1-mavzu. Turk tilida ot so’z turkumi (TÜRKÇede iSİM) Tayanch so’z va iboralar


–MAVZU. FE’L NISBATLARI. ANIQ NISBAT



Download 136,79 Kb.
bet46/85
Sana01.01.2022
Hajmi136,79 Kb.
#295262
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   85
Bog'liq
Gramer konuları

15 –MAVZU. FE’L NISBATLARI. ANIQ NISBAT.

(FİİL ÇATILARI. ETKEN ÇATI)
Fe’l tuslanishida ish-harakat o’zak yoki negizda ifodalanadi. Fe’ldan anglashilgan harakat yo tashqariga, yo ichkariga yo’nalgan bo’ladi, ya’ni predmetga harakat tashqaridagi harakatni amalga oshiruvchiga yo’nalgan bo’ladi. Fe’l ot(ega), yoki bo’lmasa boshqa so’zga ta’sir etadi. Shu nuqtai nazardan fe’llar ikki asosiy guruhga bo’linadi: o’timli fe’llar va o’timsiz fe’llar. Bunga fe’lning ma’no jihatdan ham bo’linishi deyiladi. Soddaroq aytganda, ba’zi fe’llar vositasiz to’ldiruvchi oladi, ba’zisi esa olmaydi. Vositasiz to’ldiruvchi oluvchi fe’llar o’timli, vositasiz to’ldiruvchi olmaydigan fe’llar esa o’timsiz fe’llar bo’ladi. Masalan: Barış Bey kitabı açıyor gapida Barış Bey ning qilgan ishi kitar ga ta’sir etmoqda. Shu bois açıyor fe’li o’timli dir. Bu gapdagi kitar so’zi ega amalga oshirgan ishni belgilagan va fe’lning ma’nosini to’ldirib kelgan.

Ma’lumki, gap ichida ish-harakatning amalga oshishida ot turlicha ko’rinishga ega bo’ladi: ta’sir ko’rsatadi, ta’sirlanadi yoki bo’lishsiz munosabatda bo’ladi. Bunga mutanosib ravishda fe’l negizi turli ko’rinishlarga kirib, otning gap ichidagi vaziyatini belgilaydi: Ahmet döv-dü, Ahmet döv-ül-dü, Ahmet döv-me-di va hok.

Fe’l o’zagining tuslanishdan oldin olgan bunday shakllari uning ko’rinishi (aspekt yoki çatı) deyiladi. Turk tilida fe’lning olgan bunday ko’rinishlari turlicha (6 xil) bo’lib, ularning har biri maxsus qo’shimchalarga ega bo’ladi va birgalikda fiilin çatısı deyiladi. Boshqacha aytganda, fe’llarning vositasiz to’ldiruvchi (nesne) olishi yoki olmasligi, yoki bo’lmasa gap egasining holatiga ko’ra qo’shimchalarning fe’l o’zak va negiziga qo’shilib, yangi fe’l yasalishiga çatı yoki görünüş deyiladi.

Fe’llar vositasiz to’ldiruvchi (nesne) olishiga ko’ra 1. o’timli (geçişli) va 2. o’timsiz (geçişsiz) ga bo’linadi. Fe’llar gapning egasiga ko’ra ham quyidagi olti turga bo’linadi: 1. bo’lishli ko’rinish (yalın görünüş) - döv-mek; 2. bo’lishsiz ko’rinish (olumsuz görünüş) - döv–me- mek; 3. o’zlik nisbati ko’rinishi (dönüşlü görünü) - döv–ün-mek; 4. majhul nisbat ko’rinishi (edilgen görünüş) döv–ül-mek; 5. birgalik nisbati ko’rinishi (karşılıklı görünüş) - döv–üş-mek; 6. orttirma nisbat ko’rinishi (ettiren görünüşü) - döv – dür - mek.


16 – MAVZU. MAJHUL NISBAT. (EDİLGEN ÇATI)



Fe’lning passiv shakli fe’l o’zak yoki negiziga -il qo’shimchasi qo’shilishi orqali yasaladi: O Sivas’a gönderilecek. Arabanın camı kırılmış kabi. Bu yerda bir ot ma’lum yoki noma’lum boshqa bir ot vositasida fe’lning ta’siriga uchraydi: O Sivas’a (biri tomonidan) gönderilecek. Arabanın camı (biri tomonidan) kırılmış kabi.

Mantiqan egasi noma’lum bir olmosh bo’lgan gapni ham passiv ko’rinishdagi fe’llar yordamida yasash mumkin: Oradan eve gidilir. Bir haber gönderilir.

Unli yoki -l- tovushi bilan tugagan negizlar passiv ko’rinishda –in qo’shimchasi oladi (bil-in-mek, başla-n-mak). Shu bois ba’zi fe’l negizlaridan kelgan passiv va majhul nisbat ko’rinishlari adash bo’lishi mumkin: sil-in-mek (birov tomonidan o’chirilmoq, artilmoq) va sil-in-mek (o’zini o’zi o’chirmoq); koru-n-mak (biri tomonidan muhofaza qilinmoq, qo’riqlanmoq); koru-n-mak (o’zini o’zi muhofaza qilmoq). Bir bo’g’indan iborat ba’zi fe’l o’zaklari passiv ko’rinishda ustma-ust –in va -il qo’shimchalarini olishi mumkin: de-n-il-mek (deyilmoq), ko-n-ul-mak (qo’yilmoq), ye-n-il-mek (yeyilmoq) kabi. Buni istisno holat deyish ham mumkin.

17-MAVZU. O‘ZLIK NISBAT. (DÖNÜŞLÜ ÇATI)

Fe’lning o’zlik nisbat shakli fe’l o’zak yoki negiziga -in qo’shimchasi qo’shilishi orqali yasaladi va shu tarzda fe’lning ta’siri otga qaytgan bo’ladi: Ayşe yıkandı, tarandı, giyindi. Gripten korunmalısın kabi.

Fe’lning ta’siri otga to’g’ridan-to’g’ri yoki vositali ravishda qaytadi. Birinchi holatda ot gapning vositasiz to’ldiruvchisi bo’ladi: Ahmet dövündü. = Ahmet kendini dövdü. Yıkanacak mısınız? = Kendinizi yıkayacak mısınız? kabi. Bu turdagi o’zlik nisbat fe’llar nutqda faol qo’llanadi va o’timli fe’l deyiladi. Ikkinchi holatda fe’lning ta’siri otga qaytgan bo’lish bilan birgalikda gapning boshqa bir vositasiz to’ldiruvchisi bo’ladi, lekin u otning o’zi emas: Sibel bir elbise dikinmiş. = Sibel kendisine bir elbise dikmiş. Bavulu yüklendim. = Bavulu kendime yükledim kabi. Bular o’timli fe’llar hisoblanadi.

Turk tilida fe’lning o’zlik nibati va o’zlik olmoshlari orasida ifoda o’xshashligi (tenglik) mavjud: Evde kapanmayınız.= Kendinizi eve kapamayınız. Çok şeyler yapınmışsın. = Kendine çok şeyler yapmışsın kabi.

Turk tilida fe’lning o’zlik nisbatlari ma’no jihatdan boy va ular lug’atlardan keng o’rin olgan: edinmek, kaçınmak, görünmek va hok.


Download 136,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish