1-mavzu. Turk tilida ot so’z turkumi (TÜRKÇede iSİM) Tayanch so’z va iboralar



Download 136,79 Kb.
bet1/85
Sana01.01.2022
Hajmi136,79 Kb.
#295262
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   85
Bog'liq
Gramer konuları


1-MAVZU. TURK TILIDA OT SO’Z TURKUMI (TÜRKÇEDE İSİM)
Tayanch so’z va iboralar: ot (ad, isim), asl otlar (asıl adlar). aniq ot­lar (somut adlar), mavhum otlar (soyut adlar), atoqli otlar (özel adlar), tur­­­dosh otlar (cins adları), birlik otlari (tekil adlar), ko’plik otlari (çoğul ad­lar), guruh otlari (topluluk adları), sodda otlar (yalın adlar), yasama ot­lar (tűremiş adlar), otlarning turlanishi (isim (ad) çekimi), egalik ka­te­go­riyasi (iyelik ekleri), oidlik qo’shimchasi (aitlik eki), kelishik ka­te­go­riya­sı (ad durum ekleri), otlarda kichraytirish (isimlerde küçültme), otdan ot yasov­chi qo’shimchalar (isimden isim yapan ekler), fe’ldan ot yasovchi qo’­shimchalar (fiilden isim yapan ekler), otlar bi­lan so’roq yuklamasining qo’llanishi (soru eki).
Hozirgi zamon turk tilidagi so’z turkumlari tilshunoslikning muhim tarkibiy qismi bo’lgan «Morfologiya» bo’limida o’rganiladi. Morfologiya turk tilshunosligida Morfoloji, yoki Biçimbilimi deb nomlanadi. Ba’zi turk tilshunoslari uni Yapıbilimi, yoki Yapıbilgisi deb atashadi. So’z turkumlari esa turk tilida kelime grupları (so’z guruhlari) deb nomlangan. So’z turkumlari turk tilshunosligida «morfologiya»ga sinonim bo’lgan grammatik atama sifatida ham qabul qilingan, chunki tilshunoslikning ushbu bo’limi so’zlarning grammatik turkumlarga bo’linishi, morfologik kategoriyalari, shakllar tizimi, so’z shaklining yasalish yo’llari va vositalarini o’rganuvchi morfologiya bilan shu ma’noda vazifadosh hisoblanadi.

Tilshunoslikning muhim tarkibiy qismi bo’lgan morfologiya tushunchasi, «so’z turkumlari» dan ancha keng grammatik tushuncha bo’lib, unda so’zning yasalishi, uning o’zagi, negizi va oladigan qo’shimchalariga doir qator mavzular ko’rib chiqiladi.

Yer yuzidagi barcha tillar morfologik nuqtai nazardan tadqiq etilib, ularning manbalari va boshqa tillar bilan munosabatlari, yaqinligi xususida to’xtab o’tiladi. Turk tilining morfologiyasiga kelsak, u agglutinativ til, ya’ni so’z oxiriga qo’shimcha qo’shish yo’li bilan so’z va shakl yasaluvchi til bo’lgani uchun so’z yasalishi va uning o’zgarishida o’zak, negiz, qo’shimcha va ularning birlashishi boshqa tillarga ko’ra ancha farqli va o’ziga xosdir.

Ma’lumki, bugungi kungacha turk tili grammatikasi boshqa tillar qolipida o’rganib kelingan, hatto tilning grammatik xususiyatlari to’g’ri-noto’g’ri shaklda o’sha g’arb tillari grammatik qoidalariga taqlidan tadqiq etilgan. Buni Turkiyada chop etilgan hozirgi zamon turk tili grammatikasiga oid ko’pgina kitoblar misolida tasdiqlash mumkin. Holbuki, hozirgi zamon turk tilini o’rganish, bugungi kunga kelib, alohida o’ziga xos ilmiy yondoshuvni talab etadi.

Yuqorida ta’kidlangani kabi, turk tilshunosligida ot keng ma’noda, bir nechta turkum (ot, sifat, son, olmosh va ravish) ni o’z ichiga oluvchi umumiy so’z turkumi hisoblanadi. Bularning ichidan ot turkumiga kiruvchi so’zlar predmet yoki hodisalarning asl nomlaridir: masa (stol), kapı (eshik, darvoza), araba (mashina, arava), ışık (chiroq, yorug’lik) kabi. Sifat predmetning o’z nomi emas, uning belgi nomidir: büyük (masa), demir (kapı), yeni (araba), kırmızı (ışık) kabi. Son predmetning miqdori va siralash tartibini bildiruvchi nomdir: bir, iki, otuz, sekizinci, yüzde elli, birer, onar kabi. Olmoshlar predmetlarni atash, ko’rsatish, belgilash va boshqa yo’llar bilan ifodalovchi so’zlardir: ben, sen, bu, şu, o, kim, kimi va h. Ravishlar makon, zamon, holat nomlaridir: ileri, aşağı, dün, şimdi, böyle, çok kabi.

Demak, turk tili grammatikasi nuqtai nazaridan ot deb nomlangan umumiy so’z turkumining besh xil turi (ot, sifat, son, olmosh, ravish) mavjud ekan. Quyida bu turkum ustida batafsil to’xtalamiz.



Download 136,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish