Harakat nomlarining yasalishi
Harakat nomi yasovchi qo’shimchalar fe’lning o’zak va negiziga qo’shiladi. Turk tilida ularning soni uchta: -mek (-mak), -me (-ma), -iş (-ış, -üş, uş).
1. –mak, -mek. Ko’p qo’llanilishi jihati bilan ushbu qo’shimcha hamma fe’l o’zagi va negizlariga qo’shiladi. Uning vazifasi fe’llarning mavhum harakat nomini yasashdir. Shaxs, zamon va shaklga bog’lanmasdan ham fe’llarning mavhum harakat ifodalari bilan qo’llanishlari zarur emas. Bu qo’llanish –mak, -mek qo’shimchalari yordamida ifodalanadi. Demak, bu qo’shimcha fe’llarning mavhum harakat nomini yasaydigan qo’shimchadir: aç-mak, gör-mek, başlat-mak, yaz-mak, bekle-mek, vuruş-mak, oku-mak, çekil-mek, sevindir-mek, uyu-mak, düşün-mek, sürüklen-mek, kana-mak, karşılat-mak, ilikle-mek kabi.
Bu qo’shimcha o’tkinchi harakat nomlari yasaydi. Ko’p qo’llanilishi jihati keng bo’lgan bu qo’shimcha, hamma fe’l o’zak va negizlariga qo’shiladi.
Harakat nomlari kamdan-kam hollarda predmet nomlarini bildiradi: ye-mek, çak-mak (predmet nomlari) kabi. Bu qo’shimchaning oxiridagi -ka va -ke tovushlari ikki unli orasida jaranglilashib, yumshaydi: almağa, vermeğe kabi. Talaffuzda qalin shakli esa «u» lashib almaya, vermeye deb talaffuz qilinadi. Shu bois bu so’zlar bilan ulardan keyin keladigan -ma, -me qo’shimchali so’zlar otlar singari turlanganda adashtiriladi: al-ma-ya (al-mağ-a), al-ma-y-a kabi.
Bu qo’shimchaning yana bir o’ziga xosligi egalik qo’shimchalarining qo’shilmasligidir, ya’ni uning bilmeğ-i-m, gez-meğ-i-n shakllari uchramaydi va ba’zida uchrasa-da, bu noto’g’ridir.
2. –ma, -me. Bu qo’shimcha ham –mak, -mek qo’shimchasi singari fe’lning o’zak va negiziga qo’shilib, ish nomlarini yasashdir: yaz-ma, yaklaş-ma, püskürt-me, oku-ma, darıl-ma, ezdir-me, git-me, uza-ma, açıklan-ma, gel-me, oyalan-ma kabi. -mak, -mek qo’shimchasida jonli harakat ifodasi bor. -ma,-me esa bu harakat bilan amalga oshirilgan ishni ifodalaydi: yürümek-yürüme, kapamak-kapama kabi. Shundan kelib chiqqan xolda, -ma, -me da ot bo’lish xususiyati ham bor. Shuning uchun bunday harakat nomlari –mak, -mek lilardan ko’ra oson predmet nomi bo’la oladi: dondur-ma, yaz-ma, kavur-ma, dol-ma, iç-me kabi. Turlanayotganda bu qo’shimcha va bundan oldingisi adashtirilishi mumkin: gez-meğ-e, gez-me-y-e kabi. Ikkinchisida /u/ tovushi yordamchi tovushdir. Faqat bularni adashtirmaslik va harakatni bildirganida ularning yozilishiga ahamiyat berish lozim: al-ma-ya (al-mağ-a), al-ma-y-a kabi.
Bu qo’shimcha yordamida yasalgan so’zlar ba’zan sifat vazifasini ham bajaradi: dol-ma kalem, süz-me göz, kar-ma liste, yap-ma hareket kabi.
3. –ış, -iş, -uş, -üş. Bu qo’shimcha ham, bundan oldingi ikki qo’shimcha singari, eng ko’p qo’llaniladigan fe’ldan harakat nomi yasovchi qo’shimchadir. Bu qo’shimcha ham –ma, -me kabi ish nomlari yasaydi: al-ış, çekil-iş, aldır-ış, ver-iş, karşılan-ış, kullanıl-ış, yürü-y-üş, düş-üş, otur-uş, ağla-y-ış, bilme-y-iş, durdur-uş kabi.
Bu qo’shimchaning -ma, -me dan farqi yanada aniqroq va so’z yasalish uchun qulayroq qo’shimcha ekanligidadir: bul-uş, at-ış, anla-y-ış, göster-iş, gül-üş, dur-uş kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |