162
Texnika kutubxonalarida normativ texnika xujjatlariga (standart nomerlari,
nashriyotlar va hokazo) inventarsiz hisob varaqasi qo‘llanadi. Ularning raqami
kataloglarda hisobga olinadi. Fonddan chiqariladigan
adabiyotlar dalolatnoma
orqali chiqariladi. Har bir dalolatnomada chiqarish sabablari, yirtilganligi,
eskirganligi, ko‘p nusxaligi, sohaga to‘g‘ri kelmasligi ko‘rsatiladi. Dalolatnoma
tuzilgandan so‘ng chiqariladigan kitoblarning ro‘yxati ilova qilinadi. Dalolatnoma
yuqori tashkilot rahbarlari tasdiqlagandan so‘ng nashrni fonddan chiqarish haqida
individual hisob hujjatlarida belgilanadi. Umumiy
hisob kitobida kitoblarning
mazkur partiyasi hisobdan chiqarilgani qayd etiladi.
Hisob yuritish uchun maxsus grafalangan katalog kartochkalari ishlatiladi.
Kartochkaning yuza tomonida kitobning nomi va unga oid boshqa ma’lumotlar,
unga berilgan inventar nomeri va olingan nusxalarning umumiy miqdori, orqasida
esa AKMning filiallariga yuborilgan nusxalar miqdori ko‘rsatiladi. Bu
kartochkalardan hisobning alfavit kartotekalari tuziladi va hisob-kitob shu tarzda
olib boriladi.
Kutubxona fondini tekshirish.
Tekshirish bu fondni individual hisob
hujjatlari bilan solishtirib, ro‘yxatdan o‘kazilgan nashrlar mavjudligini aniqlashdir.
Tekshirish hisobga olinishning nazoratidir.
Tekshirish orqali quyidagilarni aniqlash mumkin:
Kutubxona hamma kitoblarni hisobga olganmi yoki yo‘qmi;
Ta’mirlanadigan, muqovalanadigan, qayta shifrlanadigan kitoblar;
Javonlarda kitoblarni taxlash tartibi.
Foydalanuvchilarga kitob berilishi va qaytarilish muddatlariga amal
qilinishi, qarzdor
kitobxonlar, kitoblarning o‘qilishi darajasi va hokazo.
Fondni hisobga olish, ishlov berish va xato qilgan javobgar shaxslarni
aniqlab boradi
Tekshirish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
rejalashtirilganda;
kutubxonada bo‘lim, filial mudiri almashganda;
yong‘in, tabiiy ofat yuz berganda;
xisobga olinganda qoniqarsiz, deb topilganda
Rejali tekshirish 7-10 yilda yoki tegishli vazirlik belgilagan muddatda o‘kaziladi.
Tekshirish usullari:
inventar
kitobi
hisobga olish katalogi, qayd qilish katalogi;
maxsus apparat: nazorat talonlari, topografik katalog va hokazo.
163
Tekshirish usullari kutubxona sharoitiga, fondning hajmiga, joylashtirish usuliga,
qo‘llanilgan hisobga olish shakliga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, fond format-inventar
tarzida joylashtirilganda, inventar
kitobi orqali tekshirish
oson bo‘lsa, fond
sistemali joylashtirilgan bo‘lsa, bu tartib to‘g‘ri kelmaydi yoki tekshirish qiyin
bo‘ladi. Katta fondga ega bo‘lgan kutubxonalar topografik katalog tuzib, undan
tekshirishda foydalanadilar. Nazorat talonlari bo‘yicha tekshirsh keng
ommalashgan bo‘lib, tekshirish davomida har bir
kitobga alohida kartochka
yozilib, unda: inventar nomeri va shifr, muallifning familiyasi, ismi, sarlavhaning
birinchi so‘zi yoziladi. Shifr ostida kitob kutubxonaning qaysi bo‘limida turganligi
ko‘rsatiladi, agar kitob qo‘lda bo‘lsa, ma’lumotlar kitobxon formulyalaridan
olinadi.
Tekshirish usuli:
tekshirilayotgan kitoblarga sanasi yozilib,
tekshirildi
degan
shtamp bosiladi. So‘ngra kitobga yozilgan kartochkalar nomerlari ortib boradigan
tarzda joylashtiriladi hamda inventar kitobi bilan taqqoslanadi va tekshirish
grafasiga shartli belgi qoyiladi.
Agar navbatdagi nomer tushirib qoldirilgan bo‘lsa, bu kitob yo‘qligidan
xabar beradi, kutubxonachi topish yo‘lini qidiradi yoki yo‘qligi sababini aniqlaydi.
Agar kitob topilmasa, ularning ro‘yxati tuzilib, tekshirish xaqidagi dalolatnomaga
ilova
qilinadi.
Dalolataoma yuqori tashkilotlar tomonidan tasdiqdangandan so‘ng
kitob fonddan chiqarilgan xisoblanadi.
Tekshirish tugagach, nazorat talonlari
tashlab yuborilmaydi, balki yangi olingan kitoblar taloni bilan to‘ldiriladi, fonddan
chiqarilgan kitoblar taloni olib tashlanib, navbatdagi tekshirishda foylalaniladi.
Kutubxona fondini hisobga olish va uni tekshirib turish nihoyatda katta ahamiyatga
ega
Do'stlaringiz bilan baham: