1-mavzu. Turk tilida ot so’z turkumi (TÜRKÇede iSİM) Tayanch so’z va iboralar



Download 136,79 Kb.
bet42/85
Sana01.01.2022
Hajmi136,79 Kb.
#295262
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   85
Bog'liq
Gramer konuları

So’roq ravishlari (Soru zarfları)

Fe’llar va sifatlarning ma’nolarini so’roq yo’li bilan belgilab keluvchi ne, nasıl, nereden, niçin, neden, hani, ne biçim, ne kadar kabi so’roq olmoshlari ba’zi turk tilshunoslari tomonidan so’roq ravishlari (soru zarfları) deb alohida guruhga ajratiladi: Sence ben şimdı ne yapmalıyım? Anne bunları nasıl anlatacağız? Neden başını eğiyorsun? Bu Selime dedikleri ne biçim kız? kabi.



13-MAVZU. FE’L. (FİİL)

Mavzuning o’quv maqsadi: turk tilidagi fe’l va uning turlari haqida tushuncha hosil qilish, fe’lning tuslanish tizimi, fe’l nisbatlari, mayllari va zamonlari shakllarini yasalishi haqida ma’lumot berish; fe’lning vazifadosh shaklarining o’ziga xos xususiyatlari va vazifalarini izohlash.

Tayanch so’z va iboralar: O’timli va o’timsiz fe’llar (Geçişli ve ge­çiş­siz fiiller), Fe’llarning tuslanishi (fiillerin çekimi). mayli yasalishida qo’­llaniluvchi shaxs-son qo’shimchalari (Fiil Çekimlerinde Kullanılan Şa­hıs Ekleri), İyelik Kökenli Şahıs Ekleri, Emir Kipindeki Şahıs Ekleri), fe’l mayl­lari (Kipler), fe’lning buyruq, istak va shart mayl shakllari (Tasar­la­ma kipleri, 1.Emir Kipi, 2.İstek Kipi, 3. Şart Kipi), fe’lning keraklilik shak­li (Gereklilik Kipi), fe’lning xabar mayli, fe’l zamonlari, fe’l nisbatlari (Fii­lin çatısı. Etken ve edilgen fiiller), birgalik nisbati (işteş fiiller), o’zlik nisbati (dönüşlü fiiller), fe’lning murakkab zamon shakllari (Birleşik eylem zamanları), fe’lning vazifadosh shakllari (Yatık fiiller. Fiilimsiler).

Turk tilshunosligida ish-harakat, holat, umuman, bajarilgan ish, bo’lib o’tishni anglatuvchi so’zga fe’l (fiil) deyiladi: gitmek, vermek, büyümek, yapmak, kılmak, oturmak, durmak, uyumak, esmek va hok. Fe’llar turk tilida eylemler ham deyiladi. Eylem atamasining lug’aviy ma’nosi «ish-harakat» (harakat) dir. Aslida, fiil atamasi turk tiliga arab tilidan o’zlashgan bo’lib, hozirgi zamon turk tilidagi eylem grammatik atamasiga sinonim hisoblanadi. Bu yerda yana shuni ta’kidlash joizki, turk tilidagi fe’llarning asosiy qismi, boshqa so’z turkumlaridan farqli o’laroq, deyarli sof turkiy so’zlardir.

Harakatlar butun jonli mavjudotlar va predmetlarning makon va zamon ichida o’z joyini o’zgartirishi, siljishidir. Boshqacha aytganda, fe’llar jonli mavjudot va predmetlarning harakati, holati, bo’lishi, ish bajarishi, qisqasi, ularning barcha faoliyatini ifodalovchi so’zlardir. Harakat yoki holat, yuz berishning xarakteriga ko’ra fe’llar quyidagicha nomlanadi: harakat fe’llari: gelmek, almak, taşımak; holat fe’llari: yatmak, susmak, beklemek; bo’lishli fe’llar: doymak, uzamak, kararmak;

Fe’llar, turk til bilimida umumiy qilib, bildirilgan tushunchalarga ko’ra to’rt asosiy guruhga bo’lib ko’rib chiqiladi, bu: ish (yemek, içmek, yıkamak, ezberlemek, okumak), bo’lish (yuz berish) (güzelleşmek, büyümek, küçülmek, aşağılanmak), harakat (gitmek, kaçmak, çıkmak, girmek, yüzmek, fırlamak) va holat (oturmak, uyuklamak, sevinmek, ayaklanmak, bulunmak) kabi.

Shuningdek, fe’llarni umumiy tilshunoslik nuqtai nazaridan, eng katta so’z zahirasiga ega bo’lgan mustaqil so’z turkumi sifatida olinib, ma’no xususiyatlariga ko’ra quyidagi semantik belgilarga ko’ra guruhlashtirish maqsadga muvofiq bo’ladi:

1. Faol va aniq ish-harakatni ifodalovchi fe’llar: gitmek, gelmek, çıkmak, yürümek, gezmek, koşmak, atmak, vurmak, yapmak;

2. Jismoniy holatni ifodalovchi fe’llar: uzanmak, yatmak, uyumak, durmak, oturmak;

3. Ruhiy holatni ifodalovchi fe’llar: üzülmek, kızmak, acımak, korkmak, sevmek, sinirlenmek;

4. Fikrlashni ifodalovchi fe’llar: düşünmek, anlamak, unutmak, planlamak, tasarlamak, hatırlamak;

5. Co’zlash, nutqni ifodalovchi fe’llar: konuşmak, demek, söylemek;

6. Tovush, ovoz chiqarishni ifodalovchi fe’llar: bağırmak, çağırmak, haykırmak, seslenmek, mırıldanmak;

6. Yashash, bor bo’lish, kun kechirishni ifodalovchi fe’llar: olmak, yaşamak, bulunmak, barınmak, kalmak, geçinmek;

7. Munosabatni ifodalovchi fe’llar: davranmak, önemsemek, horlamak, hafifsemek, kibirlenmek, evlenmek, ayrılmak;

8. O’zini tutish, hatti-harakat manerasini ifodalovchi fe’llar: cesaretlenmek, kandırmak, dolandırmak;

10. Belgi, alomat, ko’rinish (namoyon bo’lishi)ni ifodalovchi fe’llar: şımarmak, nazlanmak, gözükmek, görünmek;

11. Faoliyat turi, mashg’ulotni ifodalovchi fe’llar: çalışmak, korumak, okutmak, eğitmek, öğretmek;

12. Bir narsani qila olish, amalga oshirish imkoniyatiga ega bo’lish, bilishni ifodalovchi fe’llar: yapabilmek, öğrenebilmek;

13. Olish, topish, bir narsaga ega bo’lishni ifodalovchi fe’llar: almak, bulmak, sahiplenmek, benimsemek;

14. Modal fe’llar: istemek, dilemek;

Turk tilida fe’llar leksik-grammatik xususiyatlariga ko’ra ikkiga bo’linadi: 1) mustaqil fe’llar; 2) yordamchi fe’llar;

Mustaqil fe’llar mustaqil ma’noga ega bo’lib, ish-harakat, holatni to’la ifodalaydi va gap ichida uning bo’lagi sifatida boshqa so’zlar bilan munosabatga kirishgan holda ularni boshqaradi: gezmek, koşmak, düşünmek, anlamak, konuşmak kabi.

Shuningdek, mustaqil fe’llar grammatik kategoriyalar, vazifadosh shakllarga egadir.

Yordamchi fe’llar mustaqil ma’noga ega bo’lmaydi va shu sababdan ish-harakat, holatni mustaqil ravishda ifodalay olmaydi. Ular turli grammatik ma’nolarni ifodalash, xususan, so’z yasash uchun xizmat qiladi va bog’lash vazifasini bajaradi: et-, ol-, kıl-, eyle-. Teşekkür etmek, mutlu olmak, gerekli kılmak, rahmet eylemek. kabi. Yordamchi fe’llar fe’l va fe’l bo’lmagan so’zlar bilan birgalikda qo’llanib, qo’shimcha ma’no ifodalaydi, fe’llarning analitik shakllarini yasaydi.


Download 136,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish