Anne bebeği uyuttu (chaqaloqni onasi uxlatgan)
Anne bebeği dadıya uyutturdu (onasi chaqalog’ini enagaga uxlattirgan).
Ikkinchi gapda ona (gapning egasi) ishni bevosita chaqaloqqa bajartirgan. Uchinchi gapda esa, ona (gapning egasi) ishni boshqa shaxs (masalan, enaga) vositasida amalga oshirgan. Shu sababdan murakkab orttirma daraja ko’rinishi ko’pincha nutqda qiyinchilik tug’diradi.
20 – MAVZU. FE’LNING VAZIFADOSH SHAKLLARI
(FİİLİMSİLER)
Fe’lning shaxs va zamon qo’shimchalari olib tuslanmaydigan shakllari ham borligi, ularning o’zbek tilshunosligida fe’lning vazifadosh (funksional) shakllari deb ataladi. Bu shakllar turk tilshunosligida yatık fiiller (yotiq fe’llar) deyiladi. Fe’lning vazifadosh shakllari deyilishiga sabab, bu shakllar fe’lning biron-bir grammatik kategoriyasiga mansub bo’lmay, turli ma’nolar ifodalash yoki boshqa vazifalarni bajaradi. Turk tilida fe’lning bunday shakllari otlar kabi kelishik qo’shimchalari olib o’zgarishi va tugallanmagan fikrni ifodalovchi gaplarda kesim bo’lishi mumkin. Ot, sifat va ravishga o’xshash vazifa bajaruvchi bunday shakllarni fe’lning boshqa shakllaridan ajratib turuvchi xususiyati esa ularning tugallanmagan bir fikrni bildirgan gapga kesim bo’la olishlaridir: Aliyi karşımda görmek (beni şaşırttı). Evi kiralayacak (hanım tekrar geldı). “Çayı görmeden (paçanı sıvama)” kabi.
Bunday vaziyatda ular ravish va bog’lovchi vazifasini bajaradi. Fe’l xarakteriga ega bo’lgan ba’zi vazifadosh shakllar turk tilida zamon, mayl shakllariga negiz bo’lishi ham mumkin. Xususan, bulardan sifatdoshlar zamon shakllariga ega. Ularga fe’l shaxs qo’shimchalari qo’shilib, xabar mayli shakllari yuzaga keladi (bil-miş-im, bil-ir-sin, bil-ecek-siniz) va shu tarzda fe’lning vazifadosh shakllari tuslanuvchi fe’l kabi namoyon bo’ladi.
Fe’lning egalik qo’shimchasi olgan vazifadosh shakllari to’liqsiz gaplarga kesim bo’lib kelganda ulardagi shaxs olmoshi gapning egasi bo’ladi: Veliyi birlikte getirmenizi isterdim. Evden çıkışım tatsız oldu. Manavın verdiği karpuz ham çıktı. Burada olacağımızı nereden bildin? Ankaraya geldiğinizde beni arayın. Fazla yorulduğumdan erken yatmıştım. kabi.
Biroq fe’lning bunday vazifadosh shakllarining shaxs va zamon ma’nosiga ega bo’lishi ularni tuslanuvchi fe’llar guruhiga kiritmaydi. Chunki ular bu egalik olmoshlari bilan birgalikda ot kabi turlanadi.
Fe’lning vazifadosh shakllari uch xil bo’ladi: 1. harakat nomi (adfiiller) - fe’lning ot shakllari; 2. Sifatdoshlar (sıfatfiiller) - fe’lning sifat shakllari; 3. Ravishdoshlar (zarffiiller) - fe’lning ravish shakllari.
Do'stlaringiz bilan baham: |