutubxona muassasalarni tashkil qilishda birinchi (minimum) va oxirgi
(maksimum) me’yorlar belgilanadi. Kutubxonaning xiliga qarab qancha
nomda va nushada kitob olish aniqlanadi.
2.
Kutubxona fondining ikkinchi belgisi — fondni hajmi va kattaligni undagi
kitoblarning nomi va nushasini hisobga oluvchi ko’plikdan iborat. Fondlar
katta-kichikligiga qarab: kichik, o’rta va kattaga bo’linadi. Agar kichik fond
2 ming bo’lsa, kattasi 5- million bo’lishi mumkin. Kutubxona fondidagi
hujjatlar kimga tegishliligi, mazmuni, mavzusi, turi, xili, yoshiga qarab uziga
xos belgilariga ega. Yuqoridagi belgilar kutubxona fondining tarmog’ini,
xususiyatini belgilab beradi.
3.
Kutubxona fondining uchinchi belgisi uning tarmog‘idagi, ya’ni sohalarga
oidligidir. Kutubxona fondini to’ldirish uchun olinayotgan hujjatlar uning
tarmoq belgilariga mos kelishi lozim, shundagina undan tegishli kitobxonl a r
foydalanadi, aksincha bo’lsa, u hujjat o’qilmasligi mumkin. Kutubxona
fondining tarkibi deganda uning tarmog’ining kengligi (diapazoni)
tushuniladi, ya’ni undagi fan tarmoqlariga oid olingan kitoblar, mavzusi,
turlari, xillari, nashr qilingan yillari, fondning yoshi hisobga olinadi. Bundan
tashqari kutubxona fondi to’liqligi va uning tartib bilan joylashtirilganligi
ham ahamiyatlidir.
137
4.
Shuning uchun uning to’rtinchi belgisi xujjatlarni tartibli butlanib,
joylashtirilganligidir. Kutubxonaga kitoblar ma’lum kitobxonlarning talabi va
ehtiyojiga qarab olinadi.
5.
Kutubxona fondini alohida belgilaridan beshinchisi uning kitobxonga
atalganligi va undan foydalanishdir. Kitob faqat o’qilgandagina undan foyda
keladi, aksincha hech qanday foyda keltirmay yotaveradi.
Shuning uchun kitobdan foydalanish vaqti, qoidalari belgilanib u kitob
do’koni fondidan farqlaniladi. Kutubxona fondi belgilaridan yana biri, uning
foydalanish uchun tayyorligidir. Kitob kitobxonga yetib borgunicha ancha
jarayonlarni bosib o’tadi. Kitobxon topshirgan kitobni ham o’z joyiga taxlash
lozim. Hali ishlov berilmagan kitoblarga ishlov berilib, kutubxona fondiga
topshiriladi.
Kutubxona fondining xususiyatlari. Har qanday moddiy boylik singari
kutubxona fondi ham uziga xos xususiyatlarga ega. Kutubxona fondining ko’pgina
xususiyatlari bor — ular fondning rivojiga asos bo’ladi.
Xususiyatlari:
agar o’ziga xos axborot va bilim manbasiga ega bo’lsa-yu,
lekin ular orasida ichki bog’liqlik mavjud bo’lmasa, ya’ni fond tarmog’iga to’g’ri
kelmasa, bunday fondni kutubxona fondi deya olmaymiz.
Agar kitoblar mazmuni jihatidan bir-biri bilan bog’liq bo’lsa, to’ldirilsa, kitobxon
talabiga javob beradigan to’la jamlangan bo’lsa - kutubxona fondi deb ataymiz.
Kutubxona fondidagi hujjatlar bir-biri bilan bog’liq bo’lib, kamchiligi doimo
to’ldirib borilsa - bunday fondni to’liqlik deb ataymiz. To’liqlik, ya’ni fondning
o’zaro kelishuvi, bog’liqligi va o’zaro harakat birligi bilan ifodalanadi. Kutubxona
fondi—bu tarkibiy bo’laklar (kichik fondlar)dan tashkil topgan butunlikdir.
Kutubxona fondining butunligi uning bo’laklarga (bo’limlarga) bo’linishi
(differentsiatsiya) va birlashishi asosida tashkil topadi. Bu yerda qarama-
qarshiliklarning birligi va ularning kurashish qonuniga asoslaniladi. Butunlikni
saqlab qolish kutubxonalar oldiga qo’yilgan maqsadga ham bog’liq. Shu maqsadga
qarab kutubxona o’z fondini xilma-xil kitoblar bilan to’ldiradi. Uzining ichki va
tashqi aloqalari bilan kutubxona fondi kichik tizim hisoblanadi. Kutubxonachilar
138
kitobxonga kerakli kitoblarni aniqlash va shunga o’xshaganlarini olishga harakat
qiladilar. Fondning ochiqligi kitobxonga kerakli bo’lgan axborotni beruvchi
kitoblarni (ilmiy, badiiy, estetik va hokazo) olish imkoniyatini beradi.
Kutubxona fondini ko’pincha tashqaridan hech nima ta’sir qilmaydigan va
tashqariga hech qanday ta’sir ko’rsatmaydigan yopiq tizim deyishga harakat
qilishadi. Bu noto’gri. Dunyoda bo’layotgan voqea va xodisalarning matbuotda
yoritilishi fondga ta’sir etsa, fond o’z manbalari, kitobxonlari orqali tashqariga
kuchli ta’sir ko’rsatadi. Natijada fondning ichida kam miqdoriy va mazmuniy
o’zgarishlar yuz beradi. Ular fondga tushadigan yangi kitoblar va undan
chiqarilayotgan eski kitoblar bilan ham bog’liq, ya’ni dinamik o’zgarishlar sodir
bo’ladi.
Lekin shu bilan kutubxona fondi bir qator xususiyatga ega bo’lib, unga
tushadigan hujjatlarni o’ziga qabul qilib olaveradi (statik). Bu yerda dinamik
o’zgarib turishi va uning barqaror turg’unligi o’rtasida qarama-qarshilik mavjudki,
bu fond bilan doimiy ish olib borishni ta’kidlaydi, hamda uning rivojlanishiga
yordam beradi.
Fond qanchalik katta bo’lsa, undagi kitoblarning aylanishi shuncha kam bo’ladi.
Masalan, yirik kutubxonalarda fondning 15 foizi aylanishi mumkin. Bu jarayon
qonuniy, uni to’xtatib bo’lmaydi, lekin fondning aylanishini ko’paytirish uchun
passiv fond odatda depozitariyga o’tkaziladi. Bundan tashqari, ochiq fonddagi ba’zi
o’qilmagan kitoblar yopiq fonga o’tkaziladi yoki aksincha yopiq fonddagi ba’zi
kitoblarni ochiq fondga o’tkazib, fondning tezkor harakat qilish xususiyati
ta’minlanadi.
Kutubxona fondining yana bir xususiyati uning tarqoqligi va bir joyga
to’planganligidir. Kutubxona fondi kutubxonalar o’rtasidagi almashuv, kitobxonga
kitob berilishi natijasida tarqalib turadi. Lekin shu bilan birga bir joyga to’plangan
holda turadi. Juda ko’p miqdordagi xilma-xil kitoblarning bir joyda to’planib
turishining ham ijobiy ham salbiy tomonlari bor. Yirik kutubxonalarda minglab
kitob bo’lib, ular uzoqdagi kitobxonlarga yetib bormaydi.
139
Uni tezroq tarqatish, kitobxonga yetkazish uchun kitob berishni, axborot berishni
avtomatlashtirish lozim. Bugungi kunda axborot-kutubxona muassasalarida
elektron kutubxonalarning tashkil etilishi, korporativ tarmoqning mavjudligi, turli
virtual xizmatlarning joriy etilishi – AKMlarida mavjud resurslarni aholining keng
qatlamiga etkazishga xizmat qilmoqda. Kutubxona fondining yana bir
xususiyati — extimolligidir. Fondni hech qachon kitobxonning talabiga yuz foiz
mos keladigan xolda to’ldirish mumkin emas. Xujjatlarni tanlash, fondni tashkil
etish va undan foydalanish uzining mohiyatiga ko’ra extimollik xarakteriga ega.
Chunki, kitob tanlovchi (kutubxonachi) hali muayyan mavzudagi, sohadagi kitob
qanchalik uqiladi, qanchalik kerakligi aniq bilmaydi, shu sababli u nashriyotlarning
mavzuviy rejasidagi kitoblarni extimollik bilan tanlab oladi. Kutubxona fondining
yana bir xususiyati boshqarilishdir. Fondning hamma xususiyatlari boshqarish
natijasida namoyon bo’ladi. Kutubxona fondini ichki va tashqi muxitning ta’siri
asosida, kutubxona oldidagi maqsadiga qarab boshqarib borish lozim. Fondni
boshqarishda har bir ish jarayoni puxta uylab, takomillashtirilib boriladi. Natijada
fond uzining butunligini, barqarorligini, caqlab qoladi. Bu jarayonlarni fondni
boshqarish nazariyasi o’rgatadi. Yuq’oridagi xususiyatlar kutubxona fondining
ishonchligi xususiyatida aks etadi. Bu xususiyat fondning to’liqligini, xizmat
qilishga tayyorligini, yaxshi ishlashini, doimiyligini ifodalaydi. Fondning ishonchli
bo’lishiga juda ko’p omillar ta’sir etadi.
Kutubxona fondi ilmiy tushuncha sifatida uzining belgi va xususyatiga ega.
Ushbu xolati uni kitob do’koni, kutubxona kollektori, arxivdan ajratib turadi.
Kutubxona fondi—kitobxonlarga atalgan xujjatlar caqlash va foydalanish, tartibga
solish, kutubxonaning turiga, tarmogiga moslangan kitoblar yigindisidir. Uzini
sifat
xususiyatlariga
ko’ra kutubxona fondi butun, ochiq extimoliy,
boshqariladigan, ishonchli tizimdir. Avtomalashtirilgan tizimlarda "hujjat"
tushunchasi ma’lumot ma’nosida yuritiladi. Chunki mashinalar tomonidan
ma’lumotlar hujjatlardan olib beriladi. Kutubxona fondi kitoblar ko’p bo’lganligi
uchun uning modeli tuziladi, yani tavsif qilinadi va ushbu kartochkalar katalog va
kartotekalarda joylashtiriladi. Informatikada bu holat ikkilamchi hujjat deyiladi.
140
Katalog va kartochkalar kutubxona fondi tarkibiga kirmaydi. Kutubxona fondi
uzining mustaqil ob’ektiga ega bo’lib, kutubxona fondi xaqidagi bilimdir.
Kutubxona fondshunosligining predmeti—kutubxona fondini nazariy jihatdan
tizim sifatida har tomonla o‘rganishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |